930 marta körilgan

Söz öyini – zör öyin

Dilşod Rajab

Jumboq bola

Qor desang, bobo deydi, (qorbobo)

Muz bilan qaymoq yeydi. (muzqaymoq)

Teşikdan kulça körar, (teşikkulça)

Atirni gulday terar.  (atirgul)

Toşli baqa bölar, der, (toşbaqa)

Soat qumga tölar der. (qumsoat)

Çeçakni boy deb aytar, (boyçeçak)

Boltani oy deb aytar. (oybolta)

Özi qandoq bola bu,

Ajib jumboq bola bu!

Sözboylovçi

Söz sehrli deydilar,

Demak, tilçi – sehrgar.

“S” örniga “M” qöysa,

“Sehr” dönar “mehr”ga.

“A”ni olib bir zumda

“Ayoz”ni “yoz” qiladi.

“Oz” oldiga “S” yozib,

Ajoyib “soz” qiladi.

Uçiradi “qovoq”ni

“Ari” qöyib yoniga,                    (Qovoğari)

Yurgizadi “oyoq”ni

Qöşib “sakkiz” soniga.            (Sakkizoyoq)

Turli gullar köp, biroq

“Karnay”ni ham “gul” qilar.   (Karnaygul)

Tartib bilan yuring deb,

“Yöl”larga “çiroq” ilar.         (Yölçiroq)

Sözboylovçi söz saylab,

Köngillarni xuşlasin.

Lekin sira köz boylab,

“Nay”ga “rang”ni qöşmasin.    (Nayrang)

Harflarga 

hazil(laşma)

“Nina”ga “çi”ni qöşdim     (ninaçi)

Uçib ketdi pirillab.

“Kit”dan “k”ni oluvdim,       (it)

Jahl qildi irillab.

“Toş”in taşlab toşbaqa    (baqa)

Tilga kirdi “qur”illab.

“Bör” bilan “i”ni yozdim     (böri)

Qoçing endi zirillab.

Boş harfi olinsa…

Zör “şer” “yer”ga aylanib,

“Toy” osmonda “oy” bölar.

Ulkan “tuya” kiçkina,

Quşlarga in-joy bölar.       (uya)

“Buloq” öynar “uloq”day,

“Quyon” “uyon” boqadi.

Ertakdagi “pari”lar

“Ari” bölib çaqadi.

“Toş”dan “T” tuşib qolar,

Oh, mazali “oş”-da u.

…Ne xayollar kelmaydi,

Boş harf emas, boş-da bu.

Ehtiyot şart

“Qop” turibdi, “qöl” bersang,

“Qölqop” bölar, kerakli.

“Qop”ga “lon” qöşilsami,         (qoplon)

Qoç, hovuçlab yurakni.

Tinç “yöl” ham “bars”i bölsa   (yölbars)

Xavotirli böladi.

“Zar” öralsa “peçak”ka,             (zarpeçak)

Yaşnamaydi, söladi.

Teskari öqiganda

“Qöy”ni ters öqisang,

“Yöq” bölib qolar.

“Zoğ” birdan “ğoz” bölib,

Ğöddayib olar.

“Kit” esa “tik” holda

Suzadi sekin.

“Kiyik” va “kuçuk”-çi,

Özgarmas lekin.

Qay yondan öqisang,

Bir xil “quduq” ham.

Qiziğ-a, özgarmas,

Özi “qiziq” ham.

Yozuv “yovuz” bölmasin

“Q” örniga “F” yozsang,

“Qil”dan  “Fil” paydo bölar.

“Gado”ning boşin olsang,

Albatta, “Ado” bölar.

“Bulbul”ni “Ğulğul” dema

“B” örnin “Ğ” olmasin.

“Z” örniga “R” yozma,

“Köz” “kör” bölib qolmasin.

“S”ni “L”ga almaşib,

Tiniq “Soy”ni “Loy” qilma.

Harflarni çalkaştirib,

Gapni poyma-poy qilma.

Dilşod Rajab

1964-yili tuğilgan. Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institut (hozirgi universitet)ida tahsil olgan. Bolalarga atalgan “Otamning boği”, “Alifbo”, “Sanoq”, “Taniş tovuşlar”, “Ön örtoq” kabi öndan ortiq şeʼriy va nasriy kitobi naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.