Suyukli adibimiz Xudoyberdi Töxtaboyevning bolaligi haqida qissa*
Menkim, Hoşimjon Röziyev!
– Hoy bolalar, bolajonlar! Örtoğ-u örtoqjonlar! Eşitmadim demanglar, meni tanib qöyinglar! Taniganlarga ming rahmat, tanimaganlarga aytib-taniştiriş esa sizlarga xizmat! Labbay, nima dedingiz?
– Ismingni özing ayta qol.
– Aytsam, aytaveraman. Mendan nima ketdi! Mening ismim – Hoşimjon, familiyam Röziyev. Meni maşhur qilgan inson – Xudoyberdi…
– Töxtaboye-yev-v!
– Qoyilman, topdingiz. “Sehrli qalpoqça”, “Sariq devni minib”, “Sariq devning…
– …ölimi”!
– Yana bir marta qoyil! Özim ham şunday deb öylagandim. Men haqimda yozilgan ajoyib qissalarni öqimagan bola qolmagan yurtimizda, töğrimi? Hatto yoşi katta bobojon, ayajonlar ham qöldan qöymay öqişar ekan, kula-kula mendek ajoyib-ğaroyib bolaga tasannolar yoğdirişar ekan. Hatto öğil körgan yangajonlar orasida farzandiga Hoşimjon degan ismni maʼqul köradiganlari köpayib ketibdi. Qoyilmisizlar?! Men sevinmay kim sevinsin, men quvonmay kim quvonsin?!
Muddaoga köçing, dedingizmi? Köçaman, aytaman desam, gap köp. Avval salom, keyin kalom, undan keyin ta… E, uzr sörayman, oxirini aytmasam ham bilasizlar.
Xullas, hozirgi zamonda telefonda SMS jönatadiganlar köpaygan desangiz! Baʼzan yomğirday şarros quyiladi, baʼzan sel bölib-jala bölib keladi. Telefonimning içida toşqin röy beradi, SMS toşqini! Mengaki, şu-unça xat-xabar kelsa, iltimos-u murojaat yoğilsa, boobrö kattakon ustozlarimiz qandoq qilişarkin?.. Öylab, boşim qotadi.
Bir sirni oçsam, heç kimga aytmaysizmi? Mening ikkita çöntak telefonim bor, ikkoviyam sovğaga kelgan, ikkoviniyam işlataman. Birini u çöntagimda, ikkinçisini bu çöntagimda saqlayman. Öng çöntagimdagisining ismi – “Önaqay”, çap çöntagimdagisining ismi – “Çapaqay”. Baʼzan unisining, baʼzan bunisining çakagi tinmaydi, lekin ikkovi baravariga xuruj qilib qolsa, mening ahvolimni tasavvur qilavering! Baʼzan tajriba ötkazaman. Buning uçun bu çöntagimdagi telefondan u çöntagimdagi telefonga qönğiroq qilaman, negadir “Önaqay”da tovuşim böğiqroq eştiladi, ehtimol, böyim çözilib, ovozim rasta bölayotgandir, degan xayolga boraman, gohida esa ikki telefonli odamning quloği tinmaydi, degan gapning naqadar töğriligiga çippa-çin işonaman.
Bilaman, hammangizda telefon bor. Uyda ham, köçada ham, yotsangiz ham, tursangiz ham qölingizdan tuşmaydi. Eşitişimga qaraganda, keçasi yostiğining ostiga qöyib uxlaydiganlar ham köpayib borayotganmiş! Yaqindagina Butunjahon çöntak telefonlari xalqaro uyuşmasi anjumanida iştirok etib qaytdim. Öşa yiğilişda dunyo bolalariga murojaatnoma öqib eşittirildi. Murojaatnomani kim öqib eşittirganini aytaymi? Aytaveraymi?!
Bolajon bobomiz Xudoyberdi Töxtaboyevning öğli Bobur Töxtaboyev öqidi! Bilasiz, Sanobarxon ayamiz Xudoyberdi bobomizga tört öğil va ikki qiz tuğib berganlar. Bobur aka oilada uçinçi öğil. Özi Toşkentda tuğilgan esa-da, Parijda, öşa Butunjahon xalqaro uyuşmada işlayotganiga öttiz yildan oşibdi, kattakon mulozimlardan biri ekan! Murojaatnomani öqiş asnosida dam ingliz, dam fransuz, dam ispan tilida gapirdi, savol-javob qildi, tinglovçilarning oğzi oçilib qoldi! Bizning ona tilimizning heç bir tildan kam joyi yöq, dedim-da, şartta örnimdan turib, xalqaro odob talablarini saqlagan holda, özbek tilida savol berdim. Bobur aka özbek tilida şunaqangi biyron va ravon javob qaytardiki!.. Dunyoning bir yuz sakson mamlakatidan taşrif buyurgan mehmonlar hayratda, çekka-çekkadan, bu janob qayerlik, qaysi millat farzandi, deb savol yoğdirişdi-ku! Anjumanni boşqarayotgan xonim uç tilda javob qaytardi – “Sizlar bilan hamsuhbat bölgan janob Bobur Töxtaboyev asli özbek. Özbekistondan. Taniqli siyosatşunos olim, xalqaro miqyosdagi jamoat arbobi”, dedi. Men faxrlanganimni, boşim osmonga yetganini taʼriflaşga tilim ojiz, tilim! Qani edi, imkonini topsam-u, “Bobur aka mendek ölmas Hoşimjon Röziyev siymosini yaratgan, dunyoga dong taratgan ajoyib va suyukli yozuvçimiz Xudoyberdi Töxtaboyevning farzandi!” deb yuborsam!..
Xullas, murojaatnomada nima gaplar yozilganini qisqaça aytsam, birdan qörqib ketmanglar. Löndasini aytsam, butun dunyo çöntak telefonlari tomonidan siz va bizning yoşimizdagi bolalar soğliğiga qarşi uruş oçilgan! Tuşunyapsizlarmi, uruş! Bu uruşda ğoliblik kim tomonida bölişi har bir çöntak telefoni egasiga, yaʼni siz bilan bizga boğliq. Odobimiz, axloqimiz va irodamizga boğliq!
Qissadan hissa örnida bir döstona gapimni aytib qöyay: telefon quliga aylanib qolmanglar, ikki közingiz, ikki quloğingiz telefonda bölavermasin, durustmi? Öşa xalqaro anjuman kunlari eşitişimga qaraganda, ayrim taraqqiy topgan boy-badavlat xalqlarda telefon kasalligi avj olibdi. Bolalar gödakligidan yursa ham, tursa ham, yotsa ham, uxlasa ham, qöying-çi, qölidan telefon tuşmas ekan. Buning oqibatida hali közi, hali quloği, hali aqli şakllanib ulgurmagan allaqança bolalar… ğalatiroq bölib qolayotganmiş! Qanaqasiga ğalati, deysizmi?.. Qölidagi telefondan boşqa heç narsaga qiziqmaydigan bölib qolarkan. Yörgakdagi çaqaloqlar orasida ham onasi kökrak tutsa, “Yöq, menga telefon bering!” deb xarxaşa qiladiganlar köpayib borayotganmiş! Ota-onasining gapiga quloq solmas, aka-ukalari bilan gaplaşişni istamas, hatto köçaga çiqib öynamaydigan bölib qolar ekan! Köça çangitib öynamagan bola bolami?! Töğrimi?! Yana, sizlarga qanday tuşuntirsam ekan?.. Ha, mana, topdim: kulgili gap eşitsa – yiğlaydigan, yiğlatadigan gap eşitsa – hingir-hingir kuladigan savdoyisifat bölib qolarkan! Hay-hay-hay, şunga huşyor bölaylik, döstlar, örtoqlar, qadrdonlar! Axir dunyoda telefondan köra qiziqroq narsalar şu qadar köpki!..
Xullas, kunlardan bir kuni telefonimga navbatdagi SMS kelib tuşdi. Bilasiz, men nihoyatda band odamman, boş qaşlaşga vaqt yöğ-u, qönğiroq qiladigan, telefonda ezmalik qilib vaqtimni öğirlaydiganlar köpayib ketgan. Boşlab eʼtibor qilmadim, yana keldi, qaramadim, takror keldi, şundan keyin, majbur, qaradim. Ne köz bilan körayki, SMS Markazdan yöllangan ekan. Meni naq Markazning özi aloqaga çaqiribdi! Tasavvur qilyapsizmi, örtoqjonlar? Hoşimjon Röziyev hazilakam odam emasligiga işonç hosil qilyapsizlarmi?
– “Markaz” degan sözni şpionlar töğrisidagi kitoblarda öqigandik, sen ham şpionmisan?
– Ola-a! Qanaqa şpion? Men özingiz tanigan-bilgan Hoşimjon Röziyev bölsam, boşimdan neki ötgan bölsa, Xudoyberdi bobo boşdan-oyoq hikoya qilib bergan bölsalar… Şuni unutmang, men aytayotgan Markaz ilm markazi, kitob markazi, tafakkur markazi hisoblanadi, nuqul savob işlarga boş-qoş böladi, ha, şunday! Aytdim-ku, men…
– Bolaligida boşidan şu-unça sarguzaşt keçirgan odamlar şpionlik ham qilaveradi, deb eşitgandik, şunga…
– E, töxtang, juda zarur sözni tilga oldingiz – sarguzaşt! Men sizlarni sarguzaştga çorlamoqçiman, haqiqiy sarguzaştga! Xullas, Markazdan kelgan öşa SMSdan keyin boşimdan yana qançadan-qança sarguzaştlar, sinovlar keçdi, şularni bir boşdan sizlarga sözlab bersam degandim. Agar gapimni bölmay tursanglar, boşimdan keçirganlarimni batafsil hikoya qilib beraman. Kelişdikmi?
– Kelişdik.
– Xullas…
– “Xullas” degan sözni qaytaraverar ekansan…
– Nima, aybmi? Menga yoqadi “xullas”. Öngimda emas, tuşlarimda ham takrorlab çiqaman bu sözni. Qoyilmisizlar?.. Xullas, Markazga çaqirişdi, oyoğimni qölimga olib, ğizillab-hayallamay yetib bordim. Hol-ahvol söraşdi. Yumuşlaringiz boşingizdan
oşib-toshib yotgan bölsa ham, faqat siz ado etişingiz mumkin bölgan bir vazifa bor, deyişdi. “Qanday vazifa, qani, avval eşitaylik-çi?” deb özimni taroziga soldim. Maşhur odamlar şunday böladi, kim nima desa, laqqa tuşib ketavermaydi, deb eşitgandim-da, töğrimi?
Xullas, gapni uzoqdan boşlaşdi.
– Siz Xudoyberdi Töxtaboyevni yaxşi bilasiz, sizni dunyoga maşhur qilgan bolalarning suyukli adibini hurmat qilasiz. Şundaymi? Şunday. Faqat bir muhim narsani unutibmiz. – Qanday muhim narsa, deb söradim. – Buni qarangki, şu paytgaça Xudoyberdi Töxtaboyevning bolaligini köpçilik yaxşi bilmas ekan!
E, vo-oh! E, vo-o-h-h! Bu gapni eşitib ötirib, peşonamga şapati qöyib yubordim. Şunday şapati qöydimki, azbaroyi közlarimdan öt çaqnab ketdi. Özimning maşhur odamligimni ham unutib qöyibman desangiz. Markazdagilarning aqliga, topqirligiga tasanno aytib yubordim.
– Töğri, – dedim, – Xudoyberdi bobomizning ismini bilmagan odam yöq, lekin u kişining bolaligi – qayerda, qanday oilada tuğilgan, qanday tarbiya topgan, qanday odamlar orasida voyaga yetgan, qayerlarda öqigan, nimalarga qiziqqan, bolaligida qanday tansiq taomlarni yaxşi körgan, öqiş-yozişni qay tariqa örgangan, qanday bolalar öyinini yoqtirgan… mana şularni kim örganadi, odamlardan suriştiradi, xotiralarni yiğadi, ularni bir tartibga keltirib yozadi? Qani, ayting, kim?
Şu-unça savolni qatorlaştirib taşladim-u, nafasim içimga tuşib ketdi. Haqiqatan ham, vaqtida nega şularni öylamadik, yozuvçi bobomiz hayotlik çoğlarida qöyarda-qöymay u kişini gapga-suhbatga çorlab, xotirasini tinglamadik?! Eh, attang, attang!
Markaz xodimi meni gapirtirib qöyib, özi jim turib kutdi. Qarasam, zimda-an azmoyiş olyapti, yaʼni meni kuzatyapti, mendan javob kutyapti. Söng men bilan ortiqça paçakilaşib ötirmadi, maşhurligimga ham qaramadi-da, taklifni, yöq, topşiriqni burro-burro qilib quloğimga quydi:
– Şu vazifani zimmangizga olsangiz, katta savobga muşarraf bölasiz.
Söng birdan mening maşhurligim esiga tuşdi, şekilli, yöligami yoxud astoydilmi, xullas, hurmatimni joyiga qöydi. “Siz uluğ odamsiz, maşhurlarning maşhurisiz!” dedi. Nokamtarlikka yöymanglar-u, şu maqtov juda yoqib tuşdi – rad etiş qayoq-da! – çurq etmay tingladim. Axir kamina kimsan Hoşimjon Röziyev bölsam, men boş qahramoni bölgan qissalarni dunyodagi öttizga yaqin xalq bolalari öz tillarida öqiyotgan bölsalar, Markazda ötirgan unça-munça mulozimlardan-da taniqli odam hisoblanaman-da, şunday emasmi?! Xullas deng, Markaz mulozimi piça yumşab gapini davom ettirdi:
– Tuşunamiz, – dedi u salmoqlanib, –
topşiriq nihoyatda muşkul, ğoyatda masʼuliyatli, şu bilan bir vaqtda juda-juda şarafli. Takror aytay, bu yumuşni har kimga emas, faqat va faqat sizga loyiq kördik, sizga işondik. Sababi – ayni paytda rahmatli Xudoyberdi boboni yaqindan bilgan, u kişi bilan yonma-yon yaşagan boşqa yor-birodarlar qolmabdi hisob… Xabaringiz bor, vatandoşlarimizning katta-yu kiçigi, gödak bolalargaça kitob öqişga berilib, qiziqib turgan bir pallada zudlik bilan uşbu işga kirişasiz, bor ğayratingizni safarbar etasiz va tengdoşlaringiz qiziqib, miriqib öqiydigan ajoyib bir kitobça yozib berasiz! Biz sizga işonamiz!
Xullas, menkim, öz tengqurlarim orasida maşhurdan-maşhur, olamga donği ketgan Hoşimjon Röziyev bölmişning qançadan-qança yelib-yugurişlarim, suriştirişlarim, sarguzaştlarim mahsuli uşbu qissani siz azizlarimga tortiq qilmoqçiman. Faqat bir gapni oldindan aytib qöyay, Xudoyberdi ustozning bolalikda boşdan keçirgan sarguzaştlari mening boşimdan ötgan sarguzaştlarga qaraganda yuz çandon, ming çandon qiziqroq, sarguzaştlarga boyroq va… mungliroq ekan. Qissani öqing, bu gaplarimga amin bölişingizga işonaman.
Qani, boşladikmi? Mutolaaga kirişamizmi? Olğa, aziz oğaynijonlar, faqat olğa-a!
(Davomini 2025-yilning 9-sonida öqiysiz)
Xurşid DÖSTMUHAMMAD,
Özbekistonda xizmat körsatgan madiniyat xodimi
1951-yili Toşkent şahrida tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning Jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Nigoh”, “Hovli etagidagi uy”, “Panoh”, “Oromkursi”, “Söroq”, “Sof özbekça qotillik”, “Mahzuna”, “Ibn Muğanniy”, “Yolğizim – Siz”, “Köz qoraçiğidagi uy”, “Jajman”, “Hijronim mingdir mening”, “Bozor”, “Donişmand Sizif”, “Yuz yillik qotillik”, “Öyin”, “Dardingni olay” kabi asarlari naşr etilgan.
“Yoşlik” / 2026 / 9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


