Özbek şeʼriyatini 60-yillarda bir ovoz çertdi. Uning ötkir nafasi mudrayotgan millatni bir dam tölqinlantirdi, söniq qalblarni uyğotdi, unutilgan keçmişni kuyladi. U ruh baxş etgan sözlar asta-sekin xalqning qalbidan joy oldi. Bu ovoz bugun ham köplab şeʼriyat ixlosmandlarini öz bağriga çorlaydi. Bugun bu şeʼriyat Omon Matjon nomi bilan özbek şeʼriyatida özining sahifasini oçdi.
Özbekiston xalq şoiri Omon Matjon ijodi sarhadlarini belgilaş qiyin, uning ilk şeʼriy töplami “Oçiq derazalar” hamda “Karvon qönğiroği”, “Yonayotgan daraxt”, “Yarador çaqmoq”, “Quyoş soati”, “Haqquş qiçqiriği”, “Seni yaxşi köraman”, “El birla böl”, “Diydor aziz” kabi kitoblarida öziga xos ramziy-majoziy obrazlar, timsollar tili bilan fikrni ifodalaşga moyillik kuçli, bu ijodkor uslubining öziga xos badiiy kuçidan dalolat.
Şoirning şeʼrlarini öqiganda sevgining, baxtning iliq va yoqimli epkinlarini tuyasiz, baʼzi şeʼrlari suronli hayotning ğalat hollarini anglatsa, baʼzi şeʼrlari öqirmanni çuqur muşohadaga undaydi, yana biri esa yuzga aççiq tabbassum yugurtiradi.
Omon Matjon ijodida bezovta bu dunyoda bezovta yaşayotgan, özini qidirib yaşayotgan, insonning qadri yöqolib ketayotganiga açinib, taşviş qilib, qanday qilib insonning pok nomini yana yuqoriroq kötarişni öylab yaşayotgan insonning yuragini köraman.
Ozod Şarafiddinov
Bizning avlodning eng peşqadamlaridan biri, şubhasiz, Omon Matjondir. U armiya xizmatida yurgan mahallaridayoq turkum-turkum şeʼrlari bilan yurtimizning jurnal va gazetalarini obod qildi va birdaniga xalqning mehriga sazovor böldi.
Abdulla Oripov
Omon Matjon asarlarini öqigan kişi öz taqdiridan minnatdor va öz istiqboliga işongan ijodkor xalq yuragini tinglaydi, zavqlanadi, köngliga şodlik töladi, tölib kuylagisi, quvonib yaşagisi keladi.
Hamid Ğulom
Omon Matjon biron narsa haqida yozsa, şunçaki yozib qolmaydi, yonib yozadi, olov bölib yonadi. U özbek şeʼriyatining yangi davrida özining ovozi bilan, özining qalb sadolari bilan ajralib turadigan şoirdir.
Umarali Normatov
Omon aka özbek adabiyotining yuksak çinorlaridan biri edi. Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Çölpon Ergaş, Maʼruf Jalil kabi şeʼriyatimiz ob-havosini belgilab turguvçi ijodkor edi. Ayni şu sababdan ham uning merosi adabiyotimizning kelgusi taqdiriga ham juda uzoq yillar taʼsir körsatadi, deb öylayman.
Xurşid Davron
Omon Matjon nafaqat özbek adabiyotining, balki butun umumturkiy xalqlar adabiyotining betakror ijodkori, ulkan şoiridir.
Usmon Azim
Omon Matjon şeʼriyati heç kimnikiga öxşamagan öz yöli, ovozi, uslubi bor şeʼriyat edi. Şoir ijodida tuşib qoladigan şeʼrlar yöq, yaşaydigan, umrboqiy şeʼrlar bor. Omon Matjondan çiroyli va gözal şeʼriyat boği qoldi.
Aşurali Jörayev
Omon Matjon öz davrining peşqadam zamonaviy özbek şoirlari qatorida tilga olinardi. Bir yaxşi fazilati bor edi: mumtoz adabiyotni yaxşi bilgani holda yoşlar ijodi, jumladan, yoşlar nasrini ham öqir, ularning badiiy salohiyati haqida muayyan tasavvurga ega edi.
Sobir Önar
Omon Matjon şeʼrlarida xalqonalik, allegorik obrazlilik, ijtimoiylik, nasrga xos epik tasvirni şeʼriy yölda ifodalaş, falsafiylik, haqiqatparastlik, davr fojialarini, inson dardini dadil aytiş jihatlari yorqin namoyon böladi.
Marhabo Qöçqorova
Otam, har qanday qiyinçlik boşga kelganda şukr qilişga va bu vaziyatdan çiqib ketişga harakat qilardilar. Doimo bizni olğa yurişga undardi. Otam bir inson orzu qiladigan hayot keçirdilar, deb öylayman.
Diyor Matjonov,
şoirning öğli
2022/6
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


