Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin Aʼzam bilan ustoz Asqad Muxtor haqida suhbat
– Erkin aka, adabiyotimizning ulkan çinorlaridan bölmiş Asqad Muxtor haqida yozgan maqola va xotiralaringizda u kişini ustozim degansiz. Bilamizki, adabiyotda ustozlik qiliş oson emas. Masalan, kulol közani qanday yasaş kerakligini qöli bilan körsatib beradi. Novvoy, haykaltaroş, tandirçi va hokazo hunar egalari ham şogirdining qölidan uşlab, xatosini körsatib, iş örgatişi mumkindir. Endi, şoir-yozuvçi bölaman degan havaskorga ustozlik qiliş boşqaçaroq. Tabiiyki, unga özingiz yozib bera olmaysiz. Yozganini tahrirlab yoki oğzaki yöl-yöriq beriş boşqa gap. Qisqasi, badiiy ijodda ustoz-şogirdlik masalasi qanday keçadi? Asqad Muxtor ustoz sifatida sizga qanday yöl-yöriq, yöllanmalar bergan?
– Töğri aytasiz, adabiy tajribada ustoz-şogirdlik masalasi xiyla boşqaça, öziga xos. Ustoz atalmiş, siz aytgandek, ijod bobida ul-bul yöl-yöriq körsatişi, yozilgan matnni tahlilu tahrir qilib, tegişli maslahatlar berişi, keyinçalik naşr işlarida hali tajribasiz havaskorning röyobga çiqişida xayrixohlik qölini ham çözişi mumkindir-u, ammo heç qaçon “Xuddi menga öxşatib yozişi şart!” deya talab qöyolmaydi, negaki ustozini aynan takrorlagan qalamkaş çinakam yozuvçi emas, ançayin bir nusxakaş sanaladiki, unday toifaning asl adabiyot taraqqiysida heç bir örni yöqdir.
Asqad Muxtorni ustoz deb biladiganlar köp, juda köp. Hatto, u kişi rahbarlik qilgan “Guliston”da tört qator şeʼri çiqqanlar ham oğiz töldirib “ustozim” deydi. Çunki – faxrli! Çunki kimsan – Asqad Muxtor! Ustozning özi bulardan birortasini şogirdim deya ataganini kamina eslayolmaydi, mehri tovlanib ketganda, “yigitlarim”, “mening yigitlarim” deb qöyardi, xolos. Bir galgina “guliston”çi uç-törttamizni zinapoyada uçratib, allaqanday jöşqinlik bilan “Mening arsonlarim!” degani yodimda.
Bizga öxşagan qalamkaşlarning omadi çopgani şuki, bevosita u kişining qöli ostida işlaganmiz. U kişining tahriridan çiqqan qölyozmalarni körib, qaysi söz nega öçirilganu nima bilan almaştirilgani, umuman, matnni sayqallaşga oid tamoyillar borasida özimizça taʼlim olganmiz. Bunisi mayli, ustozning oğzidan çiqqan şunçaki bir ibora, oddiy luqma ham behikmat emas edi. Donişmand inson edi-da Asqad aka!
Biroq ustozning eng katta darsi, saboği – uning asarlari. Örganmoqçi bölgan odam şularni öqisa, sinçiklab mutolaa qilsa kam bölmaydi.
Yana bir jihat – adibning şaxsiyati. Asqad Muxtor kundalik hayotda ham havas qilsa, har bir xatti-harakatidan örnak olsa arziydigan asl ziyoli, fazilatli inson edi. “Maydalikdan qoçinglar, – deb ögit berardi u şogirdlariga. – Maydakaşlik yomon, odamni, ijodkorni paçoq qilib qöyadi”.
Bir ustozlik şunça bölar.
– Asqad Muxtor – serqirra ijodkor. Nosir sifatidagi faoliyati – Asqad Muxtorning bir qirrasi. Şoir sifatida ham juda gözal şeʼrlar yozganki, bu uning ikkinçi qirrasi. Asqad Muxtor mohir publitsist ham edi. Bu ijodkorning yana bir qirrasi. U kişining tarjimonlik, muharrirlik va boşqa faoliyat yönalişlari ham bor. Ayting-çi, XXI asr özbek kitobxoni uçun Asqad Muxtorning qay bir qirrasi qadrli, ahamiyatli? Bunday savol berişimga sabab – baʼzan Abdulla Qahhor, Oybek, Ğafur Ğulom, şu jumladan, Asqad Muxtor kabi serqirra adiblar ijodiga baho berişda ular yaşagan murakkab davr unutilib qöyiladi…
– Siz tilga olgan Abdulla Qahhor, Oybek, Ğafur Ğulom yoki Asqad Muxtor ijodisiz ötgan asr özbek adabiyotini tasavvur qilib bölarmikan? Agar ilohiy taqdir nasib etganida, öşa uluğ siymolar yangidan tuğilib, bajonidil bugungi zamonda yaşamoqni istamasmidi deng! U yoğini aytsangiz, özimiz – sizu biz yangi zamon ahli bölaturib, ijodkor sifatida nimani döndirib qöyibmiz?!
Asqad Muxtor haqiqatan ham serqirra ijodkor. Ammo şu qirralarni bir-biridan ajratib baholaş töğri bölarmikan? Öşa şeʼr ham, öşa nasru publitsistika ham bir köngilda tuğilib, bitta qalamdan çiqqan emasmi?! Bir muxlis sifatida fikrimni aytsam, Asqad Muxtor bularning bariga yurak qörini bir xilda sarflagan, taʼbir joiz körilsa, ularni “ögay-çin”ga ajratmagan. Çin qalamkaş doim şunday iş tutadi, bir sahifalik matnga ham jon-jahdi bilan kirişadi – örtada ijodkorlik şaʼni bor.
Obdon boş qotirib şunday xulosaga keldim: bugungi kitobxon, umuman, bugungi zamondoşimiz Asqad Muxtorning deyarli butun ijodiy faoliyatidan ibrat olsa bölar ekan. Masalan, şoirlar ustozning şeʼriyatini ustun qöyişi mumkin, menga öxşaganlarga esa romannavisligi undan kam emas.
– “Keçikayotgan odam” kitobingizda ustozning “Sobirman” şeʼrini ilk sahifada bergansiz. Bu şeʼr sizni qay jihati bilan öziga tortdi?
– Ilk bor öqiganimdayoq bu şeʼr meniki bölib tuyulgan – mening dilimdagi gaplar, men yozişim kerak bölgan fikrlar. Ortiqça böyoğu taşbehlardan xoli soddagina bu satrlarni men mardu tanti köngilning ökinçlari, mardu tanti köngil eʼtiroflari deb bilaman. Siz aytgan kitobga taqdimnoma sifatida berilgani – töplamning umumiy ruhi, yaʼniki muallifning botiniy ruhiga mos kelgani tufayli. Ustozga ehtirom nişonasi ekanini esa alohida taʼkidlaşim darkor.
– Yana bir-ikki yildan keyin ustoz Asqad Muxtor tavalludiga yuz yil töladi. Sizningça, adib qaysi romanlari, qaysi hikoya va qissalari bilan davr sinovlaridan omon-eson ötib kelmoqda?
– “Davr mening taqdirimda”, “Çinor”, “Buxoroning jinköçalari”, “Fano va baqo”, “Insonga qulluq qiladurmen”, “Tundaliklar” va öxşaşi yöq şeʼriyat… Ziqnalik qilayotganga öxşayman-a?
– Yaqinda Asqad Muxtorning “Çodirxayol” hikoyalar töplamini qayta öqib çiqdim. U haqda kiçkina taqriz ham yozdim. Biroq ilgarigi naşrlari bilan soliştirib körsam, baʼzi bir hikoyalar tahrir etilib, qisqartirib çop qilingan… Bu qançalik töğri? Sizningça, xususan, Asqad Muxtorning şöro davrida yaratilgan asarlarini naşr etişda qanday yöl tutganimiz maʼqul?
– Ustoz keksayib, xastalanib qolgan kezlari bir kuni yöqlab Dörmonga bordik. Uyga kiraverişdagi örik soyasida gangir-gungur suhbatlaşib ötirarkanmiz, u kişi oğir xörsinib hasrat qilgani esimda: “Mana, endi yozadigan zamon keldi. Sizlar yozasizlar. Bizniki endi bari çiqit…”
Öşanda rostakamiga larzaga tuşganman: Asqad Muxtorning yozganlari çiqitga çiqsa-ya?! Biz şu çoqqaça öqib-örgangan, biz siğingan Asqad Muxtorning! Bunday ulkan adibdan ötkazib biz nima ham yozardik deng?!
Savolingizga kelsak, menimça (umuman, orif dunyo qonun-qoidasiga köra), marhumlarning bisotiga, xususan, yozuvçi bölsa – ijodiga biror bir yösinda daxl qiliş, öçirib-qöşiş – gunohdir. Undan köra öşa asarlarning tagiga qaçon yozilganini körga hassa qabilida qayd qilib qöyaylik, tegişli mazmundagi sözboşilar bilan tanqidiy matn şaklida naşr etaylik!
– Ustozingiz Asqad Muxtorga öxşab şoir bölişni ham istaganmisiz? Hayotingizda biror marta şeʼr yozganmisiz? Mana, tengdoşingiz Usmon Azim keyingi paytlarda hikoyaga ham qöl urdi, nimaga siz şeʼr yozmaysiz? Umuman, şeʼriyatga munosabatingiz qanday? Şeʼr yoziş qiyinmi yoki nasriy asar?
– Bolalikda şeʼr deb bir nimalar qoralaganim rost, hozir ham qofiyasini keliştirişim mumkin – qonun-qoidasini bir şoirçalik bilsam kerak. Lekin tayin bir şeʼriy isteʼdod bölmagaç, hammaning boşini qotiriş çikora?! Mensiz ham atrofda unaqalar köp-ku!
Şeʼr yoziş ham qiyin, hikoya yoziş ham bir balo. Buning ustasi bölmaydi. Şoiri ham, nasrnavisi ham işni har gal yangidan boşlamoqqa mahkum – sanʼatning talabi şu. Odatdagi tajribayu könikmalar öz yöliga. Köza yoki xontaxta yasaş deganlari emas bu.
Qöqon davlat pedagogika instituti doktoranti
Barno HASANOVA
suhbatlaşdi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


