(hikoya)
Sinoptiklarimizga balli!
Şu yil 2-avgustdagi issiq yuz yil mobaynida birinçi marta kuzatilganmiş! Sahroyi Kabirdan garmsel kelibdi! Harorat 42 darajaga, ayrim joylarda 46 darajaga yetdi. “Hoy, birodarlar, şuni tört kundan keyin emas, tört kun oldin aytişning iloji yöqmidi?” deydigan odam yöq. “Yomğir yoğadi”, deganlarida allaqaysi gördan şamol turib, bulutlarni uçirib ketişiga yoki aksinça, “Yoğingarçilik bölmaydi”, deganlarida keçasi bilan jala quyib çiqişiga-ku könikib qolganmiz. Ammo bu galgisi hammasidan oşib tuşdi! Şunaqa issiq bölişini bilganimizda ehtiyot çoramizni körib qöyardik. Men ham toğamnikiga bormasdim.
Xullas, öşa kuni tuşga yaqin Yangiobodda turadigan toğamnikiga yöl oldim. Tirband tramvayda jiqqa terga botib borarkanman, özimni özim koyirdim. Şu issiqda pişirib qöyibdimi, deyman. Lekin bormasam ham bölmaydi. Öşa kuni ertalab oyim birdan nolib qoldilar: “Bitta-yu bitta toğang bor, öz tamizing bilan borib körib kelay demaysan. Tunov kuni qönğiroq qilib, sendan qattiq xafa böldi. Toğayam otaday gap, yoşi ötgandan keyin odam izzattalab bölib qoladi. Jon bolam, şu bugun borib körib kelgin”. Yolvorib qöymadi onam. Bölmasa, şu jaziramada…
Darvoqe, toğam haqida. Özi yomon odammas. Könglida kiri yöq. Ilgari katta-katta vazifalarda işlagan. Hozir pensiyada. Lekin unça-munça odamni pisand qilmaydi. Savlatdan ham bergan. Körsangiz, naq ministr deysiz. Faqat bitta yomon odati bor: nasihat qilişni yaxşi köradi. Qaçon qarasang: “Nahorga asal çoy içiş kerak, keçasi yotişdan oldin bir stakan qatiq içiş foydali”, deb gap boşlaydi. Qazi, xasip, mayiz, yonğoq, turşak, ular haqida-ku oğiz oçmagan maʼqul, taʼrifiga tuşib ketsa, bir keça-kunduz gapiradi. Tamaki bilan sharobni ğirt yomon köradi. Umri bino bölib çekmagan ham. Bunisi ham mayli. Birov gapirayotganda boşini qiyşaytirib, közlarini xiyol suzgança qarab turadi. Menga mana şunisi yoqmaydi. Xuddi odamni kalaka qilayotganga öxşaydi. Toğamnikiga kamqatnov bölib qolganim ham şundan…
Nihoyat, tramvaydan tuşib, ikkala çetiga qator olça ekilgan köçaga burildim.
Toğam poyjomada, yelkasiga oç çit qiyiqçani taşlab, hovliga suv sepayotgan ekan.
– E-e, neçuk, neçuk? – dedi u darvozadan kirişim bilan.
Borib söraşdim. Toğam qölidagi uzun qora şlangni gulxonaga taşladi.
– Içkariga kira qol, jiyan. Hovli dim, – şunday deb özi kranni burab qöygani ketdi.
Nafasim qaytib turganidan toğamni kutib ötirmasdan özimni içkariga urdim. Pardalari tuşirilgan xona haqiqatan ham salqin edi. Saldan keyin toğam kirib keldi:
– Iya, ötirmaysanmi? Nega qaqqayib turibsan?
Söng muzlatkiçni oçib, ayron töla şişa bankani oldi-da, piyolani töldirib menga uzatdi, özi bankadan simirdi.
– Bay-bay-bay! Jonning rohati-ya! Şundoq narsa turganda, odamlar şarob içib yurganiga hayronman!
Boşlandi! Yöq, hali boşlanmagan ekan. Birpas u yoq-bu yoqdan gaplaşib ötirdik. Toğam beoqibatligimdan ançagina gina qildi. Bu orada qöşnilarinikidan qaytib çiqqan kelinoyim dasturxon yozdi. Çoy ustida toğam birdan sörab qoldi:
– Bu, jiyan, işdan böşabsan deb eşitdim. Şu gap rostmi?
– Ha, şunaqa böldi.
Toğam “Hm-m” dedi-yu, ançagaça çurq etmay, qiyiqçasi bilan yelpinib ötirdi.
– Lölining erkagiga öxşab tinç yotibman, degin? – dedi u nihoyat boşini bir tomonga qiyşaytirib.
Kulib yubordim:
– Nega unaqa deysiz?
– Ha, nima deyişim kerak bölmasa? Yaqingaça lölilarning erkagi işlamasdi, ularni xotinlari boqardi. Sen ham öşalarga öxşabsan-da!
Men gapni hazilga burmoqçi böldim:
– Endi… toğa, bizda hamma teng huquqli, şu paytgaça keliningizni men boqdim, endi keliningiz ham meni boqsa boqibdi-da.
Bu gapdan toğamning jahli çiqdi:
– Yaraşadigan gapni gapirsang-çi! Bola-çaqang bor. Laqillab yuradigan paytingmi hozir?
– Laqillab yurganim yöq, toğa. Işlayapman. Uyda işlayapman. Kitob öqiyapman, tarjima qilyapman.
Toğamning battar ensasi qotdi:
– E, qöysang-çi öşa tarjimangni! Yuz yildan beri, tarjima qilyapman, deysan, haligaça tagingda moşinang, uyingda törttagina gilaming yöq. Topgan pulingni sigareta bilan şarobga sarflaysan, qolganiga kitob olasan. Tirikçilik bunaqa bölmaydi-da, jiyan!
– Nima qilay, qiziqaman-da şu sohaga, toğa.
– Qiziqamanmiş-a! Nimasiga qiziqasan, hayronman. Şu paytgaça birorta tarjimonning biri ikki bölganini eşitmaganman. Birortasiga haykal qöyilganini yoki gazetada surati bosilganiniyam körmaganman. Loaqal televizorgayam çiqarişmaydi. Ğafur Ğulomga öxşagan şoir bölganingdayam mayli edi!
– Iya, toğa, Ğafur Ğulom böliş osonmi?!
– Özingdan kör! Şunça aytdim, boşqa institutga kir, tuzukroq kasbning boşini tut, deb. Nasihatim quloğingga kirmadi. “Adabiyotni yaxşi köraman”, deb oyoğingni tirab turib olding. Mana oqibati! Töğri, adabiyot ham qiziq narsa, yaxşi kitobni hammayam jon-jon deb öqiydi. Mana, men özim “Ming bir keça”ni tört marta, “Ötkan kunlar”ni olti marta öqib çiqqanman. Yaxşi kitoblar. Ammo nima bölgandayam safsata-da. Quruq gap qorin töydirarmidi? Demoqçimanki, tayinli kasb emas şu adabiyoting, jiyan!
Bu mavzuda toğam bilan bahslaşiş befoydaligini bilaman. Çunki ilgari ham oramizda şunaqa gap-sözlar köp bölgan. Bir amallab hovridan tuşirmoqçi böldim:
– Keçikdik, toğa. Foydasi yöq. Endi mendan muhandis ham, agronom ham, savdo xodimi ham çiqmaydi… Yoş ötdi.
Toğam indamadi. Lekin yuz-közidan öz fikrida qolgani, menga astoydil içi açiyotgani sezilib turardi. Kelinoyim ikkita kosada mastava olib kelib qöydi. Toğam ançagaça qoşiği bilan ovqatni kavlab ötirdi. Keyin tağin gapga tuşib ketdi:
– Ha, mayli, yana özing bilasan. Ammo-lekin anavi işlaringni yiğiştir.
– Qaysi işlarimni? – deb söradim, toğam nimaga şama qilayotganini bilib turgan bölsam ham.
– Heç kim baraka topganmas şu narsadan, – deb davom etdi u savolimga eʼtibor bermay, – heç kimning şoxiyam çiqqanmas! Eşitib, juda xafa böldim.
Yuragim şuv etib ketdi. Tunov kuni bir ötirişdan keyin yarim keçada ikki örtoğim ikki tomonimdan suyab uyga bazör olib kelişgan ekan. “Bu bizning uyimiz emas”, deb toza tarxaşlik qilibman. Xotinim çiqib, yalinib-yolvorib olib kirib ketibdi. Toğam şu gapni eşitganmikan?
Indamay ötiraverdim. Nasihatga röyxuş bermagan odamni toğam yomon köradi. Indamay ötirişim battar xuş kelmadi. U yana tergaşga tuşdi:
– Böp turibdimi haliyam?
– Har zamonda.
– Mana şu işing yoqmaydi-da, jiyan, – dedi u piyoladagi sovib qolgan çoyni höplab. – Ha, şuning örniga sut iça qolsang bölmaydimi, qaymoq yeya qolsang bölmaydimi? Mana, hozir mevalar ğarq pişgan: uzum deysanmi, şaftoli deysanmi…
Şu yerga kelganda toqat qilolmadim. Bu gaplarni birinçi marta eşitayotgan bölganimda-ku, indamasdim.
– Ha, endi, toğajon, sut birovga yoqadi, birovga yoqmaydi. Meva-çevani bölsa el qatori yeb turibmiz.
Toğam kayfiyatimni sezib, gapni boşqa yoqqa burdi:
– Darvoqe, anavi ulfatlaring yaxşi yurişibdimi?
Toğam kimlarga işora qilayotganini tuşundim. Ötgan yili kuzda kenja öğlini uylantirganda tahririyatda birga işlaydigan uç-tört nafar hamkasblarimni töyga boşlab kelgandim. Öşalarni aytyapti.
– Ha, yurişibdi. Sizni sörab turişadi.
– Ammo-lekin rosa otişarkan azamatlar! – Toğam jilmayib, boşini sarak-sarak qildi. – Ayniqsa, anavi yoşi kattaroği bor-ku, kim devding, qoşlari ösgan… Mundoq razm solsam, qölidagini içib bölib, piyolani stolga qöygandan keyin ham örtada turgan şişadan közini uzmaydi. Yopiray! Bu deyman, qalamkaşlarning hammasiyam içkilikka öç bölişadi, şekilli-a?
– Yöğ-e, nega endi? Içmaydiganlariyam köp.
– Ana öşalarning bilgani bilgan! – dedi toğam, xuddi bir katta kaşfiyot oçgan kişidek körsatkiç barmoği bilan stol çetiga urib. – Foydasi yöq-da buning, jiyan, foydasi yöq! Mahallamizda bir odam bor. Özi juda baobrö, otini aytsam, sen ham taniysan. Ana öşa odamning içganini körganingda bormi!.. Voy-bö!.. Şu desang, sharobni kötarganda xuddi loyxuştakning çurillaşiga öxşagan tovuş çiqarib simirardi, keyin piyolaning yuqini yalab ham qöyardi. Özim körmaganman-u, lekin şarobga non töğrab ham yegan, deyişadi. Şunça içgani bilan şoxi çiqmadi-ku. Nihoyat, taşladi! Batamom töxtadi, yetmişga kirganda töxtadi. Mayli-da, keçikib bölsayam, befoydaligini tuşundi! Hozir bir qatra oğziga olmaydi. Har kuni ertalab asal çoy içadi, ikki parrak qazi, törtta yonğoq, bir hovuç mayizni kanda qilmaydi. Körsang, barvasta yigit deysan. Qiliçday.
Toğam yana allamahalgaça nima foydaligi-yu, nima zararligi haqida gapirib ötirdi. Bora-bora uy içi ham dimiqib ketdi. Ketişga çoğlandim.
– Ötiribsiz-da, hali barvaqt-ku, – deb mulozamat qilgan böldi kelinoyim.
Boşqa kelişga vaʼda berib örnimdan turdim. Oldinma-keyin hovliga çiqsak, havo hali tandirdek qizib yotibdi.
– Bu issiq ham ğanimat, jiyan, – dedi toğam darvoza tomon yurarkanmiz. – Köpi ketib, ozi qoldi. Qovun pöçoği yerga tuşdi – kuz keldi, degan gap bor. Undan u yoği – qiş. Şuning uçun quruq mevalarni hozirdanoq olib qöyavergan maʼqul. Keyin qimmatlaşib ketadi. Darvoqe, qon bosiming qalay?
– Joyida, – dedim kutilmagan bu savoldan hayron bölib.
– Qayerda çilonjiydaga közing tuşsa, darrov ol. Koni foyda. Oz-ozdan yeb yursang, qon bosiming aslo kötarilmaydi.
Xayrlaşayotganimizda toğam yana eslatdi:
– Mayli, tarjimangni qilsang qilavergin-u, lekin biror joyga işga kir. Pensionerga öxşab yurma bunaqa!
“Lölining erkagiga öxşab”, dermikan, deb tursam, xayriyat, bu gal unaqa demadi.
Tramvay bekatiga yetganda yelkamdan toğ ağdarilgandek böldi. Ammo baribir sinoptiklardan xafaman. Şunaqa issiq bölişini oldinroq aytganlarida, bu kunlarga tuşmasdim. Issiqning tafti qaytganda bora qolardim. Toğamning gaplariga kelsak, bunda ham jon borga öxşaydi. Qaçon qalam haqi tegişini bilmadim-u, lekin xotinim oyligini olişi bilan bozorga tuşib, yonğoq, turşak, mayiz, ehtiyot-şart çilonjiyda ham olib çiqaman. Toğamning aytganini ham bir qilib köray-çi. Mendan nima ketdi?..
Nizom KOMILOV
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
1937-yili Namangan viloyati Çust tumanida tuğilgan. Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institutida tahsil olgan. Nizom Komilov ijodiy faoliyati davomida milliy adabiyotimizga, uning uzviy qismi bölgan badiiy tarjima sohasiga salmoqli hissa qöşgan. U Nodar Dumbadzening “Abadiyat qonuni”, “Oq bayroqlar” romanlari, “Kukaraça” qissasi, Erix Mariya Remarkning “Uç oğayni”, “Ğarbiy frontda özgariş yöq” romanlari, şuningdek, Aleksandr Belyayev, Irvin Şou, Jorj Simenon, Fozil Iskandar va boşqa jahon adabiyoti vakillarining köplab asarlarini özbek tiliga mahorat bilan ögirgan.
Nizom Komilov 2021-yili Toşkent şahrida vafot etgan.
2025/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


