Tölsin
Ey çehrasi çaraqlagan yor,
Qahr qiliçi yaraqlagan yor,
Dil kitobim varaqlagan yor,
Kel, boğimga çah-çahlar tölsin!
Tong otarda quyoşdek otdim,
Kun botarda oy kabi botdim,
Sen yöq joyda juda sovqotdim,
Oç, bağringga şafaqlar tölsin!
Xabaring yöq, xuşxabar yöqdir,
Safaring yöq, har safar yöqdir,
Diydoringdek mötabar yöqdir,
Işq xati yoz, varaqlar tölsin.
Sensizlikka dilni köndirib,
Hajr yomğirin içdim, tindirib,
Ğam mayining jomin sindirib,
Quvonçni quy, qadahlar tölsin!
Ey yor bori, orzungga yetgil,
Ketaringda bir hayr etgil,
Men tomonga bir qarab ketgil:
Yuraklarga farahlar tölsin!
Tilak
Aytinglar, aytinglar, boğlar uyğonsin,
Taʼzim qilib keldik, toğlar uyğonsin,
Tasavvurda totli çoğlar uyğonsin,
Kim bir çöp qadasa, boğ bölsin endi!
Juda köp aldandi şirin xayolga,
Ming yilki tutilar oydek zavolga,
Suyanmoq istasa, har bir ayolga,
Yorining yelkasi toğ bölsin endi!
Bir gözal entikib turibsan, singlim,
Içingda dur olib yuribsan, singlim,
Onalik istaydi vujudim, könglim,
Har ayol yuzida doğ bölsin endi!
Könglimizda qoldi köngil olganlar,
Könglimizda işqdan köprik solganlar,
Soğ va omon bölsin biz-la qolganlar,
Bizdan ketganlar ham soğ bölsin endi!
Aslida
Bu çarxi kajraftorning çarxi yöqdir, aslida,
Neki bebaho bölsa, narxi yöqdir, aslida.
Ön sakkiz ming olamning tarhin topsa bölar, lek
Köngil degan makonning tarhi yöqdir, aslida.
Bu devona ruhimga dor izlab netarsan, döst?
Maşrabi bor ruhlarning Balxi yöqdir, aslida.
Hayot işq bilan totli, taʼm bilgan bilar buni,
Içsang, işq şarobining talxi yöqdir, aslida.
Maʼno, mohiyat izlab özin çarçatdi odam,
Xudoning Işqdan boşqa şarhi yöqdir, aslida.
Kimki diydor istasa, tört tomoni qibladir,
Oşiq quyoşning Ğarb-u Şarqi yöqdir, aslida.
Qolayotgan odamdan hol sörang, döstlar, çunki
Ketayotgan odamga farqi yöqdir, aslida.
Avgust va Onam
Avgust, bunça yaxşisan, jonim,
Qutqarasan quyoş tiğidan.
Har gal seni eslaganimda,
Açişadi böğzim yiğidan.
Avgust, senda halovat bordek,
Sakrab ötdim iyuldan göyo.
Huv şoşqaloq qizaloq kabi,
Römolini yöqotdi dunyo.
Avgust, tafting onamdek mayin
Va heç kimga qilmaysan taʼna.
Sen onamning tavallud oyi,
Menga aziz 7-sanang.
Sen onamni tuhfa etganding,
Afsus, olib ketdi uni may.
Avgust, avgust, yuragingni oç,
Men onamni birgina köray.
Ozod ayol
Çappar urib davralarga kir,
Qah-qah otgil, dillar uyğonsin.
Bazmlarda orolanib yur,
Şavqing yuqib gullar uyğonsin.
Uyğun bölsin jazbang, jozibang,
Körib xumor yozsin oşiqlar.
Qöşiq bölib soçib tur jarang,
Ohanging-la tölsin böşliqlar.
Hayotni sev va hayotbaxş böl,
Nurga aylan, qölingdan kelsa.
Hayot azal sen bilan gözal,
Bilsang!
Har bir yurak bir jom, aslida,
Yaşayverar işqqa töldirsang.
Qayğularni bağringga bosib,
Öldirsang!
Har lahza sev, har onni yaşa,
Işqqa töldir dunyolaringni.
Ehtiroslar olovida yon,
Özanin buz daryolaringni.
Erk taralsin tarovatingdan,
Işq Xudoning falsafasidir.
Va unutma ey, dilbar ayol,
Erk ruhingning nasibasidir!
Bilsang…
Bilaman, yomonman, juda yomonman,
Lek yaxşi köraman, bilsang, hamon man.
Gar hukm aylasang dorga tortmoqqa,
Men hukming tomonman, men dor tomonman.
Har dam huzuringda tilim tutilar,
Garçi şoirman men, bulbulzabonman.
Quyoş tunni izlar, tun quyoş vaslin,
Bir seni izlayman hamma zamon, man.
Eng buyuk kitoblar bağrimda, garçi,
Bitta sen siğmagan bağri javonman.
Bir özim ötgandim qirqta dovondan,
Sen bilan ötibman yetti dovon man.
Tuning yoritmoqqa bir şam kerak-ku,
Ey yor, menam bitta mohitobonman.
Bilki, odam ölar, işqi ölmagay,
Vujudim yöq, abad ruhi ravonman.
Ayolman, nişonlik maqomim emas,
Har öqi nişonga tekkan kamonman!
Seni deb ölgayman, mabodo ölsam,
Seni deb yaşayman, bölsam omon man!
Huşim yöq edi…
Bahor-u yoz edi hamma yoq,
Kuzim bilan qişim yöq edi.
Bola edim, beğubor, oppoq,
Nafsim bilan tişim yöq edi.
Yoqdi mani ğam gulxanida,
Töyar edim u töyganida,
Agar meni tinç qöyganida,
Dunyo bilan işim yöq edi.
Oq kapalak bölmoqçi edim,
Qanotim-la kulmoqçi edim,
Uçib-uçib ölmoqçi edim,
Ari böldim, nişim yöq edi.
Neki aziz – ayirar dunyo,
Kimki aziz – lahzalik röyo,
Mendan oldi onamni Xudo,
Undan aziz kişim yöq edi.
“Sevaman” deb ichardi qasam,
Derdi: “Ölay, sevgimdan tonsam”,
Juft quş bölib uçdik, uyğonsam,
Yonimda oqquşim yöq edi.
Tangrim, berding taqdirki – taxir,
Gulgun çehra va kuygan bağir,
Nega kökdan tuşirding, axir,
Yerga köpam huşim yöq edi…
Bölgan
Bölgani bölib bölgan,
Böyoği singib bölgan.
Onamning köylagidek,
Ranglarim öngib bölgan.
Dunyodan uzilganman,
Soatdek buzilganman,
Şarobdek suzilganman,
Işq labi tegib bölgan.
Manglayning tamğalari
Menga ğam jamğaradi
Va nafsim nağmalari,
Boşimni egib bölgan.
Majnundek maʼyus yurak,
Yaşaş tobora ermak,
Endi… ketişim kerak:
Işq meni yengib bölgan!
Guljamol ASQAROVA
1978-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. “Dil fasli”, “Röşnolik”, “Bedor qönğiroq”, “Baxt dastxati”, “Uyğotuvçi alla”, “Gulnoma”, “Turnalar yöli”, “Erkalik imtiyozi”, “Oşiqlar tumori”, “Taslim” nomli kitoblari çop etilgan.
“Yoşlik” / 2025 / 8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida