4 daqiqada öqiladi

119 marta körilgan

Akutagava RYUNOSKE: Yozuvçilar uçun ön qoida

Akutagava Ryunoske

1

Adabiyotning tur va janrlari orasida nasr nisbatan kamroq badiiy ekani bor gap va buni hazm qila biliş kerak. Adabiyot haqiqiy maʼnoda – poeziya. Zamirida poeziya borligi uçun ham nasr adabiyotda öz örniga ega. Yaʼni tarixiy va tarjimai holga oid asarlar ham, aslida, nasr sanaladi.

2

Nosirdan, şoirlikdan taşqari, tarixçi va biograflikni ham egallaş talab etiladi. Binobarin, u insonlarning turmuş tarzi, hayoti (maʼlum bir davrdagi maʼlum bir mamlakat miqyosida) bilan çambarças boğlangan bölişi lozim. Murasaki Şikibudan to Ixara Saykakugaça bölgan yapon yozuvçilarining asarlari bunga isbot.

3

Şoir – barçaga qalbini oçuvçi inson (birgina ayol eʼtiborini qozoniş uçun yaralgan lirik şeʼrlarni qarang). Nosir nafaqat şoir, qolaversa, tarixçi va biograf ekan, öşa nosirlik negizida qisman biografni mujassam etgan memuar – yodnomalar bituvçi ham yaşaşi lozim. Binobarin, turmuşda nosir oddiy kişilarga nisbatan köproq qiyinçiliklarga duç keladi. Nosirda, şoirlik ijodiy jihatdan kuçli bölmasligi lozim. Agar nosirda şoirlik isteʼdodi tarixçi yoki biografdan köra kuçliroq bölsa, hayotining turgan-bitgani fojiaga aylanadi (agar Napoleon yoki Lenin şoir bölganda, şak-şubhasiz, ikki tengsiz adib yaralgan bölardi).

4

Yuqorida keltirilgan uçta bandda körsatilganiday, nosir isteʼdodi uçta yönalişda birlaşadi, yaʼni: şoir isteʼdodi, tarixçi yoki biograf iqtidori hamda turmuş-tirikçilik bilimdoni. Bizdan oldin ötgan ustozlar mana şu uç qobiliyat orasidagi ziddiyatlarning oldini olişni eng maşaqqatli vazifa deb bilişgan (buning maşaqqatini sezmaganlar – şunçaki örtamiyonalar, xolos). Kimki yozuvçi bölişga intilar ekan, katta köçadan maşinasini yuqori tezlikda boşqarib ketayotgan, ammo haydovçilar tayyorlaş maktabida öqimagan haydovçiga öxşaydi. U öz hayotining tinç-totuv ötişidan umid qilolmaydi.

5

Nosir öz hayoti tinç-totuv ötişidan umid qilolmas ekan, u hayotiy kuçlarga, boylikka suyanişga, hayotga falsafiy yondaşuvga majbur (tartibsiz hayot keçirişga qobil bölişi lozim). Şuni yodda tutsinki, qançalik kutilmagan bölsa-da, tinç-xotirjam hayot va nosirlik – bir-biriga zid tuşunçalar. Kimki tinç hayotga intilsa, yaxşisi, yozuvçi bölmagani maʼqul. Yodda tutsinki, yozuvçi, aytaylik, nisbatan tinç-totuv hayot keçiruvçiday körinsa – bu yozuvçining tarjimai holi tafsilotlari çindan ham boriça oşkora emas.

6

Şunga qaramay, agar yozuvçi tinçgina umrguzaronlik qilmoqçi ekan, boşqa qobiliyatlaridan köra turmuş-tirikçilik omilini takomiliga yetkazsin. Bu, tabiiyki, turmuşga oid qobiliyati tufayli öziga xos asarlar yozib qoldiradi, degani emas (albatta, bunga zid bölmasa ham). Turmuş-tirikçilik qobiliyati – öz taqdiringga sohib böliş demakdir (bu borada uning öz taqdiriga sohib bölişiga ham kafolat yöq), yaʼni har kim, hatto eng uçiga çiqqan telbalarga ham xuşmuomala va sermulozamat bölişdir.

7

Adabiyot – söz orqali özlikni ifodalaş sanʼati. Şunday ekan, yozuvçi sözni çarxlaş mehnatidan qoçmasin. Agar odam söz nafosatidan hayratlanmas ekan, demak, u yozuvçi uçun zarur bölgan asosiy fazilatga ega emas. Saykakuni öz zamonasida “golland Saykaku” deb ataşgan, u nasr qoidalarini buzgani uçun şunday atalmagan, buning sababi butunlay boşqa: u söz jozibasini poeziyadagi singari his etib, saralab olgan edi.

8

Yozuvçi bölişga intilgan odam falsafiy, tabiiy va iqtisodiy fanlar sohasiga oid ğoyalarga sergaklik bilan, ehtiyotkorona yondaşuvi talab qilinadi. Istalgan ğoya yoki nazariya, toki inson – yirtqiç ekan, mana şu yirtqiç-odam hayoti ustidan hukmronlik qilolmaydi. Barça voqea-hodisalarni boriça köriş – boriça tasvirlaş lozim, bu haqiqatga tik qarab tavsiflaş deyiladi. Yozuvçi tanlaşi lozim bölgan eng yaxşi uslub – haqiqiy voqelikni aks ettirişdir. “Boriça” sözini quyidagiça tuşuniş kerak: “uning nazarida boriça”. Ammo “qarz tilxati” köz oldingda turgandagi “boriça” emas.

9

Maʼlum bir davlatning maʼlum bir davrida yaratilgan nasriy asarlar (tarixiy davrga mos ravişda) öziga xos qonun-qoidalarga asoslanadi. Nosir bölişga qaror qilgan odam mana şu qonun-qoidalarga rioya etişga intilsin. Ularga amal qilişning foydalari bor, jumladan:

1) Avval ötgan ustozlar tajribasiga suyanib yangi asarlar yaratiş mumkin.

2) Ğoyat intizomli körinasan, adabiyotdagi har xil köppaklar ortingdan hurmaydi. Biroq bu, şu yöl bilan özingdan söng özingga xos asarlar qoldirasan degani emas (biri ikkinçisiga zid emas, deb isbotlab bölmaydi). Daho bu qonun-qoidalarni buzib taşlaydi (ayni paytda uning qonunlarini ham odamlar buzib taşlaşi ham nomaʼlum). Daho u yoki bu darajada samolarda yaşaydi, yaʼni adabiyotdagi ijtimoiy taraqqiyotdan (yoki özgarişlardan) taşqarida harakatlanadi va oqim böylab suzişga qobil emas. Uni adabiy quyoş tizimidan taşqaridagi sayyoraga öxşatiş mumkin. Mana şu jihatdan uni özi yaşayotgan vaqtda tuşunmasliklari bor gap, kelajakda ham eʼtirof etilişi oson emas (bu nafaqat nasrga, balki adabiyotning barça turlariga taalluqli).

10

  1. Nasriy asarlarni yoziş borasidagi har qanday qoida Oltin qoida emas. Demak, mening ön qoidam ham Oltin qoida bölolmaydi. Kimning peşonasiga yozilgan bölsa, yozuvçi böladi, yozilmagan bölsa – bölmaydi.

1927

Tarjimon: HUMOYUN

2022/9-10

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)