3 daqiqada öqiladi

133 marta körilgan

Kitob öğrisi

Közlari közoynakning borligidanmi, yo özi şunday kattami, bilmayman, kosasidan çiqqudek körinaveradi. Men bu amakini, öziga aytmang-u, boyöğliga öxşataman: haybatli, burunlari katta va qörqinçli!

 Ularning uyiga borganimizda dadamning qöllaridan mahkam uşlab olaman. Çunki Şerboy ota yöğon ovozi bilan: “Xöş, qizaloq, qorning qanday? Oçmisan, töqmisan?” deyişi menga: “Hoy, qöziçoq, men seni yeyişim kerak, sen ozğinmisan, semizmisan? Ozğin bölsang yaxşilab ovqat ye!”, – degandek bölaveradi. Dadamning aytişiça, Şerboy ota 30 yildan beri şu qişloqda yaşar ekan. Bizning esa bu qişloqqa kelganimizga 1 yil böldi.

* * *

– Iye, dada, qayerga ketyapsiz?

– Haşarga.

– Dada, şoşmang, şippagimni kiyib olay, menam siz bilan boraman şaharga!

– Şahargamas, haşarga!

– Mana, keldim, dada. Haşar deganiz nima özi?

– Haşar odamlarga yordam beriş.

– Hmm, kimga yordam beramiz?

– Şerboy otaga, yordam beramiz ikkalamiz!

– Menammi?

– Ha-da, senam, axir maktabga bording, katta qiz bölding!

– Yööq! Qörqaman u kişidan!

– Nega qörqasan? U yaxşi amaki!

– Nega unda xömrayib, qovoğini solib yuradi?

– U yomonmas, faqat u xafa…

– Kimdan?

– Bolalaridan… beçora kampiridan ayrilgaç, uning uyi ham, yuragi ham huvillab qoldi. Har kun kampirini eslab, qabriga gul taşiydi. Bolalari bemehrroq çiqdi. E, sen bularni tuşunmaysan. Mayli, tezroq yur, qizim.

Dadam bilan Şerboy otaning hovlisiga kirdik. Ularning hovlisi Şerboy otaga öxşab qarib qolgan.

Şerboy ota men bilan söraşib:

– Xöş, menga yordam berasanmi? Zumradmisan, Qimmatmisan? – dedi.

– Men Zumradman, – dedim qimtinib.

Ular meni içkariga bir xonaga boşlab bordilar.

– Vooov! Dahşat! Kitoblarning köpligini!

Xonaning uç devorini kitobga liq töla javon egallagan. Şerboy ota deraza oldidagi gullarga işora qilib:

– Ularga bir mehr bergin, – dedilar va hovliga çiqib ketdilar.

Gullarga suv soldim, barglarning çangini artdim.

– Namunça köp bu kitoblar! Bu qanaqa kitob? Na…vo…iy, bunisi Go…gol, mana bu esa Ab…dul…la Qo…di…riy, Dost…dosta…yevs…kiy… Eh, boşim aylanib ketdi. Hammasini öqiganmikan Şerboy ota?! Voy, mana bu kitobni… rasmlarini köpligini qarang! Zör ekan! Şunisini özimga olsam, heç nima qilmaydi. Şu-u-unnnça kitob, men bittasini olaman. Sörasammikan?.. Yöq, qörqaman undan! Böldi. Tamom. Olaman-ketaman!

* * *

Keçki ovqatni odatda yoz, kuz oylarida hovlidagi şohsupada yeymiz. Bugun ham onamning şirin ovqatlarini – palovxontörani yeb ötirgan edik. Birda hovli eşigi oçilib, bir kişining ovozi eşitildi:

– Hamrobek, uydamisiz? Geç yoqtilik!

– Kelgan yaxşilik, Şerboy ota, kiravering! Yaxşi kelar oş ustina!

Men u kişini körib kitob öğirlaganim esimga tuşib ketdi. Içimda: “Yomon odam-da, darrov şu bitta kitobni olişga kepti”, – deb öyladim.

“Qoçsammikan? Yaşirinsammikan? Yöq, yaxşisi, tan olaman! Oldim deyman, öğirladim demayman, şunçaki, olgim keldi deyman!”

Öz-özidan közimga yoş kelib, piqillab yiğlay boşladim! Qarasam, oyim bilan dadam hayron bölib turişibdi. Şerboy ota yonimga keldi. Hozir menga öşqiradi deb turgan edim, u umuman boşqa gaplarni aytdi:

– Bilgir qizim, dono qizim, menga yordam berganing uçun senga sovğa olib keldim! – Şunday dedi-yu qölidagi talaygina kitoblarni menga berdi. Men esa ularni qölimda tutaman deb gandiraklab ketdim. Kulişni ham, yiğlaşni ham bilmayman.

Şu payt dadamning:

– Rahmat qani, Bonu qizim? – degan ovozi eşitildi.

– Rahmat! – dedim-u, yuzlarim olmaday qizarganini sezdirmaslik uçun yerga qaradim.

Şerboy ota asta-asta yurib eşik yoniga bordi va ögirilib: “Senga rahmat, qizim! Senga rahmat! Kitobni sevganing uçun! Doim kitobga döst bölgin!” – dedi.

Ha… bu meni kitobga oşno qilgan voqea edi!

Niginabonu Hojiqurbonova

 

2008-yili tuğilgan.

“Yoş kitobxon” respublika tanlovida 2-örinni qölga kiritgan.

2023/11-12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)