77 marta körilgan

Kokiling – nurafşon qamçin…

Şohjahon Şodmonov

* * *

afifam,

nihoyat men seni topdim

va darhol tanidim – çaqnadi yodim,

munavvar mayoqqa evrildi taftim,

çaroğon hislarga töldi hayotim.

Angladim, jamiki hasratlarimni

çilparçin etarsan kaftingda yançib,

bemajol xayolim hayratlarini

tökursan,

kokiling – nurafşon qamçin.

Angladim, bu qismat gözaldir ğoyat,

çehrangda malaklar tajallisi bor.

Meni tiriltirar… meni… nihoyat…

soçingdan ufurgan anbarin ifor.

va yana angladim,

dunyoda huzun

beğubor mehring-la topgay intiho.

Göyoki, bu oqşom umrimday uzun,

göyoki, şeʼr bitsa, kelgay Imtihon.

* * *

Göyo huzur topganday kuydan,

Ğam yuvilgan kabi kun sayin,

Muborakda tağin biz suygan

Yozgi yomğir!

O, mayin, mayin!

Qöyilganday nam barqut sirib,

Tomçilarni yutadi jimlik.

Yomğirpöşni uyda qoldirib,

Tabiatga singiş yoqimli.

Sunbullaring jununvaş kökning

Közyoşlarin silkir jonsarak.

Jilmayasan ohista turtib:

“Bunça gözal bu osmon, qarang!”

Jim qolaman termulib senga,

Közlaringda suzar koinot.

Daydi yellar guvullar tergab,

Lablaringdan kutaman imdod.

Va tösatdan qöyadi Alloh

Bulutlarning közlarin tanğib.

Söng jonimga lazzat yoyib, oh,

Höl tuproqning ifori anqir.

Şohjahon Şodmonov

 

2001-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi

fakulteti talabasi.

 

2022/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.