9 daqiqada öqiladi

279 marta körilgan

Zol kampir va yozuvçi

Neʼmat Arslon

Taniqli yozuvçi Neʼmat Arslon bilan suhbat

 

 

– Neʼmat aka, adabiyot inson ruhini tarbiyalaşga xizmat qiladi, degan gapni köp işlatamiz. Siz ham jurnalimizning bir neça yil oldingi sonida “Yozuvçi jamiyatning tarbiyaçisidir” deya yozgan ekansiz. Ana şu tarbiyaçi bugun öz vazifasini ado etyaptimi? Unga qanday omillar taʼsir körsatyapti?

– “Lison ut-tayr”da şerni talab yotgan çumolilar bor. Gabriel Garsia Markesning qahramonini ham ana şu jonivorlar talab öldiradi. Har ikkala holatda ham jamiyat va uning bir zarrasi bölgan inson hayotiga doir ramzlarni köramiz. Adabiyot esa ramzlar, grotesklar, metaforalar va boşqa badiiy tafakkur vositalari bilan sözlaydi. Çumolilar dunyo otli mavjudlikning – hazrat Navoiy taʼrifi bilan aytganda – özi qari bölgani holda insonning köziga yoş va latofatli bir kelinçak bölib körinadigan va uni turli köylarga solib ovorayi sarson qiladigan Zol kampirning laşkarlaridir. Sanoqsiz jonivorlarga yem bölmaslik uçun özini turli tomonga uradi odamzod deb nomlangan beçora xilqat. Pul va boylik orttiriş vasvasasi, nafs qutqusi, mansabga intiliş maʼnaviyatdan yiroqlaştiradi uni. Zol kampirning nayranglariga butunlay qul bölmagan kişi, inson xotirasining qoğozdagi şakli bölgan kitoblardan najot izlaydi. Eng töğri yöl ham şu, aslida. Jahon kutubxonasida aqlimizni peşlaydigan, yuragimizni yumşatadigan, insonparvarlik va gumanizmni ruhiyatimizga singdiradigan minglab noyob asarlar bor. Aşşurbanipal tomonidan bunyod etilgan dunyoning ilk kutubxonasida loy taxtaçalarga bitilgan “Gilgamiş” dostonidan tortib bugun bizning poytaxtimizdagi Navoiy kutubxonasidan joy olgan zamondoşlarimizning asarlarigaça – barçasi komil inson va jamiyat tarbiyasi uçun xizmat qiladi. “Yozuvçi jamiyatning tarbiyaçisidir” degan tuşunçaning tagida ana şunday mazmun va mohiyat yotadi.

Şu nuqtadan turib adabiyot maydoniga nazar taşlaymiz: “Maʼrifat vodiysi”ga monand yöllar körinadi uning sahifalarida. Ixtiloflar, ziddiyatlar, qarama-qarşiliklar birligi, adaşuvlar bor bu yöllarda. Juda çalkaş va son-sanoqsiz bu yöllar. Har bir yozuvçi öz yölidan boradi. Baʼzida nom qozongan ijodkorlarga ergaşadi ham, ammo pirovard natijada öz yölini topadi. Va özi borayotgan yölni eng töğri yöl deb hisoblaydi. Birov didaktikaga ruju qöyadi va quloqlarni qomatga keltirib pand-nasihatga ötadi. Nasihat qança köp bölsa, şunça qadrsizlanadi. Sahrodagi qum barxanlari bilan bir kaft oltinni soliştiriş kifoya. Butun ijodini tavtogrammaga bağişlagan ijodkorlarimiz bor. “Toğamning tomdagi toşbaqasi tilla tumşuğiga tilin tiraydi”. Bularning heç biri tom maʼnodagi adabiyot emas! Şunday holatning guvohi bölganmanki, sakkiz-töqqiz yoşli qizginalar ham kitob yozib, nuroniy qariyalarimizga aql örgatmoqçi böladi. Adabiy tanqidçilik jim. Adabiyotimizning baçkanalaşib ketişiga sabab böladigan omillar bir talay. Nasihatgöy ijodkorlarimiz yozgan kitoblar, meʼyoridan ortiq didaktika kitobxonni zavqlantirmaydi, hayratga solmaydi, aksinça, uning jiğiga tegib mutolaadan bezdiradi. Mahsuldorlikda Çeyzdan yoki Jorj Simenondan ötişga bel boğlab detektiv yozayotgan, agar yanglişmasam, Qorjovovga öxşagan “mahsuldor” yozuvçilarimiz nima bölsa böldi-yo, deb qoğoz qoralaş bilan ovora. Buni qarangki, adabiyotşunoslarimiz yana jim. Rus adabiyoti misolida qaraydigan bölsak, öz davrida Belinskiyning nazaridan biror-bir bir yozuvçi va uning yaratgan asari çetda qolmagan. Gogolning “Ölik jonlar” asarini tanqid qilib yozgan bir xati asar muallifining ölimiga sabab bölganini hammamiz yaxşi bilamiz. Ikkinçimi yoki uçinçi sinfda öqiydigan nasihatgöy bir qizçaning Zulfiya mukofotini olgani esimda. Bizning adabiyotimizda qör olgan pand-nasihatning foydasidan köra ziyoni köp. Hattoki Tohir Malik kabi nomdor yozuvçilarimiz ham nasihatgöylikni çetlab ötişmagan. Bir qator ijodkorlarimiz oilaviy-maişiy mavzuga aralaşib qolişgan. Şu boisdan ham aksariyat filmlarimizda qaynona-kelinning qizarib- bözarib, yer tepinib va oğzidan köpik saçratib dahanaki jang qilayotganini köramiz. Öta xunuk va şarmandali holat. Boşqa millatlar oldida izza qiladigan bunday asarlar, ssenariylar va filmlarning kimga keragi bor?! Töğri, köpçilik oilalarimizda ahvol ana şunday ixtilofli. Hammamizga maʼlum illat bu. Yozuvçining vazifasi esa hayotdan nusxa köçiriş emas.

– Asarlaringizda tajarrud, yaʼni yolğizlik asosiy motiv bölib kelgan. Bu, ayniqsa, “Amalgama”, “Almametr daraxtining mevasi” kabi hikoyalarda oydin körinib turadi. Hazrat Navoiyning “Çiqib bu dayrdin Isoğa neçun hamnafas bölmay, Bihamdillah, tajarrud birla himmatdin qanotim bor” baytlarida ham bunga işora seziladi. Ijodkor va yolğizlik tuşunçasi, umuman, bugungi odamning yolğizlanib borayotganiga nima sabab deb öylaysiz?

– Bugungi odamning yolğizlanib borişini, aytaylik, yapon yozuvçisi Kobo Abe asarlaridagi holatlarga qiyoslab bölmaydi. Yozuvçi şaxsiga, uning içki olamiga va hayot tarziga daxldor bölgan öziga xos unsurlar natijasida “Qumdagi xotin”, “Yaşik odam”, “Özganing yuzi” kabi romanlar yaratildi. Ularning qahramonlari hayotidagi yolğizlik, inson içki olami va taşqi taʼsirlar omixtaligining mahsuli. Bugungi insonning yolğizlanib borişida esa adabiyotning taʼsiri yöq. Bölsa ham juda oz miqdorda. Aytmoqçimanki, heç kim Kobo Abe qahramonlariga öxşab yaşaş uçun özini yolğizlikka urayotgan emas. Zamondoşlarimiz tabiatida yolğizlanişga intiliş, avvalo, iqtisod, rözğor yukining oğirligi, kun böyi pul topişni, bozor muammosini öylaş va bu borada makkor dunyo ramzi bölgan Zol kampir bilan yakkama- yakka qolib, uning nayranglariga quloq tutiş va boşqa yana bir qator omillarning mahsulidir. Ehtiyoj insonni xarob qiladi. Bunday şaxsning kitob öqişga imkoni yöq, dunyoda kitob degan möjiza borligini xayoliga ham keltirmasligi mumkin.

Insonning soğliği, jon va tanni asrab qoliş bilan boğliq tabiiy yakkalanişlar borki, bu keyingi yillarda dunyo xalqining boşiga tuşgan koronavirus pandemiyasi jamoa bölib yurmaslik, bir-biriga yaqin bormaslik, uydan çiqmaslikni talab etadi, ammo uni ijod ahlining yolğizligi bilan muqoyasa qilib bölmaydi. Şunga qaramay, xalq va davlat taraqqiyotiga yoki inqiroziga doir har qanday muammo kabi global miqyosdagi bu holat ham ijod ahli oldiga uluğvor vazifalar qöyadi. Yozuvçi befarq qaray olmaydi xalqlar boşiga tuşgan har qanday körgilikka. Men ham koronavirus avj olgan damlarda “Zulm gullari” deb nomlangan dramatik doston yozdim. Va baholiqudrat ruhan tetik bölişga çorladim zamondoşlarimizni. Şu davr mahsuli bölgan “Oksimoron” romanimda ham yolğizlik mavzusi qalamga olingan.

Men ham yolğizman. Va deyarli barça asarlarimning qahramonlariga monand hayot keçiraman. Albatta, bu nisbiy tuşunça, yaʼni bir tomonlama yondaşmaslik kerak bu xulosaga. Siz sanab ötgan “Amalgama”, “Almametr daraxtining mevasi” va boşqa köplab novellalar-u romanlardagi qahramonlar mening özim. Köpgina hikoyalarimda faqat bitta şaxs, oşib borsa, ikki-uç kişi harakat qiladi. Ularning aksariyati xayolparast, dovdirroq va hatto şizofrenik va aşaddiy melanxoliklardir. Hamma tomonlama tartib-intizomli, belgilangan çiziqdan çiqmaydigan, özini “çorçöp” içida saqlab harakat qiladigan kişilar emas, melanxoliklar va hatto pessimistlar, Dostoyevskiyning knyaz Mişkini, Alyoşa Karamazovi kabi dovdirroq insonlar jamiyat uçun foydaliroq va ular jamiyatga köp narsa bera olişi töğrisida köplab tadqiqotlar qilingan va uluğ faylasuflar tomonidan xulosalar berilgan. Özini yolğizlikka tortiş ham şizofreniyaning bir alomati. Bunday uslubni ataylab tanlamaganman. Aslida, dunyoning özi yolğizlikdan iborat: osmonda oy yolğiz, quyoş yolğiz, barça samovot jismlari yolğiz, bizning ona Yerimiz ham yolğiz. Yozuvçining tajarrudi, öz içki olami bilan qolişi, “narsa özida” degan falsafiy tuşunçani anglaş, öz-özini tadqiq etiş bilan boğliq hodisa.

– Bilamizki, siz yaxşigina kitobxonsiz. Özbek va jahon adabiyotining sara namunalariga bolaligingizdan oşno bölgansiz. Mutolaa zavqi va yoziş iştiyoqi örtasida qandaydir boğliqlik bormi? Uning öziga xosligi nimada? Qaysi jarayonda könglingizda içki xotirjamlik tuyasiz?

– Mening Şopengauerim deb hayqirgim keladi baʼzan yolğiz qolganimda. Dunyo adabiyoti va falsafasida şunday nido qilgan yozuvçilar ançagina. Demakki, faylasufning taʼlimoti insonni, xususan, uluğ fikrli kişilarni tarbiyalaşga xizmat qilgan va hamon xizmatda. Zero, adabiyot ham falsafadan taşqarida emas. Yonğoq pöçoği içida qisilib ötirgança men koinotning sultoniman deydi Gamlet. Şekspir asarlari ana şunday va şunga öxşaş noyob falsafiy aforizmlar bilan suğorilganki, ular har birimizni fikrlaşga, mulohaza yuritişga, xulosalar çiqarişga undaydi. Modomiki şunday ekan, insonni, jamiyatni tarbiyalaşga xizmat qiladigan omillarning eng samaralisi – badiiy tafakkur mahsuli bölgan adabiyotdir deb baralla ayta olamiz. Ammo mening nazarimda, bulardan taşqari, odatda biz unçalik eʼtibor bermaydigan boşqa ikkita uluğ “yozuvçi” bor. Bular: Tabiat va Hayot. Faqat tajarrud jaroyonidagina çuqur his etasiz ularni. Oddiygina tut daraxtining va boşqa har qanday giyohning yaproğida juda ulkan fabrika guvranib işlab yotadi. Bu korxonaning hujayra deb nomlangan millionlab dastgohlarida quyoşdan olingan nur xlorofilga aylantiriladi, undan rang yasaş, unga hid va taʼm beriş, şakar va boşqa moddalar hosil qiliş uçun köplab “mutaxassislar”, “işçilar” yelib-yuguradi, afsuski, hayratomuz bu jarayonni biz körmaymiz. Uni köriş uçun yozuvçi böliş kerak va mavlono Rumiyning “Közni yumgil, közga aylansin köngil” degan ögitlariga amal qiliş kerak. Tabiat haqida yozilgan ayrim asarlarni öqib (odatda, biz juda çeklangan mavzularda: itlar, börilar va otlar töğrisida yozamiz), şunga işonç hosil qildimki, bizning ijodkorlarimiz tabiatdan juda yiroqlaşib ketgan. Ularning yozganlari jonivorlarga nisbatan tuhmat.

Şarl Bodlerning bir şeʼrini qisman tarjima qilgan edim. “Uxlar edim beşikda yotib, Kutubxona örtasida men” degan misralar bilan boşlanardi şeʼr. Umrbod kutubxonadan çiqmay yaşagan yozuvçilar, “Buyuk kutubxonaçi”lar bor. Avvalo, Borxesni, undan keyin Herman Hesseni misol keltiraman. Bir paytlar bizda “kitob öqib kitob yozadigan yozuvçi” degan masxaraomuz gaplar bölardi. Çidagan edik ayrim ziyolilarimizning nojöya taʼnalariga va kitob öqiyvergan edik, yozişdan ham töxtamagan edik. Yigirma beş yoşida Nobel mukofotini olgan Tomas Manning “Budenbroklar” romani kitob öqişning mahsuli. Nemis, skandinaviya, rus yoki ingliz adabiyotining sintezi edi bu roman. Yigirmançi asrning eng sirli yozuvçisi sifatida tan olingan Borxesning deyarli barça asarlari kitob öqiş, yuzlab va minglab yozuvçilarning asarlarini tahlil etiş, ötmiş bilan öz zamonini boğlaşning samarasi. Mutolaa zavqi va yoziş örtasida ana şunday boğliqlik bor. Vobastalikning öziga xos xususiyati şundaki, dunyo kitobga kiriş uçun yaşaydi deganlaridek, gohida muayyan borliqdan çekinib, kitoblarda tasvirlangan dunyoga kiriş va uning sirlaridan voqif bölişga intiladi inson. Zero, biz anglamagan, tubiga yetişga ojizlik qilgan muammolar tilsimini oçib beradi kitob degan beminnat döst. Afsuski, bir qator ziyolilarimiz, (ular orasida ijodkorlar, adabiyot öqituvçilari ham bor) “Mentalitet” degan sözni topib olişgan. Ana şunday öqituvçilardan biri Çingiz Aytmatovning “Jamila” asarini öqimaslikka çaqiradi öquvçilarini. Emişki, bu asar bizning özbekona mentalitetimizga töğri kelmasmiş. Qizlarimiz Jamilaga öxşab aravaga minib, Doniyorning orqasidan ketib qolarmiş. Bunday tor dunyoqaraş bilan qayergaça boramiz?! Jamiyatni qanday qilib tarbiyalaymiz? Lui Aragon va boşqa taniqli yozuvçilar tomonidan “Dunyoning eng gözal sevgi qissasi” deb tan olingan asarni öqimasak, nimani öqiymiz? Mavzu oqimini yana avvalgi özanga tomon buradigan bölsak, hayot va inson munosabatlari, dunyo degan noayon xilqat köndalang böladi qarşimizda. Borliq, hayot, dunyo keng, yayralib yotgan çek-u çegarasiz tuşunça. Dafʼatan uni ilğaşimiz qiyin. Kitob bir nuqtaga jamlaydi ana şu bepoyonlikni (konsentratsiyalaştiradi) va dunyoni anglaşimizga kömaklaşadi. Kitob mutolaasi bilan yoziş zavqi örtasida ana şunday boğlanişni köraman. Hazrat Navoiy taʼriflari bilan aytganda, dunyo – Zol kampir. Unga qay tomondan qanday yondaşmoq kerak? Yozuvçi ana şunday uluğ muammoni, yaʼni Zol kampirning sirlarini örganuvçi va jamiyatga örgatuvçi uluğ Muallimdir.

– Bugungi yoş kitobxonga eng yaxşi uç maslahatingiz.

– Suhbatimiz pirovardida yoşlarga qarata şunday deyman:

  1. Hayotda qiyinçiliklarga duç kelganingizda kovul butasiga qarang. Mening “Iztirob farzandi” deb nomlangan qissam – lotinçada kapparis spinoza deb ataladigan ana şu ösimlikning qutqusi bilan va bevosita taʼsiri bilan yozilgan. Şu kitobni topib öqisangiz, nima sababdan kovul butasiga qarang deya dacvat etayotganimni tuşunib olasiz.
  2. Tanlab öqing.
  3. Siz yoşsiz, agar biror qizni yaxşi körib qolgan bölsangiz, u bilan uçraşuvdan oldin har safar Navoiyning “Şayx Sanʼo” qissasini öqing. Muhabbatning har qanday qiynoğiga doş berişga örganasiz va bunday qiynoqlardan hatto xursand bölasiz. Albatta, qizlarimizga ham şunday maslahat bergan bölardim. mavlono Fuzuliy bu haqda şunday deydilar:

 

“Ey fuzuliy, yor agar javr etsa ondin injima,

Yor javri oşiqa har dam muhabbat tozalar”.

Dilnoza Rustamova suhbatlaşdi

2021/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…