Sunbula
Kunning quçoğidan ariydi hovur,
Muzdek yel öynaşib çiqar tun bilan.
Sharobning hididan eltib, haytovur,
Boğlarning pinjida tunar sunbula.
Kuzatar, hasaddan quşlar hurpayib,
Olovtus barglarning telba raqsini.
Bulutlar xayolga çömgani sayin,
Köpirar, kölmakda körib aksini.
Mezon xiromiga burkanar dala,
Yoz böyi toliqqan musiçalar jim.
Teraklar soqolin qirtişlab çala,
Kökning avzoyiga bölar munajjim.
Tabiat boğ içra qoriştirar rang,
Işkomlar nozlanib egilar yerga.
Havoda muallaq çayqalar ohang,
Ikkiqat tiyramoh intiqdur şeʼrga.
Borliqning sukuti çözilmas uzoq,
Içikib kutgan u oy-yillarini.
Dard bilan dunyoga keltirar kuzak
Köklamga oşufta şoirlarini.
Musavvir
Rangin dunyolarga xayol uloqqan,
Beğubor hislarni köngil tusab bir,
Suluvning sumbatin kunbotar yoqqa
Tikilib jimgina çizar musavvir.
Entikib boqadi, musavvir – telba.
(Soğinçni tasvirlab bölmaydi axir.)
Kiprigi – möyqalam.
Ufqqa sermab,
Xayolga botirib oladi tağin.
Öt nigoh suratning jimligin buzgay,
Musavvir tikilar uzundan-uzun
Va şafaq kiradi qip-qizil tusga,
Lovullab yonadi suluvning yuzi.
…Tobora suratning ranglari siniq,
Közini berkitar ohori yöq noz.
Yomğirlar yuvadi gul yanoğini,
Şamollar suluvni etar belibos.
Şafaqqa termular musavvir – junun,
Havoga çaplaydi ranglarini u.
Ğovurli dunyoga qoldirib uni,
Tunning quçoğiga botadi suluv.
…Yiğolmay tözğigan tasavvurini,
U sekin jönaydi etolmay jurʼat
Va kutib oladi musavvirini,
Qoşining ustiga çizilgan surat.
Çanqoq
Munça köngil abas yaşnar,
Munça ohor talab rangi.
Içim qaqroq, suvga taşna
Sahro kabi yotar çangib.
Yaproq bölib çorlagin bir,
Egik boşim aro yastan.
Hovur kezib çopdim axir,
Biror soya topolmasdan.
Samovotdan ulaş belgi,
Hayrat erur faqat arzim.
Menga yomğir bölib kelgin
Va közimni ayla manzil.
Meni siyla bir şaşt bilan,
Isyonimning yarmi botin.
Tuşlarimni payhon qilar
Potirlatib sor qanoti.
Muştoqdirman qatra nurga,
Tösiqlarni, ayo, sindir.
Hislarim bor, nişlab turgan,
Tilim gullab yuborsin bir.
Yaldo ötdi köp tunlarim,
Endi bir tong istaram man.
Nahorning şöx nasimlari
Silab ötsin istaramdan.
Va oşiqlar bölsin nadim
Mendan toki Senga qadar.
Hayrat quyib ber, çanqadim,
Liq töldirib dilkosada.
Iltijo
Hilol tuni bilan çalqança suzdi,
Kulol xom loyini suvladi qayta.
Zilol tuşlarimning yarmida qizğin
Bilol tong saharlab ismingni aytar.
Mudraşdan boşqa bir çora ber, Xudo!
Nahr şamol bilan öynaşar oşiq,
Faqir öz qismatin yöygan şarafga.
Taxir yomğir kabi közimning yoşi,
Axir, bu köngilni işqsiz tarafga
Sudraşdan boşqa bir çora ber, Xudo!
Tözib borayotir dardlarim, eski,
Ösib borayotir bir alam tinmay.
Sözim borayotir tobora keskir,
Közim borayotir yer çizib, jimman.
Titraşdan boşqa bir çora ber, Xudo!
Ölimning soyasi közga doridi,
Qölimni zahmatning qadoği bosgan.
Qönimni bilmagan quşday horidim,
Tönimni qismatning yamoği bosgan.
Butlaşdan boşqa bir çora ber, Xudo!
Gohi men ğoliblik kördim taʼzimda,
Yoki men bilmadim özimning haddim.
Yoğiy boş kötarib turgan bazmda
Soqiy may töldirib menga uzatdi.
Qutlaşdan boşqa bir çora ber, Xudo!
Islom ALI
1993-yili Samarqand viloyati Qöşrabot tumanida tuğilgan. Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida tahsil olgan. Respublika yoş ijodkorlarining anʼanaviy “Zomin” seminari iştirokçisi (2022).
“Yoşlik” / 2025 / 9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida