(Hikoya)
– Yaxşi qiz?
– …
– Yaxşi qiz, Lionga boryapsizmi?
Men qarşimda ötirib gapga tortişga tirişayotgan odamga qaradim. U çamasi qirq yoşni qoralab qolgan odam bölib, janoblardek yaxşi kiyingan, ammo körimsizgina edi. Andak oq oralagan sarğiş soçlariga közim tuşdi, nigohlarida istehzo bordek. “Köça-köyda bezorilik qiladigan şilqimlardan biri bölsa kerak” deb öyladim özimça.
Şuni alohida aytiş kerakki, öşa vaqtda men tuşkun kayfiyatda bölib, ruhiy kasalliklar şifoxonasidan qaytayotgan edim va u yerga borişim bilanoq körgan voqealardan hali ham özimga kelolmagandim. Bir xil xonalarga kirişingiz bilan har xil bemorlarni uçratişingiz mumkin. Atrofdagi kişilar ayançli ahvolda edi. Baqir-çaqirlar meni butunlay larzaga keltirib yubordi, u yerda turli xil kasallarni uçratiş mumkin, lekin heç qaysisida insoniylik hissi körinmas edi. Hamma kasallar: jinnilar, xayolparastlar, ruhan ezilganlar, tutqanoqqa çalinganlar – hammasi bu yerda jamul-jam bölib, tinmay baqirişar, dod-voy solişar edi… Şifoxonadan qaytarkanman, özimga özim hali soppa-soğman, deb takrorladim harneçuk ulardek bölişimga nimadir yetişmasligi menga yaqqol sezilib turardi.
Opamning peşonasi şör ekan. U boşqa kasallar bilan bir xonada turardi. Meni zörğa tanidi. Olib borgan yeguliklarni sumkamdan olayotganimda u umuman harakatsiz turdi, söngra bir neça uzuq-yuluq söz aytdi, xolos. U beparvo, heç narsani payqamaganday, öz boşiga ğudranardi. Opamni olib ketiş uçun qilgan barça saʼy-harakatlarim zoye ketdi. Otam, bolalari va Val de Pre haqida aytilgan yangiliklar uni ziğirça ham qiziqtirmadi… Unda umuman kelajakka işonç hissi yöq edi.
Şifokor opamning ahvoli haqida ijobiy fikr bildirgandi. Opangizni vaqtida olib kelmagansiz, yaxşi qiz, odatda bu kasallik hozirgi körinişidan yengilroq keçardi, hozir u ança xotirjam va es-huşini yiğib olgan… Opangiz tezda oyoqqa turib ketişi uçun bor imkoniyatni qöllaymiz” – dedi. U menga bor haqiqatni aytdimikan? Har holda u haqda biron narsa deyiş qiyin, uning gaplari töliq işonç hosil qilişga yetarli emasdi.
– Yaxşi qiz?
Kupedagi qarşimda ötirgan notaniş odam mening javob berişimni kutardi. Unga eʼtibor qilmasdan jomadonlarimni yiğiştirdim va örnimni almaştirdim.
Endigina boşqa kupega joylaşayotganimda, öşa odam orqamdan ergaşib keldi va menga qarab jilmayib, işonç bilan mulozamat körsatmoqçi böldi. Aççiqlandim. Axir köçada qolgan ayol emasman-ku?!
– Feʼlingiz juda qiziq ekan, nega ergaşib yuribsiz? Bilasiz, agar siz bilan gaplaşişni xohlaganimda kupeda qolgan bölardim… Men esa çiqib ketdim, demak, yolğiz qolmoqçiman.
– Qarang-a, – dedi u, – yoqimli va muloyim ovozda. – Uzr, bilmabman. Siz tabiatan şunday öjarsiz şekilli?
Suhbat avvalida uning gapini bölişga urinib kördim. Biroq u kulimsirab dedi:
– Ehtimol, siz Marselda sevikli yoringizni taşlab ketayotgandirsiz?
– Sevimli yorim! Sevgi-muhabbatning men uçun hali mavridi emas, – maʼyus jilmayib qöydim. – Marseldagi sevgilim emiş… Agar qayerdan kelayotganimni bilganingizda, hatto hazillaşişga ham yuragingiz dov bermasdi.
U qarşimga ötirganiça mendan köz uzmasdi. Uning nigohida ajib bir tuyğu pinhon edi va mendan söradi:
– Xöp, yaxşi qiz, menga ayting-çi, qayerdan kelyapsiz özi?
– Şifoxonadan. Opamni körib kelyapman. Uning baxtsizligini tasavvur ham qilolmaysiz. Opam hatto yigirma tört yoşga ham tölgani yöq. Kasalligini tasvirlaşga til ojiz, esi kirdi-çiqdi.
Men bir oz jim qoldim. Bu tösatdan menga kelgan hissiyot ediki, öz şaxsiy hayotimni bir notaniş kimsaga aytib berişimga bir bahya qoldi… “Baribir emasmi” – dedim özimça va gapimda davom etdim:
– Bunga çidaş men uçun juda qiyin, opamning ikkita yoş bolasi bor, boqiş mening gardanimda, yetmiş beş yoşni qarşilagan otam ham oşimga hamtovoq.
– Ularga yolğiz özingiz qaraysizmi?
– Bölmasam-çi, men Loze litseyida dars beraman, imkon tuğildi degunça, har kuni öttiz çaqirim narida joylaşgan uyga yuguraman… Otamning qiladigan işi faqat meni kutiş, uni bolalar bilan yolğiz taşlab ketolmayman. Hozir uyda otam nevaralari bilan yolğiz qolgan, bilsangiz agar. Bor-yöği oilamiz şulardan iborat…
– Boşqalar-çi ?
– Yaʼni?..
– Hartugul uka-singillaringiz bölsa kerak?
– Ha, albatta, lekin…
Bu safar unga oilaviy hayotimni aytib berişdan özimni töxtata olmadim; notaniş bu odam gaplarimga işona boşladi… U meni butunlay jinni qilib qöyganligidan şunday deyiş mumkin ediki, men tinmay gapirişni, özimni ovutişni xohlardim. “Şunday qilib öşa odam gaplarimni uqib oladi va şu bilan suhbatimiz ham tugaydi”, – deb öyladim. Oilaviy hayotimni tasvirlab berişni tugatar ekanman, u menga dedi:
– Tuşunarli… Şifoxonada davolanayotgan opangiz bor, qolaversa, ikki farzandiga, keksa otangizga siz qaraysiz, hayot şundan iborat deb öylayapsizmi? Heç narsaga haqqim yöq deganday böldingiz, şundaymi? Biroq aql bovar qilmaydi! Tuşunişim böyiça, otangiz yetmiş beş yoşda, lekin hali soğliği joyida… Siz uning ölişini xohlaysizmi? Ammo yaxşi qiz, öz otasi bölişlik qanday ajoyib, tez soğayayotgan opangiz va ikkita farzandi ham yaşaşga umidvor… Men sizning hayotdan voz keçişingizga qarşiman… Siz faqat öz fikr-tuşunçangiz bilan dunyoga qarayapsiz, siz hali yoş va juda çiroylisiz, hayotni endi köryapsiz. Siz aytayotgan erkin bölişlik faqat kuç bilan bölmaydi… siz faqat şunday deb öylaysiz. Men sizga aytmoqçi bölganim, yaşaşga haqqingiz bor!
U bir oz jim qoldi, men esa yuragim tez ura boşlaganini his qildim… Bu odamning aytgan gaplari haqiqat edi, u menda şunday bir kuç uyğotdiki, uni yillar davomida jilovlab turgandim. U gapining söngida şunday dedi:
– Sizning yoşingizda hayotning bu haqiqiy mevasini öziga mavhum deb tuşuniş özingiz va oilangiz uçun ham jinoyatdek tuyuladi… Faraz qiling, otangizga qilayotgan sovğangiz zaharlangan va oxirida şunday deyişingiz kerak, – “Hayotimni sen uçun qurbon qildim”. Bu qanday körgulik axir! Yöq, siz boşqalarga ham yordam qiling, ayni vaqtda özingizni ham öylang, şunda yaxşi böladi… Şundagina siz qilişingiz lozim bölgan har bir iş uçun özingizda katta kuç sezasiz.
Bu odam, uning gaplari, eʼtibori, muloyimligi va gaplarining haqqoniyligi menda yetişmay turgan şijoatni uyğotdi. Bir neça oylar, yillardan buyon men bor kuçimni Mari Roz va otam uçun baxşida etib yaşadim. Men xuddi bu dunyoda unutilgandek edim, biroq har qalay “yaxşi singil” bölolgan esamda, özim haqimda qayğurişni unutgandim. Baʼzida özimça öylanib qolardim: “Emili, sen yoşlikdan bahramand bölmading, faqat ğam-qayğu va işni bilasan, xolos”… Hayotimnig xotimasiga faqat bir qadam qolgan bölsa-da, endi men hayotga bardam kirib bordim. Tösatdan, Marsel va Brianson temir yöl kupesida bir notaniş kişi paydo böldi va u menga şunday bir nur hadya etdiki, u heç qaçon sönmaydi deb öylayman va u menga gapirişda davom etarkan, uning kim ekanligini, nima iş qilişini, fikrlarini va dunyoqaraşini bilişga urindim. Men uni söroqqa tutişim mumkin edi, biroq qörqqanim uçun unga savol berişga ham jurʼat eta olmadim. Özimça dedim: “Bu kim bölsa ham, menga ahamiyatsiz… Oçiği u juda madaniyatli va dilga yaqin odam edi”.
Ana şu paytda u menga ismi Jon Karl, oddiy işçi, bezakçi rassom ekanligini aytdi, lekin unga işongim kelmadi. U yuriş-turişidan umuman oddiy işçiga öxşamas, körinişidan hayotni çuqur anglagan va ança yuqori madaniyatli kişiga öxşardi.
Veyin şahriga kelganimizda yölimiz ayrildi. U Lionga onasini körgani ketdi, men bölsam, işim, otam va jiyanlarim kutayotgan Brianson tomon yöl oldim. Jönab ketişimizdan oldin xat yozişib turişga kelişib oldik:
– Siz meni qiziqtirayotgan toğlarning rasmini jönating, qolaversa, mana şu rasmlar siz yaşayotgan joy haqida menga xabar beradi.
Şuning bilan qisqagina suhbatimiz nihoyasiga yetdi. Ona yurtimga olib borayotgan avtobusda öşa odamning hamma gaplarini qayta öylardim. Gaplarining haqqoniyligi menga yanada ravşanroq tuyular, ammo bu yerda boşqa narsa bölib, u mening hayotimga tösatdan kirib qolgan va zimistonlikni yoritib turgan nurga öxşardi.
Emili KARL
Fransuz tilidan Samarqand Çet tillar instituti magistri Jahongir SANAQULOV
tarjimasi
“Yoşliş” jurnali 2012-yil, 6-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


