134 marta körilgan

Ehtiyojsiz ulğaymas zamon…

Abdusaid Köçimov

Ziyorat

Bilay desang çindan yolğonni,

Guldan tikon, dondan somonni,

Qaroqçidan döst-u sarbonni,

Qabristonni qilgin ziyorat.

Köray desang qul, botirlarni,

Kazzob, qallob, ğör şotirlarni,

Şoh, sarkarda ham qotillarni,

Qabristonni qilgin ziyorat.

Topay desang körkam qasrni,

Bağri mudom köklam qasrni,

Beşon, beşam, bekam qasrni,

Qabristonni qilgin ziyorat.

Bölmasa ham bir töğram noning,

Yo falakka siğmasa şoning,

Tirik bölsa zarra imoning,

Qabristonni qilgin ziyorat.

Öqiy desang uluğ kitobni,

Hikmat – nurga töluğ kitobni,

Oftob misol qutluğ kitobni,

Qabristonni qilgil ziyorat.

Bahri dunning çin sozidir u,

Ustozlarning ustozidir u,

Asli hayot gultojidir u,

Qabristonni qilgin ziyorat.

Oqlay desang non-u tuzingni,

Poklay desang changdan izingni,

Anglay desang özing özingni,

Qabristonni qilgin ziyorat.

Derazamga…

Tarki dunyo emas bu, ammo

Bormas edi yumuşga qölim.

Qulagandek jarlikka göyo,

Muzqotgandi, muzlagan könglim.

Kelmas edi çiqqim köçaga.

Körgim kelmas edi heç kimni.

Sahrolardek uzun keçalar

Yotar edim yeb iç-etimni.

Möjiza röy berdimi, e voh!

(Illo, buni men tuşga yöydim…)

Köçamizdan ötding-u, nogoh

Derazamga bir qarab qöyding.

Yuragimda köpirdi töfon,

Vujudimni bosdi alanga.

Qalbga otaş solgan ğalayon,

Daryo bölib köçdi qalamga.

Kelgan kabi dunyoga qayta,

Gung öylarni yirtib taşladim,

Senga taʼzim, rahmatlar ayta,

Yana şeʼrlar yoza boşladim.

Bölsang hamki yulduzdek yiroq,

Öxşasang ham samoviy hurga.

Yöllaringga boqaman muştoq.

Tuşunmayman lekin bu sirga.

Omon böl, ey dilbar fariştam,

Endi sen deb olgayman nafas.

Bir ötinçim, yöling tuşgan dam,

Derazamga qarab qöysang, bas.

Ehtiyoj

Dunyo, dunyo böptiki hamon,

Ehtiyojga zördir ehtiyoj.

Ehtiyojsiz ulğaymas zamon,

Ehtiyojsiz söngaydir rivoj.

Ehtiyojsiz quturmagay sel,

Ehtiyojsiz şamol esmagay.

Kuppa-kunduz daydi garmsel,

Qaroqçidek yöling tösmagay.

Odamzod ham goh hud, goh behud,

Ehtiyojga tökar yoşini,

Bir-biriga toş otib yoxud,

Ehtiyojga tönkar toşini.

Yoki qallob, firibgar, öğri,

Kimlarnidir çunon doğlagay.

Qilmişini töğridan-töğri

Ehtiyojga eltib boğlagay.

Illo, kimga muqaddas dargoh,

Kimlargadir panoh erur u.

Kimlargadir öçmas qora doğ,

Kimlargadir abadiy qutqu.

U baʼzida taqir çöllarda

Maysa, çeçak, gullar undirgay.

Goh pirlarni yarim yöllarda,

Paymonasin şamdek söndirgay.

Dayri dunda kimdir beozor,

Kim afsungar, kimdir noiloj.

Lekin bari ehtiyojga zor,

Hammasiga zordir ehtiyoj.

Xullas kalom, bu köhna olam

Ehtiyojlar janjal-jangidir.

Mavjud ekan olamda odam,

Ehtiyoj ham, jang ham mangudir.

Qaniydi

Keçiring… Zardobga töldi sabr-u jom,

Hatto öylasangiz, bölmasman rozi…

“Baxtli sanar edim özni batamom”,

Agar bölsa edi buning iloji.

Qaniydi, körmagan bölsaydim seni,

Sehringga begona bölsam qaniydi?

Poyingda xoksor xudbin tuyğuni

Bekafan kömsam-u, kulsam, qaniydi?!

Uçratmasam edi gulgun mohingni,

Aytgil, olarmidim qölga qalamni.

Kiprik dorlaringga osib ohimni,

Sotib olarmidim xunxör alamni.

Ilkis çohga tuşgan şerdek tölğanib,

Içib yaralardan oqqan qonimni;

Kuzak gulxanida jizğanak yonib,

Çöqqa taşlarmidim aziz jonimni.

Tuzoqqa ilingan quşman, baliqman,

Har damda böğzimga botadi tiğlar.

Imdod söragayman tanho Xoliqdan,

Armonlar içimda gödakday yiğlar.

Bugun uya qurmiş majruh qalbimga,

Talonçi qarğalar, quzğunlar, zoğlar.

Sayxunlar, Jayxunlar tordir dardimga,

Oh, desam, tuproqqa aylanur toğlar.

O! Qayta dunyoga kelsaydim magar,

Aylanib ötardim jodu izingni.

Kezsam-da yobonlar içra darbadar,

Sözsiz öyar edim maddoh közimni.

Alʼamon! Intiqman qotil şafqatga,

Ojizman. Soğindim fotih foniyni.

Ey falak, rahm qil, majhul qismatga.

… Sehringga

begona

bölsam,

qaniydi.

 

 

Otamning jöralari

 

Köz oldimga, sizni öylasam,

Ketmon bilan öroq keladi.

Otam qaçon uxlab, olgan dam,

Degan haqli söroq keladi.

Saksonda ham zangin yaroqni

Boşga qöyib yotar edingiz.

Ketmon bilan çimli tuproqni

Böxça-böxça otar edingiz.

Qitiqlaydi nigohlarimni,

Öroq desam, yönğiçqa guli.

Teva qilib piçan ortilgan

Arava-yu, arava yöli.

Siz dalaning qitiği qayda,

Dardi qayda bilar edingiz.

Goh ketmonga suyangan joyda

“Quş uyqu”si qilar edingiz.

Öqariqda oqquşdek yayrab,

Xirom etar oyqiz – oysuluv.

Jöyaklarda sirli şivirlab,

Etak sari örmalaydi suv.

Çopar edik közni uqalab,

Qölda tugun akam yoki men.

Çopar edi uvat yoqalab

Soyamiz ham bizga tengma-teng.

Yozilardi yerga dasturxon,

Boşlanardi nonuşta şu zum.

Dasturxonda bitta qotgan non,

Hamda birvoş qirmizi uzum.

Sizga butkul yot edi noliş,

Toqatingiz qirga teng edi.

Bölsa hamki boşda yuz taşviş,

Yuragingiz kökday keng edi.

Irodangiz misli metin-toş,

Ğayratingiz xuddi şer edi.

Şuning uçun jami qari-yoş

Sizni “Köçimçöyan”, der edi

Sizga yozni bahordan, qişdan,

Kunni, tundan farqi yöq edi.

Sizni Xudo yaratgan işga,

Şundan göyo köngli töq edi.

Öylar bölsam, titraydi yurak,

Savollarim töğrimi, xato.

Axir, öroq, ketmondan bölak,

Yana nima kördingiz, ota?

Esga olib bugun bexosdan

Ketmon bilan öroğingizni,

Ota, uzr, bilib-bilmasdan,

Qizdirdim-da quloğingizni.

Injitmaymiz, ota, heç qaçon

Ikki jöra – sultoningizni:

Sizdan mangu tabarruk nişon –

Öroq bilan ketmoningizni.

Sirlarim

Sirlarim

döstga aytdim,

Duşmanlar ilib ketdi.

Quduqqa

ayta,

qaytdim –

Şamolday yelib ketdi.

Toşga aytdim,

toğlarda

Sado berdi sirlarim.

Çidolmam bu doğlarga

Ne qilay,

ey Pirlarim!

Quduq

Dunyo demişlari bir zarbulmasal,

Uni bilgan emas heç kim mufassal.

Bilganimiz şuki, daryo yöq joyda

Sahroyi quduq ham daryodan afzal.

Majlisda

Bul zot bilgiçligin qilay deb köz-köz,

Majlis-maşvaratda sarflar bor kuçin.

Jimgina öltirar neça qoraköz

Bilgiçdan bilgiçroq bölgani uçun.

Taʼbir

Hamma qoralarni qop-qora, dema,

Qop-qora doğlarga yöq çora, dema.

U holda bulutdan közyoşday tiniq

Tomçilar tomişin taʼbiri nima?

 

 

Abdusaid Köçimov,

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi.

1951-yili tugilgan.

Toşkent davlat pedagogika institutining özbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan.  “Kaşfiyotçi bolalar”, “Halqa”, ”Qiyofa”, “Mening yulduzim”, “Umid daraxtlari”, ”Çanoq”, “Ikki bahor” kabi şeʼriy va nasriy kitoblari naşr qilindi. “Baland toğlar” saylanmasi çop etilgan.

2021/10

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.