Oktyabr juda sovuq, yoğin-soçinli keldi. Taxta qoplangan tomlar qorayib qoldi.
Boğdagi öt-ölanlar yerga qapişdi, ularning bari allaqaçon gullab, gullarini tökkan, faqat devor yonidagi kiçkina kungaboqargina bunga ulgurmadi.
Daryo ortidan maysazor tomon yopirilgan mayin bulutlar oq tolning yalanğoç novdalariga ilinib qolgan. Ezğilab yomğir yoğyapti.
Yöllardan ötiş-qaytiş qiyinlaşib, çöponlar ham otarni ötloqqa olib çiqmay qöydi.
Çöponning sibizğasi bahorgaça tindi. Katerina Petrovna uçun har tong örnidan turiş va doimiy manzarani: isitilmaganidan aççiq hid örnab qolgan xonalar, çang bosgan “Yevropa xabarlari”, stol ustidagi sarğayib ketgan piyolalar, ançadan buyon tozalanmagan samovar va devorga ilingan suratlarni köriş yanayam qiyinlaşib qoldi. Balki, xonalar qoronğiligidandir, Katerina Petrovnaning köziga suratlar qora suvday körina boşladi. Yoki vaqt ötib ular xiralaşgan, biroq suratlarda nima tasvirlanganini farqlaş qiyin edi. Katerina Petrovna xotirasiga tayanib anavi – otasining portreti, kiçkinagina, tillarang romga solingani esa – Kramskiyning sovğasi, uning “Notaniş ayol”i eskizi ekanini ajarata olardi, xolos. Katerina Petrovna butun umrini otasi – taniqli rassom qurib bergan mana şu uyda ötkazdi.
Rassom qarigaç, Peterbugdan tuğilgan qişloğiga qaytdi, tinçgina yaşab, boğbonçilik qildi. Bu paytda rasm çizolmay qolgandi: qöllari qaltirar, körişi ham yomonlaşgan, tez-tez közi oğrib turardi.
Bu uy, Katerina Petrovna aytmoqçi, “yodgorlik uy” edi. Viloyat muzeyi muhofazasiga olingandi. Lekin u ölgaç, bu uyning taqdiri nima keçadi – buni Katerina Petrovna bilmasdi. Butun Zabore qişloğida suratlar, Peterburgdagi hayot, Katerina Petrovna otasi bilan Parijda yoz böyi yaşagani va Viktor Hyugoning dafn marosimini körgani haqida gaplaşadigan birorta odam yöq edi.
Bular haqida Manyuşka bilan ham gaplaşib bölmaydi. Kolxozda etikdöz bölib işlaydigan qöşninisining qizi har kuni quduqdan suv olib kelib beradi, supur-sidir qiladi, çoy tayyorlaydi.
Katerina Petrovna Manyuşkaga xizmatlari uçun buruşgan qölqop, tuyaquş pati, şişa munçoqli qora şlyapa sovğa qildi.
– Nima qilaman bularni? – dedi Manyuşka xirilloq tovuş bilan va burnini tortib qöydi. – Latta-puttalarga öç emasman.
– Sotasan, qizaloğim, sotasan, – deb şivirladi Katerina Petrovna. Baland tovuşda gapirolmay qolganiga ham bir yil böldi.
– Utilga topşiraman, – dedi Manyuşka, söng hammasini yiğiştirib ketdi.
Baʼzan öt öçiriş jihozlari omborxonasida qorovul bölib işlaydigan ozğin va mallatus Tixon yöqlab ötadi. Katerina Petrovnaning otasi Peterburgdan qanday kelgani, uy qurgani, tomorqa ekkani – hamma-hammasi uning yodida.
Tixon u paytlari bola edi, lekin qariya rassomga hurmatini bir umr qalbida saqladi. Rasmlariga boqib:
– Tabiiy işlar-da bular, tabiiy! – deb xörsinib qöyadi.
Tixon açinganidan yordam berişga urinadi, ammo köpinça behuda, lekin rözğorga baribir nafi tegadi: boğdagi qurigan daraxtlarni kesadi, arralab, maydalaydi, ötin qilib ğamlab qöyadi. Har safar ketayotib, ostonada töxtab, söraydi:
– Katerina Petrovna, Nastyadan xat-xabar bormi? Yozib turibdimi?
Divanda muştdekkina bölib ötirgan Katerina Petrovna indamaydi, teridan işlangan sariq xaltaçasidagi qoğozlarni titişda davom etadi. Tixon miriqib burun qoqadi, ostonada kalovlanib turadi.
– Anaqqisa… – deydi u javobni kutmay, – Men ketsam degandim, Katerina Petrovna.
– Mayli, boraver, Tişa, – deb şivirlaydi Katerina Petrovna. – Xudo qöllasin seni.
U eşikni asta yopib, taşqariga yönaladi, Katerina Petrovnaning közlariga esa asta yoş quyilib keladi. Şundoq deraza ortida şamol yalanğoç şox-şabbalar orasidan huştak çalib ötadi, oxirgi yaproqlarni ham tökadi. Xontaxta ustidagi moyçiroq xira lipillaydi. U taşlandiq uydagi yagona tirik mavjudot edi, şu zaifgina nur ham bölmasa, Katerina Petrovna tonggaça qanday çidaşini tasavvur qilolmasdi.
Tunlar allaqaçon uzaygan, uyqusizlikday oğir edi. Tong tobora sekinlaşar, tobora keçikar va artilmagan oynalardan istamaygina kirib kelar edi. Romlar orasidagi paxtalar ustida ötgan yildan beri bir paytlar sap-sariq bölgan, hozir çirib-qorayib qolgan barglar yotardi.
Katerina Petrovnaning qizi va yagona qarindoşi Nastya uzoqda, Leningradda yaşaydi. Oxirgi bor uç yil oldin yöqlab kelgandi.
Katerina Petrovna Nastyaning işi köpligi, onasiga vaqt ajratişga imkoni yöqligini bilardi. Uning, unga öxşagan yoşlarning öz taşvişlari, tuşuniksiz qiziqişlari, öz baxtlari bor. Xalal bermagan maʼqul. Şu sababli Katerina Petrovna Nastyaga kam xat yozar, lekin çökib qolgan divanning bir burçida ötirgança kun böyi u haqda öylardi. Şunday sassiz ediki, sukunatga aldangan siçqon peçka ortidan yugurib çiqar, orqa oyoqlarida tik turgança burnini u yoq-bu yoqqa burib, çökindi havoni uzoq hidlardi.
Nastya ham xat yozmas, biroq ikki-uç oyda bir marta yoş va quvnoq poçtaçi Vasiliy Katerina Petrovnaga ikki yuz sömlik ötkazmani olib kelardi. Katerina Petrovna imzo çekayotgan payt boşqa joyga qöl qöyvormasin deb, uni avaylab suyab turardi.
Vasiliy ketgaç, Katerina Petrovna qölida pul bilan parişon ötiradi. Keyin közoynagini taqib poçta ötkazmasidagi bir neçta sözni qayta öqiydi. Sözlar öşa-öşa: iş köpligidan borgani, hatto xat yozgani ham vaqt yöq.
Katerina Petrovna mayin qoğozçalarni avaylabgina silaydi. Qarilik qursin, qölidagi pullar aynan Nastya jönatganlari emasligini ham unutadi. Pullardan qizining hidi kelib turganday böladi.
Bir kuni keçasi, oktyabrning oxirlarida çorboğdagi allaqaçon mixlab taşlangan eşikni kimdir uzoq taqillatdi.
Katerina Petrovnaning yuragiga ğulğula tuşdi, imillab boşiga issiq römolini öradi, eski rödapo kiyimni kiydi va şu yil hisobidan birinçi bor uydan taşqariga çiqdi. Juda sekin, paypaslanib yurdi. Izğirinning kuçidan boşiga oğriq kirdi. Unutilgan yulduzlar yerga ötkir nigohlarini qadagan, tökilgan barglar Katerina Petrovnaning yurişiga xalal berardi.
Onaxon eşikçaga yaqinlaşib, ovoz berdi:
– Kim u?
Ammo devor ortidan heç kim javob qaytarmadi.
– Menga şunday tuyuldi, şekilli, – dedi Katerina Petrovna va ortiga qayrildi.
Nafasi tiqilib, qari bir daraxt oldida töxtadi, sovuq va nam novdani uşlab, uning zarang ekanini payqadi. Uni bir zamonlar özi ekkandi, u paytlari ğami yöq yoşgina qiz edi. Mana, endi ğarib-u notavon, qaltiroq bir holda turibdi, bu kimsasiz, huvillagan keçadan heç qayoqqa qoçib ketişning imkoni yöq.
Katerina Petrovnaning zarangga içi açişdi, ğadir-budir tanasini siladi. Amallab uyga yetib olgaç, öşa zahoti Nastyaga xat yozdi.
“Nuridiydam, jonim qizim, – deb yozdi Katerina Petrovna, – Bu qişdan çiqmasam kerak. Heç yöq bir kunga kel. Diydoringni köray, qöllaringdan tutay. Qaridim, yuriş tugul, ötiriş, yotiş ham oğirlik qilyapti. Ölim manzilimni topolmayapti, xolos. Boğ quriyapti – oldingiday emas, töğri, uni körmayman ham. Kuz yomon keldi. Judayam yomon. Hatto butun umrimdan mana şu kuz uzunroq tuyulyapti”.
Manyuşka burnini torta-torta xatni poçtaga olib bordi, poçta qutisiga bir amallab soldi, söng içiga möraladi: nimalar bor ekan? Ammo içkarida tunuka va böşliqdan boşqa heç narsa körinmadi.
Nastya Rassomlar uyuşmasida kotiba bölib işlardi. Iş köp edi. Körgazmalar, tanlovlar – bari-bari uning qölidan ötardi.
Onasining xatini Nastya işdaligida oldi. Sumkasiga solib qöydi – işdan keyin öqiyman, dedi. Katerina Petrovnaning xatini körib Nastya yengil tin oldi – xat yozibdimi, demak, tirik. Biroq unda soqov bir bezovtalik boşlandi, göyo har bir maktub sözsiz taʼna edi.
Işdan keyin Nastya yoş haykaltaroş Timofeyevning ustaxonasiga borişi, yaşaş şaroiti bilan tanişib, keyin Uyuşma rahbariyatiga hisobot berişi kerak edi. Timofeyev ustaxonasining sovuqligi, umuman, unga imkon berişmayotgani va rivojlanişiga tösiq bölişayotganidan şikoyat qilgandi.
Nastya bir burçakdan oynaça topib oldi, söng yuziga upa sepdi va kulimsiradi – şu payt öziga özi yoqib ketdi. Rassomlar malla soçlari va katta közlari sabab uni Solveyg deb ataşardi.
Eşikni Timofeyevning özi oçdi – pakana, bir sözli, zahargina yigit. Egnida palto, böyniga katta şarf öragan edi. Nastya haykaltaroş oyoğiga ayollarning fetr botinkasini kiyib olganini payqadi.
– Kiyimingizni yeçmang, – tönğilladi Timofeyev. – Muzlab qolasiz. Iltimos sizdan!
U Nastyani qoronği yölakçadan olib ötib, yuqoriga bir neça zina kötarildi va ustaxonaning ensiz eşigini oçdi.
Ustaxonadan tutun hidi anqirdi. Loy solingan boçka yonida kerosinka yonib turar, dastgohlardagi haykallar ustiga nam lattalar yopilgan edi. Katta deraza ortida qiyalab qor taşlar, Neva ustini tumanday qoplagan qorparçalar daryo suvlarida erib ketardi. Şamol deraza romlari orasidan huştak çalib ötib, poldagi eski gazetalarni qimirlatib qöyardi.
– Voy, Xudoyim-ey, sovuqligini qarang-a! – dedi Nastya, uning nazarida ustaxona devorlariga tartibsiz osilgan oq marmar börtma naqşlar havoni yanayam muzlatib yuborayotgandek edi.
– Bir havasingizni keltiray dedim-da, – dedi Timofeyev loy yuqi kursini Nastyaga yaqin surib. – Bu kulbada harom qotmaganimga hayron qolaman. Perşinning ustaxonasini bir köring, issiqqina, naq Sahroyi Kabir.
– Perşinni yoqtirmaysizmi? – qörqibgina söradi Nastya.
– Jöjaxöroz u! – dedi Timofeyev aççiqlanib. – Kosib! Haykallarida yelka işlamaydi u, palto iladigan ilgak yasaydi. Kalxozçi ayoli – fartuk taqqan toş. Işçisi neandertal odamga öxşaydi. Haykallarini yoğoç kurak bilan yasaydi u. Lekin öta ayyor, sizga aytsam, ölguday ayyor!
– Gogolni işlagan edingiz, öşani körsating-çi, – dedi Nastya suhbat mavzusini özgartiriş uçun.
– Yuring, – dedi haykaltaroş qovoği osilgança. – Yöq, u yoqqa emas, bu yoqqa. Anavi burçakka. Ana, şunday!
U haykallardan biri ustidagi höl lattani oldi, unga yaxşilab razm soldi, kerosinka yoniga çök tuşib ötirdi, qöllarini tobladi va dedi:
– Ana, köring Nikolay Vasileviçni. Marhamat!
Nastya seskanib ketdi. Qirraburun, bukçaygan bir odam unga ustidan kulayotganday istehzoli tarzda, yeb qöygudek bölib qarab turardi. Nastya haykalning çakkasida börtgan qon tomirlar urib turganini kördi.
“Xaltangdagi xat hali oçilmagan, – deganday edi Gogolning öq közlari. – Eh, sen, olaşaqşaq!”
– Qalay? – deb söradi Timofeyev. – Jiddiy işmi?
– Ajoyib! – çaynalibgina dedi Nastya. – Haqiqatan ham ajoyib.
Timofeyev aççiq kuldi.
– Ajoyib, – qaytardi u, – hamma şunday deydi. Perşin ham, Matyaş ham, har qanday qömitadagi har qanday dono xuddi şunday deydi. Lekin bundan nima foyda? Bu yerda – ajoyib, lekin mening haykaltaroş sifatida taqdirim hal böladigan joyda hammamizga maʼlum-u maşhur Perşin betayinlarça minğirlaydi va tamom. Perşin nimadir dedimi, hammasi hal!.. Keçasi bilan uxlayolmaysan! – baqirdi Timofeyev va botinkasini tapillatib zalda yura boşladi. – Loy uşlayverib qölim revmatizm böldi. Uç yildan beri Gogol haqida bir xil sözlarni öqiyman. Başarasi tuşlarimga ham kirib çiqadi!
Timofeyev stoldan bir dasta kitob oldi, havoda silkitdi-da joyiga uloqtirdi. Stoldan ganç çanglari kötarildi.
– Bularning hammasi Gogol haqida! – dedi u va birdan tinçlandi. – Nima? Qörqitvordimmi? Keçiring, azizim, lekin, töğrisi, rosa olişgim kelib turibdi.
– Unda… birga olişamiz, – dedi Nastya va örnidan turdi.
Timofeyev uning qölini qattiq siqib xayrlaşdi. Nastya bunday isteʼdod egasini nima qilib bölsa ham bu nom-nişonsizlikdan olib çiqişga qatʼiy qaror qildi.
Nastya Rassomlar uyuşmasiga qaytib, rais huzuriga kirdi, u bilan uzoq gaplaşdi, ozroq qizişdi ham, Timofeyevning körgazmasini taşkillaştiriş kerakligini uqdirdi. Rais qalam bilan stol çertdi, nimanidir uzoq çamaladi va nihoyat rozi böldi.
Nastya Moykadagi uyiga, eskirgan, şifti ganç qilingan xonasiga qaytdi. Şundan sönggina Katerina Petrovnaning xatini oçib öqidi.
– U yerga borgani hozir vaqt bormi! – dedi u va örnidan turdi. – Qani, bu yerdan suğurilib çiqa olsang!
Köz oldida jiq töla poyezdlar, boşqa poyezdga almaşlaş, döq-döq arava, qurigan boğ, onasining doimgi yiği-siğisi, qişloqning çöziluvçan, zerikarli rangsiz kunlari jonlandi va xatni yozuv stolining tortmasiga solib qöydi.
Nastya ikki haftani Timofeyevning körgazmasini taşkil etiş taşvişlari bilan ötkazdi.
Bu vaqt içida murosani bilmaydigan Timofeyev bilan bir neça bor urişib-yaraşdi. Timofeyev işlarini körgazmaga xuddi yöq qilişga jönatganday jönatdi.
– Bu yugur-yugurlaringizdan heç narsa çiqmaydi, – dedi u Nastyaga içiqoralik bilan. Göyo körgazmani u emas, qiz ötkazayotganday. – Vaqtimni behuda sarflayapman. Töğrisi şu.
