15 daqiqada öqiladi

102 marta körilgan

Keç topib, erta yöqotgan inim

Xolis eʼtirof ehtiyoji

Taqdirning işlari – tuşunarsiz. U odamni heç kutilmagan, hatto, xayolga ham kelmaydigan yöllardan yu­rişga majbur qiladi. Baʼzan yaqinim deb yurganlardan uzoqlaştirsa, baʼzida borligi könglining köçasidan ham ötmagan kişilar bilan yalakat mağizday ajralmas qilib qöyadi. Olam va odamga qaraşlari hamda ifoda yösinidagi öziga xosligi bilan ança tanilib qolgan yozuvçi Luqmon Börixon bilan men juda keç tanişdim. Luqmon bilan ilk bor körişganimda u önlab hikoya, bir neça qissa çiqargan, hatto, “Jaziramadagi odamlar” romanini yozib, qölyozmasini kimga öqitişni bilmay yurgan kattagina ijodkor edi.

2004-yilning kuzi edi, şekilli. Milliy universitetning qaysidir kursdagi maʼruzadan toliqibroq çiqsam, dahlizda ikki yigit kutib turgan ekan. Uzunroq böylisini taniganday böldim: şeʼrlari surati bilan yaqinda “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida çiqqan va bitiklari samimiyati hamda kutilmagan taşbehlarga boyligi tufayli menga juda yoqib qolgan Alişer Nazar. Yonidagi böyi örtadan pastroq, ammo xuddi kuraşçi polvonlar kabi girdiğumdan kelgan, yelkador, taroqqa böy bermas soçlari tikraygan, turqi tarovatidan sahroning bolasi ekani şundoqqina bilinib turgan qoraça yigitni Alişer menga taniştirdi: yozuvçi Luqmon Börixon! Yozuvçi inimizning tabiat zeb berişga unçalik ham hafsala qilmagan dağalgina yuzidagi qizlarniki yangliğ katta quralay közlari kişi eʼtiborini öziga tortardi. U nimanidir iltimos qilmoqçiday qimtinibgina turardi.

Alişer kirişimligina yigit ekan, ikkovimizni taniştirib, Luqmon boşqaçaroq roman yozganini, uni menga öqitib fikrimni bilmoqçiligini aytdi. Hali qölyozmani öqiş u yoqda tursin, qölimga ham olmasimdan oldin, uni çop qi­liş mumkinligi haqida oldindan tayyorlab kelingan xatga qöl ham qöydirib oldi. Bu qoğoz naşriyotdagi işlarni boşlab yuborişga asos böladigan şunçaki vaqtinçalik rasmiy qoğoz emiş. Negadir, men Alişerga işonib, odatimga qarşi, öqimagan asar haqidagi yozmagan fikrimga qöl qöyib berdim. Şunça iş bitgunça bir oğiz ham gap qöşmay jimgina turgan romannavis oğamiz qölyozmani bergaç: “Iltimos, iltimos, öqib fikringizni aytsangiz!” – dedi. Men odatimga köra: “Fikrimni özlaringiz yozib qöyibsizlar-ku?!” – deya piçing qilganday ham böldim.

Garçi yuz amri issiqligidan şaştini qaytarmay, yigitlar tayyorlab kelgan qoğozga qöl qöyib bergan bölsam ham, bundan biroz malollandim, oğrindim. Şu bois, qölyozmaga ham yoqtirmayroq qaradim. Buning ustiga, roman sifatsiz qoğozga juda mayda şriftda terilgan ekan. Uyga borgaç, unga şunçaki bir köz taşlab qöydim, asar: “Aşur qamoqdan çiqibdi!” jumlasi bilan boşlangan ekan. Romanning heç qanday kiriş-piriş-u adabiy-taşkiliy tayyorgarliklarsiz, töğridan-töğri boşlanib ketavergani qiziqtirdi, şekilli, öqişga tuşib ketibman. Men tabiatan ança tez öqiyman, lekin sifatsiz qoğozga mayda harflarda yozilgan uç yuz öttiz beş betlik romanni işdan qaytgaç boşlab, ertalabgaça tugatib qöyganimga özim ham hayron qolgandim. Asar mening yozuvçi haqidagi ilk noxuş taassurotlarimnigina emas, balki umuman, özbek romançiligi borasidagi qaraşlarimni ham özgartib yubordi. Asar yuzasidan özimda tuğilgan fikrlarni yozişga tutindim va bir neça kun içida bir intervalda roppa-rosa ön yetti qoğozlik fikr bildiribman.

Meni Luqmonning romandagi badiiy konsepsiyasi hayot va odamga yondaşiş tarzi, uni köriş, körsatiş va munosabat uyğotiş yösini hayratga solgandi. Yozuvçi­ning kulib-kulib öqiladigan, osongina yozilganday tasavvur qoldiradigan asari odam, jamiyat va adabiyot munosabatlari borasida milliy ilmda şakllangan fikriy qoliplarni sindirişi jihatidan tengsiz bir badiiy hodisa edi. Luqmon Böri­xon asari orqali olam va odamga yonda­şiş böyiça bizda mavjud bölgan stereotiplarni buzib yuborgan edi. Eng muhimi, şunday oğir yumuş heç bir zöriqilmay, yengilgina bajarilgandi. Faylasuflikning köçasidan ham ötmagan personajlar taqdiri aks ettirilgan bu asar millatning falsafiy qaraşlar tizimiga kuçli taʼsir körsatiş qudratiga ega edi. Çunki özbek jamiyati xöjasini yöqotgan ayolga marhum erning ruhiga sadoqat saqlaş ixti­yorini qoldirgan, boşqaça har qanday tutum jamiyat tomonidan qoralanar edi. Luqmon beva ayolga tamomila özga rakursdan qarab, boşqaça konseptual yondaşuv taklif etgandi. Jamiyatning, undagi har bir odamning ol­diga bevaning tabiatiga zuğum qilişga, undan biz belgilagan yölidan yurişni talab qilişga haqlimisiz, degan savol qöyilgan edi.

Romanda butun kuçini çindan yaxşi bölişga emas, balki yaxşi bölib körinişga sarflaydigan, özga u yoqda tursin, özini-da tu­şunişga urinmaydigan, ölib-tirilib odamlarda özi haqida tuzuk taassurot qoldirişgagina urinadigan munofiq kişilarga xos xatti-harakat va tutumlarning insonlar taqdirida çuqur va yoqimsiz izlar qoldirgani işonarli aks ettirilgan. Odamning tabiiy mayl va xohişlari inkor qilinib, kimlarningdir istagi, qandaydir siyosiy va mafkuraviy manfaatlar uçun odamlardan qahramonlar yasaş, insonni öz tabiatiga monand, istagiga muvofiq yaşaşga qöymaslik, uning turmuş tarziga zuğum ötkaziş yomon oqibatlarga olib kelişi “Jaziramadagi odamlar”da samimiyat bilan tasvirlangan edi. Millionlab odamlar çöllarning özlaştirilişi insonning tabiatga qilgan marhamati, uni gözallaştiriş, yanada yaxşilaş sari qöyilgan qadam deb hisoblab turgan bir vaqtda yozuvçi bu asarida, qanday niyat bilan amalga oşirilmasin, çölning çöl, kölning köl, toğning toğligiga daxl qiliş zulm ekani va heç qaçon yaxşilikka olib kelmasligini bir qator personajlar taqdiri hamda asardagi 41-sovxoz holati bilan muvoziy tarzda aks ettiradi. Aslida, Luqmon asarida atay ijtimoiy muammo kötarmaydi, balki odam taqdirini aks ettiradi. Odam esa hamişa ijtimoiy muam­molar oğuşidadir.

Meni bir öqirman sifatida romanning tili öziga maftun etgandi. Yöq, Luqmon qandaydir bir alohida badiiy til kaşf qilgani yöq edi. Şunçaki asardagi har bir personajning öziga xos alohida odam ekanidan kelib çiqib, ular­ning har birining öz tilini topa bilgandi. Muallifning tili ham şu qadar ravon, şu qadar jozibali, şu qadar aniq ediki, özbek tilining ifoda imkoniyatlari bunçalik kengligidan yuraklar hapriqib ketardi. Bir qaraşda, yozuvçi asarda tanlab ötirmay, duç kelgan sözni işlatib ketaverganga öxşardi. Lekin Luqmon ötkir mantiqiy tafakkurga egaligi hamda milliy til boyligidan yaxşi xabardorligi tufayli har bir söz öz örnida işlatilgan va topib aytilgan bölib çiqqandi.

Albatta, men bu talantli yozuvçini yaxşi körib qoldim. Biz ança yaqinlaşib ketdik. U, özi aytmoqçi, bironta “qurbon”ni yetaklab meni bot-bot yöqlab turardi, uzoqroq körmay qolsam, uni özim izlab qolardim. Mening oldimga kelişdagi çiqimga şerik böladigan yöldoşlarini öziga xos yumor va topqirlik bilan “qurbon” deb atardi. Bu qurbon köpinça men ijodini ham, özini ham yaxşi köradigan Ismoil Şomurod, baʼzan “Katta jigit böp juripsizma?” deb hazillaşadigan Sobir Önar, gohida ğoyat jiddiy va sirli Töxtamurod Rustam, baʼzida içida kulgisi qaynab tursa-da, sirtdan juda jiddiy, hamişa obid Alişer Nazar bölardi.

Luqmon bilan köplab uçraşuvlarda, safarlarda birga böldik va borgan sari men uni öz inimday yoqtirib qoldim. U ötboşisidagilarni qattiq yaxşi körar va ayar edi. Uzoq umr körgan otasini, köplagan aka-uka va opa-singillarini tez-tez yöqlab turardi. Uydagilariga yaxşiroq şaroit qilib beriş uçun qoraroq işlarga ham qöl urişdan qaytmasdi. Şunday vaqt men aqllilik qilib, isteʼdodni har narsaga sarflayvermaslik haqida ögit bergan bölardim. Oğir ijtimoiy-siyosiy ötiş şaroitida köpson­li ötboşini taʼminlaş oson bölmayotganini öylab ham körmasdim, albatta.

Luqmon özining şaxs qudrati va ijodiy imkoniyatini yaxşi biladigan yozuvçi edi. Şuning uçun u taşqi körinişga unçalik eʼtibor qilib ötirmasdi, şekilli. Tugmasi heç qaçon qadalmaydigan kostyumining bir yelkasini sal tuşirib, beçorasifat bölib körişar, atrofidagilarning xatti-harakatlariga hamişa biroz quvlik bilan, kulib qarar, unçalik örinli bölmagan holat yuz bersa, tilini çiqarib, qöllari bilan yuzini bekitar edi.

2015-yilning avji saratonida Luqmon Börixonning ellik yilligi munosabati bilan taniqli şoir va qozi Xol Muhammad Hasan, kinorejissyor va barça ijodkorlarning dösti Keldiyor Xudoyor yöldoşligida Qaşqadaryoda uçraşuvlarda böldik. Uçraşuvlarni Keldi­yor boşdan oyoq tasmaga oldi. Öşa uçraşuvlarda Luqmonning odam ruhiyatini qançalar yaxşi bilişi va uni juda sodda yösinda tuşuntira oliş qudrati yaqqol körindi.

2023-yilning may oylari oxirroğida Yangiyer şahridagi qaysidir bir maktabga Luqmon Börixonni Hayot Şodmon, Abduhamid Muxtor, Mustafoqul Jöra singari ijordkorlar bilan birga uçraşuvga olib bordim. Öquvçilar Luqmonning qissa va hikoyalarini ança tu­şunib öqişgan ekan. Köp çiqişlar, qiziqarli va kerakli savol-javoblar böldi, öquvçilar Luqmonni örab olişib, qayta-qayta suratga tuşişdi. Lekin Luqmonning çehrasi heç oçilmadi. Nega bunday injiqlanayotganining sababini sörasam, mazasi bölmayotgani, beli qattiq oğriyotganini aytdi. Çamasi, oğir kasal özini bildirayotgan ekan.

Aytilganiday, Luqmon Börixon qahramonlari ruhiy holatidagi öziga xoslikni tasvirlaş mahoratini töla egallagan adib edi. “Bir tomçi yoş” qissasi boş qahramoni, isteʼdodli rassom Baxtiyorning kölmakdagi oy aksiga közi tuşgandagi holati: “Nogoh uning közi hovuz tubidagi kölmakda balqib turgan yulduz­larga tuşdi. Isqirt bir kölmakda balqib turgan yulduzlar! Tun! Qop-qora, motamsaro daraxtzor! Körganlari Baxtiyorga sirli bir hikmatlar söylardi, fikratiga sirli bir işoralar qilardi.
Uning yuragida taniş, juda taniş tölqin kötarildi. Lazzatli bir iztirob butun şuuriga silqib kirdi”
tarzida aks ettiriladi. Qahramonni bunday trans holatga solgan manzaraning yonidagi yöldoşlariga mutlaqo taʼsir qilmagani tasviri esa obraz tabiatidagi özgaçalikni börttirib körsatişga xizmat qilgan.

Yozuvçi Luqmon Börixon tabiat manzaralarini heç qaçon odam va uning kayfiyatidan ayro körmaydi. Ruhiy kayfiyat bilan tabiat manzarasi uyğunlaşgan örinlarda muallif özbek sözining bor ifoda imkoniyatini köz-közlaganday böladi: “Kuz oftobi horğin va öyçan yiltillab turardi. Göyo undan nur örniga zang yoğilayotgandek, dov-dalalar sarğiş-qizğiş tusga qorişib mahzun yastanib yotardi. Xazonlar şitirlab-şivirlab, havoda bir zum muallaq qotgan köyi ohista yer bağirlaydi”. Asarlarida Luqmon köpsözlikdan, batafsillikdan qoçib, personajlar ruhiyatidagi inja holatlar va çigal kayfiyat manzaralarini aks etti­rişga qöl keladigan tasvirlarnigina qöllaydi. “Bir tomçi yoş” qissasida Baxtiyor beixtiyor yaratib qöygan şedevr rasm haqidagi: “Unda ranglar ingroği baralla taralardi. Unda abadiyat, mangu dard, mangu savol ğujanak bölib yotardi. Bu asar körgan közdan bir tomçigina yoş talab qilardi” tasvirida yozuvçi sözdan qanday foydalanişning klassik namunasini körsatib qöygandi.

Luqmon Börixon – buyuk ruhşunos edi. U odam ruhiyatidagi yuksaliş va tubanlaşuv bosqiçlarini juda çuqur bilar va asarlaridagi obrazlar misolida mahorat bilan tasvirlay olar edi. Çunonçi, “Quyoş hali botmagan” qissasida odamning hayoti yuksaliş va enişlar, topiş va yöqotişlardan iborat bölişini timsollarning ezgulik va halollik timsoli böl­miş Absal polvonni taniş-tanimaslik va unga yaqinlaşiş yoki undan uzoqlaşişni boş qahramonlar ruhiyatidagi ana şu maʼnaviy bekatlarni aks ettiradigan öziga xos ramz sifatida tasvirlaydi. Qissada ösmir Norsoat tilidan: “Biz hali Absal polvonni tanimas edik” tarzidagi iqror tört marta qaytariladi. Oradan biroz vaqt ötgaç, öspirin Norsoat: “Biz Absal polvonni tanidik”, deydi ikki bora. Töğri yöldan ketayotgan köngli toza yigit Norsoat: “Biz Absal polvonni tanidik, bildik”, deb bir marta ayta oladi. Ayni vaqtda tirikçilikning adoqsiz va ğirrom taşvişlariga öralaşib qolgan qahramon: “Biz Absal polvondan uzoqlaşgan edik”, deya ikki bor iqror bölişga majbur edi. Söng u: “Biz Absal polvonni unutdik”, deydi bir bor yaqin ötgan zamon şaklida. Voqealarning keyingi rivoji uni ötgan zamon hikoya feʼli yösinida: “Biz Absal polvonni unutgan edik”, deb tört marta aytişga majbur qiladi. Odamiylikning ölçovi bölmiş kişilarga ham umr manguga berib qöyilmagani qahramonning: “Biz Absal polvonni mangu yöqotib qöydik”, deya uç bora bildirgan taassufida namoyon böladi. Asar bir-birini, aslida, har biri öz-özini ham topgan Norsoat va Davronlarning: “Biz Absal polvonni yana qayta topib olgan edik” tarzidagi hayotbaxş hayqiriqlari bilan tugaydi. Bu ön sakkiz takror qissa qahramonlari ruhiyatidagi ösiş-özga­rişlarning ön sakkiz bekati edi.

