168 marta körilgan

Hayot – tiriklikka berilgan vaʼda…

Eng buyuk maqomdir – Oşiqlik!

* * *

Keldingiz… dunyoning rangi özgardi,

Hamma malikalar quladi taxtdan.

Özgalar baxt izlab yorini kutar,

Men sizni kutgandim zerikib baxtdan…

Kuldingiz… jon kabi yayradi bu jon,

Soçilib ketgandim qayta butlandim.

Sanoqda adaşdim… milyoninçi bor,

Yana qolmoqlikka taraddudlandim.

Qattiq tikildingiz… tezda angladim –

Xayrlaşmoq kerak yana qaytadan.

(Sizga salom bilan borib bölmaydi,

Xayrlaşib sizga bosaman qadam…)

Bu ne qismat böldi, bu qanday bitik –

Bir közim kulguda, biri yiğida.

Men sizni heç kimga öxşamay sevdim,

Ketmoq va qolmoqning oraliğida…

* * *

Menga açinma, ey döst,

Sen mening raqsimni kör!

Kulgularimda balqqan,

Qondagi aksimni kör!

Közni boylab dorbozdek,

Çopa olaman dorda.

Dunyodek ösar edim…

Qurğur şu yurak bor-da!

Baxt mening nikohimda,

Zavqdan zerikar otim.

Bu hali umrim emas –

Jon bilan muloqotim…

Bir kun keladi umrim,

U menga öxşamaydi.

Men yirtgan köylaklarni,

Onam kabi yamaydi…

Hayot – Rumiydan qolgan,

Ovozsiz çildirmadir.

Men uni tanidim-u,

Heç kimga bildirmadim…

Gulladim odam kabi,

Çirmaşib lahzalarga.

Larzalarni sevdilar –

Aylandim larzalarga…

Sen mening raqsimni kör,

Menga açinma, ey döst…

* * *

Sizni yöqotganman topgan mahalim,

Sizni körmaganim yaxşiroq edi.

Menga yoqar edi sizni izlamoq,

Umrimning qiyomi şu firoq edi…

Endi boşqalardan farqim qolmadi –

Yaşamoqqa mahkum bir beçoraman.

Sizni öylab arang qirqqa yetgandim,

Saksongaça endi qanday boraman?!

Endi tegrangizda yurmoğim lozim,

(Yodingizdan çiqib qolaman çunki).

Omon qolmoqlikning bitta yöli bor –

Endi öylasangiz yaşaşim mumkin.

Sizni körmaganim yaxşiroq edi,

Sizni yöqotganman topgan mahalim…

* * *

Assalomu alaykum, qirq yoş,

Negadir qaraşing ğalati.

Kelgandi boşqaça köringim…

Qismat bor-budimni taladi.

Kim deb taniştiray özimni,

Ismim aytolmayman çin dildan.

Oşiqmi, orifmi, odammi –

Hammasidan bor bir şingildan…

Kapalakdek yillarni quvib,

Lahzalarda adaşib qoldim.

Senga hadyalarim köp edi…

Bir qalbimni olib keloldim.

Keçir, u ham emas bus-butun…

Yamoq, yamoq, ming bitta yamoq.

Şunday bölib qoldi… osonmas,

Tiriklardek qirq yil yaşamoq…

Assalomu alaykum…

* * *

Ilhaq bölib ötar lahzalar,

Kunlarim termuladi öyçan.

Qani endi bir dunyo bölib,

Dunyoni öz holiga qöysang…

Yangi tön ham kiysang-da bundoq…

Yuravermay eskisin yamab.

Odam bölmoq bu – marra emas!

Dunyo bölolmasang yaşama!

Sen dunyoning ğamini emas,

Dunyo sening ğamingni yesa…

Senga hayrat bilan tikilib,

“Dunyo şunday ekan-da”, desa!

* * *

Ehrom qurayotgan qullardek hordim,

Kunlarni yutmoqlik oğir tobora.

Yelkadagi yukka çidamoq mumkin,

Közlar oğirlaşsa topilmas çora…

Tangasin yöqotib qöygan boladek,

Öksinaman yerga nigohim tikib.

Bu dunyo boriça odamlargadir,

Faqat öşa tanga edi meniki…

Qaçondir çinakam yaşagim kelar…

Hayot – tiriklikka berilgan vaʼda.

Yillarda yaşaşga işoniş qiyin,

Yaşamoq mumkindir faqat lahzada…

Shuhrat ORIF

 

1981-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasida tahsil olgan. “Men asli odammas, yor edim” kitobi çop etilgan.

2021/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.