Nasrullo Ergaş şeʼrlarini ilk bor öqiganimda uning bir kun kelib butunlay özgaça yoza olişiga işongan edim. Kuni keça qölyozmasini öqib yanglişmaganimni his etdim. U vizual şoirga aylanibdi.
Vizual şeʼriyat – antik davrda Ovröpada, jumladan, Germaniyada rivojlangan bölsa-da, uning ilk kurtaklari bizdagi qoyatoş suratlarida böy körsatgan.
Bir qarasangiz antiqa tuyuladi. (Şakllar) figuralar öyini diqqatingizni tortiş barobarida közga köproq yuk ortadi. Zero, vizual şeʼriyat namunalarini köz tinglaydi. Masalan, Nasrulloning “Tirnoqlarin egovlar hilol” şeʼrini öqib bersangiz, öquvçi dastlab şeʼrdagi gözallikni bor böyi bilan ilğayolmas, ammo şaklda musiqa mixlanganini körgaç esa unda hayrat közlari oçilmoği şubhasiz.
Bahrom RÖZIMUHAMMAD
2023.14.12
Turkistonda qiş
qiş – xayolkaş şoir –
daraxtlardan qalam taroşlab
oppoq qor yuziga yoza boşlar şeʼr…
muzlagan qor parçalaridan
şeʼrlariga qönar yulduzlar
qarğalar qiroat bilan öqir şeʼrlarin
hasad bilan öqir közlari yonib
şamol esa öqir hijjalab
oqşomlar boğlarni oralab
ilhom izlarkan
qöllari sovuq qotganida
Vatanim va xalqim isinib ötirgan
qalbim derazasin ohista çertib
isingani yuragimga kirib kelar u
Turkistonda kuz
kuz
isyonkor yaproqlarni
daraxtlardan uzib tuşirar
mustabid şamol
istibdod
Qodiriy, Fitrat, Çölponlarini
Vatan bağridan yulib taşlagan kabi
quşlarni janubga “surgun” qilar kuz
tuzum Usmon Nosirni
Sibirga surgun qilgan singari
Turkiston
Rauf Parfi yozgan “Sabr daraxti”
kökaylari
kesilgan
daraxt!
ildizingdan
unib çiqqan
bolalaringni
endi asray olurmisan, ayt?!
Metro
yer ostida odam
yer ustida ham
men
seni
izladim
yer ostida yöqsan
yer ustida ham
ammo
umid
yaşar
yer ostida umid
yer ustida ham
Qarğalar
kuz
Van Gogning “Qarğalar” kartinasi kabi
qarğalar uçar janubga
qarğalar uçar
qarğalar
qar-r-r
qar-r-r
* * *
közlaring-
j r
menga o ! e dan
y b
sevgilim
* * *
Tirnoqlarin egovlar hilol,
Tun bağriga soçilar çiroy.
Bunça suluv, bunçalar halol
Tirnoqlari egovlan
g
a
n
o
y
Keçalari töymayman qarab,
Bunça gözal qayroqlanar oy.
Ön tört kunda tölar qaytadan,
Ön tört kunda tirnoq
l y
a o
n r
a
Ayol anatomiyasi
Gar ayolga taşbeh izlasang,
Ne qiyoslar kelmas xayolga?
Yollarini yoyib şamolday
Uçgan otlar öxşar ayolga.
Yana gitaraga öxşaydi ayol,
Dengiz kabi ozod kuylari.
Yuragingni qayroqtoş kabi
Kelar unga otib öynaging.
Qafasga ham öxşab ketar u,
Bir juft ozod quşlar qamalgan.
Tutqun quşlar goho potirlab
Çiqib ketmoq istar qafasdan…
Xullas, Xudoning eng gözal asari
Qoşida turarman mudom hayron-lol.
Bir qiyos oldida bari behuda –
Erkning suvratiga öxşaydi ayol!
Nasrullo ERGAŞ
1988-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
“Ikkimizdan qolsin alanga”, “Yölga çiqqan toğlar”
nomli kitoblari naşr etilgan.
2024/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida