121 marta körilgan

Umring yöllaridan ötar hayotim…

Muhayyo Rustam

Musofir ölan

1

Samarqandda…

Uzoq yillar töşak tortib

soç-soqoli qorday oqargan

oqsoqol otam bor edi…

Samarqandda…

Oq bulutday oqsoqol otamning

momiq körpalarin qavigan

duolari quyoşday qaynoq,

iltijosi nur kabi zarrin,

mehri alangaga öxşagan

kundayin nurafşon enam bor edi…

Samarqandda…

öşa oqsoqol otam va nurafşon enamning

oq olmali, oltin örikli

hardambahor saltanati bor edi…

Samarqandda…

Hilpiragan bayroqçalar – jon-jigarlarim,

najib alifbolar – yulduzçalarim,

ofatijon singlim, şöx ukalarim –

jajji mamlakatim bor edi Mening…

2

Jaranglaydi xotira,

potirlaydi xayolim.

Kökda zangori hilol.

Közim uçdi – juft turna,

Kiprigim qoqdi şamol.

Çayqalar keksa dengiz…

3

Ayro, ayro, jon ayro,

Musofir boşim ayro.

Ayro, ayro, jon ayro,

Qismat-quyoşim ayro.

Ayro, ayro, jon ayro,

Sabrim-sirdoşim ayro.

Ayro, ayro, jon ayro,

Baxtim-bardoşim ayro.

Ayro, ayro, jon ayro,

Palahmon toşim ayro.

Ayro, ayro, jon ayro,

Közimda yoşim ayro.

4

Darça oçiladi ingranib,

Yana yopiladi özi ğiyqillab.

Darçadan boşini çiqarar kampir.

Paxsa devor engaşi-ib qaraydi,

Köçib tuşar loy suvoqlari.

Qaboğimda nuraydi fursat…

Imlayapti tomda qizğaldoq,

Römolça silkitar daraxtlar:

“Kel endi, yaraşamiz, kel…”

5

Dod-e-ey…

Oydin tunlar tuşlarimda oq bulutlar kezadir,

Jonim oppoq bulutlarda bir omonat sezadir,

Yuragimni diydor hissi mayin-mayin ezadir,

Men tuproqda, ul harirlar samolarda suzadir.

Dod-e-ey…

Kunduzimga kuya tuşdi, tunlarimga bit tuşdi,

Köksim kuyib rohatimga, oromimga öt tuşdi,

Ikki dunyo orasida sarson qoldim, otajon,

Sizni tusab, sizni qumsab mening jonim uvuşdi.

Dod-e-ey…

O, ğörligim, havasimni şaharlar ne deb oldi?

Jon-tanimda, es-huşimda tinçim qanday yöqoldi?

Qatnamoqdan alal-oxir oyoq nadir, yöl toldi,

Meni istab, men istagan, ayting, endi kim qoldi?

Dod-e-ey…

6

Ğir-ğir şamol, es, şamol,

Qaldirğoçning ölani –

Toza havoda yurak.

Ğir-ğir şamol, es, şamol,

Arğimçoqlar egasiz…

Titrar muallaq qöllar…

Ğir-ğir şamol, es, şamol,

Naqadar hur gullar bu daraxt…

Böyim yetmas böyiga bu on.

7

Samarqandga safar…

Xayolga ziyorat,

Bulutlarga hijrat,

Ranglar içra sayohat –

Qiyomat qadarli moziy bir soğinç.

Hilpiragan römolçalar (bayroqçalar) çorlaydi meni…

* * *

Öğlim Azizbekka

Dengiz – tubi durlangan tole,

Moviy barxan – mehrim ötrigi.

Jonim sening joningga voleʼ,

Könglim – qiyomatning köprigi.

Öğlim, baxtim daryosini

Ummoningga tutaştir.

Dil bandiga lutfi riştasan,

Hayotingning yölidir diydam.

Ay, jonparçam, ne siriştasan,

Sen tufayli gul rangin kiydim.

Öğlim, qirmiz könglimni

osmoningga tutaştir.

Yuragimga tökasan soğinç,

Çimillatar sendan xavotir,

Bundan buyon rohat mayin iç,

Keçirganing dunyoga tatir.

Öğlim, xazon orimni

Viqoringga tutaştir.

Heç kimim yöq, Zuljalolim bor,

Qölim kökda, oyoğim yerda.

Dunyo bozor, odam bir mozor,

Sen gullading oltin adirda.

Öğlim, şafaq jonimni

Bahoringga tutaştir.

* * *

Ey, Işq, tovoningda yançilgan xasman,

Böyla, bu ozurda holima mastman.

Tomçiday tökildim, qorişdim yerga,

Man – hu-uv samodagi Nurga havasmand.

Suydim Miysoq otliğ musallam onni,

Yaşil tuproq qolib, zangi osmonni.

Paymonamiz limdur, yöllasin sovçi,

Kelsa, “suyunçiga bergaymiz jonni”.

Ey, Bir, olam yöqdir, bir sen atosan,

Noşud bandalarni öynab yotosan.

Illo, şu bepisand nazzorangga hamd,

Muqaddam-u boqiy, buyuk Yaktosan.

* * *

Çeksiz osmoningda porlar yulduzim,

Yölingni yoritgay yoruğ kunduzim.

Muazzam daraxtman saodatga ğarq,

Sening yuragingda mening ildizim.

Toleing balanddir – iqbolim porloq,

Jonim joningdadir, sohibi omon.

Umring yöllaridan ötar hayotim,

Mening mavjudligim senda namoyon.

Oy sohili

  1. Maʼyus yolğizlikka

kuy çalar keça,

Sukut tölqinida

nur oqizar oy.

Kök qaʼriga tortdi diqqatim.

  1. O-o, naqadar tubsiz zulmat bu?!

Közlarimni qaritdi jimlik,

yuragimni yaladi vahşat…

  1. Men Osmonga

bir tomib kördim.

Osmon çuqur. Judayam çuqur.

  1. Sensiz qanday yaşayin endi?

Sensiz qanday yaşayin endi?..

Biram sokin Oyning şuʼlasi…

 

Muhayyo RUSTAM

1973-yilda tuğilgan.

Navoiy davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan.

“Oy sohili” nomli şeʼriy töplami naşr etilgan.

2023/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.