Seni sevdim, samarqand!
Tongda közlarimga ortaverdim yuk,
Husnini kör, – dedim, solgim keldi dod!
Şunçalar suyuksan, şunçalar buyuk,
Seni dilni tiğlab sevdim, Samarqand!
Xah, mening könglim-a, oşiq könglim-a,
Nomingni zikr aylab, etadirman yod.
Yomğirlar qayerdan yoğdi, egnim-a,
Seni bunça yiğlab, sevdim, Samarqand!
Yulduzlarni yerga tuşirgan şahar,
Tik turding, ming bora bölsang ham barbod.
Içing töla qayğu, peştoqlaring zar,
Seni ğamga tölib sevdim, Samarqand!
Mayli-da, şoh Temur janglarga ketsa,
Saroyda qolganlar bölsa masrur, şod.
Bibixonni sevsa, bir ğarib usta,
Sirlaringni bilib sevdim, Samarqand!
Ming yilki, şerlaring yetmas kiyikka,
Közlari töla şör, lablari bol, qand.
Qayrilmas gullaring dili kuyikka,
Men seni şeʼr bölib sevdim, Samarqand!
Bağringda tup qöydim va palak yozdim,
Asli çöring edim, topib oldi baxt.
Xosiyat – özimni malika sezdim,
Hammadan zör bölib sevdim, Samarqand!
* * *
Zahiriddin Muhammad Boburga
Samarqandning qöli osmonga yetgan,
Yanayam gözaldir, yana çaroğon,
Şogirdlar ham yangi yulduz kaşf etgan
Közini uzolmas bir bor qaragan,
Yuring, Samarqandga ketamiz, şohim.
Garçand Andijonda ruhi joningiz,
Ammo armoningiz Samarqand erur!
Har göşani tutmiş şeʼr-u şoningiz,
Samarqand siz bilan aylagay ğurur!
Yuring, Samarqandga ketamiz, şohim.
Şerlarning qölidan bölmaydi tutib,
Oddiymas, Şoh – şersiz, şer bölganda ham!
Elçiga ölim yöq, men yurak yutib,
Sizni çorlagani kelganman bu dam,
Yuring, Samarqandga ketamiz, şohim.
Tilida bol bor deb meni yöllaşdi,
– Seni şohlar tinglar, köndirgin, – dedi.
Yuzida xol bor deb meni yöllaşdi,
– Yölini biz taraf endirgin, – dedi,
Yuring, Samarqandga ketamiz, şohim.
Yovlaringiz bari yöqlikka ketgan,
Yurtimning dovruği dunyoni tutgan.
Yurtboşim Tojmahal quraman degan,
Kelsin, Boburşohni köraman degan,
Yuring, Samarqandga ketamiz, şohim.
* * *
Dunyo, tinmay tuyding kelingda meni,
Olov öqlaringni otding köksimga.
Yançilmay yaşayapman qölingda sening,
Oxir najot istab botding köksimga.
Söz
Nimta-nimta yurakni
Söz bölmasa netardim.
Aytolmayin dardimni,
Gungday bölib ötardim.
Sözdir mening dugonam,
Ham sirdoşim, ham singlim.
Ham bolam-u, ham onam,
Goh but, goh yarim könglim.
Söz – mening ötgan umrim,
Söz – jonim asragan jon,
Dilimda yölbars kabi
Hayqirib turgan Vatan!
* * *
Xayr, – dedim, közini olib qoçdi oy,
Xayr, – dedim, yulduzlar oldi bekinib.
Bildim, yuragingda yöqdir menga joy,
Xazonlar ortingdan qoldi ökinib.
Ketding taşlab, ortga burilding mağrur,
Qoldim, men ham ortga burildim mağrur.
Döst yöq edi, qayğuli baxtdan boşqa,
Guvoh ham yöq edi, daraxtdan boşqa.
Burilsang, körarding tökkanimni yoş,
Körarding daraxtga qöyganimni boş.
Yaxşiyam tun sirdan oçmaydi oğiz,
Yaxşiyam xazonga aylanadi kuz.
Qiş böyi qalbimni öradi qorlar,
Ayozlardan ötib kelolmadi baxt.
Bahor kelgan sari ketyapman qörqib,
Gullab qöymasmikin sirimni daraxt.
Gullar bersang, olmadim, dunyo!
Boşim osmon edi ul çoğlar,
Suyab turar edi çöng toğlar,
Yuragimda yöq edi doğlar,
Gullar bersang, olmadim dunyo,
Nazarimga ilmadim, dunyo!
Qança köngil poyimda edi,
Tiniq suvlar soyimda edi,
Mening könglim oyimda edi,
Gullar bersang, olmadim, dunyo,
Mehring bilan tölmadim, dunyo!
Otam bilan könglim töq edi,
Onam bilan ğamim yöq edi,
Közlarim öt, yurak çöğ edi,
Gullar bersang, olmadim, dunyo,
Sen tomonda bölmadim, dunyo!
Öz nafsiga qul banda edim,
Taqiqlangan olmani yedim,
Jannatlardan quvğindi böldim,
Gullar bersang, olmadim, dunyo,
Işqdan ketdim, ölmadim, dunyo?!
Goh kuçliman, goho noçorman,
Kunlarning zulmiga ğarq, xorman,
Dilidan qon oqqan anorman,
Gullar bersang, olmadim, dunyo,
Ketişimni bilmadim, dunyo!
* * *
Kuysam ham, suysam ham senga baribir,
Na-da şodlanmaysan, na tökmaysan yoş.
Özimning yuragim özimga ham sir,
Qaydan közim tuşib qoldi senga, toş?
Töxtama, ohuni quvlayotgan şer
(Samarqanddagi Şerdor madrasasining peştoqiga ohuni quvlayotgan şerning rasmi çizilgan)
Bobolar bir sirni bilmay aytmaydi,
Peştoqlarga oddiy suvrat bitmaydi.
Yölga tuşgan mardlar yöldan qaytmaydi,
Töxtama, ohuni quvlayotgan şer!
Berma qörqoqlarga, yarim – yortiga,
Ortidan tuşganlar qaytmas ortiga.
Bağringdan Vatan ber, qöyma yurtiga,
Töxtama, ohuni quvlayotgan şer!
Sen tutmasang, böri tutib oladi,
Yoki bir berahm otib oladi,
Heç qursa, çangalzor turtib qoladi,
Töxtama, ohuni quvlayotgan şer!
Ğiybatlar jonini sörib olmasin,
Ilonlar qöyniga kirib olmasin,
Yölida yölsizlar turib qolmasin,
Töxtama, ohuni quvlayotgan şer!
Bu köngil işq degan sirga asirdir,
Ohular hamişa şerga asirdir,
Özidan kuçliga, zörga asirdir,
Töxtama, ohuni quvlayotgan şer!
Bir nokas boğida gul bölmoq ne naf,
Yoki bir qörqoqqa qul bölmoq ne naf,
Şerning çangalida ölmoq ham şaraf,
Töxtama, ohuni quvlayotgan şer!
* * *
Bilaman, yana jim ketasan ming yil,
Yonimdan körmayin ötasan ming yil.
Ming yillik toqatning manzilin körsat,
Dars olgali boray, ötmasdan fursat.
Xosiyat Bobomurodova
1950-yili Samarqand viloyatining Xatirçi (hozirgi Navoiy viloyati) tumanida tuğilgan.
“Daryodan qatra”, “Oq yöl, turnalar”, “Samarqandga maktublar”, “Men uzgan gullar”, “Bormisan, özbek”, “Jonimning egasi”, “Vatan yagonadir”, “Kelin salom”, “Mağrurlik saboği”, “Qizilqum malikalari”, “Samarqand sanamlari”, “Qirq öğlon qissasi”, “Sahrodagi jannat”, “Sensiz”, “Gul yomğiri”, “Öquvçi odoblari” kabi kitoblari çop etilgan.
“Şuhrat” medali sohibasi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, Xalq taʼlimi aʼloçisi.
2024/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida