* * *
Afifam,
nihoyat men seni topdim
va darhol tanidim – çaqnadi yodim,
munavvar mayoqqa evrildi taftim,
çaroğon hislarga töldi hayotim.
Angladim, jamiki hasratlarimni
çilparçin etarsan kaftingda yançib,
bemajol xayolim hayratlarini
tökursan,
kokiling – nurafşon qamçin.
Angladim, bu qismat gözaldir ğoyat,
çehrangda malaklar tajallisi bor.
Meni tiriltirar… meni… nihoyat…
soçingdan ufurgan anbarin ifor.
Va yana angladim,
dunyoda huzun
beğubor mehring-la topgay intiho.
Göyoki, bu oqşom umrimday uzun,
göyoki, şeʼr bitsa, kelgay Imtihon.
* * *
Göyo huzur topganday kuydan,
Ğam yuvilgan kabi kun sayin,
Muborakda tağin biz suygan
Yozgi yomğir!
O, mayin, mayin!
Qöyilganday nam barqut sirib,
Tomçilarni yutadi jimlik.
Yomğirpöşni uyda qoldirib,
Tabiatga singiş yoqimli.
Sunbullaring jununvaş kökning
Közyoşlarin silkir jonsarak.
Jilmayasan ohista turtib:
“Bunça gözal bu osmon, qarang!”
Jim qolaman termulib senga,
Közlaringda suzar koinot.
Daydi yellar guvullar tergab,
Lablaringdan kutaman imdod.
Va tösatdan qöyadi Alloh
Bulutlarning közlarin tanğib.
Söng jonimga lazzat yoyib, oh,
Höl tuproqning ifori anqir.
Şohjahon ŞODMONOV
2001-yili 29-may Qaşqadaryo viloyati Muborak tumanida tuğilgan.
Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi.
2002/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida