* * *
Har yil kökaradi hovlida maysa,
Har kun tuğiladi ming-ming çaqaloq.
Har on yaşaradi könglimda sevgi,
Boq!
Qiziq savdolari bor bu hayotning,
Gohi şod, gohida ğamga şerikmiz.
Neçukdir ölmadik, hali bor umid,
Tirikmiz!
Kel, şafaq yonişin kuzatamiz jim,
Ikkimiz bir şirin suramiz xayol.
Men senga yuragim yulib beraman,
Ol!
Ertaklar öqiymi yo şeʼr töqiymi?
“Odam” qissasini aytaymi takror?
Bunça közlaringdan yoş yumalaydi,
Bunça közlaringda olam rangi bor!
Kel, sano aytamiz ikkimiz birga,
Ikki qalb qovuşsa, ijobat duo.
Men tirik ekanman, sen bor ekansan,
Bizni ajratmasin mehribon Xudo!
* * *
Yoşlik çoğlarim ham ketdi yuz burib,
Katta odamlarga bölib andarmon.
Endi-çi, qömsayman şöx bola bölib,
Yugursam dalada yorilib tovon.
Sargardon yuribman şahar-u qişloq,
Kunlar hayotimga bermayapti zeb.
Mayli, aldasang ham roziman, hayot,
“Seni qaytaraman bolalikka”, deb.
Nahot soğinyapman döstlarim bilan
Toş tepib oyoğim qilganim mayib.
Har tun tuşlarimda suvlar saçratib,
Qöşni qiz olisdan turar jilmayib.
Ekkan daraxtlarim ulkan boğ bölgan,
Soya-salqin bölgan hovli törisi.
Judayam soğindim qöşni hovlidan
Bolalik ömargan olma öğrisin.
Men anglab yetmadim qaçon ulğayib,
Ajinlar çizganin yillar yuzimga.
Birov eşitmasin deya jilmayib,
“Yoşligim soğindim”, dedim özimga.
* * *
Men hanuz arosat içra sargardon,
Men hanuz özligin bilmagan daydi.
Bir olam muştiga tengdek yuragim
Boşqa yuraklarga öxşab urmaydi.
Ruhimga öt tuşsin, jonimga burov,
Xayol dovonidan yiqilgan toşman.
Bir majruh köngilga salomsiz kirib,
Aliksiz yöqolib ketgan quyoşman.
* * *
Raqib topolmayman muşt tuşirgani,
Biron kas yuzimga ketmaydi ura.
Men doim sevinib yurgim kelmaydi,
Siqilib yurgim ham kelmaydi sira.
Birda akillayman qopağon itdek,
Birda muşuk kabi tortaman yuvoş.
Gohida qoçaman döstlarimdan ham,
Gohida izlayman biron suhbatdoş.
Kerakli joylarda oğzimda tolqon,
Keraksiz joylarda talaşaman or.
Men qörqib yaşayman hayotimdan ham,
Qaçondir şunçaki bölişdan bezor!
* * *
“Faqat men haqimda öylang deydi U”
Mansur Jumayev
Qani jimjit bölsa şovqinli keça,
Dağal ovozimda qöşiq kuylasam.
Unutsam ertani eslamay heçam,
Faqat U haqida öylasam!
Yulduzlar boşimda aylasa çodir,
Oyning yoğdusiga közimni tiksam.
Söng esa maysaga uzala yotib,
Faqat U haqida öylasam!
Bir nafas quvonçdan kulsam şodumon,
Içikkan Yoqubdek tim-tim yiğlasam.
Yiğlasam va yana kulsam şodumon,
Faqat U haqida öylasam!
Yana xayol kelsa, söng malol kelsa,
Köksimni çimdigan bir savol kelsa.
Atrofimni örab ming ayol kelsa,
Faqat U haqida öylasam!
Sira tugamasa bu ötli keçam,
Tuş bölsa, öng bölsa, bitmasa heçam.
Ular men haqimda öylang desa-yu,
Faqat U haqida öylasam.
Faqat U haqida öylasam!
Yölovçi qiz
Yelkamga boşini qöydi yöl böyi,
Unutdi dunyoni, unutdim men ham.
Teraklar ortiga yiqilgan Quyoş,
Hammasi romantik, hammasi bekam!
Sudralar avtobus toşbaqa misol,
Şeriklar kuylaşar şöxçan bir qöşiq.
Mening-çi, ovozim çiqmaydi sira,
U esa aytadi sevinib, jöşib.
Tillorang soçlari qamaştirar köz,
Oroldek qurigan lablari – olov.
Men uning yonida odamdek emas,
Qaqnus qanotidek yonib turdim-ov!
Yelkamga boşini qöydi yöl böyi,
Muhabbat ertagin töqiy boşladim.
Norizo boqqandek böldi, şu onda
“Hazrati işq”dan şeʼr öqiy boşladim.
Şu zahot uyquga ketdi, qarasam,
Bu bari ajoyib tuşimdek edi.
Çimçilab kördim men ikki tizzamni,
Oğridi – barçasi huşimda edi.
Manzilga ham yetdik, ilkis uyğondi,
Yuzida tabassum – keldik tinç-omon.
Yana uçraşamiz, deya qöl siltab,
Ketdi boşqa tomon, men boşqa tomon.
Şundan söng u qizni körmadim sira,
Maqsadim ne edi, uning ne öyi?
Hammasi romantik böldi şunçaki,
Yelkamga boşini qöydi yöl böyi!
Bahodir JOVLIYEV
2001-yili tuğilgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti magistranti. Respublika yoş ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari iştirokçisi (2025).
“Yoşlik” / 2025 / 8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida