4 daqiqada öqiladi

192 marta körilgan

Jayhun sohilida ungan nihollar

Jayhun, Sayhun – şahru kentlarimga ona bölgan suvlarim.

Amudaryodan tölib oqqan obi hayot Ona Vatanimizning boğu roğlarini gullatib-yaşnatadi, qadimiy turkiy tilning teran va serirmoq özanlaridan suv içgan badiiy adabiyot esa köngil boğlarini obod etadi. Özbek va qoraqalpoq xalqlari umr daryosining özani bir, ona tilining özagi bir.

Toylar ösib tulpor bölgay ullarni mindirişga,

Ullar ösib botir bölgay otlarni yeldirişga, –

deganlaridek, bugun ana şu adabiyotning vorislari milliy anʼanalarni davom ettirayotir. Davlatimiz rahbarining “Adabiyotga eʼtibor – maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” risolasidan kelib çiqadigan vazifalar maʼsuliyatini his etgan holda özbek tengdoşlari bilan hamnafas ijod qilişayotir.

Qoraqalpoğiston yoşlaridan Sarvinoz Musatdinovaning “Karvon yöllari”, Rivoj Ötarboyevning “Jayhun jilvalari”, Sabohat Saʼdullayevaning “Qönğiroq” şeʼrlar töplami Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” turkumida “Ijod” jamoat fondi homiyligida naşr etildi va taʼlim muassasalariga bepul tarqatildi. Özbek öquvçilari qoraqalpoq tengdoşlarining ijod namunalari bilan yaqindan tanişdilar.

Oqqan daryo oqaveradi, deydi xalqimiz. Bir guruh qoraqalpoq yoşlarining jurnalxonlarga havola etilayotgan ijod namunalari şu fikrni yana bir bor tasdiqlaydi.

Berdaq MUSTAFAYEV

 

1996-yili Nukus tumanida tuğilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti jurnalistika fakulteti talabasi.

Kuz

Yoz oyoqlab, izdan qadam bosdi kuz,

Dimoğingni yorar törqovun isi.

Xirmon uyib, çarçamagan elmiz biz,

Boğ yaratmoq oltin qalbli xalq işi.

Yaproqlar turnadek şikasta ovoz,

Taqdirning hukmiga könar noiloj.

Etmoqçi bölar-u quş kabi parvoz,

Uçolmasdan yerga qönar noiloj.

Kuz buguni issiq, ertasi sovuq,

Uyga berkinasan yomğirdan qoçib.

Xömrayadi osmon, qovoği soliq,

Quyoş keçagidek turmas nur soçib.

Vaqt donişmanddir azaldan şundoq,

Fasllar almaşib kelaveradi.

Taroq botmas soçga nogoh tuşar oq,

Yillar şamol kabi yelaveradi.

Har faslning fayzi, örni bölakça,

Biriga öxşamas biri, albatta.

Ular bamisoli tört oğa-ini,

Feʼl-atvori bölak, otasi bitta.

Saltanat UZOQOVA

 

1992-yili Xöjayli tumanida tuğilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filologiyasi fakulteti talabasi.

Könglim

Bilmadim, nelarni tusaydi könglim,

Ğurur, nomus va or hamişa ğolib.

Orzu-umidlarim dilda limmo-lim,

Barini qulfladim sandiqqa solib.

Sir bergim kelmaydi, saqlayman sirim,

Könglimda hasad yöq, içimda kirim,

Dardlarimni oşkor etsa ham şeʼrim,

Heç oçilmading-a, bağritoş könglim?!

Gohida onamdek allalar hayot,

Uçaman, quş kabi qoqaman qanot,

Böyin egiş feʼlu atvorimga yot,

Lek hamdard izlaydi qalamqoş könglim.

Visol yöli yaqin, hijron köp uzun,

Sabr ila mehnatning oxiri fuzun,

Oqlay onam sutin, otamning tuzin,

Toşar daryo kabi sarkaş, yoş könglim.

Tong otar, umrimiz yana sermazmun,

Kun botar, barçamiz hayotdan mamnun,

Köngil oçiq bölsa, yorişgay oçun,

Olamni kaşf etar serquyoş könglim.

Doniyor NURSEYTOV

1989-yili tuğilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil olgan. Şeʼrlari matbuotda eʼlon qilingan.

Ön töqqiz

Kuz. Qoş qoraymoqda. Soat 19.

Quyoş botayotir, çöğdek qizil ufq.

Hayot daryosining oqimi qirmiz,

Ayni kunbotarda körinar aniq.

Kimlardir yugurar daryodek toshib,

Kimlardir taksida talaşar örin.

“Navbat meniki, qoç, turibman şoşib”,

Yölovçilar turtib ötar bir-birin.

Avtobus çiroğin yoqar – 19.

Deganday: “Qani min, qolding-ku tanho”.

Dedim: “Vaqt qadrini bildirding tiğiz,

Ketaver, şoşilinç emasman aslo.

Bir suluv kelayotir, balkim 19,

Yoşi yigirmaga yetib-yetmagan.

Xotirjam va beğam bu ajoyib qiz

Bekorga noz ila işva etmagan.

Quş kabi pitirlar köksimda yurak,

Yurak befarq emas suluv qizlarga.

Endi boşqalarday şoşaman halak

Soat ön töqqizda. Ön töqqizlarga…

Sarvinoz Musatdinova

1989-yili Şumanay tumanida tuğilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil olgan.

 Yoş ijodkorlarning “Isteʼdod maktabi” respublika seminari iştirokçisi.

“Karvon yöllari” şeʼrlar töplami muallifi.

Mehmondöst qoraqalpoq

Yaratgan qadriyat, durdonalarni,

Oq köngil, mehmondöst qoraqalpoğim.

Onamdan qadimgi afsonalarni

Tinglab ulğayganman bolalik çoğim.

Elimda otadek uluğdir mehmon,

Öçmagan bobolar yoqqan ilk öçoq.

Töyda qöşa-qöşa osilar qozon,

Jon deb mehmon kutar ovul, çangaroq.

 

Derlar oçarçilik yili bir pari

Mehmon bölib elni sinagan ekan.

Odamga aylanib noçor va qari,

Oqşom bir ötovda tunagan ekan.

 

Bir kaftgina guruç qolgan, qönoqqa

Serfarzand mezbonning boru yöği şul.

Şavla qilib suzganda bir tovoqqa,

Dasturxonga çöziladi neça qöl.

 

Uy egasi uyalganidan şoşib,

Qoronğida turtib yuborgan şamni.

Bolalarin qölin tovoqdan tösib,

– Oling, – degan, – oling, mehmon, taomni.

 

Mezbonning haqiga aylabdi duo,

Töyib olib issiq şavlaga mehmon.

Qoraqalpoqlardan bölibdi rizo,

Mehmondöstligiga qolibdi hayron.

 

Xalqim, mardligingga sira şubha yöq,

Boysan, qöli oçiq, saxiyliging rost.

Qoraqalpoq – mehmondöst, degan dovruq

Öşa musofirdan qolgan bir meros.

Allayor DARMENOV

1997-yili Kegayli tumanida tuğilgan. Kegayli tumanidagi Xalqobod sanoat-transport kasb-hunar kolleji öquvçisi.

Uçraşaylik

Uçraşaylik, bir gal böyin iygin sen,

Nurdan tikkan köylagingni kiygin sen.

Uçraşganda uyatçanman, bilasan,

Indamasdan dudoğimni suygin sen.

Soçlaringga qizil gullar taqib kel,

Quşdek hurkak yuragimni yoqib kel.

Öq-yoy tortgan qoşlaringning ostidan

Otgan öqing tegdimi deb, boqib kel.

Men  kutaman qöllarimda gul tutib,

Hajr ötiga sabr suvin sirqitib.

“Men kimman?” deb, közlarimni berkitib,

Sen kelasan, jonim, meni qörqitib.

Dovdirasam, közing bilan ot meni,

Ğarib kabi  qulbozorda sot meni.

Muhabbatning metin bölib tugilgan,

Heç yeçilmas çilviriga çat meni.

Öksinaman kelmasang gar, dilbarim,

Boy bermagin  oltin kunning nurlarin.

Uçraşaylik, sözlaşaylik, juda köp

Senga atab ğamlab qöygan sirlarim.

Qoraqalpoq tilidan

Rustam MUSURMON

tarjimalari

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)