Şoir Faxriyorga
1
Osmondan ingan toşlar qirlarda yotar mangu,
Şamol yalar töşini, izğirin, tuşib qirov.
Orzular quruq xasdek kengliklarga soçilgan,
Qaqragan giyohlarga parvo qilmaydi birov.
Tuyalar toğdan oşib horib-tolib çökkanday,
Huv ana örkaçlari turar emiş qimirlab.
Ey sarbon, qayda qolding, tuyalarni haydagin,
Biyday sahro qöynida sarob suzmiş jimirlab.
Taqdir öqiga nişon sarğaygan butazorlar,
Ökinç sungan şarob ham toşkosaga quyilgay.
Yilt etgan umid öçar, söqmoqlar ham kömilgan,
Oftob ham huv toğlarga ötib ketar bildirmay.
Odamlarning armoni qöziçoqdek semirgay,
Hasratlar suruviga, ayting, bormi xaridor.
Dunyo dunyo bölibti, özgargan emas udum:
Haq sözga böyinboğ-u yasab qöyilgandir dor.
Ey, tumsa dunyo, sen ham teşiktoşdan ötsang-çi,
Boşqoronği bölsayding yaxşilikka sen zora.
Toşdaftar varaqlari hilpiraydi şitirlab,
Yomğirlar yuvganidan rangi öçib tobora.
2
Osmondan ingan toşlar qirlarda yotar mangu,
Şamol yalar töşini, izğirin, tuşib qirov.
Orzular quruq xasdek kengliklarga soçilgan,
Qaqragan giyohlarga parvo qilmaydi birov.
Keldi-ketdi dunyo bu. Yillar taxlanar bir-bir,
Toşlarga tegib sinar xayollar piyolasi.
Sen qança çorlamagin, yalinib-yolvormagin,
Senga yetib kelmagay yoriltoşning nolasi.
Bitiklarning izini asrlar öçirgandir,
Toşlarda öçayotgan harflar nola aylar.
Xotiramdan ötmoqda qirlarda uloq çopib,
Ot ustida tuğilib ot ustida ölganlar.
Bobolar arğumoği kökka sapçib kişnaydi,
Uyurlar bu joylarni allaqaçon tark etmiş.
Xotira daftarimni qonlar saçrab gullagan,
Daralarda ovozi sönib abasga ketmiş.
Daşt-u dala şip-şiydam.
Zavq-u şaştlar sönganday,
Bu olamni tutmaydi bobolarning urhosi.
Barini yutib ketgan, toğlar ğoridan çiqib,
Heç birini qoldirmay vaqtning ajdarhosi.
3
Osmondan ingan toşlar qirlarda yotar mangu,
Şamol yalar töşini, izğirin, tuşib qirov.
Orzular quruq xasdek kengliklarga soçilgan,
Qaqragan giyohlarga parvo qilmaydi birov.
Oy oşiği bolakay tentiraydi tunlari,
Könglini töka olmas, qani unga bir sirdoş.
Qani, ey, bu olam ham nogoh çöçib uyğonsa,
Könglingni yora qolsa bamisoli yoriltoş.
Bahorning toşqiniday qalbiga zavq ulaşar,
Tuyğular bosib kelar, töplanar qöşin lak-lak.
Oy yoğdusi sut kabi tomçilar tobatoşga,
Bolakay köza topmay har yon chopadi halak.
Qani, ey, sellar keling, ğaflat qörğonin buzing,
Pöpanaklar suzmişdir, çulğar ruhni rutubat.
Köngilning xarobasi huvillar öyiq közday,
Toşlardek bosib yotar ustida qabat-qabat.
Darada oqqan selga öylarin oqizar u,
Bahor kelişin kutib yöllarga köz intizor.
Ey, uni olib keting, bu joylarda qololmas,
Bu joylar endi unga köylagidek juda tor.
4
Osmondan ingan toşlar qirlarda yotar mangu,
Şamol yalar töşini, izğirin, tuşib qirov.
Orzular quruq xasdek kengliklarga soçilgan,
Qaqragan giyohlarga parvo qilmaydi birov.
Dunyoni quva-quva dunyoga yetmadik biz,
Yiqildik, turdik yana, yiqildik, turdik yana.
Hayron-u lol boqdik biz taqdirning öyiniga,
Toş yangliğ yoğildi-ku har qaçon bizga taʼna.
Parçalandik, sindik biz, parçalandik, sindik biz,
Ğayri yurtlar eşigi endi bizga oçilmas.
Qiliçlarni almaşdik, nayzalarni taşladik,
Sovut-u dubulğaga endi heç kim qaramas.
Ruhimizni tuşirdik bu kenglikda yelkanday,
Biz yölni topa olmay adaşdik olam aro.
Toğlarni közlab suzsak, tepalarga duç keldik,
Sönib borar umid ham şamçiroqdek tobora.
Yovga tik qaramadik, uyaldik yerga qarab,
Mağlub askar közini yaşirganday noçora.
Sarson-u sargardonmiz, ora yölda qolganmiz,
Aftodahol. Noiloj. Ruhi siniq beçora.
5
Osmondan ingan toşlar qirlarda yotar mangu,
Şamol yalar töşini, izğirin, tuşib qirov.
Orzular quruq xasdek kengliklarga soçilgan,
Qaqragan giyohlarga parvo qilmaydi birov.
Taqdirga bitilgan ne, öz-özimni tergayman,
Baxt toşini yorganda çiqib kelmiş ğam-qayğu.
Döstlarim qayda qolmiş, tunlari oromim yöq,
Holimni bayon etmiş nola aylab ayolğu.
Ey, toşlar, söylang menga, ğamlarimga eş böling,
Söppayib turmang bunday. Körganlarim emas tuş.
Ey, mening anduhlarim toğ-u toşga aylanmiş,
Oy çiqib parvonalar töş urar unga xomuş.
Könglimni böşatayin, yurakni ezar zardob,
Ğamimga şerik bormi, men yugurib borayin.
Boşimdan keçganlarin afsona deb öylamang,
Gar bilsam nimaligin öt-ölandek sölayin.
Bu dunyo ötar dunyo, gohida sotar dunyo,
Palaxmon toşi yangliğ bir kuni otar dunyo.
Sen özing yölga tuşgin, heç kimga köz tikmagil,
Sangijumon toşidek qalbingga botar dunyo.
Bobomurod Erali
1965-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU) ning Özbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. “Sukunat sibizğasi”, “Tungi sayr” nomli şeʼriy töplamlari çop etilgan.
2024/4
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida