295 marta körilgan

Meni toblab borar bu hayot darsi…

Quddusbek ASADULLAYeV

* * *

Yurak degani-ku… özi menda yöq,

Bor edi, muhabbat solganda uçqun.

Yondi u, kul böldi tuşib laxça çöğ,

Sen menga sensizlik tortiq qilgan kun!

 

Şubha-yu gumonlar… Işqqa tuşdi öt,

Mensizlik muborak! Ketdingmi, kelma.

Gar yöllar tutaşsa sukut saqlab öt,

Sensiz yaşamoqqa xalaqit berma!

 

 

QIYIN…

 

Bir suluvni sevsak mobodo

Qaytolmadik… bizlarga qiyin…

Jondan sevar qizlar ham ammo,

Aytolmaydi… qizlarga qiyin!

 

Muhabbat deb, ğururdan keçib,

Boş egmoqlik… bizlarga qiyin…

Sevgan yori qolib, özgaga

Tegib ketar… Qizlarga qiyin!

 

 

IQROR

 

Men doim yurakning izmida böldim,

Heç qaçon turmadim köngilga qarşi.

Gohida kökardim, gohida söldim

Meni toblab borar bu hayot darsi.

 

Darslar turfa xildir, xulosa bir xil,

Barça öy-xayollar ezgulik sari.

Hayot goh saxiydir, gohida baxil,

Aqlingni olmasin mol-davlat, zari.

 

Quvonçmi yoki ğam aytib şukrona

Borin qarşilayman bağrimni oçib.

Neki bor, köradir bu şör peşona,

Qayga ham borardim, taqdirdan qoçib.

Quddusbek ASADULLAYeV

1998-yili tuğilgan.

Guliston davlat universeteti filologiya fakulteti talabasi.

Respublika yoş ijodkorlari­ning Zomin seminari

iştirokçisi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.