(Hikoya)
Izbosar uyğonganida odatdagidek çalqança yotgandi. Uning köziga dastlab uyining kungurador, naqşinkor şifti körindi. Şift markazida – Izbosarning naq tepasida zarrin qandil nur soçardi.
Mana, ellik yildan beri Izbosar faqat şiftga qarab uyğonadi. Töğri, bu yillarda şiftlar özgarib turdi. Bolaligida u qamişlari osilib turgan, bitta xira çiroq – lampoçka ilingan şiftga qaragan holda köz oçardi. Öşa chiroqning ham yonganidan yonmagan paytlari köp bölardi. Asta-sekin u köp pul topadigan bölgaç, şiftning qamişlari berkilib, yuziga çiroyli faner yopildi. Keyinçalik uning işlari rivojlangaç, şift yuziga naqş va ganjlar bezak berdi. Guldor, naqşinkor va zarrin qandil osildi.
Şu öylar lahzada xayolidan ötgaç, Izbosar yonboşiga ögirildi. Xotini örnida yöq – taşqariga çiqib ketibdi. Sal yuqoriga ögirilib, naqşinkor tortma ustidagi ikki oyoğini kötarib turgan yaltiroq ot bilan tasvirlangan soatga qaradi. Uning millari ön beşta kam yettini körsatardi. “Ayol kişining erta turişi yaxşi. Uyga baraka kiradi” – öyladi Izbosar. Lekin özi issiqqina örnidan turgisi kelmadi. “Roppa-rosa yetti bölsa, turarman”, dedi öziça. Şu payt burniga körpa tegib ketdi va burnining haddan ziyod sezuvçan bölganini anglab qoldi. Beixtiyor boşini silkib, qoqindi. Quloqlari boşiga tegib, tap-tap etdi.
Izbosar nima bölayotganini bir lahza anglay olmay qoldi. Avval bunday odati yöq edi. Söngra körpa tagidan qölini çiqardi. Yo, alhazar, uning qöli örnida itning oyoği çiqib turardi. U vajohat bilan örnidan turdi. Şunda u özining tört oyoqda turganini anglab qoldi. Dumini ham kördi. Yarim oy şaklidagi qayrilgan dum. Közlariga işonmay yugurgança toşoyna qarşisiga bordi. Alhazar, ming alhazar, toşoynada unga bir it qarab turardi. Yunglari yarim tökilib, tullagan, quloqlari közlarigaça tuşadigan, tillari osilgan, ölguday qari it old oyoqlarini toşoynaga qöygança qarab turardi. Izbosar bu dahşatga çidolmay, uvillab yubordi. Alamiga çidolmay, öz dumini özi quvlab yiğladi. “Öl-a şu kuningdan, ellikdan oşganingda it bölsang-a?! Qiz uzatib, kelin olganingda-ya?! Avval bölganingdayam mayli edi-ya! Endi el-yurt, quda-anda oldida nima degan odam bölding?! Zotdor bölsayam mayli, qötir bir daydi köppakka aylanib ötiribdi-ya! Bu şarmandalikka çidab böladimi?!”
Şu payt “şip-şip” ovozi eşitildi. “Uydan itning tovuşi kelayaptimi?!” – bu xotinining ovozi edi. Yigirma beş yillik qadrdonining ovozi unga xiyol dalda berganday böldi. “Senga bu ahvolga köringunça ölib qöya qolsa bölmasmidi ering”, – iztirob bilan ğingşirdi Izbosar.
“Yöğ-ey, oyijon, Sizga şunday tuyulgandir”. Bu kelinining ovozi edi. Kelin asli qadrdon döstining, aniqroği, hamkorining qizi edi. Tuşganiga beş yil bölsayam, heç kimga ovozini kötarib gapirmagan. Hurmat-izzatni biladi. Biroq har nima bölganda ham begona xonadon farzandi. Ungayam bu ahvolda köriniş yaxşimas… Endi qandoq qilsaykin?! Bölgan voqeani birortasiga aytib qöysa nima böladi?!
Izbosar “uh” tortaman deb qattiq ğingşidi.
“Ana-ana, bizning yotoqdan çiqayapti tovuşi!”
“Hozir özingiz şu xonadan çiqdingiz-ku”, – öğlining uyqusiragan ovozi eşitildi.
Öğli yaxşi yigit. Moliya institutini bitirgandan beri Izbosar bilan birga işlaydi. Yoşligida ota-onasini rosa “öynatgan”. Şöx bölgan-da, şöx. Uylangandan beri bosilib qoldi. Kelin qölga örgatib olgan-da. Işqilib, soğ bölsin. Izbosar kulaman deb baralla akkillab yubordi. Şu ahvolda kulişga balo bormidi?!
“Ana, ana, it dedim-ku, işonmaysizlar?!” – xotinining tahdidli ovozi eşitildi. Şu payt xonaga avval qölida soçiq tutgan xotini, keyin çoynak-piyola uşlagan kelini va maykaçan alpozda uyqusiragan öğli kirib keldi. Ular ostonada bir daqiqa çamasi qotib qolişdi. Közlari baqraygan, oğizlari oçilgan holda özlari ham nihoyatda kulgili edilar. Söngra birdaniga:
– Voy, ölmasam!
– E-e-ey, tavba!!
– И-и-и-и-ит!!! – degan hayratomuz nidolar eşitildi. Izbosar öz holatidan nomus qilib, yer yorilsa-yu, unga kirguday ahvolda edi. Ularga möltillab qarab, maʼyus ovozda ğingşib qöydi.
– Bu xonaga it qayoqdan kiradi?! – hayron böldi kelini. – Hamma yoq yopiq bölsa?! – U şunday deb çoynak-piyola tutgan holda xona böylab yura boşladi.
– Iye, qaranglar, körpa ustida yungi… – hayratdan közlari ola-kula bölgan öğli şiddat bilan körpani oçdi.
– Töşak ustida ham… Oyi, it dadamning örnida yotgan, şekilli.
– Bu nima deganing, oğzingdan yel olgur?! – keliniga xavotirli tikilib, öğliga baqirdi xotini. – Örnimdan turganimda dadang uxlayotgandilar.
– Unda dadam qani? – yana onasiga savol berdi öğli.
– Bilmadim, taşqariga çiqqan bölsalar kerak.
– Men dadajonni hovlida körmadim. – odob bilan eʼtiroz bildirdi kelini.
“Bu menman, bolajonlarim!” – demoqçi böldi Izbosar maʼyus ovoz bilan. Biroq uning oğzidan mungligina uvillaş çiqdi, xolos.
– Nima bölganda ham bu itni tezroq yöqotiş kerak! – ğazab bilan baqirdi öğli va kelib uni bir tepdi. Izbosar vangilladi.
– Töğri, hamma yoqqa yungi tökilibdi, – burnini jiyirdi kelini. – Quturgan bölişiyam mumkin.
U tepki yesa-da, joyidan jilmagan Izbosarning yonidan qörqa-pisa ötdi-da, özini eşikka urdi. Qölidagi çoynak-piyola bir-biriga urilib, asabiy jiringladi.
– Unda daf qilinglar buni, – undan jirkanib, qöl siltadi xotini. – Tezroq yöqotinglar!
Xotini bilan öğli haydab-tepib xonadan çiqarişayotganda kelini qöliga supurgi tutgança kelib qoldi. Ular yotoqxonaning dahliziga çiqişgandi. Kelini supurgi bilan quvib, haydadi.
– Bor yöqol, yaşşamagur, qari köppak! – deb qarğardi kelinçak. – Yöqol bizning uydan!
– Ha-ha-ha! Qoyil, qoyil, hayda! – hiringlardi öğli qornini qaşlagança.
Izbosar vangillab, dumini qisgança darvozaxonagaça tislanib bordi.
Kelini uni yana bir marta supurgi bilan urib, ostonadan çiqardi-da, qarsillatib darvozani yopdi.
Izbosar ğingşib atrofga qararkan, yuziga salqin şabboda urilganini his qildi. Uyi katta yöldan qiyalab ketadigan tor köçada joylaşgan edi. Kelinçaklar hovli sahniga suv sepib, supurişar, vaqt hali erta bölganidan boşqa heç kim körinmasdi. Havoda kuzning nafasi hukmron, daraxtlar yakkam-dukkam sarğaygan barglarini tökardi.
“Hademay qiş keladi, – öyladi Izbosar. – Hozir faqat ertalab va keçqurun salqin. Qişda bölsa, har kuni sovuq böladi. Unda… nima qilaman?!.. Juda vahima qilayapman, – öpkasiga suv urdi Izbosar. – Axir, xonada mening yöqligimni payqaşdi-ku. Asta-sekin meni qidirişadi. Heç qayerdan topişolmagaç mening men ekanimni payqaşadi. Özlari kelib, keçirim sörab, olib ketişadi. Uylariga qöyişmasayam, it katagida saqlaşar. Bir kosa yovğon, heç bölmasa, yuvindi berişar”, – öyladi Izbosar maʼyuslik bilan. Keyin qisqagina ğingşib qöydi.
U uyining ostonasida old oyoqlariga boşini qöyib, ğujanak bölgança qança yotdi, bilmaydi. Biroz pinakka ham ketibdi, şekilli. Maşina ovozidan çöçib uyğondi. Darvozasining oldida qop-qora “Lasetti” qör tökib turardi. Haydovçi uni işga olib ketgani kelgandi.
Izbosar suyunib ketdi. U haydovçisining oyoği tagiga yugurib bordi. “Bu menman, Mixlijon! Xöjayningizman!” demoqçi böldi, lekin u faqat vangillar, dumini likkillatgança haydovçining oyoği ostida öralaşardi.
Haydovçi xöjayinining uyidan çiqişini kutib, maşinaning yon-verini artarkan, oyoğining tagida öralaşayotgan itni bir tepdi:
– Yöqol-ey, onangni…
– Zoti past itdan bölgan! – vangillab qoçgança sökindi Izbosar ham. Söngra birdan esiga tuşib qoldi: “Bugun çet ellik hamkorlar bilan uçraşuv bor-ku! Özim bormasam bölmaydi. Befarosat öğli şu uçraşuvni ham eplolmaydi. Juda muhim şartnoma imzolanişi kerak edi”.
Izbosar şahar markazidagi işxonasiga yugurib borgunça tili osilib qoldi. Ikki marta maşina urib ketişiga sal qoldi.
Işxonaga kelganida koridordagi katta soat 9.30 bölganini körsatar edi. Buni Izbosar darvoza oçiqligi uçun kördi. Biroq içkariga kirolmadi. Uni boqqa ketayotgan qorovul Bosim polvon körib qoldi.
– Iiiii…. Şavkatjon, itni haydang, itni. Xöjayin itni yomon köradi. Hali-zamon kelib qolsa, baloga qolamiz, – ketayotgan joyidan baqirdi u darvozadan çiqayotgan xodimga.
Şavkatjon deganlari ikki qölini qanot misol yozib, uni işxonasining hovlisidan quvib soldi. Bu ham yetmaganday, tomorqaning çetidan toş olib, otdi.
Izbosar Şavkatjonning közini şamğalat qilib, içkariga kirmoqçi edi, biroq oyoğiga tekkan toşning zarbidan keyin aççiq angillagança çekinişga majbur böldi.
– Itdan tarqaganlar, hammangni haydayman! – angillardi Izbosar alam bilan. – Şavkat-ku, mayli, keça işga kelgan bola. Lekin şunça yil tuzimni içgan Bosim polvon ham tanimadi-ya?! Hah, tuzim kör qilsin-a!
Izbosar bir çetga çiqqança zarb yegan oyoğini yalab, oğriqni bosişga harakat qildi. Bu orada işxona oldiga haligi “Lasetti” kelib töxtadi. Undan yasanib olgan öğli tuşib, atrofga alanglagança, içkariga yörğalay boşladi. Yölda Bosim polvon bilan Şavkatjondan Izbosarni söradi.
– Dadam kelmadilarmi?
– Yöq, – dedi Şavkatjon.
– Hayronman, xöjayin heç qaçon keçga qolmasdilar, – dedi Bosim polvon.
– Men bu yerdaman, ahmoqlar, – yiğlab yuborguday bölib angillardi Izbosar.
Birozdan keyin allambalo maşina kelib töxtadi. Undan uçta sipo ajnabiy janoblar tuşişdi. Içkaridan öğli yugurib çiqdi. Izbosarning öğli ular bilan körişdi va içkariga boşladi. Izbosarning yuragi tuz sepganday açirdi. U ofisga kirişdan umid uzib, orqa tomondan bordi. Öğli hamkorlarni Izbosar kutganday majlislar zaliga olib bordi. Stol-stullar sekingina taraqladi. Öğlining ovozi eşitildi.
– Qani, janoblar, marhamat!
Xorijiy lisonda sözlar yangradi. Söng ularning tarjimoni tilga kirdi.
– Janob Izbosarov, uşbu hamkorlikka bizni Izbosar Qahhoroviç taklif qilgan edilar. Marhamat qilib aytolmaysizmi, u kişining özlari qayerdalar?!
– И…и…е…ей… – öğli kalovlandi. – Işga ketibdilar, deb öylasam, bu yoğdayam körinmadilar, – özini kuyinçak qilib körsatişga tirişsa-da, öğlining sözlaş ohangidan parvoyifalaklik sezilib turardi.
Deraza orqasidan bu suhbatni eşitib turgan Izbosar alamli ovoz bilan baralla vangillab yubordi.
– Uuuuvvv, şunaqayam lapaşang bölasanmi, itvaçça?! – öğlini koyidi u alam aralaş. – Otam kasal, içburuğ böldi, heç bölmasa öldi, demaysanmi, galvars!
Içkarida esa xorijiy lisonda qisqagina suhbat böldi. Tarjimonning izohi esa undan-da lönda çiqdi:
– Keçirasiz, janob, biz otangiz bilan işlamoqçi edik. Bizni maʼzur tutasiz, degan umiddamiz!
Şundan keyin stullar yana sekingina, avvalgidan-da odob bilan taqilladi.
– Ularni töxtat! – jon holatda vovullardi Izbosar ofisining orqasidan darvoza tomonga yugurib borarkan. – Nima qilsang qil, aldasang alda, yalinsang yalin, lekin töxtat! Heç bölmasa, anavi Şavkat-pavkatmi, Bosim-osimmi yo şularga öxşagan bekorçilarning ikkitasini körsat-da, şularning guvohligida otam hamkorlik vakolatini menga topşirdi, yozma vakolat olişga vaqt bölmadi, degin, ular işonadi axir, kasofat! Bola bölmading, boşga bitgan balo bölding! Ah, seni moliyaçi deb qölingga diplom berganlarning… Axir, ikki yillik mehnatim samarasi edi-ya bu hamkorlik! Bu uçraşuvga erişiş uçun manavi janoblarning orqasidan itday çopganlarimni, anavi sipo tarjimonu yana allaqanday gumaştalariga qançalar suyak taşlaganlarimni özimdan boşqa heç kim bilmaydi!!!
Biroq öğli ularni töxtatmadi. Orqalaridan merovsirab qarab turaverdi. Janoblar maşinaga çiqayotganlarida Izbosar çopib bormoqçi ham böldi, lekin boyagi tepkiyu toş zarbi esiga tuşib, bu fikridan qaytdi. Faqat ularning maşinasi orqasidan allaqayergaça yugurib bordi. Söng yöl çetiga çiqib, töyguniça akkilladi. Hammani – uni işxonaga qöymagan Şavkatni, Bosim polvonni, öz erini tanimagan xotinini, kelinini, lapaşang öğlini böralab sökdi.
Izbosar keçgaça köçada tentirab yurdi. Işxonaga ortiq borgisi kelmas, ertalabgi maşmaşani eslab taʼbi tirriq bölardi. Uyiga borişning hojati yöq, baribir kirgizişmaydi. “Mensiz kunlaring ötganini köray, – öyladi u xotini, öğli va kelini haqida. – Ha, mayli, bir taʼzirlarini yeyişsin, keyin yalinib olib ketişar. Lekin ungaça men nima qilaman?! Axir, oçlikdan ölaman-ku!… Öziyam itdek oçman… Ha, böldi! Xayoliga çaqmoqdek urilgan fikrdan quvonib irğişlay boşladi Izbosar. – Qizimnikiga boraman. Qiz bola otasiga mehribon böladi, deyişadi. Zora, u meni tanisa!”
Izbosar tor köçalar böylab yugurib, qizining uyiga yaqinlaşar ekan, quvonçdan yuragi “gurs-gurs” ura boşladi.
“Ha, u meni taniydi, – tobora tezroq çoparkan, şunday uylardi Izbosar yuziga kuzning izğirini urilişiga parvo qilmay. – Keyin yetaklab uyimga olib boradi. “Közlaring kör bölganmi, dadamni tanimadinglarmi?!” deb onasiga, akasiga, ayniqsa, yangasiga daşnom beradi.” Boşiga tuşgan körgilikning özi kammi, Sizlar ham uydan haydab, ölganning ustiga çiqib tepibsizlar-ku”, deydi. Juda bölmasa, öz uyidan joy berar”.
Izbosar qizinikiga yetib borganida darvoza oçiq, hovlida yetti yaşar nevarasi koptok öynardi. Izbosarning xörligi kelib, biroz töxtadi. Közidan tirqirab yoş çiqib ketdi.
U darvozadan kiriboq, nevarasining oldiga çopqilladi. Nevarasi… uzoqdan körsa, “Bobojon!” deb bağriga otiladigan nevarasi uni körib, quvonib ketdi.
– Voy, it… Voy, beçora… Nega yunglaring tökilgan… Qarib qolibsan-ku. Qayerdan kelib qolding biznikiga?! – Nevarasi uning yungini silay boşladi.
Izbosar nevarasining atrofida dumini likkillatib aylanar ekan, mehri tovlanib, yana köziga yoş keldi.
– Men bobongman, bolajonim! Taqdir boşimga şunday kunlarni soldi, – zorlanib angillardi Izbosar past ovozda.
Bu orada hovlidagi telefon jiringladi. Oşxonadan fartuk taqqan qizi yugurib kelib, xamirli qöli bilan telefon dastagini oldi.
– Oyi, qarang, it. Biznikiga daydi it kelibdi. Qarang… qarang, – bir qöli bilan itni silagança onasiga gapirardi nevarasi. Qizi esa unga eʼtibor bermay, telefonga javob qaytarardi.
– Ha, voy, yaxşimisila, kennayi?! Dadamla, oyim, akam yaxşimila?! Jiyanlar katta bölişyaptimi?! Ha, şukr, rahmat. Rahmat, rahmat, hammasi yaxşi. Nima?! Dadam yöğlar?! Işxonagayam bormabdilar?! Yöq, yöq, biznikigayam kelmadilar… Qayerga borişlari mumkin?… Hayronman… Örtoqlarinikiga telefon qildilaringmi?… Bormabdilar… Bilmasam…
Qizi telefonda uzoq gaplaşdi. Izbosar uning oldiga bordi. Oyoğini, qölini hidladi. Yuragi entikdi. “Mendan xavotirdamisan, qizim?! Qöy, xavotirlanma, men soğ-salomatman. Faqat… şu ahvolga tuşdim, xolos!..” Izbosar içidan bosib kelayotgan xörsiniqni bosa olmadi.
Itning angillaşidan çöçib tuşgan qizi Izbosarni körib, qörqib ketdi. Xayrlaşmasdan telefonni qöydi. Beixtiyor orqaga tislana-tislana uyning devoriga urildi. Izbosar ham unga tomon yurib borar, “Bu menman, qizim, qörqma, otangman!” demoqçi bölar, lekin oğzidan faqat ğingşiş çiqardi.
– Qayerdan keldi bu? Kim kirgizdi uyga?! – ğalati ovozda çinqirdi qizi.
Yugurib kelgan nevarasi onasini tinçlantirişga urinardi.
– Qörqmang, oyi, yaxşi it ekan, tişlamaydi. Özi uyga kirib keldi. Hozirgina…
Şovqinni eşitib, katta uydan halihlagança kuyovi çiqdi.
– Kim?! Nima böldi?! Qani?! – almoyi-aljoyi savollarni qalaştirib taşladi közi xonasidan çiqib ketayozgan kuyovi.
– Ana! – qizi közi çaqçaygança möltirab turgan Izbosarni körsatdi qölini bigiz qilib. – It kelibdi. Daydi it!
Izbosarni körib, kuyovining jon-poni çiqib ketdi. Qaçon körsa, yugurib kelib, qöşqöllab körişadigan kuyovi…
– Iye, kim kiritdi uyga?! Sening işingmi bu?! – öğliga dağdağa qildi u.
– Yöq, dada, yöq! Özi keldi, – otasining dağdağasidan qörqqança şoşib-pişib javob berdi nevarasi.
– Qani, yöqol-çi bu yerdan, – yugurib kelib Izbosarni tepdi kuyovi. Izbosar angillab nari ketdi. Lekin hovlidan çiqiş niyati yöq edi.
“Men otalaringman, bolalarim! Nima qilay, şu ahvolga tuşib qoldim. Rahmlaring kelsin, ölib ketaman axir, köçada qolsam!” – angillardi beçora Izbosar.
– Töxtang, tepmang! – devorga qapişgança taxtaday qotib turgan qiziga birdan jon kirdi.
“Xayriyat-ey, sözlarimga tuşundi, şekilli!” – xursand böldi Izbosar.
Qizi çopib borib, hovli etagidan uzun kosov olib kelib, eriga berdi.
– Manavi bilan uring. Yana Sizni tişlab olmasin.
Kuyovidan kaltak yeb, qizining uyidan ham quvilgan Izbosar ostonada maʼyusgina uvladi.
“Qanday körgilik bu, öz puşti kamaringdan bölgan qizing seni tanimasa?! Kuyoving kosov olib, uyidan quvsa?! Otang it bölsa, boğlab boq, degan naql bor-ku, nomardlar?! It bölsam, mendami ayb, axir?!”
Keçki sovuq tura boşladi. Izbosar uvlab çarçadi. Qizining ostonasida kulça bölib yotdi. Orqa oyoqlarining orasiga tumşuğini suqdi. Biroz isinganday böldi. Biroq yarim keçasi sovuq zabtiga oldi. Ayniqsa, yungi tökilib, tullagan joylaridan ötgan sovuq suyagigaça yetib bordi. Qorni ham oçlikdan tatalab borardi. Izbosar issiqqina körpa-töşagini eslagança uvilladi. Hozir unga oilasining mehriyu bolalarining eʼtibori ham kerak emas, issiqqina bir boşpanayu bir yaloq yovğon bölsa, bas edi.
Ertasi kuni ertalab kuyovi darvozadan çiqib ketayotib, Izbosarni körib qoldi.
– Keçasi bilan ulib çiqdi bu it, odamni uxlatmay, – dedi u kuzatib çiqqan xotiniga qarab.
– Nimasini aytasiz, dadasi, men bir yomon tuş köribman, deng. Şuning uliganidan bölsa kerak. – Izbosarga yomon qaradi qizi.
– Tuşimda dadam şu itga aylanib qolibdilar.
Izbosarga jon kirdi. Yotgan joyidan sapçib turdi. Bir xayoli qizining oyoğiga suykalgisi keldi, lekin keçagi tayoq zarbini eslab, joyiga ötirib qoldi.
– Aqling joyidami?! – közi ola-kula bölgan kuyovi vahima aralaş itga tikilib turgan xotinini koyidi. – Dadang bir kun yöq bölsa, şunaqa tuş körasanmi?!
– Bilmasam?! Avval bunaqa odatlari yöq edi-da.
– Yurgandirlar-da iş bilanmi, ulfatçilikmi qilib?! Balki biror jonon bilan, a?! – miyiğida kuldi kuyovi.
– Yöğ-a… – böşaşibgina eʼtiroz bildirdi qizi.
– Böpti, men ketdim. Yaxşi ötiringlar. Itni uyga kirgizmanglar. Öğlingga ayt, yoniga yaqinlaşmasin. Quturgan ham bölişi mumkin. Ha, işdan keyin dadangnikiga ötaman. Yangilik bölsa, xabar qilarman.
Erini işga kuzatgaç, qizi eşikni yopib oldi. Birozdan söng öğlini maktabga kuzatgani çiqdi. Izbosarning hali ham şu yerdaligini körgaç, öğli bilan birga maktabgaça bordi.
“Iye, bobosi aylansin, mening öğlim maktabga borayaptimi?!” – quvonib ğingşidi Izbosar. Nevarasi unga möltillab bir qarovdi, qizi urişib berdi. Qölidan mahkam uşlab oldi. Izbosar ularning orasidan ança joygaça ergaşib bordi. Keyin ortga qaytib, yana qizining ostonasiga yotdi. Qizi qaytib kelgaç, uning ustidan sakrab ötdi-da, qarğana-qarğana darvozani yopib, mahkam tanbalab oldi.
Izbosar köçada izğib yurib, ovqat izladi. Darvozayu deraza taglarini, tomorqa içiyu çetlarini hidladi. Ariqçalar içiga qaradi. Oçiq darvozalarga möltirab qaradi-yu, içkariga kirgani yuragi betlamadi.
“Öz farzanding haydab solgandan keyin, boşqalardan nima umid?!” deb öyladi. Faqat qiziyu boşqalarning uyidan kelayotgan şiringina ovqat hidlarini iskab, oğzidan sölagi oqqança biror yegulik izlardi.
Bir hovli tomorqasining çetidan ölik quş topdi. Oyoği osmondan bölib tarrakdek qotgan. Bolalar çözma bilan otib öldirgan bölsa kerak. Öşani yedi. Köngli aynib-aynib, öqçidi. Xayoliga ulfatlari bilan ötiradigan ziyofatlardagi tovlanadigan dasturxonlar keldi. Köngli buzildi. Çözib-çözib ğingşidi. Qizining ostonasiga çözilib, biroz mizğib oldi. Öziça qizi körgan tuşini muşohada qilişini, söng darvozini oçib, uyiga kirgizişini, keçirim sörab, yolborişini kutdi.
Bu orada nevarasi maktabdan keldi. Unga möltirab-möltirab qarab, darvozani taqillatdi. Izbosar nevarasiga umid bilan tikildi.
“Meni keçirasan, – dedi nevarasi. – Seni uyga obkirolmayman, oyim urişadi. Silaşim ham mumkinmas”.
Eşik oçildi. Qizi Izbosarni öğli bilan birga turganini körib, yana jahli çiqdi.
– Kir içkariga! Dadangga telefon qilmasak bölmaydi, şekilli. Yöqotsin bu itni! – zarda bilan baqirdi qizi. Keyin eşikni taraqlatib yopib oldi.
Izbosar nima qilişini bilmay, qizining ostonasida uzoq ötirdi. Mudragan ham böldi. Bir mahal öziga katta xavf yaqinlaşayotganini içki sezim bilan anglab qoldi. Közini oçdi. Xavf unga çap tomondan yaqinlaşib kelardi. Izbosar boşini qayirmasdan, köz qiri bilan öşa tomonga qaradi.
– Ana u, asta pusib bor, – qop-qora korjomali, özi ham qop-qora yuzli, çötir yigit şerigiga işora qilib Izbosarni körsatdi. Undan ham yoqimsiz boşqasi qölidagi sim tör bilan pusib kela boşladi.
Izbosar öng tomoniga qaradi. U tomonda ham ikkita şunday kiyimli odam kelardi. Izbosar halokat yaqinlaşib qolganini va uning muqarrarligini angladi.
“Ha, yöq, men pixini yorgan Izbosar bölaman, – öziga özi dalda berdi u. – Bundan-da muqarrar va dahşatli halokatlarga çap berib ötib, kamiga, duşmanlarimni röpara qilib ketganman. It bölsam ham, odamligimdagi hiylalarim esimda turibdi!”
Qizining uyi katta yölda joylaşgan, uning har ikki tomonidan qoçib ketsa bölardi. U özini öng tomonga qoçayotganday qilib körsatdi va çap tomondagi beöxşov it ovlovçilar yonidan yaşin tezligida ötib, qoçib qoldi. Har törtala ovçi qöllarida sim tör bilan uni quvlaşga tuşdi.
Izbosar qizining köçasidan keyingi köçaga ötarkan, orqasiga birrov qaradi. Ovçilar uç-tört qadam orqada bölsa-da, öqotar qurol bilan quvlaşardi. Unga uxlatadigan öq solingan esa-da, bitta öq bilan har qanday jonzotni ağdariş mumkinligini Izbosar bilardi. U yugurib borarkan, umrida birinçi marta itligidan xursand böldi. Ovçilarga yana ikki marta çap berib, aldab ötdi. Qizining mahallasi, maşina yöllari, xiyobon, özining işxonasi, uyi, mahallasi ortda qoldi. U hamon yugurardi. Najot oyoqlarida ekanini bilib, kun böyi dam olganiga, ölik bölsa-da, könglini aynitsa-da, öşa quşni yegani uçun öz aqliga qoyil qolib yugurardi. Ançadan keyin ortiga qaradi. Keç tuşib borayotgan bölsa-da, uning ötkir közlari aniq hukm çiqardi: ovçilar orqada qolgan, özi esa şahar çetidagi tepalik yonida turardi.
Atrofda zoğ yöq, ğira-şira qoronğilik tuşayotgan, keçagiga öxşab keçki izğirin xuruj qila boşlagan palla edi. Izbosar sudralib tepalikka çiqdi. Tili osilib, tin oldi. U çaqqon va közi ötkir bölsa ham, har qalay, qari it edi. Oyoğini sudraşga holi yöq, qorni ham ölguday oç, heç bölmasa keçagi şirin-şirin ovqat hidlari ham uning burni is olmas darajada uzoqda qolgan edi. Buning ustiga, keçki izğirin tepalik ustida yanada kuçliroq esar, yungi tökilib, tullagan joylarini jazillatib açitardi.
– Ey Xudo, senga nima yomonlik qildimki, meni şu kuyga solding! – mungli tovuşda osmonga qarab uliy boşladi Izbosar. – Birovni öldirmagan bölsam, meni öz kuyovim otişga hukm qildi-ya?! Qizim telefonda, eriga aytgan-da.
“Birovga yomonlik qilganimni eslolmayman, – ikki old oyoğiga tayanib, hayotini tahlil qila boşladi Izbosar, hamon öşanday nolali ovoz bilan uligança. Har bir bandayi ojiz kabi u ham dardini kimgadir aytişga ehtiyoj sezar, garçi heç kim eşitmayotgan bölsa ham, dardimni aytsam, biroz yengillaşaman, deb öylardi. – Töğri, baʼzilarni haqoratlagandirman, ha ana, bekordan bekor, noörin işdan haydagandirman, gohida nönoq hamkorlarimni xonavayron qilib, evaziga boylik orttirganim ham rostdir, lekin aslo qurol öqtalib, kimsa jonini olganim yöq! Mening qilgan işim jinoyat emas, yaşaş uçun kuraş qonuni, xolos! Yaşaş, bola-çaqa boqiş uçun odamlar bundan-da battar, şarmandali işlarni qilişadi, axir, ularning heç qaysisi itga aylangani yöq-ku! Tuppa-tuzuk, buning ustiga, ayşini surib yaşab yuribdi-ku! Yegani oldida, yemagani ketida, xizmatida qançadan qança özidan ötadigan şogirdlari, gumaştalari bor-ku! Nega ularni odamlar çiqargan qonunlar ham, ilohiy jazo ham çetlab ötadi?! Nega endi aynan menga beriladi bu ayançli va şarmandali jazo! Nega, nega endi aynan menga bunday jazoni loyiq körding, ey Xudo! Nolani haddi aʼlosiga çiqarib uvillardi Izbosar. Atrof esa tobora qoronğilaşib, vahimali tus olib borardi.
Izbosar uvlaşni bos qilib, atrofga qaradi. Uning yon-verida zulmat içida vahimali şarpalar paydo böla boşladi. Şarpalar uning atrofida doira şakliga kirib, tobora qisib öray boşladi. Izbosar atrofidagi şarpalar itlar ekanligini payqab qoldi va yuragini vahima qoplab oldi. Itlar ham buni sezganday birdaniga akkilab, uliy boşladi. Izbosar nima qilişini bilmay qoldi. Qoçay desa, madori qolmagan edi. Qoçmay desa, aslida it emasligi uçun bu itlarning nima deb akkilayotganini tuşunmas, maqsadlari nima ekanligini bilmas, faqat bulardan yaxşilik kutib bölmasligini anglardi, xolos…
Ertasi kuni itlarga talanib, yarador bölgan Izbosar kun böyi quyoşga özini toblab yotdi. Badaniga sal quvvat kirganday böldi. U örnidan turib, şaharga qaytmoqçi böldi. Har nima bölganda ham, odamlar orasiga kelmoqçi, joni uzilsa, ular orasida ölmoqçi böldi. Murdasi itlarga talanib, xomtalaş bölgunça, kuyovi yoki öğlining qölida jon beriş ham yoqimli tuyuldi unga. Lekin örnidan turiş, yuriş maşaqqat edi. Yaralarini yalab, tuzatişga, tişlab oğriğini qoldirişga intilarkan, özini şu ahvolga solgan taqdirni laʼnatlardi.
U uç kun deganda bir amallab öz mahallasiga keldi. Mahalla guzari yonida çoğroqqina masjid joylaşgan bölib, uning qurilişiga köpçilik qatori Izbosar ham ehson bergan edi. “Demak, u yerda yaşaşga haqim bor, – öylardi beçora banda. Unga bu yagona najot yöli bölib körindi. – Xudojöylar rahm qilişib bir burda non, bir kosa suv berişar”.
U masjid ostonasiga kelganda namozxonlar peşinni öqib çiqib ketişayotgan edi. Izbosar ularning köpini tanirdi. Mahallaning bu möysafidlarini avvallari – odam bölib yurgan paytlarida pisand qilmasdi. Hozir esa ularga qarab iltijoli ovozda angilladi. Lekin möysafidlar oğir qadamlar bilan uning yonidan ötişar ekan, heç qaysisi Izbosarga qaramadi. Hamma yoğini yara bosib ketgan, qötir, buning ustiga, çöloq va qari itga kimning ham qaragisi kelardi?! Qariyalarni kuzatib çiqqan imom-xatib, uning ğingşişlarini eşitdi, jirkangan nigoh bilan bir qur nazar taşladi va örinbosariga tayinladi:
– Maxdum, Olloning uyiga itni kirgizmang. Vallohu aʼlam, u harom hayvon!
– Maʼqul! – taʼvoze bilan boş egdi maxdum.
Izbosar alamli ğingşidi. Lekin uning boşqa boradigan joyi yöq edi. Şuning uçun masjid ostonasiga çözildi.
Xuftondan söng namozxonlar salobat ila bir-bir qadam taşlab masjiddan uzoqlaşişdi. Ğujanak bölib olgan Izbosar uvillab yubormaslik uçun tumşuğini orqa oyoqlari orasiga suqdi. Ularni kuzatib çiqqan masjid qorovuli taqsirlar bilan xöşlaşar ekan, Izbosarga açingannamo qarab qöydi. Izbosar qoronğida ham ötkir köradigan közlari bilan har qança tikilib qarasa ham, qorovulni tanimadi. Odam bölib yurgan payti bundaylarni mirlamaganligi esiga tuşdi. Xörsinaman deb ğingşib yubordi.
Qorovul taqsirlarni kuzatgaç, yarim çökkalab ötirgança, Izbosarga qarab gapirdi:
– Ey, jonivor, qayerlardan keb qolding?
Izbosar xuddi uni Mahmud tanib qolgandek oyoğini sudrab qoçdi. Özini panaga oldi. Uzoqdan közlarini möltillatib, maʼyus ovozda ğingşidi. Keçagi kunidan afsus-nadomat çekdi. Tazarru qilmoqçi bölib höngrab yubordi. Ğingşigan ovoz çiqdi. It ğingşigan bölsa-da, bunda beçoralik, ojizlik, oğriq va sitam sezilib turardi. Qorovul ortiga qayrilib ketdi. Izbosar yana eşikka yaqinlaşayotganida, içkaridan çiqayotgan odamni körib tağin qoçdi. Mahmudning qölidagi bir parça nonni kördi-yu, barça oğriqni, odamlarning qahr-ğazabini unutib yubordi. Çunki Izbosar itga aylangandan böyon biror kişi unga non-namak tutmagandi.
Mahmud avvaliga unga non berdi. Keyin yoniga ötirib, boşini siladi. Yaradorligini bildi, şekilli:
– Senga nima böldi, jonivor? – deb söradi.
– Itlarga talandim… qizim uydan haydagaç, – öpkasi tölib ğingşidi yana Izbosar.
– Iye,iye, yomon bölibdi-ku, – Izbosarni tuşunganday javob qaytardi qorovul masjid darvozasining tepasidagi xira çiroqda uning yaralarini körarkan.
– Hozir kelaman, jonivor!
Qorovul tez orada qaytib çiqdi. Uning qölida eski tugunça, şokosa va ikki-uç burda non bor edi. Tugunçani oçib, içidan allaqanday malham oldi. “Bismillo” degança çönqayib ötirib, uning yaralariga surta boşladi. Keyin eski latta bilan boğlab qöydi. Oldiga şokosani qöydi. Unda hali sovib ulgurmagan suyuq ovqat bor edi. Unga nonni töğrab, Izbosarga berdi va şoşmasdan içkariga kirib ketdi. Kirarkan, “Hali hammasi yaxşi böladi, jonivor”, deb qöydi.
Izbosar it bölganidan beri birinçi marta qorni töydi. Oyoğining oğriği sal bosilganday, joni orom olganday böldi.
* * *
Mahallaning çoğroqqina masjidiga qatnovçi çollar beozorgina qari itga örganib qolişdi. Uning heç kimga ziyoni tegmas, ostonada yotgani yotgan edi. Bolalar maktabga ötgan-qaytganda unga ermaklab toş, kesak otişsa ham ularga taşlanmas, taşlaniş tugul, qayrilib ham qaramas, maʼyusgina ğingşib qöyardi, xolos. Baʼzi bolalar maktabga olib boradigan bir burda, yarim burda nonlarini unga ilinişar, şunda u “rahmat” deganday kaltagina angillardi. Namozxon çollardan baʼzilari, masjidga uyi yaqinlari ham unga yovğon keltiradigan bölişdi. Şunda u boşini kötarib, yovğonni içar va yana joyini çözilardi. Qorovul esa unga qaraşni aslo esidan çiqarmasdi.
Izbosar esa oilasi uni izlaşini, usiz holi xarob bölişini anglaşini va alaloqibat kallalari işlab, uni tanişlarini uzoq kutdi. Bunday holdan esa darak bölmadi. Har zamonda uning qop-qora “Lasetti”si masjid yonidagi asfalt yotqizilmagan kiçikroq toş yölni çangitib ötib qolar, rulda ötirgan Mixli yo öğlini işga, yoki kelini va xotinini mehmondorçilikka olib borayotgan bölardi. Maşina içidagilar boşini uning şiftiga qadagança kibr va kalondimoğlik bilan ötirişar, masjid ostonasidagi beçora it tugul, masjidning öziga ham, umuman köçaga ham qaragani böynilari yor bermasdi. Bir-ikki marta esa şofyorning yonidagi u ötiradigan örindiqda qudasi – qadrdon hamkori joy olganiga ham közi tuşdi. Şunda Izbosar hammasini anglab yetdi: öğli va xotini özlariga yangi valiyneʼmat topişibdi. Baski, Izbosarning ularga endi umuman keragi yöq. “Balki oldin ham keragim bölmagandir, – öylay boşladi Izbosar alam bilan. – Bu dunyoda boru yöqligim faqat ularning qornini töydirişim, ustini butlaşim, danğillama imorat qurişim, dabdabali töylar qilişim, eldan kam qilmasligim, qaytaga, ming barobar ziyoda qilib boqişim bilan ölçangandir. Bu amallarni qila olmasligim – mening yöqligim şu bilan izohlandimi? Umr böyi bola-çaqa deb topasan-tutasan. Kimlarnidir şilasan, kimlardandir yulasan. Kimlarnidir tovlaysan, kimlarnidir ovlaysan. Qalloblik, hatto jallodlik qilasan. Hammasini bolam-çaqam deb qilasan. Biroq boşingga mana şunday kutilmagan taşvişlar, körgiliklar tuşganda qani öşa köyida yelib-yugurganing, ölib-tirilganing – bola-çaqa?! Hayhot, ularga ham kuniga yarab tursang, kerak ekansan-da! Ha, şunday ekan! Demak, men endi ular uçun yöqman!”
Şundan keyin Izbosar taqdirga butunlay tan berdi. “Nega meni bu köylarga solding?!” deb Yaratganga iddao ham qilmadi, qayta odam böliş borasidagi möjizani kutib, qöl-oyoğidagi yarim qötir yaralarga “Teri unayaptimikan?” deb soatlab termulişni ham bas qildi.
Havo sovib, qiş qahrini körsatayotgan paytlar edi. Qorovul itning yaloğiga yovğon solarkan, uning ahvoli yaxşi emasligini bilib qoldi. It oğir nafas olar, havoning sovuqligidan tumşuğidan issiq buğ kötarilardi. U közini oçmadi, yovğonga qaramadi ham. Qorovul boşini sarak-sarak qilib, masjidga kirib ketdi.
Ertasi kuni bomdoddan oldin turgan qorovul masjidning yon-verini supurişga çiqdi. Havodan qor hidi kelar, yupqagina qirov tuşgan bölsa ham, havo ançagina sovuq edi. Qunişibgina turgan qorovul xira közlariga işonmay, özi şubhalantirgan narsaga qaradi. Qaradi-yu, bir zum dahşatdan qotib qoldi. Sababi, keça masjid ostonasida it ğujanak bölib yotgan joyda, yana deng, xuddi şu ahvolda… bir odam yotardi. Qorovul qayta-qayta “lohavla” öqib, uning yoniga bordi. Alhazar, ming alhazar! Murda qorovulga taniş, faqat tanişgina emas, ança yaxşi taniş edi. U mahallaning manaman degan kişilaridan bölgan, lekin keyingi paytda körinmay qolgan Izbosarboyga öxşar, yöq-yöq, öxşar emas, öşaning xuddi özi edi.
Qorovul imon kalimasini keltirgança avval murdaning ustiga masjiddan eski körpaça olib çiqib, yopdi. Keyin esa şoşa-pişa uning uyiga xabar bergani jönadi.
Yölda ham xayol qurğur qorovulni tinç qöymadi. Bir paytlar u hozirda masjid ostonasida harom qotgan Izbosarboyning qölida haydovçi bölib işlardi. Öşa kuni u qöşni viloyatdan yuk olib kelişi kerak edi. Şomga yaqin yuklarni ortib bölib, yölga çiqdi. Heç qança yurmasdanoq şiddat bilan jala quya boşladi. Yöl sirpançiq, buning ustiga, qoronği bölib, maşina yurişi qiyinlaşa boşladi. Haydovçining köngli töxtab, jala tinişini kutişi kerakligini sezdi, lekin şuning barobarida xöjayinining gapi ham quloqlari ostida jarangladi: “Yuk ertagaça omborimizda bölişi juda muhim, Ahmadjon!” degandi u qatʼiyat bilan haydovçining közlariga tikilgança. “Buning uçun faqat Sizga işonaman!”. Şu işonçni oqlaş maqsadida haydovçi bir maromda yurişni davom ettirdi. Biroq navbatdagi burilişda maşina sirpanib ketib, qoyaga urildi, haydovçi ötirgan tomon majaqlandi, boşqaruv butunlay yöqoldi. Haydovçi köz öngida yuz bergan voqealarni zörğa idrok etarkan, kuç bilan tormozni bosişga zör berar, peşonasidan yuziga oqib tuşayotgan qip-qizil, yöq, qop-qora qonga ham parvo qilmasdi. Biroq maşina baribir jarga ağdarildi, haydovçi esa möjiza bilan, ha-ha, faqatgina möjiza tufayli qutulib qoldi. Şunda ham kasalxonada köz oçgan haydovçi tasodifiy najotkorlaridan maşinasining ahvolini söradi.
– Tirik qolganingizga Xudoga şukr qilsangiz-çi, birodar, – degandi öşanda najotkor norozi ohangda.
“Xöjayinimga bergan vaʼdamni bajarolmadim”, – öylagandi u xijolat bölib xörsingança.
Biroq… öşa kuni uni operatsiyaga tayyorlaşayotgan payt kasalxonaga yetib kelgan xöjayin palata eşigidan kirişi bilanoq yoqasiga yopişgandi. Uning vajohati qutirgan itni eslatar, közlari qizarib, oğzidan köpik saçrardi.
– Mening maşinam, yuklarim… ularni sen jarga qulatding! Tölab berasan, tölab berasan hammasini!
– Bu nima beadablik! Bu yoqda inson hayoti qil ustida turibdi, Siz yukni gapirasiz, – degandi şunda uning yonida turgan vraç. – Qolaversa, iş vaqtidagi falokat uçun Siz bu kişiga tovon tölaşingiz kerak!
– Siz öz işingizni qiling! – degandi xöjayin yanada kuçli vajohat bilan oğzidan tupuk saçratgança vraçga qarab. – Men bilan işingiz bölmasin. Agar titkilansa, özingizdan ham noqonuniy işlar çiqadi! Sen esa baribir tölab berasan, tölamaganingga qöymayman!
– Tölayman! – degandi şunda u yarim behuş ahvolda. – Omon qolganim uçun… boş-közimdan…
– Unda tilxat ber! – jon qayğusida yotgan kişining burniga tayyor tilxatni tiqiştirgandi u, haydovçining oxirgi sözlarini eşitişga ham toqati qolmay. – Imzo çek!
Haydovçi soğ qolgan çap qöli bilan bir amallab imzo çekkaç, xöjayinning yuziga sal qizil yugurgandi.
Öşanda operatsiya muvaffaqiyatli çiqqan esa-da, unga biror yil yurolmasligini aytişdi. Izbosar esa nobud bölgan mollar uçun ham suğurta agentligidan mömaygina pul undirdi, ham nogiron haydovçini oilasi bilan köçaga haydab, uyini tortib oldi. Yaxşiyam, qarindoş-uruğ, yor-birodarlar, umuman, yaxşi odamlarning borligi. U köçada qolmadi.
Öşa voqeaga bir yildan sal köproq vaqt ötgaç, haydovçi Izbosarning işxonasiga borgandi.
Xöjayin uni sovuqdan sovuq kutib oldi. Soğligi qandayligini aqalli bir marta, köngil uçun söramadi ham.
– Yangi oçgan korxonangizga qorovul kerak ekan. Şunga kelgandim, xöjayin! – degandi u “çiqmagan jondan umid” qabilida. – Öşa falokatdan keyin ança qarzga botganman. Buning ustiga… akamnikida turaman… Ular mendan bir nima taʼma qilişmaydi-yu, baribir… endi asta-asta yurayapman. Rözğorga qaraşmasam, bölmas. Akamlar ham jöjabirday jon…
– Senga yordam berolmayman! – degandi u uzil-kesil haydovçining yuziga qarab bezraygança. – Çunki senga işonmayman. Sababi, işonçimni oqlamagansan! Noçorlarga yordam beriş esa mening işim emas. Buning uçun maxsus idoralar bor! Borib, öşalardan yordam söra!
Haydovçi öşanda sobiq xöjayinining huzuridan ğam-anduh botqoğiga botganday zabun holda çiqqandi. Öşa kuni tasodifan mana şu masjid qurilayotganini eşitib qoldi. Akasi va xotinining qarşiligiga qaramasdan masjidga qorovullikka ötdi…
Yillar ötgani sari bolalarining qölidan iş keladigan böldi. Rözğorini qayta tiklab oldi. Xotini, bolalari endi qorovullikni bas qilişni söraşdi. Lekin oğir damlarda unga rizq bergan dargohni taşlab ketiş xiyonatday tuyulardi.
U Izbosarning hovlisiga yetib borib, darvoza qönğiroğini bosdi.
Ön daqiqa ötar-ötmas masjid yoniga qop-qora “Lasetti” uçib kelib töxtadi. Undan çopon-döppi kiyib, belini boğlagan ikki kişi – Izbosarning öğli va haydovçisi tuşdi. Ular orqa-oldilariga qaramay, jasadni ikki buklab, maşinaga tiqişdi. Keyin öğli peşonasidagi reza terlarni artarkan, “Xayriyat, heç kim körmadi”, deya oğir tin oldi.
– Xöjayin ğujanak bölganlariça qotibdilar, – ğamgin ovozda gapirdi haydovçi Mixli maşina ruliga ötirarkan.
– Iye, buning nima farqi bor. Tezroq haydang, – jerkib berdi Izbosarning öğli.
Öşa kuni peşinga borib-bormay, Izbosarning dafn marosimi ötkazildi. Uning xotini tobut kirib kelganidan mayitni olib çiqib ketgunlariça dunyoni buzib, “törasidan ayrilib qolgani” haqida faryod çekdi. Tobutni kötarib çiqişayotganda esa qizi bir ötli “oh” tortib, “Dadajon!” dedi-yu, huşidan ketdi. Kömib bölişgandan söng öğli otasining qabrini quçoqlab, yarim soat nola qildi. “Endi qanday yaşaymiz, dadajon! Sizsiz nima qilamiz?!” deya vovaylo qildi. Beçorani beş kişi zörğa tortib, qabrdan qözğatişdi.
Fotiha kuni mahallaning kunda-şunda çollari Izbosarboyning andoq saxiy va oliyhimmat ekanini takror-takror madh etib, yoğli palovlarni yeb, yuqini soqollariga surtişdi. Imom-xatib fotihaçilarning köpligidan xatmi Qurʼon qilaverib çarçadi. Maxdum unga kamarbasta böldi. Izbosarning kuyovi, işxonasidagi xodimlari, hatto qorovul ham uning maʼrakalari tugagunça xonadonidan bir qadam siljimay, “jannatmakon xöjayin”ning “oxirgi xizmatlari”ni ado etişdi.
Faqat… faqatgina masjidning qorovuli, oilasining iltimosiga köra mayyitni qay ahvolda topganini heç kimga aytmagan bölsa ham, itning joyiga Izbosarning qanday borib qolganidan hayron edi. Yana deng, xuddi itday, bir ahvolda-ya. Yo tovba…
Şunaqasi ham bölarkanda, a?!
Zuhra Mamadaliyeva
1977-yili tuğilgan. Jizzax davlat pedagogika institutida tahsil olgan.
2011-yili “Alişer Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida ramziy obrazlar tizimi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2015-yili “Lison ut-tayr obrazlari: ramz va majoz olami” monografiyasi naşr etilgan.
Adabiy asarlari “Qaldirğoçim”, “Vatanim deb seni uyğondim” töplamlarida eʼlon qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


