“Ziyouz.com” portali asosçisi Davronbek TOJIALIYEV bilan suhbat
– Davronbek aka, özingizdan qolar gap yöq, matbuot har bir millatning közgusi, xalq ovozining minbari hisoblanadi. Bugun jurnalist sifatida soha oldida turgan eng dolzarb vazifa nimalar deb hisoblaysiz?
– Gazeta-jurnal, radio-televideniye köp vaqtlar insonlar uçun haqiqat minbari vazifasini bajargani maʼlum. Bugunga kelib, ijtimoiy tarmoqlarning jadal rivojlanişi bilan minbarlar ham köpayib ketdi. Hozir, taʼbir joiz bölsa, hammaning öz minbari bor. Ommaga yoqadigan nedir alomat qiliq körsatilsa bas, auditoriya ham, ergaşuvçilar ham topiladi. Afsuski, milliy jurnalistikamiz internet maydonini boy bermoqda. Negadir anʼanaviy jurnalistikamizda muhofazakorlik kuçli. Ayrim hamkasblarimiz ijtimoiy tarmoqlar va internetga qarşi uruş oçgan göyo. Anʼanaviy jurnalistika burgaga aççiq qilib körpaga öt qöymay, texnologiya imkoniyatlaridan oqilona foydalaniş yöllarini qidirgani maʼqul. Aks holda, çapdast-u uçar zamondoşlarimizning har maqomga yörğalaşiga çidamoqdan boşqa çoramiz qolmaydi. Sirasini aytganda, “törtinçi hokimiyat” vakillari yana safning avvaliga ötib, jamiyatni qiynayotgan masalalarni dadil kötarib çiqişi, “trend”larni xayrli özanga yönaltira olişi lozim. Soha oldidagi taqdirulamal vazifa özgarmagan: xalqqa haq sözni aytiş hamişa dolzarb bölib qolaveradi.
– “Ziyouz.com” portali taşkil etilganiga bu yil 20 yil tölibdi. Şu kungaça internet olamida bir qança adabiy-maʼrifiy saytlar oçildi, lekin “yaşab” qolganlari barmoq bilan sanarli. Albatta, bunday katta axborot manbaini saqlab turiş ham yaxşigina xarajat talab qiladi. Bilişimça, saytdan umuman daromad körmaysiz. “Ziyouz.com” portalining barqarorligi sababi nimada? 20 yil davomida xalqqa beminnat xizmat qilişda sizga nima kuç, dalda, zamonaviy tilda aytsak, motivatsiya bergan?
– “Ziyouz.com” portali 2004-yil 9-aprel kuni dunyo yuzini körgan. Öşanda saytda 20 tagina maqola bor edi. Veb-sahifa “html” dasturiy tilida yozilgan bölib, internet tezligi sustligi sabab (31 kbit/s) uni joylaşga bir soatça vaqt ketgan edi. Yarim yil içida saytdagi maqolalar soni 300 taga yetgan. U paytlarda kiroyi kompyuterim ham yöq edi. Tahririyatdagi kompyuterda materiallarni tayyorlab, disketaga (atigi 1,44 Mb maʼlumot siğardi) köçirib, internet-kafega borar va öşa yerda butunjahon töriga joylar edim. Internet narxi ham juda qimmat: soati 2000 söm edi. Özim esa 4000 söm stipendiya olardim.
Avvalboşda bu işimga yaqinlarim, ayrim ustozlar ham qarşi böldi. Ularga internetning afzalliklari va imkoniyatlarini tuşuntirişga harakat qildim. “Umid bilan suqilgan tayoq bir kun berar meva-yu yaproq”, deganlari töğri ekan, bir-ikki yilda sayt ança közga körinib qoldi, ilk hosil bera boşladi. Portal, ayniqsa, çet eldagi millatdoşlarimiz uçun ayni muddao bölgan edi. Şuningdek, özbek tilini tadqiq etayotgan olimlar ham saytga tez-tez murojaat qiladigan böldi. Bu orada xorijiy davlatlarning adabiy naşrlari bilan aloqalarni yölga qöydim.
Agar inson bir işni sidqidildan, mehr bilan bajarsa, öşa yumuş uning hayoti mazmuniga aylanadi. Men uçun ham “Ziyouz.com” allaqaçon hayotimning ajralmas qismi bölib qolgan. Portal materiallaridan foydalanib nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari yoqlanayotgani, xorijda özbek adabiyoti tadqiq va tarjima qilinayotgani haqidagi xabarlar doim xursand qiladi.
Yaqinda Angliyada doktorlik işini yoqlayotgan bir vatandoşimiz bilan suhbatlaşdim. “Sizga katta rahmat! Çetda yurib, saytingizdagi elektron kitoblarning beş yuzdan ziyodini öqidim”, dedi. Şukrki, bunaqa eʼtiroflarni tez-tez eşitib turaman. Motivatsiya degani şu bölsa kerak. “Ziyouz.com” xalqimizning ziyoli bölmoğiga, ozgina bölsa-da, hissa qöşayotganidan baxtliman.
– 14 000 ta elektron kitob, 30 000 ga yaqin maqola, töplamlar… Aytişga oson, lekin röyobga çiqariş juda muşkul bölgan maʼrifiy jamlanma uçun sizga men ham minnatdorlik bildiraman. Ayting-çi, şunça kitob-u materiallarni bir özingiz tayyorlaganmisiz? Bu jarayon qanday keçgan?
– Bir neça ön materialdan iborat möjaz saytni rosmana portalga aylantiriş oson keçmagan, albatta. Men iş boşlagan davrda internetda özbek tilidagi materiallar juda kam edi. Şu böşliqni töldiriş maqsadida dastavval köproq matnli materiallarni jamlaşga harakat qildim. Oz sondagi tayyor fayllarni gazeta, jurnal va naşriyot tahririyatlaridan olardim. Asta-sekin mualliflarning özlari ham tayyor matnlarni taqdim eta boşladi. Lekin asosiy manbani özim elektronlaştirib, joylaşimga töğri keldi.
Internet ahliga, avvalo, eng zaruriy adabiy asarlarni taqdim etiş kerak, deb öylaganman. Ularni elektron formatga keltiriş köp vaqt va resurs talab qilardi. Kitoblarni topib, uni sahifama-sahifa skanerdan ötkaziş; fayllarni yiğib, yaxlit PDF formatga ötkaziş; PDF fayldan matn formatga ögiriş; matnni qayta öqib, xatolarini tuzatib çiqiş; skaner qilingandagi doğlarni tozalaş va tekislaş; mualliflik huquqini himoya qiliş uçun şifrlaş; saytga joylaş uçun oxirgi versiyani hozirlaş; nihoyat, faylni serverga joylaş va elektron kutubxonada eʼlon qiliş… Jarayon ança uzoq va maşaqqatli bölsa-da, menga olam-olam zavq berardi. Qolaversa, bu men uçun bir dorilfunun kabi edi: har bir matnni tayyorlaş jarayonida uni sinçkovlik bilan öqib, bilimimni oşirar, dunyoqaraşimni kengaytirar edim.
“Yoşlik” jurnalining elektron arxivini jamlaşimga özingiz ham guvoh bölgansiz. Tahririyatda mavjud arxiv jildlarini elektronlaştirişga uç oydan köproq vaqt ketgan edi. Tahririyat bergan yillar böyiça jamlanmani uyga olib borib, muqovani buzib, içidan sahifalarni olar va skanerdan ötkazar edim. Yillik arxiv tugagandan söng jurnallarni jamlab, tikib, yana qayta muqovalab, tahririyatga qaytarardim. Marhum boş muharrir Sobir Önar topilmagan sonlarni azza-bazza uyidan olib kelgani yodimda. Men bisot kemtik bölib qolmasin, deya tahririyat arxivida saqlanib qolmagan sonlarni qistalang qilaman, rahmatli Sobir aka qidira-qidira bezor böldimi, axiyri, uyidagi kitob javonlarini ham ixtiyorimga berib qöygan edi.
Bunday munosabat-muzokaralar boşqa adabiy jurnal va naşrlar bilan ham bölgan. Tahririyatlar, maşhur olim, şoir-u yozuvçilarning şaxsiy kutubxonalari aro keziş, ularning maʼnaviy bisotiga oşno böliş va eng nodir kitoblarni öqirmanlarga taqdim etiş menga ilhom va kuç berardi. Kutubxonadagi qoğoz hididan könglim yorişib, çarçoqlarim çiqib ketardi. Biroz çang ingan kitoblarni qölga oliş, asr oşgan bitiklarni öqiş qançalik maroqli ekanini aşaddiy kitobxonlar yaxşi bilişadi.
– “Ziyouz.com” portalida özbek matbuotida çop etilgan maqolalar arxivini ham joylagansiz. Bu avval ham amalga oşirilmagan, hozir ham muqobili yöq elektron manbadir. Özingizga qaysi davr matbuoti yoqadi?
– Özbekiston matbuoti otalari – jadidlarning maqolalarini öqib, ular qançalar hurriyatsevar, haqsöz kişilar bölganidan faxr tuyganman. Ammo yuz yil oldin qalamga olingan muammolar hali-hamon millat taraqqiyotiga tuşov bölayotganini körib kuyinganman.
Mustaqillikdan oldingi “qayta quriş” va “oşkoralik” davri özbek matbuotining çöqqisi, nazarimda. Özbekistonda fikriy oşkoralik 1987–1990-yillarda nashʼu namo topdi. Ziyolilar katta-kiçik minbarlarda xalq dardi va mamlakat muammolarini oçiq gapira boşladi. Erkin fikr uçun asosiy minbar esa, şubhasiz, matbuot edi. “Qayta quriş” davrida barça gazeta-jurnallar, ayniqsa, adabiy naşrlarning öquvçilari soni bir neça barobar oşdi. Bugungi texnologiya zamonida u davrdagi naşrlar adadi çöpçakdek tuyiladi. Öşa yillarda çop etilgan ayrim gazeta-jurnallarning adadini köring:
“Yoş kuç” jurnali, 1990-yil, 1-son – 550162;
“Yoş leninçi” gazetasi, 1990-yil, 2-son – 509195;
“Fan va turmuş” jurnali, 1990-yil, 1-son – 481071;
“Yoşlik” jurnali, 1990-yil, 1-son – 315162;
“Şarq yulduzi” jurnali, 1990-yil, 12-son – 205807.
1990-yili “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi adadi bir milliondan oşgan. 1989-yilda gazetaga obuna bölganlar soni 636 899 kişini taşkil etgan. Bu 1988-yilga qaraganda 200 mingga, 1987-yilga nisbatan esa qariyb 300 mingga köpdir. Bundan taşqari, yana neça yuz minglab gazeta matbuot dökonlarida sotilgan. Menimça, Özbekiston tarixida bu rekord hali takrorlanmadi. Xalq dardiga tilmoç bölgan naşrlar u paytlarda qölma-qöl öqilgan, talaş bölgan.
Öşa kezlar respublikamizda matbuot naşrlari soni keskin ösgani sabab qoğoz yetkazib beriş muammoga aylangan. Köplab vazirlik va idoralarning içki axborot naşrlarini çop etiş vaqtinça töxtatilgan. Hatto obuna bölişni çeklaş haqida çaqiriqlar yangragan.
“Qayta quriş” davrining asosiy qahramonlari, asosan, şoir-yozuvçilar edi. Doimgiday, “oşkoralik yillari”da ham öz fikrini röy-rost, haqqoniy va xolis bayon etgan publitsistlar bilan birga “ura-ura” (hozirgi til bilan aytganda – trend) mavzularda “ot surgan” haybarakallaçilar ham bölgan, albatta…
– “Ziyouz.com” bugun mamlakatimizdagi eng katta elektron kutubxonalar sirasiga kiradi. Buni zamonaviy texnika jamiyati uçun ulkan kaşfiyot deyiş mumkin. Yana şunday virtual loyihalarni amalga oşiriş niyatingiz bormi?
