Poytaxtga kelişim
2007-yilning qişi edi. U paytlar qişda qalin qor yoğardi. Maktabni bitirib, öqişga topşirganman, ammo imtihondan yiqilib, qişloqqa siğmay, özimni qöyarga joy topolmay yurgan paytlarim edi. Öqişdan yiqilgan odamning boşi xam bölar ekan. Yo rostdan şundaymi yoki menga şunday tuyuladimi, bilmayman, köçaga çiqsam, hamma qölini bigiz qilib, meni körsatayotganday bölaverardi. Öşa kunlar qaror qildim: “Toşkentga ketaman, işlab pul topib, öqişga tayyorlanaman”. Şu qarorga keldimu undan keyinini – işni qayerdan topişni öylamabman. Şunda enam, “Bobir akang (enam Sobir akamni şunday çaqirardi) iş topib bermasmikan…” deb qoldi. Ötgan yili akamni uylantirganimizda Sobir akam oilaviy töyga kelgan edi.
Biz özi aka-ukaning farzandlarimiz. Önar boboning Hamro, Hamza, Hazan, Omon degan öğillari bölgan. Sobir akam Hamzaning, men esa, kenjatoy Omonning farzandlarimiz. U kişi Toşkentda yaşagani uçunmi yaqin qarindoş bölsak-da, şunday jurnalist akam borligini bilar, lekin özini yaqindan tanimas edim.
Öşa töyda birinçi bor yaqindan körişganmiz. Akam töyda sözga çiqib, obdon gapirgan. Gap orasida meni ham tilga olgan, hali kelajakda töyimga qatnaşiş istagini bildirgan edi. Sal oldinroq ketib aytadigan bölsam, akamning bu niyati ortiği bilan amalga oşdi: men uçun sovçilik ham qildi, töyimda boş-qoş ham böldi…
Nima bölsa-böldi deb, Sobir akamni orqa qilib 28 yanvar kuni poytaxtga jönadim. Töğri akamning Qibraydagi daçasiga keldim. Joylaşganimning ertasiga Sobir akamga qönğiroq qilib, maqsad-muddaoni aytdim. “Yaxşi qilibsan kelib”, dedi akam. Boşqa gapirmadi. Men u vaqtda poytaxt havosidan bexabar ğör ösmir, xuddi akamning mendan boşqa taşvişi yöğu aytganim hamono şu iş bilan şuğullanişini kutganman, şekilli, masalaning boşqa tafsilotlari bilan qiziqmagani uçun tuşuniksiz kayfiyatda qoldim.
Yöq, xavotirim behuda ekan. Akang qarağay oradan uç kun ötib – 1 fevraldan akamning Sadriddin degiç döstining daçasida xizmatni boşladi. Vazifam – daçadagi beş-oltita “gollandskiy” sigirni parvariş qiliş. Şuytib, poytaxtdagi dastlabki işimni boşladim. Töğrisi, şu vazifa topilganiga ham juda xursand edim. Çunki oilada töqqiz farzand bölsak, men-ku kenja, kattalarimizning birontasi davlat işida işlamas, oilaga kirim umuman yöq edi. Qişloqdagilarning işongani bir neça qoramol, beş-önta qöy-eçki edi. Qişloğimizdan uç çaqirimça uzoqlikda suv tegirmonimiz bölgan. U yerga odamlar buğdoy va makkajöxorini un qilişga olib borişar edi. Tegirmonni mendan katta Kamol akam yurgizar, öşandan tirikçilik ötib turardi. Rizq Allohdan.
Öqişga kirişim…
Öşa yili öqişga topşirişim kerak. Qayerga topşirişimni bilmayman. Sadriddin akaning fermasida mayning örtalarigaça işladim. Maoşimni olib, ona tili, adabiyot, ingliz tilidan tayyorlangandek böldim. Bir yakşanba daçasiga kelganda Sobir akam sörab qoldi: “Qanday badiiy asarlar öqigansan?” Kalovlanib-kalovlanib, Ötkir Hoşimov – “Dunyoning işlari”, Pirimqul Qodirov – “Yulduzli tunlar”, Böriboy Ahmedov – “Amir Temur”, deb bir neça adabiyot darsliklarida öqiganlarimni sanadim. “Voh-ho”, dedi akam. “Qayerga öqişga topşirasan?” deb yana söradi. Men bölsam, yelka qisdim. “Ha”, deb qöydi. Öşa vaqtlar har şanba-yakşanba oilaviy daçasiga borar edi. Biz daçada bir töda abituriyentlar joylaşib olganmiz. Akamning oş damlab, mazza qilib oilaviy dam olişiga juda havas qilardim. Ularning gap-sözlari, özlarini tutişi mening hayratimni oşirardi. Yettinçi sinfda öqiyotganimda Toşkentga birinçi bor kelganman. Öşanda ertalab uyqudan turib, körpalarimni yiğib qöyganimni körganda rahmatli Lola yangam hayron bölib, “siz, albatta, maktabni bitirib Toşkentga öqişga keling”, degani hali-hanuz quloğimda qolgan. Şu gapga fariştalar omin, Xudo, ol, qulim, dedi, çoği, rizqimizni poytaxtdan tera boşladik.
Şuytib, qayerga öqişga topşirişimni bilmay, boşim qotib qolgan kezlar edi. Akam oilasi bilan yana daçasiga keldi. Maşinasining bagaçiga töldirib kitob va jurnallar olib bordi. Ularni biz abuturentlar vaqtlar ötib tinmay mutolaa qilganmiz. Keyin, qölimga “Hordiq” gazetasini berdi. “Maqolang çiqibdi, tabriklaymiz”, dedi. Men hayron. Lola yangam ham “zör yozibsiz maqolani”, deb maqtab qöydi. Gazetani varaqlab kördim. Bir sahifa. Mening ism-familiyam. Ötgan safar kelganida akamning qöliga bir narsa qoralagandim, deb bergan edim. Uni özi bilan olib ketgan edi. Öşani işlab, gazetada beribdi. Öylab qarasam, mening qayerga öqişga topşirişimni akam yangam bilan hal qilib qöygan ekan. Vaqt ötib, yana gazetada yana bir maqolam çiqdi. Ana şunaqa qilib, Özbekiston davlat jahon tillar universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetiga öqişga topşirganman. Ijodiy imtihonga akamning özi olib bordi. Imtihonni tugatib, menga yöl-yölakay kabob olib berdi. Toşkentni tomoşa qildirdi… Vaqt ötib, qöşimça öqişga kirdim. Balim yetmay, öqişdan yiqildim. Va, qöşimça deganim, hozirgiday kontraktni tölab öqiş degani. Bunda ham Sobir akamning hissasi katta bölgan. 2007-yilga “Ijtimoiy himoya yili” deb nom berilgan edi. Kam taʼminlanganligim haqida hujjat yiğib kelsam, imtiyoz berilişini akam aytdi. Bir amallab qişloqqa xabar berdik. Öşa hujjatlarni vaqtida yiğib kelib söralgan joyga topşirdik. U tomonini Sobir akam iltimos qilgan. Xullas yil nomidan kelib çiqib, öqişga grantga kirganman. Bunda akamning hissasi juda katta bölgan.
Noyabr boşida öqişni boşlagan bölsak, köp ötmay, birinçi semestr tugab, “Adabiyot nazariyasi”dan baho oliş uçun kirganimizda domlamiz Akbar Nurmatov, familiyamni öqib, “Sobir Önarga kim bölasan?” deb söradi. “Ukasi bölaman”, dedim. “Ha, Önarovlardan yaxşi odamlar çiqqan”, deb yengilroq vazifa berib, bahomni qöyib bergan. Vaqtlar ötib, familiyam bilan faxrlanib qoldim. Çunki, Önarov desam, “Sobir Önarning öğlimisan?” degan savollar berilgan. Sobir Önar degan şaxs, olisdagi Quvkalla qişloğini, nainki, Önarovlar sulolasini xalqqa tanitdi. Akamning baʼzi döstlari men bilan “ha, quvkallalik” deb söraşadi. Şunda angladimki, akamni katta inson, yaxşi odam, mahoratli yozuvçi deb biladilar. Bir kuni akam, “Ğiyos, talabalikda köproq kitob öqib qolgin. Uylanganingda, oilang taşvişiga öralaşib qolasan” dedi. Yana bir kuni “Bu yerdagi taşvişingni qişloqdagilarga aytmagin, ularni xavotirga qöyasan” deb maslahat qilgan.
Asarlarini öqiganimda hamma qahramonlar taniş odamlar, prototip, arxitiplari kimlar ekani köz öngimdan ötgan. “Kunsuluvning sirli xatlari” degan hikoyalar töplami naşrdan çiqqan kunlar edi. Hamkasblar har oyda bir çoyxonada ötiramiz. Şu ötiriş asnosida yangi kitobni öqib tahlil qiladigan böldik. Şunda menga navbat kelganda “bu kitobdagi hikoyalarning hamma prototiplarini bilaman…” deb söz boşlaganimda akam: “Sotib qöymasang-çi”, deb hazil qilgandi. Ha, hamma qahramonlari akamning yonidagi odamlar edi.
Hayot zarbalari
Akamning yonida yurib, qanday inson ekanini bilib, faxrlanib boraverdim. Lekin, afsuski, şu asnoda qayğuli damlariniyam körişimga töğri keldi. Men guvoh bölgan katta hayot zarbalari uçta bölgan. Uçalasida ham akamni his qilib ezilganman. Birinçisi, rahmatli Lola yangam olamdan ötganida. Dösti Abdualim Ösarovni uzoq quçoqlab, ezilib yiğlaganini bilaman. Yangam rahmatli bir yil dard bilan kuraşdi. Şu bir yil içida, akamning ruhi juda çökib qolgandi. Ikkinçisi, “Yoşlik” jurnalidan işdan ketişi böldi. Öşa davrdagi Uyuşmaning rahbariyati, nohaq işdan olganiga guvoh bölganman. Men ham öşa jamoada bor edim. Jurnalda Luqmon Börixon, Alişer Nazar, Akbarali Mamasoliyev, Saodat Rustamova, Gulnoz Möminova va Sobir akam işlar edik. Jurnalimizning bir sonida kattagina suhbat ketgan. Unda uyuşma rahbarining qitiq-patiga tegadigan gaplar bor ekan. Şunda akamni çaqirib, suhbatni tayyorlagan xodimni işdan böşatişni söragan. Akam bölsa, kenglik qilib, balki esidan çiqib ketar, deb yuraverdi-yuraverdi… va oxir-oqibat uning özini işdan olişdi. Öşa paytda ham qattiq ezildi. “Ha, mayli, nasiba-da”, dedi. Ammo içidan nima ötganini özi bilar edi. Uçinçisi esa, sotqinlik. Buni balki sotqinlik deb ham atab bölmas. Lekin işongan odaming yuzingga loy çaplasa, özingni yöqotib qöyişing aniq. Vaqtlar ötib, “Yoşlar naşriyoti”da işlab yurganida mana, şunday hayot zarbasiga duç keldi akam. Afsuski, akam bildirmagani, sirtiga çiqarmagani bilan bu zarbalar beiz ketmagan, yuragining uç joyida uçta katta çandiq qolgan ekan.
Yana Sobir akam haqida köp narsalar yozgim keladi. Balki, vaqtlar ötib yozarman. Ammo hali-hanuz oramizdan ketganiga işongim kelmaydi. Olamdan ötganidan keyin juda köp tuşimga kirdi. Bir tuşimda tinmay, asfaltga kimyoviy formulalar yozayapti, “men yozib qolişim kerak”, deydi. Öşa vaqtlar uyidagi qölyozmalarini olib kelib, kompyuterda terayotgan edim. Har tuşimda hayotdagidek xotirjam, oğir-bosiq, jilmayib turganini körganman. Keyingi paytlarda meni “Ha, Önarip” deb çaqirar edi. Yonida kimgadir taniştirsa, “bu ham Önarip böladi” deb taniştirardi.
Bir kuni “senga bozor qilişni örgataman”, deb Yunusobod bozoriga yetaklab bordi. Savdo qiliş jarayonida, yoşi katta ayol sotuvçilardan narxni sörab, “unday emas-da, çeça, menday kelişgan jigitga sal tuşmaysizmi?” deb hazil qilardi. Erkak savdogarlarga esa: “bizni qişloqi deyapsizmi, sal orzonlating”, der, sotuvçi gapiga könganidan söng menga qarab, “kördingma, şunday savdo qiliş kerak” deb qoşini kötarib qöyardi.
Akam 2022-yili “Döstlik ordeni” bilan taqdirlandi. Xursandçiligidan mukofotni olgandan qişloqda nişonlaş uçun jönadi. Qişloqda bir haftalar surur qilib yurdi. Hafta ötib keldi. Men enamni olib uyiga ötdim. Bir mahal medalni olib kelib, “çeça, qarang, menga davlatimiz mukofot berdi. Bu medalni jurakning ustiga taqib yuradi”, deb yuragini ustini işora qilib körsatgandi. Odamga rağbat yoqadi. Mana, devday kelbatli akam, bolalardek quvonganini közim bilan kördim. Bolasidek, ijodkor yigitlar mukofot bilan tabriklasa, “yurgin, yuvib beraman” dermiş. Menga bu gaplarni öşa yigitlar aytib bergan edi. Baʼzi-baʼzida qişloqqa birga ketib qolsak, maşinada Şerali Jörayevning eng oğir qöşiqlari saralangan bir kassetasi bölar edi. Keta-ketgunça nosvoyni otib olib, “Hmmmmm” deb ovoz çiqarib mazza qilib eşitib ketardi. Essiz öşa damlar…
Mana, qanday akam bor edi. Vafot etganidan keyin örtança qizi Nuriniso oldimga kelib şunday dedi: “Dadam, mabodo menga biron narsa bölsa, Ğiyosiddin akangga telefon qilinglar, u hammasini biladi, deb aytgan edi…” Bu gapni eşitib, bir faxr tuydim, bir ezildim. Akamga hayotda suyanç bölganimni bildim. Ammo yolğizlik dardi bilan ezilayotganini bilsak-da, parvo qilmadik. “Ona soğinçi” essesida “U kunlarning hidini böylatib turgan otajonim qani? Ellik yoşga qadam qöyganimdayam har gapida gödak yangliğ “bolajonim” deb papalovçi mehribon onajonim qani? Bolalikdan tengqur-jöra bölib ösgan, ertaknamo kunlarni birga ötkazgan, çeksiz orzularning qanotiga birga osilib yurgan, ota-onamning ğamu taşvişlarini bir kunda aritib, bir kunda uylangan jonimning bir parçasi, jigargöşam Ötkirbek qani? Öşandan buyon közimning nuriga, tanimning harorati, tört farzand östirib, birining ham rohatini körmay, dunyosiga qöl siltab ketgan zavjayi halolim, yostiqdoşim, nafasdoşim, sirdoşim, darddoşim Lola qani?
Qani? Qani?! Qani axir?!
Dunyo degani huvillab qoldi-ku!
Onajonim, Sizni soğindim!” deb yozdi. Bildik, ammo zorimiz bor, zörimiz yöq edi. Faqat bugun öksinamanki, ukalik, şogirdlik vazifasini ham qoyil qilolmadim. Ana, şunday qilib yaşaganini bildik, lekin akamning köngli özini yaxşi köradigan, özi yaxşi körgan insonlar bilan birga edi! Öylab qarasam, akam biz suyangan TOĞ ekan. Şu TOĞning qulaşi, qalbimizni ezdi. Bizni quvontirib, söngra yiğlatib, qalbimizda katta böşliqni qoldirib ketdi. Şu kunlarda köp soğinyapman, sizni aka!.. Essiz, TOĞlar ham qularkan-da?!
Ğiyosiddin Önarov
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


