Bunaqa bölişini oldindan kim öylabdi, deysiz. Kimdir birov kinogami yoki teatrgami ketayotganda, öziga öxşab öşa yerga borayotgan odamlar haqida öylab ham ötirmaydi: kiyinib bölgaç, film qaçon boşlanişini, joyi qayerda ekanini sörab yana bir karra qönğiroq qiladi, yo ön birinçi yo yettinçi qator, nimqoronğilik va musiqa, heç kimga, ayni paytda hammaga tegişli maskan, hamma – bir xilda tamoşabin, erkaklaru ayollar, ğuj-ğuj odam, lekin heç kim yöqdek, ora-sira keç qolib bezovta qilayotgani uçun uzrxonlik, norozi ohangdagi şivirlaşlar, kim kimga eʼtiroz bildiryapti – nomaʼlum, doimiy osoyiştalik, nigohlar sahnaga yoki ekranga qadalgan, yon-verida kim ötiribdi-yu, nimalar bölayapti – heç kim qiziqmaydi, holbuki, zal töla odam… Xuddi şunga öxşab, reklamalaru kinoteatr oldidagi uzundan-uzoq navbatlarni körib, gazeta-jurnallarda tinimsiz eʼlon qilayotgan taqriz va maqolalarni öqib ham, Glendaning muhlislari bunçalar köp ekanini bilmas ekanmiz.
Uç yil, narisi bilan tört yil böldi şu voqealarning boşlanganiga, hozir bu fikrning birinçi bölib kimdan çiqqanini heç kim aniq aytib berolmaydi, qisqasi, vaqt ötib biz asosiy guruh, yoşlar esa klub, deya nom qöygan öşa qandaydir birlaşma taşkil etiş ğoyasi qaçon – kinoni körib çiqqaç, bir qadahdan musallas içib ötirgandami, suhbat qiziganida yoki jimgina xayol surayotganimizda vujudga keldimi, tavba, Urasusta bilan Diana Riveroning ham allaqaçon esidan çiqib ketgan bölsa kerak.
Aslida bu heç qanaqa klub-plub emasdi, oddiygina Glenda Garsenni yaxşi köradiganlar davrasi edi, vaholanki, uning isteʼdodi bilan ijodiga yuksak baho berişdan nariga ötmaydigan muxlislardan ajralib turişimizga şuning özi ham kifoya qilar edi. Zotan, Glenda yorqin isteʼdodi bilan bizni ham mahliyo etib, çinakam sanʼatga oşno qilgan edi, şuningdek Anuk, Merilin, Anni, Silvana hamda – bölmasam-çi – Marçello, Iv, Vittorio va Dirk singari aktyorlar ham yuragimizdan örin olgandi, lekin biz faqat Glendani çinakamiga yaxşi körar edik, aynan şuning uçun, mana şuning şarofati bilan guruhimiz taşkil topdi va şakllandi hamda qattiyan öz maqomini belgilab oldi; bu sabablarni yolğiz özimiz bilardik – buni heç kimga aytmasdik, keyin-keyin, bir munça vaqt ötib, bitta-yarimta Glendaning muxlislari bilan tanişib qolib, ular bilan bordi-keldi qilib yurib, uzoq davom etgan suhbatlardan söng kimki Glendani çin dildan yaxşi körişiga özi işonib qolmay, bizlarni ham işontira olsa, dilimizda bu tuyğularni öşanga inonib aytardik.
Diana bilan Irasusta taşkil etgan uyuşma sekin-asta kengayib borardi. “Qor uzra yolqin” filmi ekranlarga çiqqan yili biz nari borsa olti yoki yetti kişi bölsak, “Zebolik tuhfasi” işlanganda uyuşma aʼzolarining soni haddan taşqari köpayib, oqibatda ayrimlar özlarini allakim bilib, unça-munça narsani mensimaydigan bölib borayotganlarini sezib qoldik. Biz – Irasusta, Diana va yana ikki uç kişi özaro fikrlaşib talabçanlikni oşiriş, sinamasdan va viskixörlik paytida özini dono hamda fidoyi qilib körsatişni yaxşi köradiganlarni imtihon qilmasdan (O, Buenos-Ayres, London va Mexikoga xos bu tungi imtihonlar) olmaslikka qaror qildik. “Omonat baxt” premyerasi kuni Glendani yaxşi köradiganlar biz öylagandan hiyla köproq ekaniga taassuf ila iqror böldik. Kinoteatrda tez-tez uçraşib qolişlar, film tugagandan keyin köz uriştirişlar, sarosimaga tuşgan ayollarning parişon çehralari va alamini içiga yutgan erkaklarning sukut saqlaşi – allaqanday nişonlaru şartlaşgan sözlardan köra bizni oçiq ravşanroq ajratib turardi. Bir-birimizni sözsiz, bexato topib olardik, qisqasi.
Aql bovar qilmaydigan bahonayu sabablar izmi ixtiyorida beixtiyor hammamiz şahar markazidagi bitta qahvaxonaga borib qolardik. Alohida-alohida turgan stollar birpasda birlaştirilar va hamma kelişib olgandek bir xil kokteyl çaqirar, ana şundan söng kerak-nokerak gumon va ikkilanişlarni yiğiştirib qöyib, bir-birimizning eng sönggi filmning eng sönggi sahnasida oxirgi kadrdagi Glendaning hali öçib ulgurmagan siymosi aks etib turgan közlarimizga tikilib qaraşga botinardik.
Kim biladi, yigirmata edikmi yo öttiztami – qisqasi, neça kişi kelganimizni baribir bilolmasdik. Çunki Glenda iştirok etgan filmlar baʼzan bitta kinoteatrda oylab namoyiş etilar, baʼzida esa bir vaqtning özida ikkita yoki törtta kinoteatrda qöyilardi. Bir safar – kutilmagan hodisa – u hatto sahnada, “Quyuşqondan çiqqanlar” spektaklidagi yoşgina qotil qiz rolini ijro etdi va qançadan qança yangi muxlislar orttirdi, el-yurt olqişiga sazovor böldi, biz esa buni jiddiy qabul qilmadik. Öşa paytda biz juda inoqlaşib ketdik, özaro bordi-keldi qiladigan böldik, töğrisini aytganda asosan Glenda haqida gurunglaşib ötirgani bir-birimiznikiga mehmonga borardik. Avval boşdanoq Irasusta bir ovozdan uyuşma rahbari sifatida tan olingandi, holbuki, bunga u heç qaçon daʼvo qilmagan, Diana Rivero esa göyo uning işonçli vakili – örinbosari edi, u asosan bizga qöşiliş niyatida bölgan nomzodlarni “elakdan ötkazar”, ular bilan suhbatlaşar – saragini sarakka, puçagini puçakka ajratib, bizni betayin va olğir muxlislardan asrar edi. Dastlab mustaqil assotsiatsiya sifatida dunyoga kelgan narsa endi jamoatçilik asosidagi taşkilotga aylana boşladi va dastlabki paytlardagi, yengil-yelpi savol-javoblar örnini aniq maqsadga qaratilgan suhbatlar, konkret muammolar egalladi. “Zebolik tuhfasi”dagi xatoga yöl qöyilgan epizod, “Qor uzra yolqin” filmining intihosidagi sönggi iddaolar, “Omonat baxtdagi” şarmu hayosiz lavha haqida savollar beriladigan böldi. Glendaga nisbatan könglimizdagi mehr-muhabbat şunçalar kuçliligidan hammaslak bölmagan muxlislar, şarm-hayosiz qiz-juvonlar, aravani quruq olib qoçadigan mahmadonalar bilan mutloqo murosa qilgimiz kelmasdi. Hatto şu sababdan bölsa kerak, bir odat joriy etildi (qayerdan, kim tomonidan – tagiga yetolmadik baribir): Glenda iştirok etgan film markazda qöyilsa, juma kunlari, çekka tumanda takroran namoyiş etilayotganda esa hamma körişga ulgurişi uçun bir hafta kutar edik, yaʼni keyingi uçraşuv muddati surilardi; barça vazifalar qatʼiyyan belgilab qöyilgan bölib, sözsiz itoat etilardi, aks holda, jazo tariqasida Irasustaning nafrat va istehzo töla kulgisi yoki Diananing öta köngilsiz, öt çaqnagan nigohiga duçor bölişardi.
Öşa kezlarda bizning uçraşuvlarimiz boşdan-oyoq Glendaga bağişlanardi, bu yiğinlar oçiqdan oçiq “Glenda” deb atarlardi – zero, Glenda har birimizning qalbimizda baayni yaşar va şu vajdan oramizda tafriqa yöq va birligimizga heç qanday gumon va şubhalar rahna sololmas edi. Vaqti kelib ayrimlar botinib, asta-sekin, avvaliga istihola hamda ehtiyotlik bilan, böş çiqqan epizodlardan hayron qolib yoki hafsalalari pir bölib, siyqa fikr yoki taqlidlarni oçiqdan-oçiq tanqid qilişga ötdilar.
Biz “Olifta” filmining taʼsir kuçini susaytirgan baʼzi yerlardagi kamçiliklar yoki “Sababini heç qaçon bilolmaysan”ning yakuni uçun Glenda aybdor emasligini bilardik. Öşa rejissyorlarning boşqa asarlarini ham körganmiz, syujetlari qaydan paydo böldi-yu, ssenariysini kim yozgan – hammasidan xabardor edik, ularga şafqat qilmasdik, şu sababli juda yaxşi tuşunardikki, bizning munosabatimiz aktrisaga havas bilan qaraşdan farq qiladi, faqat boşqalarning aybi tufayli yuzaga kelgan xom-xatala nomukammal asarlar Glenda şaʼniga doğ tuşirmasligi uçun kuyinardik. Bizning yuksak vazifamiz, ehtimol, burçimiz haqida birinçi bölib Diana gapirdi, u asl niyatini oçiq aytib ötirmay odatdagiça, öziga xos tarzda – kinoya aralaş şama qilib ötdi, oçiği, u bizni oçiqdan-oçiq xayrixohlik bildirişmaydi deb öylagan, şekilli, uning har bitta gapiga qöşilib, har bir fikrini maʼqullaşimizdan boşi osmonga yetdi, biz ham kinozallarni töldirib ötirişlar, qahvaxonada diydorlaşmoq endi talabimizga javob bera olmaydi, hatto Glendani bunaqa yaxşi körib yuriş ham kam ekaniga iqror böldik.
Biroq öşanda ham oçiq aytilmagandi içimizdagi asosiy gaplar – balki unda ehtiyoj yöq edimi?! Glendani qalbimizda asraş baxti hamma narsadan muhimroq va bu baxt kamolotga erişgandagina töliq bölişi mumkin edi. Kutilmaganda filmlarda yöl qöyilgan kamçilik va nuqsonlar yomon taʼsir qila boşladi: biz “Heç qaçon sababini bilolmaysan” filmining bu tarzda tugaşini istamasdik yoki “Qor yuzidagi yolqin”da poker öyini çoğidagi betayin epizod özini oqlamagan deb hisoblardik (Glenda u yerda bölmasa-da, qay yöl bilandir uni ham isnodga qöyardi). Har doimgidek bizni istiqbolda kutayotgan vazifalarni Irasusta aniq belgilab berdi va öşa oqşom biz zimmamizdagi masʼuliyat yuki ostida ezilgança hamda istiqbolda kutayotgan saodat haqida öylab, yaʼni nuqson va xiyonatlar Glendaning munavvar siymosiga zarraça gard yuqtirmasligiga işonç baxş etgan saodat umidida uy-uyimizga tarqaldik.
Biz tögarakka boşqa heç kimni qabul qilmay qöydik, burçimizni bajariş uçun odamlarimiz yetarli edi. Qolaversa, muhmal hur fikrlilik maqsadimizni amalga oşirişga töğonoq bölardi. Irasusta Reside-de Lobasdagi boğli koşonasida qurilgan tajribaxona haqida butunlay bitgandan keyingina oğiz oçdi. Şundan keyin hamma iş kelişib olindi va birinçi topşiriq “Omonat baxt” filmining hamma nusxalarini topib, yiğib kelişga masʼul guruh tuzildi va uyuşma aʼzolari örtasida teng taqsimlandi, bu filmdan boşlaganimizning boisi, muvaffaqiyatsiz çiqqan örinlari nisbatan kamroq edi. Masalaning moliyaviy tomoni haqida birov ğing demadi, Irasusta Piçinçeda qörğoşin koni oçgan Govard Xyuz bilan şeriklik qilardi, pul bölsa çangalda şörva – barça işlari: samolyotlar, hamkorlik qiluvçilar, pora beriş uçun pul masalasi osongina hal qilindi. Bizning idoramiz, idoraga qaraşli korxonamiz ham yöq edi, “Xeygar Loss” kompaniyasining kompyuteri oldimizdagi vazifalar va ularning bajariliş bosqiçlari tartibini programmalaştirib berdi. Diana Riveroning hammamizni birdan harakatga keltirgan gaplaridan ikki oy ötgaç, tajribaxona iş boşlaşga tayyor böldi; “Omonat baxt”dagi quşlar bilan boğliq böş epizod boşqasi bilan, Glenda ijrosiga munosib meʼyor va dramatik holat haqqoniy aks ettirilgan boşqa bir lavha bilan sezilmaydigan tarzda özgartirildi, baʼzilarning zikriça, töğrilandi. Film ekranlarga bir neça yil muqaddam çiqqan bölib, uning qayta jahon ekranlarida namoyiş etilişi heç kimni hayron qoldirmadi: tomoşabinlar va muxlislarning xotirasi çetdan qaraganda ğalati taassurot qoldirar ekan, biz ilgari körgan, lekin vaqtiki kelib özgariş kiritilgan yoki qisman özgartirilgan narsalarni xotiramizning unutişi yoki özgarişi orqali qabul qilamiz, şu nuqtayi nazardan olganda Glendaning özi ham filmning öşa epizodlarida röy bergan özgarişlarni sezmagan bölsa, ajab emas. Darhaqiqat, uning matbuot konferensiyasida aytgan gaplari şu fikrni yuz joiz tasdiqlardi.
Biz tinim nimaligini esdan çiqarib yubordik; tajribaxonada amalga oşirilgan işning samarasini amalda körgaç, paysalga solmasdan “Qor yuzidagi yolqin” bilan “Jodu” nusxalarini yiğiştirib oldik; söng qayta işlab, tuzatiş uçun boşqa filmlar keltirildi, “Xeygar Loss”ning kompyuterçilari bilan tajribaxona xodimlari bir meʼyorda qizğin iş olib borişardi. Faqat “Zebolik tuhfasi” biroz qiynadi: arab amirliklaridagi neft kompaniyalarining magnatlari film nusxalarini butunlay sotib olib uylarida saqlaşar ekan, uni öğirlab çiqib, (boşqa söz işlatişning hojati bormi) örniga boşqasini qöyib qöyiş uçun turli hiyla-nayrang işlatişga va odam yollaşga töğri keldi, Tajribaxona pand bermay bir tekis va yuqori darajada işlardi, boşida bunaqa puxta iş olib borişiga aslo işonmagan edik, (tabiiyki Irasustaga köngimizdagi iştibohni aytişga botinolmagandik), taaajub, hammadan köra Diana köproq işonqiramagandi, lekin Irasusta “Sababini heç qaçon bilolmaysan”ni körsatganda va biz film yakunida Glendaning Romanolar xonadoniga qaytib kelmay maşinasida qoyatoş sari şamoldek yelib ketgani va öz tiynatiga sodiq qolgan holda toşqin daryoga ğarq bölganini körib, haqiqiy yakun mana şunday bölişi kerakligini his qilgandik, zero könglimizda bu dunyoda ham benuqson kamolotga erişiş mumkinligiga işonç uyğongan va Glenda biz uçun ana şunday barkamol bölib qoladi, deb xayol qilganmiz.
Albatta, eng qiyini nimani özgartiriş lozim, qayerini kesib taşlaş kerak, montaj jarayonida nimalarga eʼtibor beriş, baçkana, tuturuqsiz yerlarini qanday hal qiliş edi. Har birimiz Glendani turliça tasavvur qilar edik, qalblarimizga jo qilganimiz bilan bu Glendalar örtasida tafovut mavjud edi, – ana şu narsa ixtilofga sabab bölardi, bahs-munozaralar asablarini qaqşatayotganlar, uzoq va atrofliça tahlil qilib tuşuntirganimizdan keyin özaro bitimga kelişar, ayrim paytlarda masala köpçilik fikriğa tayanib hal qilinardi. Afsuski, fikri inobatga olinmaganlar qabul qilingan yangi variantiga içlari açişib qaraşar hamda bizning öylaganlarimizga töla-tökis javob bermaydi, deb hisoblaşar edi-yu, lekin işonçim komilki qilingan işlardan heç kimning köngli tölmay qolgan, biz Glendani şunçalar yaxşi körardikki, natija hamişa özini oqlaş tugul, köpinça avval boşdan közlaganimizdan afzalroq bölib çiqar edi. Baʼzi köngilsizliklar ham röy berib qolardi: “Tayms” gazetasida bir gazetxonning xati bosilib çiqdi, u “Qor yuzidagi yolqin” filmida uçta voqea, ilgari bu tartibda kelardi, hozir butunlay özgargan, deya hayron bölsa, “Opinyon”da sanʼatşunosning maqolasi bosilib çiqdi, u oçiqdan oçiq “Jodu”dagi bir sahna butunlay qirqib taşlanganiga norozilik bildirardi, uning taxminiça, bu riyokor amaldorlar siyosatidan boşqa narsa emas. Barça holatlarda gazak olib ketmasligi uçun şoşilinç çoralar köriladi; buning heç qiyin yeri yöq edi, negaki ommaga kaltabin toifa – u birpasda hamma narsani unutib yuboradi yoki nimani taqdim etsa, yangidek qabul qilib ketaveradi yoki özi bir yangilik axtarişga beriladi, qisqasi, u yangilikka öç – yangilikparast, kino olami siyosat dunyosi kabi beqaror, buqalamunga öxşaydi, hammasi özgarişdan bir lahza töxtamaydi, bu faqatgina bizga – Glendani jonidan ortiq köruvçilarga taalluqli emas, aslida bidʼat va ixtiloflarning doyasi bölmiş uyuşmada tösatdan boşlanib qoladigan bahs-munozaralar bölib, ular nihoyatda xavfli edi. Garçi biz özimizni har doimgidan köra yakdil, burçimiz taqozosiga köra özimizni hamjihat sezsak-da, ittifoqo bir kuni keçki payt siyosiy safsatabozlik illatidan tamomila qutulmagan “ahli donişlar”ning muborak ovozlari yangrab qoldi, iş avji qizigan paytda hammamizning oldimizga axloqiy muammolarni rökaç qilib qöyişmoqçi bölişdi, ular özimizga mahliyo bölib ketib, fil suyagiga yoki guruç donasiga jimjimador naqş çizişdek heç kimga keragi yöq faoliyat bilan şuğullanmayapmizmi, deya savol berişdi. Bunday işbuzarlardan şartta yuz ögiriş oson emasdi, agar şunday qilinsa, jamoaning tartib bilan bir meʼyorda olib borayotgan faoliyatiga putur yetar, çunki bizlar bamisli havoga kötarilgan samolyotning barça murvatlari bir paytda baravar işlagan uçun havoda parvoz qilayotgani kabi yaxlit va uyğun organizmga aylangan edik, mabodo bitta murvat buzilsa yoki olib taşlansa, umumiy harakat butunlay töxtab qolişi aniq. Bu tanqidiy mulohazalarni, bizni kuç-quvvatini, ğayrat-şijoatini behuda narsalarga isrof qilişdek nodonlikda ayblaşlarini çidab eşitişning ham özi bölmasdi. Şunga qaramasdan endi-endi niş ura boşlagan şakkoklik kurtaklarini hoziroq – vaqtida yulib taşlaşga zarurat yöq edi, çunki hatto şu isyonkorlar ham bizga öxşab Glendani haddan ziyod yaxşi körişardi, şu bois har qanday axloqiy qaraşlar yoki nuqtayi nazarlardagi ixtiloflardan qatʼi nazar, Glendaning kamoloti bizlarni ham, qolaversa, dunyoni ham barkamol qilajagiga işonç hissi bizni bir umrga birlaştirgan edi. Holbuki, biz ortiği bilan ajru mukofotga sazovor bölgan edik, zero, bir faylasuf döstimiz behuda ikkilanişlar davrida qiyinçiliklarni bartaraf etib, avvalgi hamjihatlikni saqlab qola bildi; uning oğzidan, har qanday xususiy faoliyat tarixiy ahamiyat kasb etişi mumkin, insoniyat tarixida kitobning kaşf etilişidek muhim kaşfiyot yigit kişining bir ayol nomini tinimsiz takrorlaş orqali abadiylaştiriş istagining şarofati bilan voqe bölgan, degan naqlni eşitdik.
Xullas, biz Glendaning siymosi har qanday nuqson va qusurlardan xoli ekaniga işonadigan kunlarga ham yetib keldik; uning siymosi jahon ekranlari orqali özi orzu qilgan – biz bunga amin edik – darajada nur soçmoqda edi, ehtimol, şuning uçundir matbuotda uning kino olamini tark etişi haqidagi intervyusi bosilib çiqqanida unçalik hayajonlanmadik ham, fikrimizça, Glendaning ğayriixtiyoriy ravişda faoliyatimizga, hayotimizning mazmunini boyitişga qöşgan bebaho hissasi karomat ham emas, tasodif ham emasdi, bu öziga bölgan çeksiz mehr-muhabbatimizni ğoyibona his qilgan qalbning javobi edi göyo, yoki bölmasa, uning bu ahdu qarori yuragining tubida tuğyon qilgan minnatdorlik tuyğularining inʼikosi sifatida yuzaga qalqib çiqqandi; vaholanki, kino sanʼatiga mansub turli-tuman şunos-şunoslar uning tahsinga loyiq bu qarorini – ajoyib aktrisaning kutilmaganda sanʼatni tark etişini qadrdon göşasini bevaqt taşlab ketgan quşlar qismatiga qiyoslagan bölsalar, biz esa, aksinça, abadiyat sarhadlaridagi makonlariga qaytgan quşlarning ibratomuz ahdu qarori sifatida qabul qildik. Bizning quvonçimiz çegara bilmasdi: oğir keçinmalarga töla halovatsiz kunlar, uyqusiz tunlar ortda qoldi, zero, biz çekkan zahmatlarimiz evaziga baxşida etilgan neʼmatlardan bahramand bölmoqlik şarafiga noil va munosib edik. Endi özimiz yaratgan bu olam içra xotirjam yaşasak böladi, çunki ertaga yana biror kor-hol röy bermasligiga işonar hamda Glenda iştirok etgan har qanday filmni bemalol, bexavotir tomoşa qila olardik; biz xohlagan paytimizda dilimizga hadik va xavotir oralamasdan, bamisli xavf-xatardan xoli boğlarda çah-çah urib sayragan quşlar kabi yayrab-yayrab vaqtimizni ötkazar edik.
Afsuski, bu quvonçimiz uzoq davom etmadi. Glenda yaşayotgan mana şu olamda yaşab ötgan bir şoir qaçonlardir: abadiyat zamon beqarorligiga maftundir, deb yozgan ekan, bir yil ötar-ötmas Diana köngilsiz gap topib keldi. Glenda yana kino olamiga qaytarmiş, bu haqda öz oğzi bilan matbuot konferensiyasida aytibdi, sababi tuşunarli – ijod uning hayot-mamoti, kinosiz, teatrsiz yaşolmas ekan, tavsiya qilinayotgan filmlar ssenariysi maxsus uning uçun yozilgan va yaqin kunlar içida suratga oliş işlari boşlanib ketar emiş hokazo va hokazo. Öşa kezlari şahar markazidagi kinoteatrlarda “Zebolik sirlari” namoyiş etilayotgan edi. Filmni körgaç, özimiz örgangan öşa qadrdon qahvaxonada yiğilişib ötirgan oqşom heç birimizning esimizdan çiqmasa kerak.
Irasusta dilidagini oçiq aytişi şart emasdi, çunki hammamiz bunday adolatsizlik va xiyonat alamidan yurak-bağrimiz qon bölib ötirardik. Biz Glendani şunçalik yaxşi körar ediki, azbaroyi xudo, ayblaşga tilimiz bormasdi, rost-da, maşhur aktrisa bölgani uçun, boz ustiga, isteʼdodli va husn-latofatda tengsizligi uçun gunohkormi?! Hamma balo Glenda qaytib kelayotgan kino olamining harom-xariş, ğirromlardan iborat ekanida! Mol-dunyo, obrö-eʼtibor, tomoşabinlar olqişi, Oskar kabi baloyu ofatlar biz şunça maşaqqatlar evaziga bino qilgan ehromlarni köz oçib-yumgunça bemalol yakson qilib yuborişi mumkinligida! Diana Irasustaning kaftlariga kaftini qöyib: “Özga çorasi yöq”, deganda u hammamizning nomimizdan gapirayotganini bilardi. Uyuşma heç qaçon bunçalik qudrat kasb etmagan va şu kuçni amalga oşiriş uçun maqsadini bunçalik aniq va lönda ifoda etmagan edi. Biz içimizda faqat bir kişigina oldindan biladigan kuni röy berişi muqarrar hodisadan hozirdanoq taʼsirlanib ruhsiz, şalviragança uy-uyimizga tarqaldik. Biz endi qahvaxonada boşqa uçraşmasligimizni bilardik, bundan buyon har bitta odam özi yaratgan saltanatda yolğiz yaşaşga mahkum ekanini ham çuqur bir armon bilan his qilardi. Irasustaga öxşagan bir sözli odam uçun bu işni amalga oşiriş xamirdan qil suğirgandek gap – buni hamma tuşunib turardi. Bizlar xuddi erta-indin “Omonat baxt” yoki “Jodu”dan keyin baribir körişamiz-u, degan xayolda odatdagidek hayrlaşmadik ham, baʼzilar şoşilib, bir nimalar degança, baʼzilar keç bölib qolibdi, uyga boriş kerak endi, deb ğudrangança tezroq ketişga oşiqardi, qahvaxonadan hamma bitta-bitta çiqdi, ahvol şunday ediki, ilojini topgan odam to öşa ahd bajarilmagunga qadar unutişni, mutlaqo eslamaslikni xohlagan bölardi, afsuski, buning sira iloji yöqligi va kunlarning birida ertalab gazetalardan biridagi hissiz yozilgan taʼziyanomani öqişga töğri kelişi muqarrar ekani hammaga ravşan edi. Bu haqda heç kim, hatto hammaslak döstlarimiz bilan ham sirlaşmaymiz, kinodami, köçadami uçraşib qolsak, ming istihola bilan, bir-birimizni körmaganga solib ötib ketamiz; faqat şunday qilsakkina, uyuşma Glendaga bölgan sadoqatini saqlab qoladi va amalga oşirgan işidan heç kim boxabar bölmaydi. Biz Glendani şunday yaxşi körar edikki, unga boqiy kamolot baxş etdik. Uni erişib bölmaydigan yuksaklikka olib çiqdikmi, bas, qulab tuşişdan özimiz asraymiz; uning sadoqatli muxlislari bundan buyon ham bemalol, heç narsadan hadiksiramay unga taʼzim qilaversalar böladi, çunki xoçdan tirik tuşiş hali heç kimga nasib etmagan.
Olim OTAXON tarjimasi
Xulio KORTASAR
(1914-1984)
“Imtihon”, “Yutuq” romanlari, “Taʼqibçi”, “Manuelning kitobi” qissalari, “Boşqa bir osmon”, “Janubiy şosse”, “Avtobus”, “Iblis sölagi”, “Istilo qilingan uy” kabi hikoyalari jahon adabiyoti xazinasiga munosib uluş bölib qöşilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


