222 marta körilgan

Samolarda qolgan orzular

Guljamol Asqarova

Xonzodabegim Jamolovaning oramizdan ketganiga ham salkam ikki yil bölyapti. Sayrab turgan şöxşaʼn bulbulning ovozi endi samolar qaʼridan elas-elas eşitilganday göyo . Daralardan tuşib kelayotgan soyning quvnoq ovoziga öxşaş jarangdorlik sekin-asta toğlar bağriga singib borayotganday…

Könglimizdan joy olib, qalbimizning bir parçasiga aylanib ulgurgan şoiramizning goh şöx-şodon, goh hazin, goh bepoyon kengliklarga undab turuvçi ovozini unutib bölarmidi.

Xonzodabegim qaysi mavzuga qöl urmasin, qaysi yönalişda şeʼr bitmasin, doim öz ovozini boşqalardan ajratib turişga intilardi. Uning şeʼr tuziş uslubida, qofiya, taşbehlar topişda öziga xos jozibasi bor edi. Vatan haqida yozadimi, ota-ona, döstlik, muhabbat – qaysi mavzuda ijod qilmasin, doim şeʼriga bitta yangi jumla, yangi fikr, yangi nafas olib kiriş uning odati edi.

“Ustoz, men hammadan zör yozadigan şoira bölaman”, deb dadil, öziga töla işonç bilan aytardi. Öz tengdoşlari orasida “Zör yozadigan” şoiraga aylanişga ulgurdi ham. Ijodda, jamoat işlarida 22 yoşida öttiz-qirq yoşlilar erişmagan natijalarga ham erişgan edi, biroq…

Xonzodabegim Jamolova ötgani haqidagi xabar niholday ösib kelayotgan yoş ijodkorlar uçun, Zulfiyaxonim qizlari uçun, talabalar uçun va, albatta, biz ustozlari uçun yoz kunida çaqnagan çaqmoqday böldi. Şoiraning yaqinlari, döstlari, u bilan muloqotda bölgan tanişlari ham hanuz bu ayriliqqa könika olmaganlari, qalblarida uning tirikligi, jilmayib, şirali ovozi bilan şeʼr öqiyotgani tasavvur oynasidan öçmagani rost.

…Ana, Xonzodabegim butun gözalligini namoyiş etib, nafis nigohlarini davra ahliga qaratgança hamon şeʼr öqimoqda:

Ortimdan ergaşib yurardi osmon,

Hali kaşf bölmagan tillarang sözman.

Hurriyat deb umrin sulhlarga tikkan,

Temuriy qizdirman, Xonzoda qizman…

Nurali JALIL,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi

 

 

Xonzodaman

 

Men qanday qiz?

Burgut közlarin öpib,

Olovlar labida raqs tuşgan oqquş.

Töqson bor yiqilib, yuz bora turib,

Yiqilib-yengilib maydon tuqqan kuç.

 

Tuğildim osmonday erka ruh bilan,

Bağrida ulğayib quyoşistonning.

Yuksak marralarga eltar kuçim bor,

Yelkamda opiçlab Özbekistonni.

 

Ruhimda Tömaris qiliç öynatib,

Yovning közlariga soladi ğulu.

Magar jangda bayroq kötarsam sen deb,

Yursam, qadamimdan qörqadi qörquv.

 

Könglimki, gullarga egiz yaralmiş,

Nazmiy iforlarga oşufta boğman.

Sel kelsa, kiprikning safi-la tösib,

Köksi öqlar tutgan qoyaman, toğman.

 

Ortimdan ergaşib yuradi osmon,

Hali kaşf bölmagan tillarang sözman.

Hurriyat deb umrin sulhlarga tikkan

Temuriy qizdirman, Xonzoda qizman.

 

Söngsöz

 

Judayam keç kirdim hayotingizga,

Dunyoni anglamay sizga keldim duç.

Qönim joy topolmay közlaringizdan,

Qarang, tentiyapman ilojsiz, sarxuş.

 

Har tört yon yodingiz kişanband etib,

Qanotimni kesib taşladi xotir,

Yelkamda zilday işq, tortib borarman

Mitti yuragimda ulkan xavotir.

 

Qiş demay gullagan besabr bahor,

Muzdek kaftlarini köksimga tirar.

Namiqqan kiprigim kengliklarida

Soğinçdek qadimiy qöşiq yaltirar.

 

Ovozsiz kuyçiman, böğzim töla söz,

Keragidan ortiq dilim deb kuydim.

Eng toza notada, sizli tuyğuda

Men yiğlab, dunyoni uyğotib qöydim.

 

 

Vatan

 

Tomirimda gullagan boğim – Vatan!

Toğlaring yelkamni tutguvçi inim.

Yaşil vodiylaring kengliklarida

Ömbaloq oşadi qizğaldoq könglim.

 

Bayroğing köksiga tökilgan yulduz,

Ertangni yoritib tursin közlarim.

Sening noming aytib nurlarni höplab

Sabuhiy tonglarimga sözladim.

 

Tunlar xayolimdan çiqaman sizib:

“Vatan kutayapti, menga ilhaq U”.

Kaftlari yorilib ketgan Oroljon,

Senga közlarimdan quyayinmi suv?!

 

Tuşimga kiribsan ovozing mungliğ,

“Yo Çölpon, yo Usmon, bolam, qaydasan?”

Keçalar şu yerni bağringga bosib,

Ming yillik dard bilan alla aytasan.

 

Kel! Menga bersang-çi, qança muşkulot,

Qörqmayman, kuragim kuraşlarniki.

Axir menga bobom aytib ketgandek:

“Bu zamon, bu marra siz, yoşlarniki!”

 

Ovunç

 

Yetim tun ingraydi mohning bağrida,

Osmon hovuzida suzar oğriqlar.

Şabning körpasiga öranib olib

Har keça yulduzlar yiğlaydi ingrab.

 

Azob qaynab çiqar yerning qaʼridan,

Havolar böğilib oladir nafas.

Qir-adir bağrini qonlarga böyab,

Lolaqizğaldoqzor boş kötarar, bas!

 

Tuşida burgutga döndi musiça,

Tuşida kapalak bölişdi qurtlar.

Yetim tunga tongni hadyalar qilib,

Mehridan sadaqa beradir quşlar…

 

Xonzodabegim Jamolova

1999-yili Toşkent viloyatining Bekobod tumanida tuğilgan. Özbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olgan.

Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminarida iştirok etgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Baxt tongi” nomli kitobi naşr etilgan.

U 2021-yil vafot etdi.

 

2022/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.