11 daqiqada öqiladi

543 marta körilgan

Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan

Behzod Biybolayev

(Esse)

Dam oliş kuni keçgaça uyda bölib, ançadan beri ortga surilib kelayotgan işlarimni tartibga soldim. Kamtargina ijodxonaning kunbotar tarafidagi derazasi qiya oçiq, undan endigina kirib kelgan bahorning yengil-yengil nafas olişlari eşitilib turardi. Biroz oldin oppoq bulutlardan yoğib ötgan yomğirning isi xonani tutgan, bu yomğir göyo mening ruhimga yoğib, undagi bor taşviş va dardlarimni özi bilan yuvib ketgandek edi. Ayni damda özimni quşdek yengil his qilardim. Botayotgan quyoşning sönggi nurlariga qişi bilan soğinib çiqqanimiz – oftobning iliqligi enib, u yuzimga tekkani sari qandaydir mehrga öxşaş bir taftni his qilardim. Asta oyna yoniga bordim va deraza raxiga tayangança taşqaridagi köklamning ovoziga quloq tutdim. Şu damda olis-olisdan bir kuy sasi kela boşladi. Bu kuy mening qalbimga şu qadar singib ketgan ediki, xuddi mening içimdan çiqayotgandek. Bu navo bundan ança vaqt oldin bölib ötgan, yurakning tub-tubida yotgan bir xotirani uyğotib yubordi.

* * *
…U auditoriyaga kirib kelgan kuni men allaqaçon yigirma beş yoşni urib qöygan, qöşni qizlarning miş-miş gaplari bilan aytganda “ança-munça narsalarni körib, içidan qarib ketgan” yigit edim. U esa endigina ön sakkiz-ön töqqiz yoşga kirgan, böyi mendan ham baland ukamning taʼbiri bilan aytganda: “Qibla tarafdan şabada essa ham yiqilib tuşadigan darajada” nozik edi.
Guruhdoşlarim içida yoşim katta bölganligi uçun auditoriyaning “töri”, yaʼni eng orqa tarafi hamişa kaminaga tegişli bölar, bu esa, baʼzida darsning qoq yarmida uyquni tortib yuboriş uçun-da qulay edi.
Xullas, u biroz jilmaygan köyi bir-bir qadam bosib xona örtasigaça keldi-da, böş joy qidirganday bir zum taraddudlandi. Yonimdagi böş joyni körib, qimtinibgina, yerga tikilgança men tomonga yura boşladi. Guruhimizda ungaça öttiz yigit va bir qiz öqirdik. Öşa kuni yolğizgina erka qizimiz ham darsga kelmagan, quş bozoriga öxşab, qiy-çuv qilib ötirgan bolalar u kirib kelişi bilan negadir ğayritabiiy bir tarzda tinçigan, bundan ham qiziği, xonaga birorta begona qiz adaşib yoki dekanatning işi bilan kirib qolgan mahallarda boşlanib ketadigan huştakbozligu qarsakbozliklar bu safar birdan hammaning esidan çiqib qolgandek edi. U asta qadam bosib kelar ekan, qadamlarining “taq-tuq” tovuşi xona böylab aks-sado berardi.
Şu paytgaça qança qizlarning qölidan uşlab, quloğiga şeʼr şivirlab yurgan bölsam-da, biror marta bu qadar qattiq hayajonga tuşmagan edim. Uning men tarafga kelayotganligining öziyoq, iç-içimdan qandaydir bir tölqinni uyğotdi… Beixtiyor parta ustida betartib soçilib yotgan kitob va daftarlarimni yiğiştirib, unga joy oça boşladim. U esa hamon men tarafga kelardi: taq-tuq, taq-tuq…
U xuddi quyoşga öxşardi. Biz – butun auditoriya – kungaboqarday burilib, undan köz uzolmasdik. Bir tekis, ölçanganday taşlanayotgan qadamlar: taq-tuq, taq-tuq….
Va nihoyat u men ötirgan partaga juda yaqin keldi. Men esa, bu paytda u mening yonimga ötirişiga butkul işongan, men tarafga öğrinça köz taşlab qöyayotgan guruhdoşlarimga ğolibona bir nazar bilan – labimning bir çetini sal uçirgança, kulib turardim…
U yetib keldi-yu öylab ham körmasdan şart burilib, narigi qatordagi böş joylardan biriga borib ötirdi. Xonaga oğir sukunat çökdi. Heç kimdan ovoz çiqmas, hamma ustimdan jimgina kulayotgandek edi. Özining qitmirligi va şöxligi bilan guruhda otning qaşqasidek bölib qolgan qaşqadaryolik kursdoşim Jasur sekingina, lekin hamma eşitarli qilib “Imm…” dedi-yu, “şilq” etib parta ustiga yiqildi. Yana bir andijonlik jöramiz esa minğirlab şeʼr öqiy boşladi:

Oy yuzidan nur yoğar sim-sim,
Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan…

Men esa ayni damda özimni tahqirlangandek his qilar ekanman, dam daftarni, dam kitobni sababsiz, asabiy varaqlardim. Şu lahzalarda ongu şuurimning iç-içidan, qandaydir özim ham bilmagan joylardan, yurakning hali xayol yetib bormagan burçaklaridan hazin bir kuy, kuy-ki odamni jang oldidan ruhlantirişga qodir, navo-ki, unda insonga çek-çegarasiz olamni bosib ötişga yetadigan qudrat bağişlovçi kuç bordek edi. Bu köngil kuyining ohangidan men faqat bir narsanigina ilğaşga ulgurdim: “Albatta uning muhabbatini qozonişim kerak!” Qolganlarini anglaşga menda fursat va tafakkur yetmadi, çoği. Zero, şuning özi ham menga bir olam işonç baxş etgan edi.
Bu paytda auditoriya ham asta-sekin özining eski holatiga qayta boşlagan, hamma öz işini qolgan joyidan davom ettirişga tuşib ketgan edi: kimdir kimgadir latifa aytar, yana kimdir şerigining telefonidagi suratlarni tomoşa qilişga tuşib ketgan. Şunday bölsa-da, u hamon hammaning diqqat markazida edi. Bolalar tez-tez unga öğrinça köz taşlab qöyar, u qayoqqa qarayotganligini bilmoqçi bölayotgandek, zimdan kuzatişardi. U esa beparvo, faqat baʼzan derazadan taşqariga köz taşlar ekan, boşqalar ham unga taqlid qilgandek öşa tarafga qarab qöyişardi. Lekin birorta talaba uning oldidagi böş joyga borib ötirişga jurʼat topa olmasdi. Şu mahal eşik şahd bilan oçilib, darsga keçikkan domla xonaga kirib keldi va hamma birdan oyoqqa qalqdi. Uç-tört kishi boshlagan “As-salomu a-ley-kum” sözlarini butun auditoriya jör bölib tugatdik. Şundan keyin xonani portfellarning “qars-qurs”lari-yu kitoblarning “tap-tup” ovozlari tutib ketdi – hamma darsga tayyorgarlikni boşlab yubordi.
Mening xayolimda hamon uning “taq-tuq, taq-tuq” qadam tovuşlari-yu, şoirning şeʼri aks-sado berib turardi:

Şirin tuşlar körsin sevgilim,
Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan…

Darslar tugab, hamma uy-uyiga tarqaliş harakatiga tuşganda, kuni böyi şahar xiyobonlaridagi daraxtzorlar içida mudrab ötirgan qoronğulik atrofga yoyila boşlagan, biroz oldin yoğib ötgan bahor yomğiri yölaklarni ham yangi kelin suv sepib, supurganday qilib qöygan edi. U bilan oliygoh qopqasidan izma-iz çiqib borar paytimizda havodan ham qişning zahri ketgan, bahorning yoqimli şabadasi endigina şarflardan holi bölgan yoqalardan kirib, etni huzurbaxş junjiktirayotgan, keç tuşişi bilan xiralaşgan osmondagi bulutlar qönğir-qora tusga kirib turgan bir mahal edi.
Ketma-ket ketib boryapmiz-u, xayolan unga nima deyiş haqida öylayman. Aksiga olib kallamga ham biror tuzukroq fikr kelmayotgan edi. Nihoyat bir çuqur nafas oldim-da, ketidan yetib olib:
– Salom! Endi bizning guruhimizda öqiysizmi? – dedim.
Şunday dedim-u, ovozimdan özim uyalib ketdim. Ovozim juda past, buning ustiga bemorlarnikiga öxşab xirillab çiqqan edi.
Tabiiyki, u gapimga tuşunmadi va menga “yalt” etib qaradi. Keyin jilmaygança:
– Keçirasiz, nimadir dedingizmi? – dedi.
– Salom, degandim. Keyin, endi bizning guruhda öqiysizmi, deb söradim, – dedim bu safar tetikroq tovuşda.
– Hm-m, – dedi u. Keyin jilmaygan köyi davom etdi: – Men bölsam, özingizga özingiz gapiryapsizmi, deb öylabman.
– Savolimga javob bermadingiz?
– Javob berişim şartmi?
– Ha endi… balki, bundan keyin kursdoşmizmi, deyman-da.
– Bölişi mumkin….
Suhbatimiz u qadar qovuşmadi. U esa hamon xiyol jilmaygan köyi, yerdan közlarini uzmagan holda men bilan yonma-yon ketib borardi. Uning birgina şu tabassumi ham şu qadar çiroyli ediki, u yölak böyidagi endigina boş kötargan maysalar bilan yaxlit bir manzarani kasb etardi. Biz bu mahalda bekatga yaqin kelib qolgandik.
– Keçirasiz, ismingiz nima? Odatda guruhga yangi kelganlarni taniştirişardi. Siz bilan esa birorta domla kelib, taniştirmadi ham, – dedim. Bu paytga kelib içimda potirlayotgan hayajon bosilmagan bölsa-da, özim ançagina dadillaşib qolgan edim. U menga taftişçi nigohlari bilan qarab turdi-da:
– Sizni faqat şu qiziqtiradimi? – dedi kulimsirab.
Yana kalavaning uçini yöqotib qöydim. Boşim qizib, quloqlarim şanğillay boşladi.
– Yöq, e-e, ha, umuman aytaman-da.
– Mayli, xayr bölmasa. Meni olib ketgani kelişdi.
U yonginamizga kelib töxtagan avtobusning zinalaridan salonga kötarilar ekan, men tarafga yana bir bor “yalt” etib qarab qöydi.
– Mayli… xayr… – dedim böşaşibgina. Lekin ovozimni özimdan bölak heç kim eşitmadi.
Yurilaverib har bir muyulişi, har bir binosi taniş bölib qolgan köçalardan talabalar şaharçasidagi yotoqxonamga qaytar ekanman, atrof ham har kungidan boşqaça gözal edi. Butun borliğim va xayolimda u bilan nomini özim ham bilmaydigan bir joylarda sayr qilib yurardik.
Mening nazarimda u bilan çiqişib ketiş osondek, umuman dunyoda hamma işni qiliş osondek körina boşladi. Ayni damda butun Toşkentni piyoda aylanib çiqişga qodirdek sezardim özimni.
Yotoqxonaga yetib keldim-u ertangi kunni orziqib kuta boşladim. Xonadoşlarimning qoçirimli gaplariga ham eʼtibor bermay, faqat u haqda xayol surardim. Zero, men uçun hozir eng zavqli narsa ham şu edi. “Qiziq, uning ismi nima ekan? Maftunamikin? Yö-öq, uning ismi bundan ham çiroyli. U dunyodagi eng çiroyli ismga munosib.”
…Gap-sözlaridan biroz şöx bölib körinsa-da, öziga yetarli darajada jiddiy ham edi va xuddi mana şu jiddiylik u haqda yengil xayollarga borişimdan saqlab turardi.
Ertasi kuni uning ismi maʼlum böldi. Guruh jurnaliga yozilganda bildik. Ruxşona. Bu ism öy-xayollarimni şu qadar band etdiki, közimga köringan yozuvlardan uning ismida iştirok etgan harflarni izlaydigan bölib qoldim. Bir söz bilan aytganda şoirlar mubolağa qilib yozadigan devonalik menda haqiqatga aylangan edi. U bilan qisqa-qisqa suhbatlarimizdan yana şu narsani bildim: u men birinçi kunda öylaganimdek har doim şöx-şodon emas ekan. Uning közlarida qandaydir mung yaşirin edi. Şu sabablimi, baʼzan maʼyus tortib qolar va bu damlarda men ham dunyolarga siğmay ketardim…
Şu tariqa uç oy köz oçib yumgunça ötdi-ketdi. Bu orada uning maʼyusligi, ğamginligi ham ortaverdi. Uning birinçi kundagi, huvv öşa, ilk bahorda, yangi yomğir yoğib ötgan yölakda bölib ötgan suhbatdagi şöxligi, quvnoqligidan bu paytga kelib asar ham qolmagandi.
U mening sörovlarimga ham javob bermas, negadir doim yolğiz qolişga intilardi. Bir könglim “u seni heç qaçon yaxşi körib qolmaydi,” desa, yana bir könglim “hammasi özingning harakatingga boğliq,” derdi. Men uning öşa, birinçi kungi şöx kulgusi-yu quvnoqligi, ovozidagi jarangdorlikni soğinardim. Uni yana şu holatda körgim kelardi…

Sen, dilimda yaşnagan çeçak,
Biz birgamiz, qayda yaşasak!

Şoir mening dardlarimni bilib yozgandek edi göyo. Qani endi öz muhabbatingni yetaklasang-u, heç kimning qadami yetmas joyga olib ketsang. Uni öşa joyga yaşirib qöysang. U joyga begona nigohlar oralamasa. Har xil köngilxiraliklar-u bu dunyoning taşvişlari yetib bormasa. Şunday joy bormikin? Agar bor bölsa, qayerda bölişi mumkin? Köngilning tubidami? Lekin köngilning eng tubidagi muhabbat ham vaqti kelib özini oşkor qilib qöyişi mumkin-ku.
Yozgi taʼtil ham boşlanib, barça talabalarning quvonçi içiga siğmaydigan palla kelgan edi. Hamma xursand, faqat meni undan uzoqlaşiş qayğusi qiynar edi. Uni körmasdan uç oylik taʼtilni qanday ötkazaman? Koşki oramiz yaqin bölsa. U boşqa viloyatda, men boşqa viloyatda. Buning ustiga qişloq şaroiti… Tomorqa va uydagi işlardan ortib, biror joyga çiqiş muammo. Yana bizning xonadonda bir söm pulning ham öz işlatiladigan joyi bor ediki, bu holatga men ham allaqaçonlar könikib bölgan edim. Buning ustiga ota-onamga ham biror qiz haqida gapiriş juda qiyin edi.
 U menga röyxuşlik bermagan bölsa-da, negadir iç-içimdan “u ham meni yaxşi köradi” degan öy ötaverardi. Bu orada neça bor unga qönğiroq qilgan bölsam, hammasi besamar ketdi. Telefonxatlar ham havoga uçgandek javobsiz qoldi…
Quşlarning çuğur-çuğurlariyu, hamma yoqni çangitib podadan qaytayotgan mol-qöylarning ovozlari bilan azim yoz fasli ham ötib ketdi. Öqiş boşlanişi oldidan talabalar yotoqxonasiga joylaşdim. Darslar boşlangan kuni yuragim hapqirib, institut tomonga uçib bordim. Kursdoş bolalar hammasi bir-biri bilan quçoqlaşib hol-ahvol söraşar, yozgi taassurotlarni sözlab çarçaşmasdi. U ham şu yerda edi. Jilmaygan köyi kimningdir sözlarini tinglarkan, qölidagi beş-oltita kiçik xatjildlar titrab turardi. Men bilan ham öşanday, jilmaygança boş qimirlatib söraşgan böldi. Mening közlarim esa xatjildlarda – ular titrab turardi.
Öşa kunning özidayoq men uçun maşʼum bir haqiqat ayon böldi. Titrayotgan xatjildlar uning töyiga taklifnomalar ekan. Şundan keyin nimalar bölganligini aytib ötişimga hojat yöq, deb öylayman. Faqatgina darslar tugab, yana öşa yölakdan yonma-yon qaytar ekanmiz, havoda ham kuzning oğir qora bulutlari izğib yurardi. U qölidagi sönggi taklifnomani qölimga tutqazdi-da:
– Meni keçiring. Sizni xafa qilmoqçi emasdim, – dedi.
– Nega axir… Qanday qilib axir…
– Bu ança oldin pişitilgan savdo. Ota-onam meni yoşligimda unaştirib qöyişgan.
– Men heç kimdan xafamasman. Lekin odam özi uçun ham yaşaşi kerak-ku. Istasangiz hamma masʼuliyatni böynimga olaman.
U aqlli qiz edi. Nima demoqçi bölayotganligimni darrov tuşundi.
– Yöq! Buning keragi yöq. Men heç qaçon ota-onamning yuzi yerga qaraşini istamayman. Ular oldidagi masʼuliyatim ham, burçim ham bunga yöl qöymaydi. Hissiyotlarga berilib iş körsam, oxiri yaxşi bölmasligi mumkin, – dedi qatʼiy qilib.
U sönggi gaplarini qatʼiylik bilan aytgan bölsa-da, ovozidagi titraşni anglaş unçalik qiyin emasdi. Bekatga kelib töxtagan avtobus tomon burilar ekan, past ovozda:
– Mayli, xayr, meni olib ketgani kelişdi. Xayr, Siz yaxşi odamsiz, – dedi. Unga diqqat bilan, xuddi sönggi bora körayotgandek termular ekanman, közlarining tub-tubidan töfon kabi yopirilib kelayotgan yoşlarni kördim. Şu lahzada uning nima uçun kundan-kunga ğamginlaşib borayotganligi ham ayon bölgan edi men uçun.
U avtobusga çiqdi-yu odamlar orasiga singib ketdi. Huvillagan bekatda yana yolğiz özim qoldim. Kuzning ilk kunlari bölişiga qaramay oldin bitta-bitta, keyin esa şovullab yomğir yoğa boşladi. Ammo bu safargi yomğir kuz yomğiri edi. Qölimdagi taklifnomaga qayerdandir tomçilar tomar, bu tomçilar yomğirmi yoki mening közimdan tomçilayotgan yoşlarmi, buni aniq ajrata olmasdim.

Biz ketsak, yer kengayib qolar,
Osmon ham sal enkayib qolar,
Bir qora köz jilmayib qolar,
Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan!

* * *
Hamon deraza raxiga suyangança, taşqaridagi bahorni tomoşa qilardim. Qayerlardadir haliyam öşa kuy özining hazingina ohangini taratardi. Şu paytda bir narsaga amin böldim – Muhabbat hayot ekan, bu kuylar ölmaydi. U abadiy yaşaydi!

Behzod BIYBOLAYEV – 1986-yilda Toşkent viloyatining Bekobod tumanida tuğilgan. Toşkent Moliya instituti “Moliya-iqtisod” fakultetida tahsil olgan.
Hozirda “Kitob dunyosi” gazetasida bölim muharriri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

“Yoşlik” jurnali 8-son, 2014-yil

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)