Yurak
Qanday yigit edim öşanda?!
Halovatda.
Qalbi hur, mağrur.
Seni körib, kutilmaganda –
Olovlandi yurak qurmağur.
Quçgim kelar yonimda tursang,
Sensiz noçor holimni körsang…
– Sizga nima böldi? – deb sörsang,
Kalovlandi yurak qurmağur.
Endi yölim sen tomon faqat,
Hijron mening nazdimda – ofat,
Qaraşingdan topgança rohat,
Havolandi yurak qurmağur.
Qöyding, deya, nimalar qilib,
Betobman, deb, ginalar qilib,
Kiprigingni ninalar qilib,
Davolandi yurak qurmağur.
– Muhabbatdan boşqasi bekor,
Boşqa bari-bari bölmağur.
Yuragingni ber, deya, dildor –
Navolandi yurak qurmağur.
Maqsad
Aytar sözim köpdir mening,
Yotar dilda qalaşib,
Qölga qalam olar bölsam,
Qolar navbat talaşib.
Hayratlarim, hasratlarim,
Keçinma-yu öylarim…
Xuşomadga ötişadi
Yuragimni yalaşib.
Barçasini bayon qilib
Yaşamoqdir tilagim,
Kelar hatto dardimni ham
Tökib, boşin silagim.
Qoğozlarga, ovozlarga
Köçsa edi hayoti…
Özimga ham keragim yöq –
Böşab qolsa yuragim!
Çunki sen borsan
Közlaringga tikilsam bir zum,
Tanim uzra tarqalar huzur.
Ammo seni topmasa közim,
Iştiyoqim ğalayon tuzur.
Senki mavjud – betizgin kuçim,
Sen bölmasang – men heç kimmasman.
Bu olamda borliging uçun –
Ölsam hamki közim yummasman!
Sensan
Közlaringni ohu desam,
Oğudan ham yomon çiqdi,
Özing ayt-çi, qaysi oşiq –
Bu savdodan omon çiqdi?
Men zulmatda qolib, şams-u –
Qamar sening tomon çiqdi,
Ne bir dardga duçor etding,
Keçay desam davo – sensan!
Nigohingdan köz qamaşdi,
Qalb qamaşdi, huşim yöqdir,
Sen iştirok etmagan öy,
Sen kirmagan tuşim yöqdir,
Yuragimni şikor etding,
Endi köngil quşim yöqdir,
Nafas yetmas, lablarimga –
Labingni bos, havo – sensan!
Şundoğam ağyorlarimning
Bisyor edi zahmatlari,
Va nega ham qodir bölur –
Ado dilning nafratlari?!
Vujudimni çirmab olmiş
Mağlubiyat ğaflatlari,
Yaratganning rahmatiday
Ne ajab, muddao – sensan!
Oşiq yana abgor dilim –
Gohi mulzam, gohi xursand,
Bu olam şunçalar oydin,
Sen haqingda xayol sursam,
Bir jilmayiş javob bölgay –
Hukming sari savol sursam:
Siri uçgan bu dunyoda –
Bunça sirli maʼvo – sensan?!
Rahmdillik köçasiga –
Yöling tuşib qolsa bir kun,
Momo Havo qadamingni –
Öz izmiga olsa bir kun,
Va yuraging qatlariga –
Qaynoq hislar solsa bir kun,
Parvardigor menga körgan –
Şoyad öşal ravo – sensan!
Yuragim seniki…
Yuragim seniki –
nima qilsang qil!
Ixtiyor sendadir, sendandir hukm.
Köksim kengligidan kelib qörğon qur,
U menga qalb, senga vatandir çunki.
Ozod yaşagaysan unda, azizam,
Yoğiylar dastidan çekmagaysan dard.
Butun mamlakating uzra men özim –
Xitoy devoridan mustahkam sarhad.
Barça balolarga özim nişonman,
Toşmi u, nayzami va yoki öqmi?..
Yurting osmonida uçmas, uçolmas,
Şunday ekan, neçun hadik va qörquv?!
Baralla qöşiq ayt işqning madhida,
Jannatiy bir körkka bölursan şohid.
Heç kim xalal bermas, gohi-gohida
Borsa mehrim borar darvozang qoqib.
Unda öy surasan tiniq, bokira,
Huzuringda bahor, tegrang lolagun.
Kulgiçingga çopar labing sohili,
Baxtning quçoğida masrur malagim!
Kipriging qitiqlar tuyğular tongi,
Şafaqdagi şeʼr ham senga atalgan.
Vatan senikidir, sen uçun mangu,
Sen qanday keçasan bunday vatandan?!
… Bir umr sen bilan yaşagim keldi,
Biroq meni qiynar şunday ehtiyoj:
Mening vatanimni topib ber endi,
Mening mamlakatim darvozasin oç!
Ötib borar
Kun ötdi,
oy ötdi,
yil ötib borar,
Hanuz köçangdan bir dil ötib borar.
Işqidan boşqasi yolğon dunyoning –
Umri ham, örni ham bil, ötib borar.
Nurli nuqtam yöqdir közingdan bölak,
Sözlar sözmidirki, sözingdan bölak?!
Heç kim tuşunmaydi özingdan bölak –
Işqning şevasiga til ötib borar.
Beş kunlik dunyoning bir kuni – yoşlik,
Sohir lahzalarning turkumi – yoşlik.
Bu tutqun yurakning erkimi, yoşlik?
Körkingdan köksimga gul ötib borar.
Men aytsam yurakning poralaridan,
Bu dunyoning oq-u qoralaridan,
Sevgi va sadoqat oralaridan –
Taassuflar ila qil ötib borar.
Aslida sir dunyo, asrorli dunyo,
Balki şu sababdan asrarli dunyo.
Dildan dilga köçgan saslarmidi yo –
Tuyğu tökilmasi – şeʼr ötib borar.
Özni anglamakdan boşlandi bari,
Közni namlamakdan boşlandi bari,
Sizni “san”lamakdan boşlandi bari,
Endi qaysarlikka feʼl ötib borar.
Bilmam, bu savdoda kim çiqar ğolib?
Sen bunda yaşarsan taqdirdan nolib,
Raqiblar keladi uçqur ot solib –
Göyo loyqalangan sel ötib borar.
… Yil ötdi.
Oy ötdi.
Kun ötib borar,
Yolğon dunyoda bir çin ötib borar.
Köngilga taqdir deb atalgan taskin,
Taskin deb atalgan tin ötib borar.
Hadik
Hayron bölmang, sizdan şafqat tilasam,
Sörab qolsam, dil dardingiz bormi, deb.
Özim tözdim, soçingizni silasam,
Kuydi köngil bir kuydirgi yorni, deb.
Tun tunardi soçi, qoşi, közida,
Kun kulardi yana uning yuzida,
Olov bölib örmaladim izida,
Kuydi köngil bir kuydirgi yorni, deb.
Çaqmoqdayin çaqnoq davrim ötdi, bas,
Balki bugun hatto nolam ötlimas,
Meni töğri tuşuninglar, iltimos –
Kuydi köngil bir kuydirgi yorni, deb.
Zorlarimni tinglab, balki kularsiz,
Bilmasangiz, bir kun kelib bilarsiz,
Yo jonga jon, yo dardga dard ularsiz,
Kuydi köngil bir kuydirgi yorni, deb.
Öngda körgan diydorini tuş qilib,
U ham sizday bir qiz edi xuşqiliq.
Sehrimi yo mehrim sabab, işqilib –
Kuydi köngil bir kuydirgi yorni, deb.
Şundan buyon öz-özimda emasman,
Va heç qizga yolğon sözni demasman.
Lekin inson yaşar baxtga havasmand,
Kuydi köngil bir kuydirgi yorni, deb.
Körinişdan kuymaganga öxşarsiz,
Baxtim böling, körsin ana öşal qiz.
… Siz özingiz bölmang yana öşal qiz?!
Kuydi köngil bir kuydirgi yorni, deb!
Orif TÖXTAŞ
1976-yilda tuğilgan. “Ğunçalar tabassumi”, “Quyoş yöli”, “Köngilga taşrif”, “Vatan atri” nomli şeʼriy töplamlar muallifi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida