* * *
Dunyolar darz ketdi butlanmas bölib…
Yöqlikka yöğrildi haqiqatlarim.
Köngilning mulkidir çeksizlik aro
Seni topib olgan daqiqalarim…
Yillar-u asrlar, barisi zoye,
Eskirdi baxt degan aqidalari.
Umrimdan daqiqa yaşadim xolos –
Seni topib olgan daqiqalarni…
* * *
Nega rahming kelar?!
Kelar-u takror,
Nega açinmoqdan kelmas közlaring?!
Yuragimni ezma,
Ne keragi bor,
Yupançni opiçlab olgan sözlarning?
Nega rahming kelar?!
Kelmasin!
Ketkiz!
Axir, men kelmadim dardimga qarşi…
Heç bir ilinjimga ilinmagan qiz…
Hammasi yaxşi-ku!
Hammasi yaxşi…
Xavotir
Bir yakun boşlading,
Boşiga yetdim…
Nelar isyon qildi,
Nelardur köndi.
Bas!
Mendan keçaver,
Keçikib ketdim…
Bir qoşiq qonimdan keçmasang böldi…
Işqilib könglingda oğriq emasmi?!
Işqilib joningga tegmasmi yaşaş?!.
Sen…
Meni “yöq” deding…
Oğir emasmi,
Heç qaçon bölmagan odamni eslaş?!.
* * *
Bostirib-bostirib nelardur
kelardi közingga,
közimga…
Naylayin?!
Işona olmasdim
Özimga,
men seni
özimga…
Bir afsus kuydirar bir umr,
“oh”larim oladur boğzimdan.
Qölingni qöymasdim bir umr…
Özimdan qörqaman,
Özimdan…
Ahadjon ISMOILOV
2002-yili Farğona viloyati, Özbekiston tumani Qizil-qaqir qişloğida tuğilgan. Toşkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi.
2025/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida