Hikoya
“Telefonlar-ku simlardan ozod böldi, biroq endi biz – bani-odamzod unga tobemiz. Ilgari simlarning pişiqligidanmi yoxud özga sababdanmi ular huda-behudaga dod-voy solavermasdi. Endi-çi, har ön daqiqada diydoriga töymasang, yuz-közidan silab-siypalamasang uniyam, seniyam köngling tinçimaydi: alo-alo, alo-alo!”
U bugun tongdan beri borligini hadeb eslatayotgan telefonini öçirib qöydi. Efir payti noqulay ahvolga solmasin.
“Yoki yaqin yillar içida odamlarga kerakli zotga aylandimmikan, tağinam bilmadim…”
– Böldi, aka. Kiraverişingiz mumkin. Mana hujjatlaringiz.
Egnidagi korjomaning kökrak qismiga sariq rangli iplar bilan “Security” sözlari tikib-bitilgan navqiron yigit yaşil tugmaçani bosib, kiraverişdagi tösiqni oçdi.
– Xonalarini bilasiz-a?.. Yöq deng… Unda hozir hovlidan töğri kesib ötib, çap tomondagi binoga kirasiz. Kirgan zahotingiz öng tomonda zina bor. Zinadan uçinçi qavatga kötarilasiz. Yölakdan çapga burilasiz. Öng tomondagi beşinçi eşik…
“Söz öyini qildimi? Çap, öng, çap, öng… Rosti, heç nimaga tuşunmadim. Adaşib-uloqib yurmasam edi… Özi şu zarilmidi menga? Qoğozlarimga kömilib… “Yöq!” deyiş şunçalar qiyin işmi? “Işim köp” desang, birov yoqangdan olarmidi? Doim şunaqa, temirni qiziğida bosmay, oradan vaqt ötib sovigaç, “unday deyiş kerak edi”, “bunday deyiş kerak edi”, deb minğillab yuraman”.
Aprel – ayol. Beqaror, jumboq, makr-hiylali va jozibali. Subhi-sodiqdan tabassum qiladi. Yuviniş xonasida, nonuştada, kiyim jovonida, közguda, har bir nigohda mehr-muhabbat jilva qiladi, hayotga taşnalik ufurib turadi. Hatto oyoq kiyimingni kiyayotganingda ham beixtiyor, tuşunarsiz va maʼnosiz jilmayasan. Yengil şabada egningdagi kiyimlarni qitiqlab ötadi. Avtobus bekatiga yetar-yetmas esa aprel qovoğini uyib, tundlaşadi. Bola nomaqbul iş qilib qöygaç, otasiga ham najot, ham qörqinç aralaş boqqandek, osmonga çöçibroq tikilasan, şu tobda miyangda yaşinday ikkita fikr yonib öçadi: “yomğir yoğmas-ov”, “soyabonni unutibman”. Yomğir yoğiş-yoğmasligiga oid xavotirlar bamisoli poyabzalingga yopişgan loy parçasidek kayfiyatingga muqim örnaşib oladi. Avtobusda ham poyabzalingdagi xavotir parçasi tuşib qolmaydi. Aprel közyoş töka boşlaydi… diydasi tölmaganmi, höngrab-höngrab yiğlaydi… soyabon olganmisan yoki yöq, aprelning işi yöq… şalabbo bölib işxonangga yetib olasan… aprel tabassum qiladi, soliq qovoq-tumşuğingdan çöçib turgan kompyuter monitoriga derazadan aprelning zangori, iliq mehri osilib tuşadi, çehrang yorişadi…
“Qönğiroq qilganida telefonga javob bermagan maʼqul edi-yu, biroq javob bermasang, erinmay kelaveradigan odati bor. Jurnalistlarga tekkan kasal – aytaveradi, aytaveradi, oxir jondan ötgaç, “xöp” deb qutulganing-u tutilganingni sezmay qolarkansan. 20 daqiqalik suhbat devdimi? 20 daqiqa-ya! Til bilan aql-farosatning ne işi bor? Tilni tafakkur jilovlay bilmagaç, menga yöl bölsin… Ali Şahoniy haqida respondent bölib 20 daqiqa gapirişning özi böladimi, özi u haqda oğiz oçadigan maʼlumot yöğ-u… Xöp, mayli, nima qilardik. Orolga tuşdik, qayiq esa ortiga qaytdi… Xö-ş-ş-ş! Oldinda 20 daqiqa turibdi. Hammasini hisob-kitob qiliş lozim. Rejissyorning “boşladik” degan işorasi… jurnalistning savollariga ketadigan vaqt – 3 daqiqa, gapni uzoqdan boşlab, bugungi ilmiy izlanişlar, sohadagi muammo-yu yutuqlar, söng Ali Şahoniy şaxsi va ijodiy faoliyati haqida 5 daqiqa. “Xöş”, “taʼkidlaş joizki”, “albatta”, “maʼlumki”, “şuni alohida aytiş kerakki” kabi nutqni bezaydigan sözlarga 1 daqiqa… jami qança bölayapti? 9 daqiqa! Oldinda yana 11 daqiqa mavjud… Suv! Stolga suv qöyişarmikin… qöyişar, kamida beş-olti bor suv içiş mumkin, şoşilmay: 1 daqiqa… Savoliga savol bilan javob berib, jurnalistni yanada köproq gapirtiriş mumkin: 2 daqiqa. Jami: 12 daqiqa, yana 8 daqiqa! Boşqa vositalar qolmagan ekan, imkon qadar suhbatni çöziş kerak…”
… Bir xil surʼatdagi noğoralar gumbur-gumburi olamni tutdi. Ora-sira qatʼiy ohangda jangovar hayqiriqlar yangrardi, nogoh kelgan selday qöşindagi askarlarning son-sanoği yöq, ular tört tomondan qalʼani qurşab olişmoqda edi. Olis-olisdan qöşin arang siljiyotganday, askarlar-u otlar toliqqanday körinar, biroq örtaliqdagi masofaning darpardasi olib taşlansa, duşman qöşinining otlari ming farsangdan ortiq yöl bossa hamki, toliqiş ne ekanin bilmas, qöşin ham şiddat bilan olğa intilardi. Qur-atrofni jizğanak qilib kuydirayotgan jaziramada askarlarning boşlaridagi dubulğalar, qöllarida tutgan qurol-aslahalari közni qamaştirgudek yaltirardi. Şu şiddatda olğa intilaverişsa, hademay qalʼani batamom qurşab olişadi. Qalʼa kiçikroq bölsa-da, ammo baland devorlar bilan örab olingani bois ğoyatda mustahkam istehkom edi…
… Telekamera – ayol çehrasi. Tun böyi sevgan yoringga qalb izhorini sözma-söz yod olasan, xotiraga mahkam muhrlab, dilga tugasan. Ertasiga hayajonni qölidan tutgança visoliga oşiqasan, biroq yuzing yuziga tuşadi-yu, virusdan zararlangan kompyuter diskidek xotirangdagi barça sözlar öçadi-qöyadi… Mana, u bilan ilk bor nigohlar töqnaşdi-yu, xotiram qisqa fursatlik koma holatiga tuşdi, til tişlar qamalida qolib ketdi: Ali Şahoniy Hisor toğlari sari uçdi… Mumtoz adabiyot, uning tarixi Qaşqadaryo daryosida oqdi…
Buni sezgan boşlovçi vaziyatni önglaşga urindi:
– Haqiqatan, özbek xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. Şu boisdan, özbek xalqi madaniyatining katta va ajralmas bir bölagi özbek adabiyoti ekani bejizga emas, – deya u tarix fanlari doktori, professor Muhammad Abdullayevga maʼnoli qaraşini yölladi. Bu nazariga tabassumini ham ilova qildi. Albatta, tabassum – teletomoşabinlar uçun atalgan çalğituvçi manera edi. Nazarida esa “siz, axir kimsan professor odamsiz, özingizni qölga oling”, degan oçiqdan oçiq, yalanğoç taʼna mavjud edi. Qançalik oğir botmasin buni payqamaslik uçun kişi juda göl yoxud öta befarosat bölişi lozim. – … Sizga maʼlumki, X–XII asrlar Örta Osiyo xalqlari tarixida öziga xos bir davrni taşkil etadi. Bu davr barça sohalarning rivoj topişi, ilm-fanning yuksak taraqqiy etişi bilan ahamiyatli. Örta Osiyo xalqlari meʼmorçilik, tasviriy sanʼat, naqqoşlik, öymakorlik, musiqa kabi sohalarda katta “sakraş”ni amalga oşirdi. Şu bois ham X–XII asrlardagi Örta Osiyo madaniy yuksalişining Uyğoniş davri, yaʼni “ilk Uyğoniş davri” deb ataşga töla asoslimiz.
– Fikringizga töliq qöşilaman… – Muhammad Akbaroviç kameraga qaytib qiyo boqişga jazm etmadi. U boşlovçining qiziqqon, sarğiş yuziga, yaltir-yultir boşiga, har tarafdan örab olgan projektorlarning ötkir nurlari akslanayotgan stolga, parket polga tez-tez köz taşlab, öziga maqbul va qulay panohgoh – bir nuqta topmaguniça talmovsiradi. – … XIII va XIV asr avvalida Markaziy Osiyo xalqlari oğir davrni boşidan ötkazdi… Nega deganda, bu davr möğul istilosiga uçraydi. Şuning uçun ham bu davrdagi tarixiy şaroit, madaniy hayot, sanʼat va adabiyot möğul bosqinçiligi bilan birgalikda tadqiq etiladigan murakkab bir jarayon sanaladi. Eng muhimi, bu davr hayotini har tomonlama tasavvur qiliş, örganiş uçun manba böluvçi asarlar ançani taşkil etadi. Inçunin, Raşididdinning “Jomeʼ ut-tavorix”, Juvayniyning “Tarixi jahonkuşoy”, Banokatiyning “Ravzat ul-asbob…”, Hamdulloh Qazviniyning “Nuzhat al-qulub” asarlari, şu jumladan, Batuta, Vamberi, Sergey Tolstov singari tarixçi-olimlarning qaydlari ham ulkan ahamiyatga ega.
Muhammad Akbaroviç beixtiyor qöl soatiga qaradi: oradan 4 daqiqa ötibdi. Hali suhbatning asosiy mağzi – Ali Şahoniy mavzusiga ötmay turib, 4 daqiqaning bahridan ötildi, oldinda yana 16 daqiqa… eplasa bölar, çamamda.
– Albatta, biror-bir adabiy-tarixiy voqea-hodisani tadqiq etiş, örganiş öta maşaqqatli va kişidan katta tayyorgarlik kutadigan muhim jarayondir…
Muhammad Akbaroviç nigohini boşlovçidan uzib, çinni piyoladagi soviy boşlagan kök çoyga tikdi. Söng uning savoli tugaşini atayin kutib ötirdi. Boşlovçi gapdan qolib, unga “gal sizniki” maʼnosida tikilganida, u yana piyolaga nazar soldi. “Çoy içiş zarur. Ham hayajonni bosadi, ham vaqtni çözadi”.
– Tariximizdagi har bir davrni, öşa davrda yaşab ijod etgan har bir ijodkorni örganiş ham oson keçmaydi, – dedi u piyoladagi çoyni uzoq, şoşmasdan höplab bölgaç. – Baʼzida butun bir asr adabiyoti haqida maʼlumot, fakt topişning imkoni bölmaydi. Nimayam qila olardik, heç bir manbaning özi bölmasa! Ana şunday pallalarda adabiyotşunos olim, tarixçilarning aql-farosati, ziyrakligi asqatadi. Quruq gaplarni qöya turib, misollarga ötsak… Masalan, Xorazmiyni olaylik, u XIV asrda yaşab, turkiy va forsiy tilda ijod etgan şoir. Biroq bizga uning asosan özbek, qisman tojik tilida bitilgan birgina “Muhabbatnoma” asari yetib kelgan. Böldi. U özi kim? Qayerda yaşab ijod qilgan? Xullas, savollar köp, javoblarni esa kuppa-kunduz kuni çiroq yoqib ham topa olmaysiz. Ammo! Uning tarjimayi holi haqida baʼzi maʼlumotlarni şu asaridan biliş mumkin. Holbuki, uning asl ismini ham bilmaymiz. Taxallusidan biliş mumkinki, şoir – xorazmlik. Biroq asar Sirdaryo yoqalarida bitilgan. Şu örinda, bir jihatga eʼtibor qaratiş joizki, faqat Amudaryoning Orolga quyiladigan joylarigina emas, Sirdaryoning dengizga tutaş bölgan hududlari ham Xorazm deyilgan bölişi ehtimoldan xoli emas. Şu boisdan, “Xorazm” degan joy nomini anglatgan hozirgi tuşunça bilan XIV asrdagi hudud bir-biridan keskin farq qilişi tabiiy holdir. “Muhabbatnoma”ning esa atigi ikki nusxasi bizgaça yetib kelgan: asarning ikkala nusxasi ham Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi…
…Yuz minglab askarlar oyoği ostida qolgan zamin beomon toptalar, böğiq ingrar, larzaga kelar va göyo uning yuzida sunʼiy zilzila hosil bölardi. Har yerda guvohi bölib turgan qörqinçli manzaradan azoblangan köyi gulxanlar çarsillab yonar, ğira-şira tun bağrida, alanga içida qolgan qalʼa, begunoh kişilarning dod-faryodi, jang maydonidagi hayqiriq, ingranişlar, qiliçlar-u çömoqlarning bir-biriga urilgandagi jaranglar, oğzi köpiklanib pişqirayotgan, vahimali kişnayotgan otlar galasi… Istehkomning tört darvozasi oldida ayovsiz jang-u jadal tinay demasdi. Palaxmonlar qalʼa devorlari-yu darvozalarini betinim toşböron qilar, manjaniqlar-u arradalar ham istehkomning irodasini sindirişga, bukişga zör berib tirişardi. Şu tobda kökiş osmonda qora-qora nuqtalar közga taşlanib, bir muddat körinib turdi, qalʼa himoyaçilari bu ne alomat ekanini anglab yetişgunça, öqlar yomğiri ularning ustiga yopirildi. Birin-ketin askarlarning oğriqdan ihragan böğiq ovozlari eşita boşladi…
“…Soya – insonning eng qabih öy-fikrlari, mudhiş ğoyalari, zulmati, tuni, köngli qora quyqasi. Har holda men şunday öylayman, şunday tasavvur etaman. U haqiqat tiği – şaffof quyoş nurlari yuz oçganda, adolat, soflik, mehr-muhabbat nigohiga doş berolmay, inson tanasini, qalbini tark etib, uning ortiga berkinadi, yer bilan bitta bölib, zim-ziyo tundek qop-qora tusga kiradi. Haqiqat yuz ögirgaç esa öşa qora quyqa tağin odamzod tani bilan birlaşadi, köngliga singib ketadi. Ana şunda qalbdagi sof, samimiy tuyğularni buzğunçi, vayronkor va kör tuyğulardan ajratib böpsiz. Haqiqat – boqiy, uning tiği böy körsataveradi, soya ham berkinaveradi, ammo tanni taşlab ham ketmaydi. Yursangiz ham, yugursangiz ham, qoçsangiz ham, yulsangiz ham, urib-tepsangiz ham u siz bilan, heç yoqqa ketmaydi… Biroq faqatgina qalbida haqiqat va odamiylik qasrini bunyod etgan inson zotigina bunday soyalardan abadul-abad xalos bölgan. Qolganlarimiz esa…”
Boşlovçining navbatdagi savoli Muhammad Akbaroviçning xayolini tözğitib yuborib, uni huşyor torttirdi.
– XVII asr özbek adabiyotida hajviy-tanqidiy yönalişning rivoj topişi va xalqona uslubning yaralişiga sezilarli taʼsir körsatgan şoir Turdi Faroğiyning nomi ham bugungi kunda bizga maʼlum bölgan 12 ğazal, 5 muxammas va 1 fardi ham 1925-yili tasodifan qölyozmalar orasidan topilib, kaşf etilgan ekan. Bu topilma öz davrida köpgina adabiyotşunoslarning, jumladan, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat kabi munaqqidlarning ham eʼtiborini tortgan. Şu haqda fikringiz?
– Faroğiyga öxşaş hassos şoirlar ijodi sonda emas, aksinça, salmoği bilan qimmatlidir. Inçunin, XVIII asr özbek adabiyoti ham boşqa davr va asrlarga nisbatan ança kam örganilgan. Maʼlumotlar juda oz… Şunday bölsa-da, fidoyi ustoz adabiyotşunoslarning saʼy-harakatlari bilan öşa asrdagi Nişotiy, Ravnaq, Mavlono Kiromiy, Roqim, Yahyo, Umar Boqiy, Nurmuhammad Andalib, Muhammad Tohir Xorazmiy singari ijodkorlarning nomlari, ular haqidagi baʼzi maʼlumotlar yuzaga qalqib çiqdi. Aynan XVIII asrning II yarmida Xorazmda ijod qilgan şoir mavlono Kiromiy ijodiyotiga töxtaladigan bölsak, şoir Muhammadniyoz Nişotiy özining “Husni dil” dostonida bu asarni yozişda ustoz Kiromiydan ilhomlanganligini eslatib ötadi. maşhur şoir, tarixçi va tarjimon Şermuhammad Munis esa özining “Munis ul-uşşoq” devonidagi “manga” radifli hasbi hol ğazalida unga pirlik-ustozlik hukmida bölgan öndan ortiq buyuk şoirlar qatorida Kiromiyni ham hurmat bilan tilga oladi…
– Qiziq maʼlumot, şu kunga qadar Kiromiy degan şoir haqida eşitmagan ekanman…
Muhammad Akbaroviç boşlovçining izohini eʼtiborsiz qoldirdi:
– Öz navbatida, bu dalil va eʼtiroflar Kiromiyning diniy-islomiy ilmlarda, tasavvuf şeʼriyatida ançayin yuqori mavqeni egallagan mötabar zotlardan biri bölganligidan dalolat beradi, – dedi u yarimlab qolgan piyoladagi çoyni ohista qöliga olarkan. – Ming afsuski, bugungi kungaça Kiromiy qalamiga mansub barça asarlarga ega emasmiz. Ular hamon odamzod nazaridan pana joyda, topilganiça yöq… Bundan taşqari, jiddiy ilmiy izlanişlar, adabiy örganişlar köplab ikkilanişlarga oydinlik kiritmoqda.
– Misol uçun qanday?
“Çoy sovib qolibdi” xayolidan ötkazdi olim.
– Misol uçun, şu vaqtga qadar “Gul va Navröz” dostoni fors va özbek tillarida ijod qilgan Lutfiy qalamiga mansub hisoblanardi, biroq olib borilgan ilmiy izlanişlar natijasida maʼlum böldiki, bu dostonni Xorazmda umr keçirgan, biroz muddat Hirotda Umarşayxning öğli Sulton Iskandar huzurida falsafiy bilimlarni yaxşi egallagan Haydar Xorazmiy bitgan ekan…
… Hukmdor vayronaga aylanayotgan qalʼa yaqinidagi yalanglikda çodir tiktirdi. Uruş hali yakun topmasidan tilla çiroq osilgan şohona çodirida ğalaba ziyofatini boşlab yubordi.
Oradan biroz vaqt ötib, çodir ortida çoparning qorasi körindi:
– Olampanoh, qutlaşga ijozat bering! – dedi u çuqur-çuqur nafas olgança. – Mana, nihoyat 17 kunlik qamaldan söng qalʼani qölga olişga muşarraf böldik.
– Albatta, onhazrat, bu ğalaba ham tengsiz sarkarda ekaningizni yana bir karra isbotlagay, – xuşomad qilgan böldi boş vaziri.
Jikkakkina hukmdor xuşxabardan quvonib, amirkon etigini şapatilab qöydi, söng oq oralagan quyuq soqollarini huzur qilib siladi, şohçodir tirqişidan kunpayakun bölgan qalʼaga qarab ğalati jilmaydi-da, “Tez orada mening şeryurak, yölbars şijoatli navkarlarim butun şaharni qölga kiritişadi”, deb minğirlab qöydi.
Köp ötmay tört tarafdan şodon hayqiriqlar yangray boşladi. Tor-mor etilgan qöşin askarlarini qatl maydoniga bir safda tizişdi. Hukmdor qalʼa qöliga ötgan bölsa-da, şohçodirida qolişni afzal bildi, u xufiyasining “şaharda hammayoq toza” degan xabarini intiq bölib kutardi. Har holda, uning jonini Jabbordan sörab, intiqom qiliçini qayrab yurgan soyalar oz emas. Uning şohçodirdan çiqmay bergan işorasi bilan qatlga ijozat berildi. Bu işorani noğoralarning gumbur-gumburi ham tasdiqladi. Maydonning qoq örtasida joylaşgan supaga suyangan, maʼnosiz nigohlari bilan atrofda aylana hosil qilayotgan tomoşatalab odamlarni kuzatib ötirgan jallodga şu zahoti jon kirdi, harakatini boşladi…
Hukmdorning xufiyasi ikkita xabar keltirdi. Hukmdor bu xabarlarning muhim ekanimi yoxud intiq kutib yotgani uçunmi, şohçodirdan şoşilib çiqdi. Eng işongan yigitlaridan – Hasan xojasi oldida tiz çökdi:
– Amringiz vojib böldi, onhazrat. Şahar çinniday top-toza… – dedi-da, navkarlariga imo qildi.
Şohçodir oldidagi maşʼala yoritişga ojizlik qilgan masofadan ikki navkar yetovida oğiz-burni qon, soçlari tözğigan, engil-boşidagi libosi bir ahvolda bir çol körindi. Uni majburlab hukmdorning yonida tiz çöktirişdi.
– Yo alhazar! Uni bu köyga kim soldi? – dedi hukmdor çolga yasama qayğurib. – Xöş, söyla, kimsan?
– Bandaman, – dedi çol unga tik boqqança zaharxanda bilan.
– Sen kimning bandasi bölursan, baxtiqaro? – hukmdorning qoşlari çimirildi.
– Yaratgan egamning!
Hukmdorning qovoği osildi. Hasan unga poy-patak böla boşladi:
– Farosatsizligim uçun bir qoşiq qonimdan keçing, onhazratim. Bu çol uşbu diyorning eng maşhur, eng buyuk şoiridir. Aytişlariça, unga yetadigan qalam sohibi hali tuğilmagan emiş. Uni Yusuf Boqiy deb ataşar ekan. Sizning buyuk ğalabalaringizni, tengi yöq hukmdor ekaningizni u tarix sahifalariga zarhal harflar bilan bitajak. Toki butun dunyo sizning qudratingizdan lol qolsin.
– Inşoolloh, – dedi çehrasi biroz yorişib hukmdor. – Endilikda bu çol buyuk işlarimni bitguvçi kotibim bölib qoladi.
“Yo rabbim, bu ne körgilik?! Bu ne sinov böldi? Mana bu ikkisiga qarang… Sendan söramay-netmay, rozi-rizoligingsiz Yaratgan peşonangga bitgan qismatingni hal etib turişibdi. Tavba-tavba!.. Allohim, bu dunyoda har bir mömin-musulmonni teng qilib yaratgansan, heç bir zot qullik yoxud hukmdorlik tamğasi bilan tuğilmagan…”
– Aslo! – ançadan beri jim turgan çol – şoir Yusuf Boqiyning fikri-zikridagi ğazab, alam va ğurur tuyğulari omixta bölib, nidoga aylandi. Yoşiga nisbatan ovozi ança öktam edi. – Senday battolga qul bölgunça, ölganim afzal. Yurtimni xonavayron qilgan, begunoh xalqimning boşiga yetgan zolimning malayi bölişdan or qilaman, nafratlanaman. Öldir meni!
– Öçir ovozingni! – Hasan çolni bir tepib qulatdi. Çol qurigan daraxtday yerga yengilgina yiqildi, ingranib qöydi. Sallasi dumalab-dumalab, zulmat dengiziga ğarq böldi.
Hukmdor unça-bunçaga jahl otiga minavermas, illo, şu fazilati bilan oddiy bir mojarodan tortib, yirik janglarda ham qöli baland kelardi.
– Bas, – hukmdor çol tomon engaşdi. – Eh nodon, senga amal, boylik taklif etsam-u, sening bu işing insofdanmu?
– Insof? – Çolning yuziga qon yugurdi. Ensasidagi çakka tomirlari börtib çiqdi. – Insof degin! Hali sen insof neligini ham bilasanmi? Qalʼani zabt etib, şaharni qölga kiritişni eplarsan… Buzğunçilik kasb-koring-ku, axir. Lek xalqimning irodasini sindira olmaysan. Meni ham öz izmingga sola olmaysan… Qani endi ayt-çi, bir ğarib çolni öz izmiga sola olmagan sarkarda qanday qilib butun bir mamlakatni qölga olmoqçi?.. Kaltafahm ekansan!
Hukmdorning ğazabini nafsoniyat tiği tilib ötdi. U qon tomirlarda gupurib oqdi, barmoqlar bir-birining pinjiga tiqilib jipslaşdi – ular muşt bölib tugildi.
– Hukmdorim, ruxsat eting, boşini tanasidan judo etay. Illo, men bu işni bajarmoqqa şayman, – böron boşlanişidan oldingi sukunatni his qilgan Hasan najot ğorini izladi.
– Hasan… şu kungaça menga böysunmaganlarni jonidan keçib keldim. Şarqda qattiqqöl hukmdor sifatida dovruğ qozondim… Bu yerlarda nomimni eşitmagan kimsa topilmaydi. Şu bois, oldimda hatto azroil ham zir titragay. Bu mubolağa emas. Ammo mana bu çol…
– Öldir meni, öldir! Bu ölimni men kulib qarşi olaman.
– Yöq, körnamak, – hukmdor tulkimonand qiyofasida qabih niyat yalt etib ketganday böldi. – Bunaqasi ketmaydi. Şu kungaça hali biror zot şaʼnimni bu qadar bulğamagan edi. Şunday qilayki, toki sen beqiyos qiynoq, alamdan ölimingni qarşilagaysan!
Hukmdor şunday deya “Zulmatning soyasi” laqabini olgan xufiyasini yoniga imladi. Yöqlik va mavhumlik – tim qora zulmat qaʼridan bamisoli uning soyasi paydo böldi. Tun libosiga monand uning engil-boşi qop-qora, yuzi qora mato bilan öralgan, heç qanday maʼno mujassam bölmagan közlarigina hukmdorining yuziga qadalgandi. Hukmdor labidan uçgan sözlar har yonga tentiramasligi uçun barmoqlarini nayça qilib, uning quloğiga bir neça sözni aytdi. Xufiya ğing demay ikki navkar hamrohligida çolni şahar tomon yetaklab ketdi…
… – Mana, Muhammad aka, suhbatimiz yakunlanib bormoqda, – boşlovçi qaddini kötarib, biroz taraddudlandi. – Endi, siz bilan avvalgi suhbatlarimizda eʼtiborimni tortgan, meni öylantirib qöygan mavzuga ötsak. Yaʼni öşanda siz “biz Navoiy darajasidagi şoirni yöqotganmiz”, deb aytgandingiz. Nahotki, şunday bölsa? Bu sözlarni eşitiş naqadar dahşatli hodisa bölsa, uni aytmoqlik undan-da dahşatli va katta jurʼat talab etişini anglab turibman.
– Afsuski, Ali Şahoniy haqida aytarli heç qanday maʼlumot saqlanib qolinmagan. Biroq Majidiy nomli bir maʼrifatparvar inson XII–XIII asrlarda ijod qilgan 60 dan ortiq zamonasining tengsiz şoirlarini asarlari bilan birga jamlab, “Tazkirat uş-şuaro” nomli töplam yaratgan… – Muhammad Akbaroviçning qöllari beixtiyor piyolani böğzidan çangalladi. U buni vaqtni çöziş maqsadida qilmagan, çunki şundoğam körsatuvni tasvirga oliş reja qilingan 20 daqiqa allaqaçon nihoyalangandi, biroq Ali Şahoniy haqida sözlaş negadir olimni hayajon quçoğida qoldirdi. U uluğ şoirning tarix elagidan but bölib ötolmay qolgan ijodini qöllarida tutib turgan çoyni sipqorib içgan kabi anglaşni yurak-yurakdan istardi. – Ana şu töplamda muallif öz davrining buyuk siymosi Ali Şahoniyni köklarga kötarib maqtaydi. Ammo uning şohid bölişiça, Ali Şahoniy Majidiy yaşagan davrdan bir yoxud bir yarim asr oldin hayot keçirgan. Şunday bölsa-da, uning nomi, yozgan ğazal-u ruboiylari adabiyot ahli orasida juda maşhur bölgan ekan.
– Gapingizni bölayotganim uçun uzr, Muhammad Akbaroviç, – dedi boşlovçi öz hayratini yaşirib ötirmay. – Agar Ali Şahoniy siz taʼriflagandek öz davrining buyuk siymosi bölgan bölsa, nega hozirgi avlod u haqida heç narsa bilmaydi?
– Boya aytganimdek, qandaydir sabablarga köra, uning ijod namunalari bizgaça yetib kelmagan. Bu açinarli, albatta, – Muhammad Akbaroviç bamisoli böyinboğ-u yoqalar iskanjasida qolganday yoqasini biroz böşatdi. – Axir, xalqimiz yana bir buyuk şoirning asarlaridan bahramand böliş imkoniyatiga ega bölardi. Aytişlariça, u yozgan betakror ğazallarini qoğozga tuşirmas, hatto töplaşni ham unçalik xuşlamagan ekan. Şuni qöşimça qilib aytmoqçimanki, biz uni faqat Majidiyning “Tazkirat uş-şuaro” töplamidagi birgina “Til seni uluğlaydur…” ğazali orqaligina bilamiz. Ana şu birgina ğazali orqali uning qançalik darajada uluğ ijodkor bölganini anglaymiz, qoyil qolamiz. Şu boisdan, bordi-yu uning barça ijod namunalari bizga qadar yetib kelganidami, qarabsizki, xalqimiz Navoiy darajasidagi yana bir hassos şoirning ijodidan bahramand bölardi…
… Çol ajalning mudhiş sirtmoğini allaqaçon böynida his etgani uçunmi yuz ifodasi maʼno-mazmunsiz edi, unda na qahr-ğazab, na iltijo-yu tavallo zohir edi. Şu bois, uni qay tomonga yetaklasalar, borar yöliga parişon nazar solib, qarşiliksiz ketaverdi. Qoronğida turtila-surtila bir uy yonida töxtaşdi. Yusuf Boqiy huşini yiğib atrofga alangladi, ijodxonasi qarşisida turganini payqadi-yu kayfi uçib ketdi: “Yo Rabbim, bu ne sinoat tağin”.
– Qanday nomaqbul işlarga qöl urmoqçisiz? – ğudrandi Yusuf Boqiy.
“Zulmatning soyasi” lom-mim demadi. Ular hovlining içkari sahniga kirişdi. Xufiya çolning yoqasidan bir qöli bilan tutib, kutubxonasiga qadar sudrab bordi. Yusuf Boqiy kuçdan qolib, qarib-qartaygandi, qarşilik qilmoqçi bölib qilgan harakatlari ham zoye ketdi.
Xazinadagi dur-u gavharlarga, tilla-yu injularga mahliyo bölgan xazinabonday Yusuf Boqiy “Boyliklarim mening” deya dilidan ötkazdi.
Devorning çor tomoni kitob javonlari bilan qoplangan kutubxonada son-sanoqsizday köringan kitoblar batartib, bir-birini suyab turar, xuddi begona zotlarning odimlaridan çöçiganday miq etişmas, atrofda sukunat ham sukut saqlardi. Yusuf Boqiy deraza tokçasi tomondagi javonga noçor va ğaribona, şu bilan birga mehr ila nigoh soldi. Uning nigohlari talpingan javonda aziz zotlarning nodir kitoblaridan taşqari, özining 100 dan ortiq ğazali örin olgan töplamlari, risolalari, asarlari ham bor edi.
“Zulmatning soyasi” çolni tağin sudrab hovli sahniga çiqdi. Içkarida ikki navkar qoldi, ular ança mahalgaça urinib, ustalik bilan Yusuf Boqiy qalamiga mansub barça kitoblarni hovli örtasiga uydi.
Butun safar çoğida lom-mim demagan “Zulmatning soyasi” ilk bor söz qotdi:
– Sen miyasi aynigan çol ekansan, – u çolga qarab sözlamas, közlari atrofda çor atrofni kuzatar, şu bilan birga, nimalarnidir çamalardi. – Onhazratimga qarşi çiqib, uni haqorat aylading. Uning zafarli odimlarini kelajak avlodga yetkazişdan böyin tovlab, yetti iqlim hukmdori – olampanohning çeksiz ğazabiga duçor bölding… Uning şafqatli va şavkatli soyasi senga tuşganda, unda panalaş örniga soyasidan qoçmoqqa uringding.
Yusuf Boqiyning közlarida butun nafrat-u ğazabi jo bölib, göyo bu qahrli ifodasi bilan “Zulmatning soyasi”ni qulatişni, yer bilan bitta qilişni niyat qilgan nigohini undan uzib, atrofga olazarak boqdi.
– Sen kimsan? Nasl-nasabing qanday, bilmayman. Biroq şundan xabardor bölki, mening qalamim iştirokisiz ham u tarixda beşak qolajak, yoş avlod ham u haqida bilar, öqir. Ammo u tarixda zolim hukmdor bölib qolajak, kelajak undan hazar qilgay.
“Zulmatning soyasi” zaharxanda qildi. Ana şu sovuq tabassumida uning amalga oşirmoqçi bölgan niyat-u murodi akslanib turardi. Qani endi uni öqiy bilsang? Xudoning qahr-ğazabidan qörqmaydigan, uning jannat-u dözaxidan bexabar osiy bandalargina şunday jilmayadi. Çol seskanib ketdi.
– Tarix seni ham unutgay, Yusuf Boqiy. Bu nomni endi heç kim tilga olmaydi. Nazming esa kelajak qöliga yetib bormagay. Afsus, ming afsus! Qani navkarlar, işga kirişinglar.
Alanga – uning dösti yöq, yaqin birodari yöq, u bugun sening hukmingda yonsa, yondirsa, ertaga özganing izmida seni yondiradi. Unda xotira yöq, unda yurak yöq. U yarim tunda örmonda adaşib-uloqib yurgan, söng davra qurib sovuqdan junjikkan tanlarni qaynoq taftlari bilan isityaptimi yoxud yonğin içra qolgan uydagi dod-faryodlarni kuydiryaptimi, u buning farqiga, fahmiga bormaydi. Alanga fikrlaşdan mosuvo, unda tafakkur yöq. U birgina vazifani biladi, uning yakka-yu yagona maqsadi mavjud – yoniş, yondiriş!
Navkarlar çolning köz öngida uyqusiz ötgan tunlarni, ming dard içra dunyoga kelgan his-tuyğularni, sof va samimiy qalbni, ming maşaqqat ila bandi qilingan ilhomni – kitoblarni yoqa boşlaşdi. Yusuf Boqiyning közidan duv-duv tökilayotgan alam yoşlari Qaşqadaryoning irmoqlariday ikki yonoğidan oqardi. Taassufki, bu irmoqlar – köz yoşlar ham alangani öçirişga qodir emas, ojiz. “Sen kimsan, Yusuf Boqiy?.. Sen şeʼrsan! Sen ijodsan! Qara, yurak-bağring yonyapti, qalbing alanga iskanjasida ölyapti. Taningning bir bölagi yonyapti. Sen… yonyapsan!” U özini olovga otib, şeʼrlari bilan birga yonib kulga aylanmoqçi böldi. Biroq bu niyatini fahmlab turgan “Zulmat soyasi”ning baquvvat çangalidan çiqib keta olmadi. Alanga bir neça kun non, suvsiz qolgan tutqundek kitoblarni yutoqib-yutoqib içdi, çaynamay, yamlamay yutdi. Oniy lahzalarda nafsini qondirdi-qöydi, kitoblar Yusuf Boqiyning orzulariday bir uyum kulga aylandi.
– Bu kunni körmay, jangda şahid bölganim afzal edi! Yo Alloh, nega menga bunday qismatni ravo körding?! Nega menga isteʼdod berding?! Bir kun kelib barça mehnatlarim kul bölişini ilojsiz kuzatib turişim uçunmi?! – Yusuf Boqiy oğir va dardçil nola-fiğon çekardi.
– Barçasiga özing sababçisan! – dedi “Zulmatning soyasi” mazax qilganday tirjayib. – Yaʼnikim, har bir işni qilmoqdan, har bir sözni aytmoqdan avval uning amalini öylab körmoq joizdur.
– Xudoning ğazabiga uçraşdan çöçimaysanmi?
– Uning ğazabi onhazratimning ğazabi oldida ne bölibdi? Men uçun olampanohning oğzidan çiqqan har bir farmon heç bir ikkilaniş va şubha-gumonsiz vojib bölgay. U yetti iqlimning hukmdori! Magar bilsang, uning xohiş-irodasisiz hilol ham botmaydi, tong ham otmaydi.
– Sen. Alloh bandasi emassan! Sen iblisning malayisan!
“Zulmat soyasi”ning kulgisidan sukunat ummoni yuzidagi suv qalqidi.
– Sening barça kitoblaringni yondirib, kulga aylantirgum. Biroq mana bu ğazaldan taşqari.
Çolning hissiz nigohi uning qöllariga qadaldi. Uning qölida haqiqatan ham kitobining bir sahifasi özining tanasiday, majruh bölayozgan ruhoniyatiday şalvirab turardi. Çol jism-u jonidagi butun kuçini sönggi bor jamlab, “Zulmatning soyasi” qöllariga yopişmoqqa intildi. Biroq buni oldindan payqagan xufiya uni tepib yubordi. Eh, ojizlik insonlarning byustiga öxşaydi. Farqi şundaki, u tirik byust. Atrofidagi voqealarni körib turadi, kuzatadi, balki taʼsirlanganidan yiğlab ham berar. Biroq qölsiz-oyoqsiz heç bir iş qilolmaydi. Sabr-bardoşi yetmasa, közini yumişi mumkin, xolos.
– Bu ğazalingni nega yoqib yubormaganimni bilasanmi? Bilmaysan. Lek bilişingga imkon beraman. Uning matlaʼsi menga juda manzur böldi: “Til seni uluğlaydur…” Rost. Magar onhazratimning taklifiga rizolik bildirganingda, şon-şuhrat ostonangga poyandoz bölardi. Kelajak oldida ham uluğ qahramon sifatida gavdalangan bölarding. Biroq tiling bu işlarning barçasini çilparçin qilib yubordi. Bilib qöy! Sening nomingni tarixdan butkul öçiraman. Mana bu gözal taşbehli ğazaling esa tarixda qoladi, faqat Yusuf Boqiyning ğazali bölib emas, mening nomimda qoladi. Eşityapsanmi, heç zamon qöliga kitob tutmagan… men kim Ali Şahoniy endi jahonga maşhur şoirdir! Sening mehnating meni uluğladi.
Yusuf Boqiyning közlari hayratdan baqrayib, tafakkuri Ali Şahoniyning sönggi sözlarini hazm qilolmay turganida manjaniq uloqtirgan toşday boşi tanasidan judo bölib, yumalab ketdi.
Maşriqdan quyoş boş kötara boşlaganida ham mağrib tomondagi hilol hali botib ulgurmagan edi… Balki, u hukmdorning ijozatiga intiqdir…
… – Juda ajoyib va mazmunli suhbat böldi, – boşlovçi Muhammad Akbaroviçni televideniye hovlisiga qadar kuzatib çiqdi. – Nima deyişni ham bilmay qoldim. Lolman… Biz qanaqa avlodmiz özi? Şunday bir buyuk va hassor ijodkor ajdodimiz haqida tayinli maʼlumotga ega bölmasak, bilmasak… Uyat, uyat!..
Muhammad Akbaroviç uning fikriga izoh bermadi. Balki, u ham boşlovçi bilan hamfikrdir, u kabi mulohaza yuritayotgandir. Faqatgina xayolidan “Taassuf! Ali Şahoniyday ijodkor asrlar silsilasida qolib ketsa-ya!” degan gap ötdi.
– Endi uning şaxsi va ijodini köproq tarğib qilişimiz lozim. Avlodlar özining Ali Şahoniy kabi ajdodlarini bilmay yaşayotgani insofdan emas! Bu fojia. Bilasizmi, Muhammad aka, şu onning özidayoq şu mavzuda yana bir körsatuvni tayyorlaşni rejalaştirib qöydim, – jilmaydi boşlovçi olimda xayrixohlik va qiziquvçanlik tuyğularini uyğotmoqçi bölib. – Bu gal butun suhbat Ali Şahoniy atrofida quriladi…
Ular darvozaga qadar suhbatlaşib borişdi, desak ham töğri bölmas, har holda boşlovçining oğzi-oğziga tegmas, olim esa uni tinglar, goh-gohida maʼqullaganday boşini qimirlatib qöyar, öy-xayollari esa qayerlardadir kezib yurar, balki, asrlar sahrosida adaşib-uloqib, ular sir tutgan Ali Şahoniy jumboğini yeçmoqqa tirişar, sahroda sarobga aylangan haqiqatni izlayotgandir.
Azizbek NOROV
1990-yili tuğilgan. Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Eynşteyn jumboği” kitobi çop etilgan.
2022/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