Nastya boşida tuşkunlikka tuşdi, aççiqlandi, keyinçalik bu injiqliklarga tahqirlangan mağrurlik sabab ekanini angladi. Hammasi yolğondakam, Timofeyev içida bölajak körgazmasidan juda şod.
Körgazma keçqurun oçildi. Timofeyev jahllandi, haykalni elektr yoruğida tomoşa qilib bölmasligini aytdi.
– Ölik nur! – deb vaysadi u. – Ziğirça foydasi yöq. Undan köra kerosin lampa bölgani ham tuzuk edi.
– Sizga qanaqa nur kerak özi? Hamişa har yerda norozi odam ekansiz-ku! – oxiri portladi Nastya.
– Şam kerak! Şam! – dedi Timofeyev alam bilan. – Gogolni qanday qilib elektr çiroq ostiga qöyiş mumkin?! Absurd-ku bu!
Oçiliş marosimida haykaltaroşlar, rassomlar qatnaşdi. Haykaltaroşlarning mavzudan yiroqroq suhbatlarini eşitib, ular Timofeyevning işlarini maqtayaptimi yoki tanqid qilyaptimi – bilib bölmasdi. Lekin körgazma muvaffaqiyatli bölganini Timofeyev tuşundi.
Oq soçli jizzaki bir haykaltaroş Nastyaning yoniga kelib, qöllarini siqdi:
– Minnatdorçilik bildiraman. Eşitişimça, Timofeyevni yoruğ olamga siz olib çiqibsiz. Ajoyib iş qilibsiz. Bizda, bilsangiz, ijodkorga eʼtibor beriş, unga ğamxörlik qiliş kerakligi haqida gap sotadiganlar köp. Lekin amaliy işga kelganda qup-quruq nigohlarga yöliqasan. Yana bir bor minnatdorçilik izhor etaman!
Muhokama boşlandi. Köp gapirişdi, maqtaşdi, bahslaşişdi. Keksa rassom insonga, nohaq unutilgan yoş rassomga eʼtibor haqida aytgan gap har bir nutqda qaytarildi.
Timofeyev parketga tikilib tumşaygança ötirar, köz qiri bilan maʼruzaçilarga qarab qöyardi. Lekin ularga işoniş kerakmi yo hali ertami – bilolmasdi.
Eşik oldida Uyuşma xat taşuvçisi – oçiqköngil va ovsar Daşa paydo böldi. U Nastyaga imo qilib, yoniga çaqirdi. Nastya yoniga kelgaç, iljayib unga telegramma uzatdi.
Nastya joyiga qaytdi, sezdirmay telegrammani oçdi, öqidi, lekin heç nimani tuşunmadi:
“Katya ölyapti. Tixon”.
“Qanaqa Katya? – asabiylaşdi Nastya. – Qaysi Tixon? Menga adaşib berdi, şekilli”.
Manziliga qaradi: yöq, telegramma unga ekan. Şundagina u qoğoz tasmadagi nozik bosma harflarni payqadi: “Zabore”.
Nastya telegrammani ğijimladi va qoşlarini çimirdi. Perşin sözga çiqdi:
– Bugun, – dedi u asta tebranib va közoynagini uşlab, – inson haqida qayğuriş ajoyib haqiqatga aylanmoqda. U bizning ösişimiz va işlaşimizga yordam beradi. Men bizning davramizda, haykaltaroş va rassomlar orasida ana şu ğamxörlik paydo bölganini sezganimdan mamnunman. Örtoq Timofeyevning işlari körgazmasi haqida gapirsam. Körgazma uçun barçamiz butuniça – albatta, bundan hurmatli rahbariyatimiz ranjimaydi – Uyuşmaning oddiy xodimlaridan biri, sevimli Anastasiya Semyonovna oldida qarzdormiz.
Perşin Nastyaga taʼzim qildi, gulduros qarsak çalindi. Uyalganidan Nastyaning közlariga yoş keldi.
Kimdir ortidan uning qölini tutdi. Bu boyagi jizzaki qariya rassom edi.
– Nima gap? – dedi u şivirlab va közlari bilan Nastyaning qölidagi ğijimlangan telegrammaga işora qildi. – Biror köngilsizlik böldimi?
– Yöq, – deb javob berdi Nastya. – Bu şunçaki… Bir tanişimdan…
– Aha, – deb tönğilladi çol va yana Perşinni tinglay boşladi.
Hammaning közi Perşinda edi. Lekin Nastya tinimsiz kimningdir oğir va ötkir nigohini sezib turdi, şu sabab boş kötarişga qörqdi. “Kim bölişi mumkin? – öyladi u. – Nahotki kimdir sezib qolgan bölsa? Qanday bemaʼnilik. Yana asablarim buzildi”.
U amallab boşini kötardi va darrov közlarini olib qoçdi: Gogol unga tirjayib qarab turardi. Çakkasidagi qon tomirlari oğir-oğir urayotgandek, yumuq lablari orasidan past ovozda: “Eh, sen!” deyayotgandek edi.
Nastya dik etib turdi, pastga tuşib, kiyimlarini kiydi va köçaga otildi.
Gupillab qor yoğardi. Isaakiyevskiy jomesidagi oqiş bulduruqlar yaqqol közga taşlanar, badqovoq osmon yanayam enkayib, şaharga, Nastyaga, Nevaga yaqin kelib olgan edi.
“Nuridiydam, jonim qizim… – Nastya yaqinda olgan xatini esladi. – Nuridiydam, jonim qizim!”
Nastya Admiralteystvo yaqinidagi xiyobonda örindiqqa çökdi va ökirib yiğladi. Qor
uning yuzlaridan köz yoşlarga qöşilib sirğalib tuşardi.
Nastya sovuqdan titradi va birdan uni Zaboreda bu qoqsuyak, hamma taşlab ketgan kampirçalik heç kim yaxşi körmasligini tuşundi.
“Keç qoldim! Oyimni endi körolmasam kerak”, dedi u öziga özi va sönggi yilda bolalarça “oyi” sözini ilk bor işlatayotganini sezdi.
U sapçib turdi va yuziga savalayotgan qorga qarama-qarşi tez yurib ketdi.
“Qanday qilib? Axir, qanday qilib, oyi? – öyladi u közlari heç narsani körmay. – Oyi! Qanday qilib bunaqa bölişi mumkin? Axir, hayotimda sizdan boşqa heç kim yöq! Bundan keyin ham bölmaydi, bölolmaydi. Heç yöq ulgurişim kerak, heç yöq onam meni körsin, men notavonni keçirsin”.
Nastya Nevskiy şohköçasiga çiqdi, şahar temir yöl stansiyasiga yöl oldi.
Keç qolibdi. Çipta yöq.
Nastya kassa oldida turar, lablari qaltirar, birinçi sözidanoq höngrab yiğlab yuborişini bilib gapirişga botinolmasdi.
Közoynakli keksa ğaznaçi ayol tirqişdan qaradi.
– Nima gap, qizim? – yoqinqiramay söradi u.
– Heç gap yöq, – dedi Nastya. – Oyim, oyijonim…
Nastya ortiga ögirildi va şitob bilan çiqiş eşigiga yönaldi.
– Qayoqqa?! – baqirdi ğaznaçi ayol. – Boşidayoq aytmaysizmi şunday deb. Bir daqiqa kutib turing.
Öşa keça Nastya yölga çiqdi. Garçi “Qizil öq” poyezdi tungi örmonlar oralab har yoqqa buğlarini purkab, ogohlantiruvçi çöziq-çöziq çinqiriqlari bilan şitob ketib borayotgan bölsa-da, butun yöl böyi zörğa sudralgandek tuyuldi.
…Tixon poçtaga keldi, poçtaçi Vasiliy bilan şivirlaşib gaplaşgaç, undan telegraf qoğozini oldi, u yoq-bu yoğini aylantirib körgaç, uzoq vaqt möylabini silab turdi va qoğozga qinğir-qiyşiq harflar bilan nimalarnidir yozdi. Keyin qoğozni avaylab bukladi, qalpoğiga qistirdi va Katerina Petrovnanikiga imillab yölga tuşdi.
Katerina Petrovna ön kundirki örnidan turgani yöq. Heç qayeri oğrimayapti, lekin köksi, boşi, oyoqlarini kuçli holsizlik egallab olgan, nafas olişi ham oğirlaşib qolgan.
Mana, oltinçi kun, Manyuşka Katerina Petrovnaning yonida. Keçalari çökib qolgan divanda kiyim-boşi bilan uxlaydi. Baʼzida Katerina Petrovna nafas olmayotgandek tuyuladi. Şunday paytlari Manyuşka qörqib yiğiga tuşadi: tirikmikan, işqilib?
Katerina Petrovna körpa ostidan qölini biroz qimirlatadi va Manyuşka xotirjam tortadi.
Xonalarning burçaklarini ertalabdanoq noyabr zulmati egallagan, biroq havo iliq edi. Manyuşka peçkaga öt qaladi. Quvnoq olovning şuʼlalari yoğoç devorlarni yoritdi, Katerina Petrovna astagina xörsindi – öt yoqilgaç, xona hov bir paytlardagidek, Nastya borligidagidek şinam, yoqimli bölib qolgandi. Katerina Petrovna közlarini yumdi, undan sizgan bir tomçi yoş sarğiş çakkalaridan ötib, oppoq soçlariga osilib qoldi.
Tixon keldi. Yötaldi, burun tortdi, turişidan hayajonda edi.
– Nima gap, Tişa? – dedi Katerina Petrovna holsiz.
– Sovqotdim, Katerina Petrovna! – dedi özini bardam tutib Tixon va qalpoğiga xavotir bilan qarab qöydi. – Tez orada qor yoğadi. Lekin bu – yaxşilikka. Yöllar muzlaydi, yöl yurişiga osonroq böladi.
– Kim yöl yurişiga? – Katerina Petrovna közlarini oçdi va beixtiyor töşakni siypalay boşladi.
– Kim deysizmi? Nastasya Semyonovna-da! – dedi Tixon va ğalati iljayib qalpoği içidan telegrammani oldi. – Boşqa kim ham bölardi?
Katerina Petrovna turmoqçi böldi, lekin eplolmadi, yostiqqa qayta boş qöydi.
– Mana! – dedi Tixon, telegrammani asta oçib, Katerina Petrovnaga uzatdi.
Lekin Katerina Petrovna uni olmadi, ötinç töla közlari bilan qarab turaverdi.
– Öqi! – dedi Manyuşka xirilloq tovuşda. – Kampir endi öqiy olmaydi. Közi çarçagan.
Tixon qörquvda alangladi, yoqasini töğrilab, yakkam-dukkam malla soçlarini siladi va quruq, işonçsiz ovozda qiroat qildi: “Kutinglar, yölga çiqdim. Sizni hamişa sevuvçi qizingiz Nastya”.
– Kerakmas, Tişa! – sokin dedi Katerina Petrovna. – Kerakmas, azizim. Xudo yorlaqasin seni. Yaxşi sözing, mehring uçun rahmat.
Katerina Petrovna qiynalib-siqtalib devor tomonga ögirildi, uyquga ketganday böldi.
Manyuşka çiqib, Katerina Petrovnaning xonasiga imlamagunça Tixon sovuq dahlizdagi örindiqda boşini eggança tamaki tutatdi, “çirt” etkazib tufladi va uh tortdi.
Tixon oyoq uçida yurib xonaga kirdi va butun panjasi bilan yuzini artdi. Katerina Petrovna muştdekkina bölib yotar, rangida qon yöq, taşviş-u oğriqlarni unutib, uyquga ketgandek edi.
– Kutolmadi, – deb minğirladi u. – Dardi oğir edi, qattiq qiynaldi. Ey, sen, yaxşilab quloğingga quyib ol, – dedi Tixon Manyuşkaga ğazab bilan, – yaxşilikka yaxşilik bilan javob qaytar, bemaʼni odam bölma… Sen şu yerda ötirib tur, men mahallaga boray, xabar beray.
Tixon ketdi. Manyuşka tizzalarini yiğib olgança kursida ötirar, titrar va Katerina Petrovnadan közlarini uzmay qarab turardi.
Katerina Petrovnani keyingi kuni sönggi yölga kuzatişdi. Hammayoq muzladi. Şirava qor yoğdi. Butun borliq oppoq, osmon esa quruq va yoruğ, kulrang edi. Xuddi boş-ustingga nam, muzlab qolgan qop yoyib qöyilgandek. Daryodan naridagi kengliklar kökimtir tusga kirgan. Ilk izğirin taʼsirida tol pöstloqlaridan qorning kuçli va yoqimli hidi taraladi.
Dafn marosimiga keksalar va bolalar yiğildi. Tobutni qabristonga Tixon, Vasiliy va paxmoq soç-soqolli aka-uka qariyalar – Malyavinlar olib bordi. Manyuşka akasi Volodka bilan birga çiqdi, tobut qopqoğini kötarib oldi, közlarini yummay faqat oldinga tikilgança ketdi.
Mozor qişloq ortida, daryoning teparoğida edi. U yerda zamburuğdan tanasi sarğayib ketgan baland sambittollar ösadi.
Yölda muallimani körib qolişdi. U yaqinda viloyat markazidan kelgan va Zaboreda hali birov-yarimni yaxşi tanimasdi.
– Muallima kelyapti, muallima kelyapti, – deb şivirlaşdi bolalar.
Muallima yoş, uyatçan, kulrang közli edi, körgan odam bola deb öylardi. U tobutni körib, töxtadi, tobut içida yotgan mittigina kampirga qörqa-pisa nazar taşladi. Kampirning yuzlariga qöngan ötkir qorparçalar erimay turardi. Viloyat markazida muallimaning onasi qolgan – uyam xuddi şunday kiçkinagina, hamişa qizining qayğusi bilan yaşaydi, soçlari ham xuddi şunaqa oppoq.
Muallima biroz turdi va tobut ortidan asta ergaşdi. Buni körgan kampirlar sekin şivirlaşa boşladi: qarang, juda yuvoş ekan, boşida ança qiynaladi, axir, Zaborening bolalari juda şum va gapuqmas.
Muallima oxiri söraşga qaror qildi va Matrena kampirni gapga tutdi:
– Yolğiz yaşarmidi bu kampir?
– Eh, bolajonim-a, – şu zahoti javraşga tuşdi Matrena xola, – yolğiz desayam bölaveradi. Şunday dilkaş, şunday samimiy ayol edi. Qaçon qarama, divançasida bir özi ötirardi, dardlaşadigan heç kimi yöq edi. Beçora! Leningradda yaşaydigan qizi bor, lekin uzoqlarga uçirma bölgan-da. Mana, kimsasiz öldi, qarindoşlaridan heç kim kelmadi.
Tobutni yangi kovlangan qabr yoniga qöyişdi. Qariyalar qabrga egilişdi, qöllari bilan tuproqni uşlab körişdi. Muallima tobutga yaqin keldi va egilib, Katerina Petrovnaning mallatob ozğin qöllaridan öpdi. Söng tez qaddini tikladi, ögirilib, buzilgan ğişt devor tomon yurdi.
Devor ortida, yengil-yengil qönayotgan qorparçalar ostida biroz ğamgin ona yer yotibdi.
Muallima uzoq tikilib turdi, ortidagi qariyalar suhbatini, tobut qopqoğiga tuproq qanday urilayotganini, uzoqda – hovlilarda turfa ovozli xörozlar yoruğ kun, yengil sovuq va qişki sukunatdan darak berib qiçqirayotganini tingladi.
Zaborega Nastya dafn marosimidan ikki kun ötib keldi. Mozorda ustidagi tuproği yumaloqlanib muzlab qolgan yangi qabrga, uyda esa Katerina Petrovnaning hayot allaqaçon tark etgan sovuq va qoronği xonasiga duç keldi. Bu xonada Nastya keçasi bilan, oynadan xira va oğir tong möralamagunça yiğlab çiqdi.
Nastya Zaboredan uni birov körib qolmasligi, savolga tutmasligi uçun biqinib, yaşirinib çiqib ketdi. Uning nazarida yelkasidagi tuzalmas gunoh, mislsiz yukni Katerina Petrovnadan boşqa heç kim olib taşlolmasdi.
Konstantin PAUSTOVSKIY
(1892–1968)
Rus mumtoz adabiyoti vakili. Ilk kitobi – “Röparadagi kemalar” (1928). “Qoraböğoz” qissasi bilan şuhrat qozongan. “Şarl Lonsvil taqdiri”, “Kolxida”, “Qora dengiz”, “Tozi it yulduzlar turkumi”, “Şimol qissasi”, “Meşyora tomonlarda” kabi qissalar, “Romantiklar”, “Yarqiroq bulutlar” kabi romanlar, bir qator pyesa, hikoya, oçerk va ertaklar muallifi. Asarlari asosida qator filmlar suratga olingan. “Tilla atirgul” qissasida ijod mohiyati haqida söz boradi.
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


