9 daqiqada öqiladi

73 marta körilgan

“Hikmat izlang – yölingiz oydin böladi”

Erkin Malik

Bolalarning sevimli yozuvçisi Erkin Malik bilan suhbat

 

– Ustoz, bir asaringizda sizni odamlar Tohir Malik bilan adaştirib yuborişini aytgan edingiz. Menimça, bunday adaştiriş adabiyotdan, kitobdan ança yiroq, ijodkorlarga boşqalarning ölçovi bilan baho beradigan kişilar tomonidan sodir böladi. Çunki kitobxonlikka jindek daʼvogar kişi borki, albatta, Tohir Malik va Erkin Malikning kim ekanini juda yaxşi farqlaydi. Sababi, ulardan biri kattalar nasrining qiliç tutgan pahlavoni bölsa, ikkinçisi neça yilki, özbek bolalar nasri darvozasidagi qöriqçilardan biri.

Ustoz, sizning qalamingizga mansub “Çampo otli ilon”ni misol qilib olamizmi yoki “7-ada” qissasi böladimi, barçasida bolalarda uçraydigan turfa taqdirlarga, qiziqdan-qiziq voqealarga, aççiq-şirin çorrahalarga duç kelamiz. Şunda beixtiyor xayoldan “Bu kunlar, işqilib, yozuvçining boşidan keçmaganmikan?” degan öylar ötadi. Kitoblaringizga köçgan bolaligingiz haqida örtoqlaşsangiz.

– Bilasizmi, men tabiatan yozuvçi bölmaganman. Jurnalist bölganman. Maktab davrida devoriy gazetalar çiqarib, ularning muharriri bölib, sahifalarini töldirib turganman. Söng “Yangiyöl” gazetasiga işga kirdim. Jurnalistikani şunday tomoni borki, jurnalist rost narsani körib, rost narsani öquvçiga yetkazişga harakat qiladi. Ortiqça narsa qöşolmaydi. Çunki körgan narsasini yozadi-da! Bugun qanday kitob yozgan bölsam, ularning barçasi jurnalistikaning men aytgan rost talablari asosiga qurilgan.

Qişloqning bir savodsiz bolasi edim. Allohning marhamati bilan Respublikadagi katta bir gazetaga işga kirganman. Mulla Muhammedov degan novçadan kelgan, ilmi ham baland kişining örniga olişgan. Öşanda talaba paytim juda hayron bölganman: “Bu böyi uzun, aqliyam uzun kişi bölsa, nahot meni şu insonning örniga olişsa?!”

Tahririyatimizga ora-sira katta ijodkorlar biz xodimlar bilan uçraşiş uçun kelb turişardi. Ular orasida Abdulla Qahhor, Ğafur Ğulom kabi katta ijodkorlar ham bölardi.

Işda eng asosiysi maqolalarning ixçamligiga va quyuqligiga eʼtibor qaratardik. “Suyuq maqola” degan narsa bölmasligiga harakat qilardik. Çunki gazetada joy talaş edi.

Yaratganning qudrati bilan tahririyatga Habib Saʼdulla, Tohir Malik, Safar Barno, Omon Muxtor kabi yoş adiblar kelişdi. Bora-bora ular katta-katta yozuvçilarga, boş muharrirlarga aylanişdi. Mazmunan puxta, hajman siqiqlikka intiladigan bu muhitda, tabiiyki, men ham ösib bordim.

Toşkentda köp qavatli uyda turamiz. Olti bolam, er-xotin bilan sakkiz odam tor uyda yaşaganmiz. Uy bolalarning gap-sözi, yiği-kulgisiga töla. Turgan gap, bunday şaroitda ijod qiliş juda muşkul. Ana şunday paytda yozişning çorasi topilgan: qiynalib bölsayam, yiğib-terib yozuv maşinkasi sotib oldim. Maşinkaning çiqir-çiqiri bolalarning töpolonidan izolatsiya qilardi. Kamiga, yonimga kirişib, harflarning borib kelişiga termilib turişardi. Jim yozişdan köra qulayroq edi bu.

 

– “Şaytonvaççaning nayranglari” katta-yu kiçikning örtasida ançayin şuhrat topdi. Bugungi kun bolalariga qadim qadriyatlarimizni qiziqdan-qiziq tarzda uqtiriş juda noyob hodisa hisoblanadi. Asar öqilganidan söng yoş kitobxonlardan qanday xulosalar eşitdingiz? Ustoz Tohir Malik kitobingizga yozgan sözboşisida asar haqida yangi uslub, yangiça qaraş deb, “şu paytgaça şayton faqat bayon qilinsa, endi u obrazga aylandi”, deya baho bergan ekan…

– “Şaytonvaççaning nayranglari” hozir beşta kitobdan iborat böldi. Asarni yoziş, aslida, qayta quriş yillarida, mustaqillik boşida boşlangan. Ana öşa paytdan boşlab Qurʼonga, hadisga, diniy kitoblarga yöl oçildi. U paytda men Respublika bolalar radiosida işlardim. Xodim yoki boş muharrir vazifasida işlar ekanman, bolalarga mos rivoyat-hikoyatlar berib borardik. Şunday qilib desangiz, şayton haqida öqigan manbalarim asosida beşta hikoya yozdim. Ularni bolalar efiri vaqtida bir-ikki daqiqadan öqib bera boşladik. Mirzohid degan ukamiz bölardi. U ona şaytonning bolasini sökişlarini şunday qiziqiş bilan xuddi şayton bölib öqirdiki, qoyil qolardik. Qarangki, butun Respublikadan xatlar kela boşladi, qönğiroqlar böla boşladi. Çunki Şaytonvaççaning nayranglari beşta hikoyadan söng töxtab qolgandi. Keyin özimga özim “Ey, yoziş kerak ekan”, deb davomini yozişni boşladim.

Asarni Safar Barnoyev katta adadda çop etiladigan “Gulxan” jurnalida eʼlon qildi. Şunda menda “Endi kitob qilsam-çi”, degan fikr paydo böldi.

Öşa kunlari bozordan ötib ketayotsam, birdan bir gala odamlar “ana-ana” deb örab olişsa böladimi! Tinçlikmi, deya sörasam, qöllarida kitobim turibdi. Hatto özim ham bilmagandim kitob çiqqanini. Kitobxonlar örab, dastxatlar olişdi. Töğri, kitob öşanda qança nusxada çiqqanini bilmayman, lekin ön beş kunda sotilib ketgani aniq esimda.

Naşriyotda işlagan kezlarim Tohir Malikning “Şaytanat”i ham muxlislarning qiziqişlari bilan yozilganiga guvoh bölganman. Xodim bölganim uçun hamma: “Qaçon uçinçisi böladi, qaçon törtinçisi böladi?” deb men oraqali sörayverişardi. Men esa: “Tohir, bunça dangasasiz, odamlar sörab qöymayapti”, deb aytsam, rahmatli: “Ha, böladi, duo qilişsin, böladi, şoşirmanglar!”, deb qöyardi.

Şukrki, “Şaytanat” kabi “Şaytonvaççaning nayranglari” ham odamlarning talabi, qiziqişi bilan yozildi.

 

– Bugungi bolalar ellik yil avvvalgi bolalar emas. Dunyo özgargani kabi, dunyoqaraşlar ham özgarib bormoqda. Lekin umuminsoniy qadriyatlar hamon öşa-öşa.

Internet asrida, dronlar-u gadjetlar zamo­nida bolalar talab qila oladigan darajada qizi­qarli, manfaatli kitoblarni bugungi yozuv­çilar yetkazib bera olyaptimi? Umuman, bugungi bolalar yozuvçisi qanday bölişi kerak?

– Injener odam texnika qurilmalarining qayerida kamçilik topilsa, darrov tuzatadigan kişi bölsa, ijodkor insonlarning muhandisi hisoblanadi. Telefon masalasiga töxtalsak. Aslida, u zör narsa. Lekin hozir muammoga aylandi. Agar men bu mazvuni xuddi şaytonvaççani bilganimdek bilganimda, uning yomon tomonlarini bolalarga tanitgan bölardim. Lekin menda unday ilm yöq.

Qarangki, qidira-qidira bir ijodkorni topdim. Ançadan buyon tarbiyaviy ruhdagi kiçik-kiçik hikoyalar yozib yurgan ekan. Suriştirsam, Özbekistonga birinçi bölib elektron hisoblaş maşinalarini olib kirgan odamning öğli ekan. Özi ham telefon kompaniyasida işlarkan. Yaʼni qurilmaning barça ayblarini, zararlarini juda yaxşi bilarkan. Şunda unga: “Baraka topgur, bolalarni bu illatdan qaytariş kerak, bu ilm menda yöq. Uning zararlarini siz yozing!” deya maslahat berdim. Şunda u kişi birdan ilhomlanib ketdi. Oradan birmunça vaqt ötgaç, “Virtual olam bolalari” degan kitob yozib keldi. Öqidim. Virtual olamga tuşib qolgan bolalarning ayançli taqdirlarini yozgan. Juda taʼsirli. Çunki özi körgan-bilgan voqealarini yozgan-da! Kitob naşrdan çiqqaç, öqiganlar dastalab olib keta boşlaşdi.

Ğiyosiddin Yusuf degan yana bir isteʼdodli yozuvçi şogirdimiz bor. Uning “Muzqaymoq”, “Kundalik odoblar”, “Gözal xulqlar”, “Ona-onamni yaxşi köraman” degan kitoblarini öqib, talantli ijodkor yetişib çiqyapti ekan, deb juda xursand bölganman.

Bir ajoyib voqea yodimga tuşdi. Suhbatlarimning birida “Çaqaloqlaringizga azon aytib, tanglayini kötarişim mumkin, lekin kattalari bilan işim yöq”, deb hazilga olib gapirgan ekanman. Kitobxon bir yigit niyat qilgan ekan, bolasini kötarib oldimga keldi. Ota-onasi, kelin ham bor. Şunda men ularga nasihat qildim. “Mana, Alloh sizlarga farzand neʼmatini beribdi. Lekin uni katta qiliş şartlari bor. Tirik jon borki, birinçi bölib hid bilan yaşaydi. Hid bilan onasini topadi, hid bilan otasini topadi. Şunday ekan, bolaning hidini asranglar. U yotadigan xona nihoyatda xuşböy, toza, pokiza bölişi kerak. Uning burniga mast qiluvçi içimliklar, tamaki hidi kirmasligi kerak. Yöqsa, hid biliş aʼzosi ötmaslaşib qoladi. Eng yomoni, bu hid çaqaloqning miyasiga ötirib qoladi. Quloq bilan ham, köz bilan ham xuddi şu. Yomon gaplar, yomon manzaralar miyasiga kirib, öşa joyda mustahkamlaşib qoladi. Fojia tomoni şundaki, ana öşa miyasiga ötirib qolgan narsa bola katta bölgaç, uni öziga çaqiradi. Tamaki hidlagan bölsa, tamaki çekadi, janjalni eşitib katta bölgan bölsa, baqirib gapiradi, iflos joyga qaragan bölsa, ozoda bölmaydi. Agar şarob hidi miyasida qolib ketgan bölsa, kelajakda öşa isqoti tomon harakat qiladi. Siz esa hayron bölasiz, axir kim bunga örgatdi, deb”.

Bu gaplarni eşitib yigitning otasi bir xörsindi. Menga:

– Bu mening birinçi nabiram, demak, uni qölimga ololmaymanmi? – dedi.

– Nega? – deb söradim hayronlanib.

– Men qirq yildan beri çekaman-da!– dedi xörsinib.

Xullas, şu odam nabirasining kelajakda tamaki çekmasligi uçun oldimda çekişni taşladi. Şudan söng:

– Endi olsam böladimi? – deb söradi. Men:

– Yöq, olmaysiz. Çunki nikotin qirq kun­gaça qoningizda yaşaydi, keyin olasiz, – dedim.

Men u hikmatlarni Mavlono Rumiy hazratlaridan olganman. Hatto buni “Bobosini tarbiyalagan nabira” deya hikoya tarzida yozib, ijtimoiy tarmoqlarda ham eʼlon qildim. Yaʼni tarbiya çaqaloqqa dastlab burun, quloq hamda közi orqali kiradi.

 

– Ustoz, Xudoyberdi Töxtaboyevdan keyin asarlari jahon tillariga bu qadar köp bora tarjima qilingan yozuvçini bilmaymiz. Özbek bolalar adabiyoti nima uçun dunyo minbariga çiqolmayapti?

– Xudoyberdi Töxtaboyevning ijodi dunyo minbariga çiqişida uning asarlari rus tiliga ögirilgani ham katta sabab bölgan, deya olaman. Esimda, “Sariq devni minib” asari men işlab yurgan gazetada dastlab “Yaproqlar qarsak çaladi” nomi ostida çiqqan.

Xudoyberdi aka jamiyatni felyetonlar bilan özgartirmoqçi bölgan. Mingga yaqin felyeton yozgan. Oxiri tuşunib yetdilarki, felyetonlar bilangina kişilarni tarbiyalab bölmas ekan. Şudan keyin bolalar olamiga ötdilar. Gaplaşganimizda bolalar orqali jamiyatni özgartiriş mumkin, degan ğoyani taʼkidlar edilar. Albatta, Xudoyberdi akaning dunyoga çiqişi Allohning unga bergan gözal qalami va taqdiri bilan bölgan.

 

– Bilamizki, 2023-yilning bolalar uçun eng yaxşi kitobi, yaʼni yil kitobi deb topilgan “Çumolilar saltanati” asaringizni yoziş uçun ön yil tayyorgarlik körgansiz. Bugungi yoş ijodkorlar uçun asardan oldingi tayyorgarlik haqida tavsiyalaringizni bersangiz, ustoz.

– Xudoyberdi aka quyonlar saltanati haqida yozganda, men “Ustoz, men çumolilar haqida yozaman”, degandim. Keyin yozişni boşladim. Aslida yozişni emas, çumolilarni örganişni boşlaganman. Toğdagi dala-hovlimizda yozuvçilar yiğilib gurung qilişardi. Men esa çumolilarni örganardim. Ularni ön yil emas, yigirma yil örganganman. Bu mustaqil izlaniş barobarida internetga kirib, bilganlarim qançalik haqiqatga yaqin ekanini tekşirardim. Çumolilar haqida katta ilmiy işlar yozilgan. Ular bilan taqqoslaganimda, töğri kelgan joylari bor, mubolağali joylariyam bor ekan. Öşa mubolağali joylari bugunning bolalari tarbiyasiga taʼsir qilişi uçun atay qöşilgan.

Çumolilar hayoti insoniyat hayotidan bir yuz öttiz million yil avval boşlangan. Xöş, nega çumolilar bunçalik çidamli, degan savol paydo böladi. Sababi şuki, ular heç qaçon isrof qilişmaydi. Bilasizmi, eng köp isrofga qarşi kuraşadigan maxluq çumoli böladi. Çumoli bitta narsa topsa yeydi, ortsa, olib qöyadi, undan ortganini, maydasini esa qumursqa yeydi. Yaʼni heç narsa isrof bölmaydi. Allohning neʼmatlarini tejab, isrof qilişmagani uçun ham ular şunça yildan beri yaşab kelişmoqda.

 

– Yozuvçi asariga sönggi nuqtani qöyib, naşrga taqdim etganidan söng u yoğiga heç narsa qilolmaydi. Yaʼni hamma gapni kitob va kitobxon özlari “kelişib olişaveradi”. Asar noşir stoliga kelgunça qalam bor talanti-yu tajribasini qöllab, barça nozik jihatlarni hisobga olmoği lozim. Ustoz, sizda bu jarayon, yaʼni yangi asarni noşirga topşirişgaça bölgan qadam qanday keçadi?

– Telegramda ijodiy kanal yuritaman. Unda töqqiz yuzga yaqin obunaçilarim bor. Yangi asarlarimdan namunalarni öşa yerda eʼlon qilib boraman. Öqilişiga qarab, kitob holida çop etişni öylab köraman. Mana hozir “Qutb yulduzi” nomli yangi qissamni şu yerda eʼlon qilib, muxlislar nazaridan ötkazib kelyapman.

 

– Ustoz, yoş ijodkorlarga qanday ögitlar bergan bölardingiz?

– Yoş ijodkorlarga aytmoqçi bölganim şuki, hayot – daryo. U daryoda odamlar oqadi. Albatta, daryoning ikkita qirğoği bor. Bu qirğoqning birinçisi bolalar, ikkinçisi esa kattalardir. Birinçi qirğoqda tajriba yöq, ikkinçisida esa tajriba, hikmat yetarliça. Şuning uçun yetişib çiqayotgan yoşlarimiz şu ikkala qirğoqni ham öylaşsin. Keksalarning hurmatini qilib, ularning duosini, ilmi-yu tajribalarini olişsin. Ana şu olgan tajribalarini birinçi qirğoq – bolalarga ulaşsin. Şunda daryo tinç oqadi.

Yoş qalamkaşlarga maslahatim: har bir narsadan faqat hikmat izlang. Şunda yölingiz oydin böladi.

Suhbatdoş: Qobiljon ŞERMATOV

“Yoşlik” / 2025 / 8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…