Şu qissada raşkdan örtanib yurgan Norsoatning köziga qişloq keçasining: “Qop-qora osmon toqida tölin oy öyçan va xomuş termulib turar, keç kuzning salqin epkinidan dov-daraxtlarning qovjiroq barglari xazin şitirlar, oyning zardobtus yoğdulariga burkanib yotgan köça-köy, ekinzorlar horğin va pari­şon mudrar edi” tarzidagi körinişi tasvirlanadi. Birpasdan söng suyuklisining sözsiz iqrorini tuygan yigitning nazarida endi tun: “Öşa tun, öşa nurli, fayzli keça tölin oy hamrohim, sirdoşim böldi. Uning zarrin yoğdularidan arqon eşib, arğimçoq uçdim, qişloq biqinidagi paykal böyida majnunona kezinib yurdim” körinişida namoyon böladi. Sal kun ötib, kuraşda ğirromlik bilan Davronni yiqitgan Norsoatning köziga “Qop-qora osmonning bir çekkasida zanglagan temir barkaşday tölin oy körin”gani tasvirlanadi. Yoki uyat-u vijdon azobi olovida qovrilayotgan yigit nazarida oyning holati “Men közlarimni kökka opqoçdim. Miltil­lagan yulduzlar göyo hurkib, uyalib ğuj-ğuj töplanib olgandek edi. Sap-sariq tölin oy battar sarğayib, sölib, behol bözarib turardi” tarzida körinişi ortiqça tasvirlarsiz ham qahramonning köngil holatini ilğaş imkonini beradi.

Ana şunday uluğ adib edi Luqmon Böri­xon. Men uning bir qança kitobiga sözboşi yozganman, ayrimlariga taqriz bitganman. 2023-yilning yozida Kosonsoy sanatoriysida dam olayotgandim. 25-iyul kuni “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining boş muharriri Humoyun Akbar qönğiroq qilib, yozuvçi Luqmon ötib qolganini, unga taʼziya bitik yozib bersam, yaxşi bölişini aytib qoldi. Öşa payt­dagi holatimni tasvirlay olmayman. Çunki ham yoş, ham baquvvat, ham ğoyat hayotsevar yigitning ölimi aqlga siğmasdi. Naçora keç topib, erta yöqotgan inim bilan uzoqda turib xayrlaşdim. Humoyun aytgan bitikni yozib berdim. Unda şunday deyilgan edi:

“Ruhiyat suvratçisi

Ayovsiz ajal zamonaviy özbek nasrining adl çinorlaridan yana birini qulatdi. U millatning turmuş tarzi va ruhiy dunyosini öta teran bila­digan hamda öqiganni muvozanatdan çiqaradigan yösinda tasvirlay oladigan uluğ yozuvçi Luqmon Börixonni oramizdan kutilmaganda olib ketdi. Xom sut emgan biz bandalarga yonimizda yurgan har bir odamning omonat ekanini tuymaslik xususiyati – xos. Şuning uçun ham Luqmonning ölimini aqlga siğdirib bölmaydi. U juda yoş, baquvvat va soğlom, yaşaşga ğoyat taşna yigit edi. Uning ora­mizdan ketişi yaşnab turgan körkam oğoçning tösatdan qula­şiday hol böldi.

Heç tortinmay aytiş mumkinki, Luqmon Börixon uluğ yozuvçi edi. U ölgani sababli emas, balki tirikligidayoq uluğ adib edi. Lekin biz özbeklar şaxsning özi loyiq bölgan asl bahosini köpinça u dunyodan ötgandan keyingina berişga odatlanganmiz. Baʼzan hatto şunda ham oşkor aytgimiz kelmaydi. Luqmonning aksar bitiklarining badiiyati dunyo adabiyotining sara namunalari bilan bemalol bellaşadigan darajada edi.

Luqmon Börixonning buyuk ijodkor ekanini taʼminlaydigan omil uning har qanday hodisa zamirida qonuniyat borligini köra va körsata bilişida namoyon bölardi. U odamlar va ular bilan yuz bergan voqealarnigina emas, balki bularning sabablarini ham butun murakkabligi bilan tasvirlay oladigan yozuvçi edi. Maʼlumki, bunday sabablar heç qaçon yuzada bölmaydi. Luqmon öz bitiklarida hamişa içki mohiyatni aks ettirişga erişardi.

Luqmon qisqa umri davomida “Jaziramadagi odamlar”, “Temir yöl”, “Zanjirband şer”, “Begonalar yurmas bu yerda”, “Imom Moturidiy”, “Titrayotgan toğ” kabi salmoqli romanlar; “Xizr körgan yigit”, “Qidiruvdagi qiz”, “Sirli muallim”, “Bir tomçi yoş”, “Quyoş hali botmagan” singari jozibador qissalar hamda önlab tatimli hikoyalar yaratdi. Bu bitiklarda özbekning hayot yösini, ruhiy olami, tutumlari haqqoniy va taʼsirli aks ettirilgan.

Olam va odamga faqat özigagina xos nazar bilan qaraydigan Luqmon Börixon hayotda yuz berayotgan voqea-hodisalarning konseptual asoslarini köra bilardi. U olam va odamlar­ning heç kim payqamagan, izohlaş xayoliga ham kelmagan jihatlarini körar va badiiy aks ettirar edi. Şuning uçun ham “Jaziramadagi odamlar” romani sovet davridagi qişloqning abgor ahvoli aks etgan şunçaki bir roman emas, balki butun bir jamiyat tanazzulining ijtimoiy-iqtisodiy, ruhiy-maʼnaviy sabablari teran va işonarli körsatib berilgan öziga xos badiiy qomus böldi. Unda xoh odamga, xoh tabiatga bölsin qilingan zuğum zulm ekani va u şunga yaraşa natija berişi haqqoniy aks ettirilgandi.

“Imom Moturidiy” romani ham qadim tarixda ötgan faqihning boşidan keçgan voqealar töğrisidagi bitik emas, balki islomni aqlan anglaş va qalban tuyiş hamda bu jarayonda tayaniladigan şarʼiy aqidalarni tuşunişning butun azob-u quvonçlari aks ettirilgan falsafiy-psixologik asar edi. “Bir tomçi yoş” qissasida noraso jamiyat tuşunmagan, ayovsiz tuzum bağriga siğdirmagan daho ijodkorning qonsiz fojiasi körsatib berilgandi. “Quyoş hali botmagan” qissasi bugungi özbek yoşlari ezgu maʼnaviyatli bölişlari uçun qanday yöllarni bosib ötişlari kerakligi jonli odamlar taqdiri misolida öta taʼsirli va haqqoniy tasvirlangan edi.

Luqmon Börixon özbek sözining jilvasi va tasvir imkoniyatini töliq egallagan ijodkor edi. Uning sözdan foydalaniş mahorati şunçalar ediki, yozgan publitsistik va oçerknamo bitiklari ham badiiy asarday öqilib, kişini çuqur öyga toldirar edi. Uning asarlaridagi tabiat tasviri odamning tinimsiz özgarişlar oğuşidagi ruhiy dunyosining manzaralari bölardi.

Luqmon millatini qattiq sevardi. Töğri, bu sevgi yalanğoç aytilmasdi, undovlar vositasida ifodalanmasdi, balki barça bitganlarining zamiriga singdirib yuborilgandi. Şuning uçun ham uning borliq asarlariga oşkora kulgi uyğotmaydigan dardçil yumor, adoqsiz kinoya yöldoş bölardi.

Yozuvçi Luqmon Börixon, birinçi navbatda, ulkan şaxs edi, uning uluğ adibligi ana şu şaxsligining natijasi edi. U özining barça insonlik rutbalarida ana şu şaxsiyatga xos jihatlarini töliq namoyon qila bildi. Luqmon ota-onasiga mehribon öğil, bolalariga jonfido ota, yaqinlariga kuyunçak jigar, örtoqlariga işonçli döst sifatida yaşab ötdi. Töğri, u öz umrini juda qisqa fursatda yaşab ötdi, lekin juda köplarning könglida mangulikka qoldi.

Nimayam qilardik, ölim haq. Qismatga qarşi borib, uni tahrir qilib bölmaydi. Özbek adabiyoti örni qoplanmaydigan navbatdagi yöqotişga könikişga majbur. Yaratgan buyuk Luqmon Börixonning ruhini rahamatiga olgan bölsin! Umid qilamizki, odamsevar adibning ikkinçi umri uzoq bölgay!

2023-yil 26-iyul”.

Bilganday “…biz özbeklar, şaxsning özi loyiq bölgan asl bahosini, köpinça u dunyodan ötgandan keyingina berişga odatlanganmiz. Baʼzan hatto şunda ham oşkor aytgimiz kelmaydi”, deb yozgan ekanman. taʼziya bitik “ÖzAS”da eʼlon qilinganda undagi: “Heç tortinmay aytiş mumkinki, Luqmon Börixon uluğ yozuvçi edi. U ölgani sababli emas, balki tirikligidayoq uluğ adib edi. Lekin biz özbeklar şaxsning özi loyiq bölgan asl bahosini köpinça u dunyodan ötgandan keyingina berişga odatlanganmiz. Baʼzan hatto şunda ham oşkor aytgimiz kelmaydi. Luqmonning aksar bitikla­rining badiiyati dunyo adabiyotining sara namunalari bilan bemalol bellaşadigan darajada edi.

Luqmon Börixonning buyuk ijodkor ekanini taʼminlaydigan omil uning har qanday hodisa zamirida qonuniyat borligini köra va körsata bilişida namoyon bölardi. U odamlar va ular bilan yuz bergan voqealarnigina emas, balki bularning sabablarini ham butun murak­kabligi bilan tasvirlay oladigan yozuvçi edi. Maʼlumki, bunday sabablar heç qaçon yuzada bölmaydi. Luqmon öz bitiklarida hamişa içki mohiyatni aks ettirişga erişardi” jumlalari olib taşlangandi. Lekin oyni etak bilan yopib bölmaydi. Çinakamiga buyuk adibimizning oxirati obod bölsin! Uning asarlarida davom etadigan ikkinçi umri uzoq bölsin!

2025-yil 31-iyul

 

Qozoqboy YÖLDOŞ,

pedagogika fanlari doktori, professor

1949-yili Sirdaryo viloyati­da tuğilgan. Guliston davlat pedagogika institutining Özbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.

Uning “Kiyik söqmoqdagi yölovçi”, “Söz yolqini”, “Yoniq söz”, “Jilovlanmagan tafakkur mahsuli”, “Oçqiçsöz” kabi öttizdan ortiq ilmiy-ada­biy, publitsistik kitoblari naşr etilgan.

 

 

“Yoşlik” / 2026 / 9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)