– “Ziyouz.com” darajasidagi boşqa katta loyihaga qöl uriş rejamda yöq. Bunga kuç, jurʼat, şijoat qayda deysiz! Lekin yangiliklar qiliş niyatim bor. Portalning dizayni, şakl-u şamoyili ança eskirdi. Uni “yoşartiriş”, zamonaviylaştiriş, qulaylaştiriş va yangi texnologiyalarga moslaş yöllarini öylayapman. Şuningdek, kitobxonlikka oid “Yoşlar nima öqiyapti?”, “Ziyolilar nima öqiyapti?” deb nomlangan sörovnomalar va tadqiqotlarni davom ettiriş niyatidaman.
– Siz sayohatni xuş körarkansiz. Bu bergan intervyularingizdan maʼlum. Toğlar, yurtimizning çiroyli maskanlari, tabiatning uluğvor manzaralari hammaga ham yoqsa kerak, albatta. Şu örinda bir savol: inson va tabiatni nima boğlab turadi? Nima uçun inson tabiatga bu qadar intiladi?
– Inson va tabiatni tuproq boğlab turadi. Odamzod özi yaralgan tuproqqa qançalar yaqinlaşsa, ruhi şunçalar orom oladi. Ahmad Yassaviy aytganidek:
Boşim tufroq, özim tufroq, jismim tufroq,
Haq vasliga yetarman deb ruhim muştoq.
Tabiat, toğ-u toşlar bilan jism-u jonimiz bir. Texnika-texnologiyalar bizni odamiylikdan şu qadar yiroqlaştirdiki, bugun inson özi barpo etilgan sivilizatsiyadan qançalik uzoqlaşsa, özligiga şunçalik yaqinlaşadi. Eng çiroyli maskanlar – odam kamroq borgan göşalardir. Çöqqiga çiqmagunça pastdagi gözallikni körib, toğlarning salobatini teran his qilib bölmaydi. Qolaversa, neʼmatlar qadri sermaşaqqat safarlarda bilinadi. Tabiat ohanrabo kabi öziga tortaveradi. Birini kördim desangiz, keyin undan-da çiroylisi, sirlisi çiqaveradi. Xayriyatki, ruhga taskin beradigan manzil-makonlar bisyor.
– “Muvaffaqiyat” deb atalmiş tuşunça borki, uni hamma har xil talqin qiladi. Kimdir unga yetişiş yölini mehnatda deb bilsa, yana kimdir omad bilan boğlaydi. Sizningça, muvaffaqiyatga erişişning asl siri nimada? Jurnalistika sohasida muvaffaqiyatga erişişni diliga tuggan yoşlarga qanday tavsiyalar bergan bölardingiz?
– Muvaffaqiyat – nisbiy tuşunça. Uni har kim öz qariçi bilan ölçaydi. Kimgadir muvaffaqiyat bölib köringan jihat boşqalar uçun sariq çaqaga ham arzimasligi mumkin. Dunyoqaraş, did, hayotiy tutumlar turfa bölgaç, muvaffaqiyat mezoni ham har xil bölişi tabiiy-da.
Menimça, har qanday muvaffaqiyatning ortida mehnat turadi. Mehnatsiz omad nolga teng. Sizga nogahoniy köringan omad zamirida ham mehnat yotadi. Muvaffaqiyatga erişişning sir-asrori yöq. Avvalo, xayrli niyat qiling, söng puxta reja tuzib, harakatni boşlang, birovlarning gap-sözi, diydiyolariga parvo qilmang, maqsad sari şaxdam qadam taşlang, takomil yölida oğir mehnatdan qoçmang – qarabsizki, omad ham, muvaffaqiyat ham öz oyoği bilan keladi.
Suhbatdoş: Bobomurod SAʼDULLAYEV
2024/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


