Ketiş
Ruhi etayotir falakda sayr,
Jismi tuproqlanar ketsak qirq qadam.
Bizga qay kun tongda demasdan xayr,
Bobomning yoniga jönadi dadam.
Içikdim, barçasi bölsin baxayr,
Dilimni tuşunmas bunda bedillar.
Ketganda omon böl, soğ bölgin, xayr,
Deyişni örgatgan dadam edilar.
Аyrilganim ayon böldi toğimdan,
Uydan olisdaman çiqsam qirq qadam.
Bugun Toşkent sari ketar çoğimda
Ilk bor omon böl, deb aytmadi dadam.
Kötаriliş
Bobomga
Onalar farzandga berar butun tan,
Gödakka jismidan jism atagan.
Bir kişi bölardi tuğilganimda
Menga eng çiroyli ism atagan.
Yiğladim, yiğiga aralaş kuldim,
Tegramni xotira, öy qurşab olgan.
Bir kişi bölardi, beş yuz söm pulni,
– Muzqaymoq yeysan, – deb kissamga solgan.
– Ular haqda sözlang, dadajon, oyi,
Kim edi, savolga egaman, ega?
Bir kişi bölardi:
– Erkinim, toyim,
Şoirim, Vohidov bölasan, – degan.
Eslasam, keladi dilimga quyun,
Oq kafan böldi-ku vujudga qabo.
Ruhingiz falakka kötarildi-yu,
Dilda muzlab qoldi otingiz, bobo.
Yoddan kötarilmas yodingiz, bobo…
Erkin HOJIMUHAMMAD
2000-yili Toşkent viloyati Bekobod tumanida tuğilgan. Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi.
2022/8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida