141 marta körilgan

Javzo, salqin sahar, bir söri havas…

Munisa Aʼzamova

* * *

Közimni kuydirdi ğarb

Şarqimni bilmaysizmi?

Qorman – eridim, desam

Dilxira bölmaysizmi?

Bahor istamaysizmi?

Kulgularni qiynamay

Yoşlarimdan yaşnasam,

Marhamat qilsa tunlar,

Uyğoq tuşda yaşasam,

Meni eslamaysizmi?

Na-da bölmasam ğolib,

Na-da etmasam talab,

Oyoqlasa öylarim

Olib ketsa olislab,

Meni izlamaysizmi?

Yaşamadim dunyoni

Işq bilan teng kelsa vaqt.

Tan berib Haq Mezoni

Bir kuni yengilsa vaqt,

Meni eslamaysizmi?

Meni izlamaysizmi?

* * *

Barçasi menga yaqin,

Barçasi mendan uzoq.

Yangi oy – kökka tumor,

Yangi oy – yerga tuzoq.

Namozşom çökkan soyga –

Parilar bazmi qizir.

Qaydandir tiniq ohang

Qaygadir kirar sizib.

Rangidan keçib ranglar

Şom kiyar oq-qora tön.

Salqinlab baqaçalar

Yötalar öqtin-öqtin.

Nimadir yana olis

Va nedir yaqin şunça.

Men bölib ulgurdi şom

Siz tong bölib kelgunça.

* * *

Teraklarni şamol kuyida

Bir maromda tebratadi tun

Va xazonlar qay bir ilinjda

Tor xonaga tökadi yukin.

Bunda bir qiz – soçlari tözğin

Uyqusida topolmay halak.

Yonoğidan tomçi-tomçilab

Tuyğulari bölyapti halok.

Qöllariga yetmas mador, yo

Derazani yopişga jurʼat.

Çaqirmoqçi bölar kimnidir

Ismi bilan… siğdirolmas had.

Tor xonaga nur indi bir dam

Bir dam şamol şovqini tindi.

Şu tob qizni olis-olisdan

Ismi bilan çaqirdi kimdir.

* * *

Garçi hamma tomonim isyon,

Garçi hamma tomonim taskin.

Qiş, qor… yana ovundi umrim,

Fevral – yana soğinçning aksi.

Böy kötardi eski taraddud,

Söng yiğina boşladim şeʼrga.

Öşa katak qoğozli maktub –

Öylaringni önglatib bergan.

Oşiqadi qaygadir ilhaq

Yalpiz kutgan ariqlar labi.

Lahzalarim zarrasigaça

Ismingni yod etgani kabi.

Bahslaşadi hislar Sen uçun

Keltirgan tuhfamni tortqilab.

Biram körkli körindi, qara

Yelkalaring hayotim bilan.

Munisa AʼZAMOVA

 

1998-yili tuğilgan.

Özbekiston davlat jahon tillari universitetining

xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

2021/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.