Gul
Marhamat tomonda bir gul bor,
Marğilon tomonda – bitta qul.
Qul kimga arz etsin qulidan,
Gulini qizğonib tursa Ul?!
Xavotir
Daştlarda qalamga aylandi aso,
Bu yöllar beayov qoqdi ilikni.
Men doim özingdan tiladim tözim,
Men qayda yöqotdim odamiylikni?
Bu manglay qismatni kimga yozdirgan?
Yo jondan ayrilar yoki iymondan.
Bir najot istadim buloqdek toza,
Bir kalom izladim – kengroq osmondan.
Yerda qimirlagan haşarotda jon,
Falakka tikilgan bandangda umid!
Öğonim, qölingni öpmoqçi edim,
Qölimni tişladi qança daydi it…
Ammo xayolimdan qöymadim bir zum,
Köksimni tortmadim ötda yonişdan.
Yo, Tangrim, bir kuni murodga yetsam,
Juda ham qörqaman sensiz qolişdan…
Qismat
Toğlarning çekiga ösmoqlik tuşdi,
Osmonning haqqiga muallaq turmoq.
Odamning loyiga qöşib mulkini
Bağrini toptatib yotibdi tuproq.
Kiyikning böğziga tiş izi indi,
Ölaksa qöymadi öz odatini.
Nahotki, burç deya işondi-qöydi
Vahşiyga örmonning nazoratini.
Bu kökda quşlar ham bor edi, ammo
Parvozni unutdi, qanoti qotdi.
Baliqlar erk deya sakragan mahal
Oy ipak törini daryoga otdi.
Yana parvonaga tekkani mardlik,
Öt bilan öynaşiş, oqibat – kuyiş.
Menga ham bitgani Parvardigorning:
Şeʼr yozib dunyoning ustidan kuliş.
Ozod quş haqida ertak
Ikki bor tuğildi bu mitti qanot,
Ikki bor olamga dovruğin yoydi.
Bir marta onaning qornidan tuşib,
Bir marta tuxumning boşini yordi.
Köz oçib kördiki, otasi – ğulom,
Insonning qöliga oçilgan oğzi.
Ikki bor dunyoni körgan polapon
Tuğiliş baxtidan bölmadi rozi.
Isyonkor kuç keldi quş yuragiga,
Uçinçi hayotga özi intildi.
Nihoyat sindirib temir qafasni
Azaliy
qullikdan
qutuldi…
Qaqnuslar sayrasa
Qaqnuslar sayrasa, tomoği qonar,
Olam ham yuz burar, gullar ham tonar.
Nega biz uçraşsak, yonoğing yonar?
Ey mening habibim, ey mening jonim,
Ey, mening közimga siğmagan tomçi,
Dunyo hotam ekan, könglim – tilançi.
Men dedim, kulgingdan kuladi başar,
Kulgingni podşohlar quldan talaşar.
Mening-çi, köksimda iztirob yaşar,
Ey mening rafiqim, ey mening jonim,
Bormi, ayt, qarşingda men kabi ğarib,
Köz osting maşriq-u köz usting – mağrib.
Izladim, topmadim dardimga giyo(h),
Sehriyo degayman yana Sehriyo!..
Sen Horut, men Morut boqmaysan qiyo,
Ey mening nasibim, ey mening jonim,
Dunyoda jamiyki unsur aldamçi,
Vujuding mulkimdir, soçlaring – soqçi.
* * *
Saharda miltirab turgan yulduzni,
Yulduzni opiçlab otgan kunduzni,
Kunduzdan yuzlari yorişgan qizni,
Sevaman!
Keçaning holini bilmaydi qamar,
Keça ham quyoşdan emas boxabar,
Quyoş şu zaminga tekkunga qadar,
Sevaman!
Sevaman, köksimda jon bor tabiiyki,
Seviş, seviliş ham Xudoning mulki,
Mening avvalim şu, oxirim şuki,
Sevaman!
…Poyimga xazonlar töşagan kuzni,
Xazonda yer çizib qaragan közni,
Azizam, tuşuning, men sizni, sizni –
Sevaman!
MASIHULLOH
1998-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fanlar fakultetini tamomlagan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan
“Birinçi kitobim” ruknida “Ertakli kunlar” şeʼriy töplami çop etilgan (2022).
2023/11-12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida