(Mojor oçerki)
Dobşinada bozor bölgan kunlari Karxanixa kampir çerkov yonida römolça sotib ötiradi. Yaqin-atrofda Yuraş yurganini körib qolsa, öşa zahoti moviy hoşiyali qizil römolçalarini qutisiga berkitadi.
Nega deysizmi? Sababi bor. Beş yil oldin Yuraş Maruşa Puxalovaga xuddi şunday römolça sotib olgandi. Garçi tört yildan köproq qizning könglini ovlab yurgan bölsa-da, uylanmadi.
Şundan buyon Yuraşning bu xil römolçalarni körgani közi yöq. Doim janjal kötaradi:
– Nega bunday römolçalarni sotyapsan, kampir?
Beş yil oldin ham Dobşinada bozor böldi. Yuraş bu yerga Maruşa bilan birga keldi, unga römolça olib berib, şahar qovoqxonasida mehmon qildi, qaytişda esa (Gnilsagaça tört soatlik yöl bor-da) muhabbat izhor etdi.
Uşbu ajoyib kun oqşomga yaqin ikki jandarm Yuraşni Spişka Nova Vesga – sudga olib ketdi. Sababi – örmonda ruxsatsiz ov qilgan va hukumat odamlariga oçiqçasiga qarşilik körsatgan.
Beçora Yuraş! U Maruşani uyiga kuzatib qöygan va xursandçilikdan Radiknikida ança-munça otgan edi. Şu yerda graf Andraşi örmonga ovga çiqqani haqida eşitib qoldi.
– Mening grafdan nima kamim bor? – dedi u sevgi va içkilikdan boşi aylanarkan. Qiyşiq örindiqdan şart turdi-da, uyiga jönadi. Marhum otasining qöşoğizini olib, örmonga ravona böldi.
Vodiydagi daryo yoqalab ketarkan, örmonçi Pexuraga duç keldi.
– Yöldan qoç, Pexura, – deb maslahat berdi u dastlab muloyimlik bilan.
Qurolini öqlamay ketayotgan örmonçi Pexura kurtkasining çöntagidagi uzun piçoqqa qöl çözdi.
– Özi eplolmadi, keyin jandarmlarni jönatdi, – deb hikoya qildi Yuraş keyinçalik. – Pexuradan piçoqni olib qöydim, içagini boşiga savat qilişimni aytgan edim, tiz çökib qoldi. Yerdan çiqdimi, osmondan tuşdimi – jandarmlar paydo böldi… Şundan keyin…
Bir söz bilan aytganda, sud Yuraşni olti oy qamoqqa hukm qildi.
Jazoning törtinçi oyida Yuraşning bölmasiga Oraves ismli bir yigitça keldi. U Prednaya Gutadagi qişloq oqsoqoliga: “Daryoga irğitaman!” deb tahdid qilgani uçun bir haftaga qamalgan edi.
– Gnilsada juda ğaroyib işlar bölyapti-da, – dedi Oraves birinçi kuni. Söng katga çiqib, uyquga ketdi.
Keyingi kuni Yuraşga ögirilib:
– Maruşa ham… – dedi.
Nihoyat uçinçi kuni gapini tugalladi:
– Maruşa erga tegyapti.
Yuraş döpposlaşidan qörqib, Oraves bu gapni nazoratçi ovqat olib kelgan paytda aytdi.
Lekin baribir intizomiy jazo tariqasida Yuraşni törtinçi bölmaga olib ötişdi, bir neça kun qora karserda ötirib çiqdi. Çunki intizom nizomida yozib qöyilgan:
“a) agar mahbus boşqa bir mahbusga zöravonlik qiladigan bölsa, u…”
Maruşaga kelsak, haqiqatan ham, erga tegiş tadorigida edi. Yuraşni jandarmlar olib ketganini eşitib, qiz öşa kunning özidayoq qalliği muhabbat izhor qilgan tongni va u olib bergan moviy hoşiyali qizil römolçani unutdi. Otasiga esa:
– Yuraş – ğirt bezori. Unga tekkan qizning şörvasiga şör tökiladi, – dedi.
Keyingi yakşanba Maruşa Vaskoga fotiha qilindi.
Vaskoning katta tegirmoni bor edi. Moviy kurtkasiga esa oğir kumuş tugmalar qadalgandi. Yuraş bölsa katalakdekkina uyda yaşar, konga pistakömir taşib tirikçilik qilar, moviy kurtka örniga töqa taqilgan köylak kiyardi. Ustiga ustak, yaramas va bezori edi.
Ikki haftadan söng Vasko Puxalalarnikiga Maruşaning qölini sörab keldi. Puxalalar oilasining uluği töyga rozilik berdi. Biroq ertasi kuni Vasko beli oğriyotganini aytib, uzr-maʼzur qildi. Yuraşning döstlari tegirmonda poylab turgan ekan, tutib, adabini berişibdi.
Buni eşitgan dolinkalik örmon mudiri bir gal Dobşina notariusiga:
– Xalqimiz juda romantik-da, – dedi zavq bilan.
Yuraş qamoqdan çiqqaç, romantika ustiga romantika qöşildi.
Yuraş Vaskoning tegirmoni atrofida izğib yurganini hamma kördi.
– Eng qiziq voqealar hali oldinda, – dedi örmon mudiri Dobşina çoyxonasida şahar notariusiga.
Haqiqatan ham, öta ğaroyib voqealar sodir böldi.
Yuraş tegirmon yonidagi örmon içida yotib, Vaskoni diqqat bilan poylay boşladi.
– Böldi, çiq endi, hov, erkak! – deb baqirdi Yuraş tegirmonçiga. – Sen bilan gaplaşib olişim kerak!
Derazada Vaskoning ezgin qiyofasi namoyon böldi.
– Ey, çiqasanmi-yöqmi? – deb yana baqirdi Yuraş.
Vasko ehtiyotkorlik bilan derazani oçdi:
– Yuraş, oğayni, aççiğing çiqmasin…
– Eşikni oç! – deb baqirdi Yuraş. – Sen bilan bir masalani hal qilişimiz kerak.
– Yuraşjon, – dedi Vasko, – oçolmayman, meni urasan.
Yuraş derazaga yaqin keldi-da:
– Oxirgi marta sörayman, içkariga kiritasanmi-yöqmi? – dedi butun örmonni boşiga kötarib.
Vasko oyoğini zörğa sudrab kelib, darvozani oçdi va Yuraşni içkariga kiritdi.
– Yaxşi, – dedi Yuraş va xonaga yöl oldi. Ketidan Vasko ergaşdi. Ikkalalariyam ötirişdi.
– Yuraşjon, aççiğing çiqmasin, döst. Balki içarsan? – titroq ovozda söradi Vasko.
– Içaman, nega içmasligim kerak, – deb rozi böldi Yuraş. – Men sen bilan nima haqida gaplaşmoqçiligimni bilasanmi?
– Aççiğing çiqmasin, oşna, – dedi Vasko. – Bunaqa bölganidan özim ham xursand emasman. Qiz degani daraxt yaproğiga öxşaydi. Bugun bu yerda, ertaga u yerda.
– Vasko, vino olib kel, – deb maslahat berdi Yuraş. – Keyin odamlarni deraza yonidan haydab yubor.
Şu payt qişloqning salkam yarmi uçraşuv nima bilan yakunlanişini kutib turardi.
Köp ötmay Vasko vino kötarib keldi, quydi, ikkalalari ham içişdi.
– Yaxşi vino, – dedi u. – Yagrada sotib olganman. Nordon ham emas, şirin ham emas.
– Jim böl! – dedi Yuraş. – Sening yoningga nimaga kelganimni bilasanmi?
– Qadrdonim, oşnajonim, – deb gap boşladi Vasko, – qöy endi şu gaplarni. Biz hamişa döst edik… Tuşun, u menga yoqdi, men ham unga…
– Men bu haqda sörayotganim yöq! – baqirdi Yuraş. – Yaqinroq ötir, vinodan quy! Bunça eşikka qapişyapsan?
Yuraş qadahni böşatdi-da, Vaskoga ohista dedi:
– Maruşaga olib bergan römolçam menga ikki guldenga tuşgan edi. Vasko, menga şu pulni töla, keyin – oramiz oçiq…
– Kördingmi, oğayni, – dedi birozdan söng Yuraş pulni öngigan belboğiga joylar ekan, – biz hamişa döst edik, bundan keyin ham döst bölib qolamiz…
– Gemerda romantika qolmadi, – deb gap boşladi ertasi kuni dolinkalik örmon mudiri Dobşina çoyxonasida va voqeani bir boşidan sözlay ketdi.
Eskartma:
Gemer – Şimoli-şarqiy Slovakiya (hozirgi Yuqori Vengriya)dagi okrug nomi.
Yaroslav Haşek
(1883–1923)
Çex satirik yozuvçisi. 1500 yaqin hikoyasi bor. Ilk kitobi – “May qiçqiriqlari” şeʼriy töplami 1903-yili dösti Ladislav Gayek bilan hammualliflikda naşr etilgan. “Azamat askar Şveykning boşidan keçirganlari” romani bilan şuhrat qozongan.
Orif Tolib
tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


