* * *
Bir kam – nosoz edi bu dunyo,
Bir kamini tuzatib qöydim.
Yöllaringga kökartib giyoh,
Daraxtlarni bezatib qöydim.
Sevin dedim, körsang quvonib,
Kamalakni bukdim belini.
Senga alyor aytsin deb yonib,
Quşlarning ham topdim tilini.
Seni asrab junjikişlardan,
Yomğirlarni içib yubordim.
Osmoningga tutib tun parda,
Yulduzlarni soçib yubordim.
Poylaringga yöl böldim keyin,
Boşlarimda kötarib yurdim.
Lablaringni siypalab mayin,
Sevgişamol bölib ufurdim.
Har ne qilar sevgi afsuni,
Qudrat berar işqdan mastligim.
Faqat alam qiladi, seni
Özimniki qilolmasligim…
Alla
Biz – dunyoning bolalarimiz,
Alla aytar bu ona dunyo.
Qotib xurrak otayapmiz biz,
Kun aldaydi, aldaydi tun, yo.
Osmon boqar közlari quyoş,
Nurlaridan tomar harorat.
Biz ğaflatdan kötarmadik boş,
Maʼrifatsiz qildik ibodat.
Uxlaydi boş, uxlaydi salla.
Alla-yo alla, alla-yo alla!
– Alla aytding, non berding çaynab,
Yaxşi bola bölib uxladik.
Yoş boladek otişma öynab,
Yetimlardan taxmon taxladik.
Oqlar kiydik, oqni kuyladik,
Qoralarga qildik intiqom.,
Xudotalaş öyin öynadik
Öldirmoqqa bölib intiqqon.
Xursand-xursand aytdik söng yalla,
Alla-yo alla, alla-yo alla!
Alla aytma, menga ey, dunyo,
Men bolangman – çöçib uyğongan!
Tomirida oqqança siyoh,
Uyqu dori içib uyğongan!
Uyğoq turay, dunyo şörini
Barmoğimga tilib qöysam xam.
Uyğoq turay, yiğib örnimni,
Soçlarimni yulib bölsa ham.
Soç tözğigan, uyqular çala.
…Alla-yo alla, alla-yo alla!
– Ona dunyo, uruş, musibat –
Uxlamagan bolalaringmi?
Uyğot endi mehr-muruvvat,
Uyğot, tinçlik bolalaringni!
Uyğot, aytma allalaringni,
Yiğlatma bas, gunohsizlarni
Uxlat! Uruş bolalaringni
Subutsiz-u, şarafsizlarni!
Ovozingni qöygin baralla
Alla-yo alla, alla-yo alla!
Alla-yo alla, alla-yo alla!!!
***
Yonmay qöydimmi, deyman,
Janubga uçar quşlar,
Men-ku işq ğolib – desam
Mağlubga uçar quşlar,
Sevdim, desam “Mahbub ul
Qulub”ga uçar quşlar,
Qolarman daraxt bölib,
Xam bölib oğoçlarim.
Daraxtlarga söz aytdim,
Savdoyimanmi, bilmam?!
Odamboğdan quvilgan
Sazoyimanmi, bilmam?!
Suhbatsirab sözlarning
Gadoyimanmi, bilmam?!
Men kabi sözsörarmi
Bu dunyoning oçlari?
Şamollarmi?.. Nimalar?..
Kunlarni haydar emiş,
Gulladingmi, albatta,
Sarğaymoq qaytar emiş,
Sözyaproği tökilib,
Qöşiqlar aytar emiş
Qiçqirgança daraxtlar
Zil-zil bölib içlari.
Ey, birodar daraxtlar,
Ey, ahvoli tanglarim!
Bilgaysizmi, sizni ham
Kelganini anglarim?!
Odamzod nelar körib,
Özgarmadi ranglari.
Faqat sizga yetmişmi
Tabiatning kuçlari?
Şamollar tarsakilab,
Çaqmoq ketar piçoqlab,
Tik turib söz aytarni
Taşlagaylar paçaqlab,
Asragim kelar sizni
Barçangizni quçoqlab
Bağrimga bosay desam
Yetmagay quloçlarim.
Odam bölişim qiyin,
Karaxt bölib yaşayman,
Siz kabi gullamoqni
Farax bilib yaşayman,
Daraxt bölib, daraxt bölib,
Daraxt bölib yaşayman!
Oqarmas endi mening
Sarğayadi soçlarim…
Navröz Hasanov
1987-yili Oqdaryo tumani, Yangiqörğon şaharçasida tuğilgan.
Toşkent Farmasevtika institutida tahsil olgan.
“Çorlab turing meni, yulduzlar!”, “Tuyğular qözğoloni”, “Seni soğinib”, “Kuzatiş asoratlari”, “Biz kutgan kunlar” nomli şeʼriy va nasriy kitoblari çop etilgan.
2024 / 11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida