Özbekiston xalq yozuvçisi, hajviy adabiyotimizning yirik va isteʼdodli vakili, atoqli adib Neʼmat Aminov 1937-yil 17 iyul kuni Buxoroning Romitan tumanida temirçi oilasida dunyoga keldi.
Isteʼdodi, ijoddagi samimiyati va topqirligi bilan adabiyot ixlosmandlarining mehrini qozondi – ilk hikoyasi, ilk kitobi bilanoq öquvçilar tiliga tuşdi. “Yolğonçi fariştalar” hajviy romani bilan esa dovruq qozondi.
Adibning birinçi hikoyalar töplami – “Ikki pullik obrö”. Şundan keyin “Qirq uçinçi poçça”, “Labihovuz xandalari”, “Çinorlar qöşiği”, “Yelkasiz polvon”, “Öğri muşukça”, “Qahqaha”, “Yallama yorim”, “Çol bolaning ertaklari” kabi kitoblari çop etilgan.
Uning köplab hajviy hikoyalari, felyetonlari va tanqidiy maqolalari qölma-qöl bölib öqiladi.
Adib özbek adabiyotini rivojlantirişdagi xizmatlari uçun «Özbekiston xalq yozuvçisi» unvoniga sazovor bölgan (1992).
Neʼmat Aminov 2005-yili Toşkentda vafot etgan.



“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


