Matematika
Bitta-bitta qöşib çiq
Men aytajak sözlarni!
Ota, ona, qöşnilar,
Aka, uka, döstlarni.
Opa, singil, amaki,
Toğa, xola, ammani.
Bir-bir qöşib boraver
Bobo, buvi – hammani.
Maktab plyus mahalla,
Qirlar, soylar, buloqlar,
Yana qöşuv bir gala
Sigir, eçki, uloqlar.
Ularga qöş hovlini
Qozon, öçoq va tandir.
Barining yiğindisi,
Bilsang, ona Vatandir.
Qorboboga xat
Dadam dedi: – Bolalar,
Bersam sizga maslahat!
Kim nimani istasa
Qorboboga yozsin xat!
Oyim qilar qöşimça,
Qisqa-qisqa yötalib:
– Sovğa taşlab ketadi
Siz turgunça, ertalab.
Xullas, uxlaş oldidan
Qorboboga yozdik xat.
Akam kitob sörabdi,
Opam esa şokolad.
Men ham bir xat qoldirdim:
– Salom senga Qorbobo!
Qurbing yetsa oyimning
Dardlariga top davo!
Çarosning tuşi – 1
Çaros keça keçasi
Uxlaş uçun keç yotdi.
Bugun turib erta tong
Singlisiga söz qotdi.
– Madiş, qara, men bugun
Ajoyib tuş köribman.
Çiroyli bir maysazor
Örtasida turibman.
Kiyimlarim yap-yangi,
Qizğaldoqday qip-qizil.
– Yöğ-e, – dedi singlisi.
Çaros dedi: – Behazil.
Işonmasang akamdan
Sörab kör va bilib ol.
Dösti bilan yonimda
Öynar edi u futbol.
Çarosning tuşi – 2
Çaros keça keçasi
Uxlaş uçun keç yotdi.
Bugun turib erta tong,
Onasiga söz qotdi.
– Aya, sizni tuş kördim,
Yonginamda turibsiz.
Körmaslikka oldingiz
Nega meni körib siz?
Qaraşingiz istab men,
Aya, dedim, çaqirdim.
Bermadingiz eʼtibor,
Qarang, dedim, baqirdim.
Dadam uyqudan tursin,
Sizni aytib beraman.
Endi körsam siznimas
Dadamni tuş köraman.
Tölqin Siddiq
1980-yili Qöşrabot tumanida tuğilgan.
Samarqand davlat çet tillar universitetida tahsil olgan.
Bolalar uçun “Elda aziz” nomli kiotobi çop etilgan.
2024/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida