12 daqiqada öqiladi

2 366 marta körilgan

Adabiyot – ruhiyat mulki

Sayfiddin Rafiddinov

Bolalik – inson umrining eng pokiza damlari. Hasadu adovatdan yiroq, dunyoning turfa öyinlaridan ğofil çoğlar… Kim bilsin, balki inson şuning uçun ham yoşi ötgan sari bolaligini soğinar, qömsab qolar. Bugun yoşim oltmişni qoralab borar ekan, öşa beğubor onlarni eslasam, yuragim hapqirib ketadi.

Esimda, otamning tört-beş nafar döstlari çoğroqqina mehmonxonamizda tez-tez yiğilişardi. Keçqurunlari allamahalgaça qiziq-qiziq suhbatlar bölardi. Men ham bir burçakda ularning gapiga goh tuşinib, goh tuşinmay ötirardim. Endi öylasam, bu kişilar nihoyatda savodxon zotlar bölgan ekan. Çunki ularning suhbatlari şunçaki oldi-qoçdi gaplar emasdi. Ular  Alişer Navoiy, Ahmad Yassaviy, Boborahim Maşrab, Söfi Allohyor singari buyuk allomalarning qölyozmalarini öqişar, tahlil qilişardi. Ularning Yassaviy hikmatlarini öqib yiğlab ötirganlarini bir neça bor körganman. Albatta, men u paytlarda yoş bola edim. Bu köz yoşlar boisini tuşunmasdim.

Oradan yillar ötdi. Yoşim ulğaygan sari “mehmonxona suhbatlari”ning asl maʼnosini anglay boşladim. Anglaganlarim esa meni adabiyot atalmiş sirli bir dargohga yetakladi. Menda kitob öqişga qiziqiş uyğondi. Ming şukrki, bu qiziqiş hamon tark etgani yöq. Xullas, oila muhiti meni adabiyot va ijod tomon boşladi.

Ilk şeʼriy maşqlarimni öquvçilik yillarida yozganman. Bir safar tuman gazetasida “Qişloğim” deb nomlangan şeʼrim bosilib çiqdi. Öşa paytda quvonçdan qanot çiqarib uçib ketay deganman. Çunki bu mening ilk marta ijod zavqini tuyişim edi. Oradan bir neça yil ötib Mavlono Atoyi şeʼriyatiga bağişlangan dastlabki kitobim “Majoz va haqiqat” risolasi çiqqanda ham mana şu hissiyotni tuyganman. Rosti, bu kitob haqida juda yaxşi fikrlar bildirilgan. Keyinçalik adabiyot, til va milliy qadriyatlarimiz haqida bir qator maqolalarim çop etildi.

Örni kelganda aytib qöyişim kerakki, öquvçilik yillarida şeʼr va maqolalarimga tumani gazetasi xodimlari Şarofjon Orifiy, Bozor Nomozov va Neʼmat Arslonov kabi ijodkorlar yaqindan yordam berib, ustozlik qilganlar.

Bolalikdan mumtoz adabiyotga qiziqdim. Bu borada Yassaviy va Navoiy devonlarini sevib mutolaa qiladigan qöşnimiz Şayx Xurramxon eşon bobo, şahrisabzlik Qori Abdulahad va Fayzullo Maxsum (Ravnaqiy) domlalar, şuningdek, bobomiz Şayx Abdusalomxon eşonlar ilk ustozlarim bölişgan. Ularning har biri Yassaviy, Navoiy, Söfi Allohyor va Maşrab kabi zotlarning muxlis va muhibi hamda ular izidan borgan diyonatli olim, orif va taʼbir joiz bölsa, avliyo zotlar edilar. Men ulardan “ilm va adab” tuşunçasining uyğunligini, komillik va halollik masʼuliyatini örgandim. Keyinçalik adabiyotşunos, manbaşunos va matnşunos bölişimga şu zotlarning hissasi beqiyos bölgan. Agar özimda biror yaxşi fazilat paydo qilgan bölsam, avvalo, ana şu ustozlarning taʼlimi va barakotidan deb bilaman. Şuning uçun ham  bir umr ular oldida özimni qarzdor deb his qilaman…

Yoşligimda  garçi mohiyatini töla idrok etolmasam-da, şarqşunos olim bölişni orzu qilardim. Bunga erişmoq uçun harakatlarim ham böldi. Biroq nasiba boşqa tomonda ekan.

Taqdir taqozosi bilan Samarqand Davlat universitetining “Özbek va tojik filologiyasi”da tahsil oldim. Talabalik yillarim ham öqiş va izlanişlar bilan keçdi. Şu yillarda xattotlik sanʼatini örgandim. Maqtaniş emas-u, xattotlikda yuksak natijalarni qölga kiritganman. Şuning uçun ham universitetni tamomlaşda “Arab yozuvining turlari va tarixi” mavzusida diplom işi yozdim. Buni qarangki, öşa yili universitetga davlat imtihoni kimissiyasi raisi bölib poytaxtdan benazir adabiyotşunos olim Matyoqub Qöşjonov bordilar. Mening diplom işim Matyoqub akaning diqqatini tortdi. U kişi meni çaqirib, zamonaviy va mumtoz adabiyotimiz xususidagi fikrlarimni eşitib kördilar.

– Mabodo Toşkentga işga taklif qilsak, borasizmi? – dedi ustoz sinovçan tikilib. – Poytaxt öziga xos maktab, u yerda öqiş va izlanişga yetarliça imkoniyat bor.

Kutilmagan bu taklifdan sarosimaga tuşib qoldim. Çunki bu taklif menga juda katta masʼuliyat yuklayotgandi. Men kelajakda bu işonçni oqlaşim zarur edi.

Matyoqub aka diplom işimni Toşkentga olib ketdi. Nazarimda u kişi bu ijodiy işni kimlargadir körsatgan. Şundan keyin ustoz bilan örtamizda jiddiy suhbat bölib ötdi. U kişi menga Toşkentga borib, kimlar bilan uçraşib, qanday muomala qilişimgaça batafsil tuşuntirib qöydilar. Ana şu körsatmalarga asosan Toşkentga keldim va Özbekiston Fanlar akademiyasining Alişer Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutiga işga kirdim.

Toşkent adabiy hayoti meni har jihatdan ulğaytirdi. Ustoz Matyoqub akaning yordami va maslahati bilan ana şu tarzda hayotim, turmuş tarzim butunlay özgardi.

Institutdagi faoliyatimda hurmatli olimlarimiz Abduqodir Hayitmetov, Abduraşid Abduğafurov, Yoqubjon Isʼhoqov va Ibrohim Haqqulov singari adabiyot muhiblaridan köp narsa örgandim. Xususan, ilmiy işimga rahbarlik qilgan taniqli olim Ibrohim Haqqulov tom maʼnoda ustozlik qildilar va bizning adabiy suhbatlarimiz, saboqlarimiz şu dargohda hamon davom etmoqda.

Ötgan yillar davomida ilmiy-ijodiy faoliyatimning mahsuli ölaroq özimning uç-törtta kitobim naşr etildi. Arab, fors va turk tillaridan ön oltita kitob tarjima qildim. Mumtoz adabiyot, folklor, din, tasavvuf, axloq va boşqa sohalarga oid bölgan 25 kitobni sözboşi, izoh va luğatlari bilan naşrga tayyorlab çop qildirdim. Köplab ilmiy va badiiy maqolalarim davriy naşrlarda yoritilib bormoqda. Lekin bu işlardan hali köngil tölganiça yöq. Qilinişi kerak bölgan ijodiy işlar hali oldinda. Ammo har doim şu kunlarga yetkazgani va şu xayrli işlarga muyassar qilib qöygani uçun Yaratgan zotga şukronalar aytaman. Va yana bir şukronam şuki, ilm va kitobat işlarida menga hamfikr va hamnafas bölgan oilam bor. Harqalay adabiyot va şeʼriyat ixlosmandlari turmuş örtoğim şoira Zebo Rahimovani yaxşi tanişadi. Ikki nafar farzandimiz: bir öğil, bir qizimiz bor. Öğlim Muhammad Sodiq Toşkent Islom universitetini ötgan yili tamomladi. Şu paytgaça baʼzi kitoblarni hamkor bölib naşrga tayyorladik. Kelajakda madaniy merosimiz va mumtoz adabiyotimiz bilan boğliq ilmiy tadqiqotlar qiliş rejasi bor. Keyingi paytlarda davriy naşrlarda beş-oltita ilmiy va maʼrifiy maqolalari eʼlon qilindi. Ota va ustoz sifatida bu yutuqlardan mamnunligim behaddir. Qizim Dildora Xotin-qizlar madrasasida tahsil oldi.

Bir söz bilan aytganda oilamizda adabiy muhit hukmron. Şuning uçun ham bolalarim asosan adabiyotga ixlosmand bölib ulğayişdi. Rosti, men bundan mamnunman. Zero, adabiyot ilm, fan, şeʼr, tarix, til, madaniyat, qadriyat, özlik,  din, eʼtiqod va axloqdir. Şartli ravişda aytiş mumkinki, butun bani başarga, insoniyatga tegişli adabiyot bor va ayni paytda har bir millatning öz adabiyoti bor. Adabiyot bu millat közgusi, ruhiyat mulki. Jamiyatdagi yutuq va kamçiliklar, yomon va yaxşi xulqlar, millatning ötmiş va kelajagi, til va qadriyatlari, özligi, diyonat va eʼtiqodi, boringki har bir jabhadagi muomala va munosabatlari ana şu adabiyotda, eng sara asarlarda öz aksini topadi. Millatni dunyo sahnasiga olib çiqadigan vositalardan biri şubhasiz adabiyotdir. Adabiyotsiz jamiyatning, millatning ahvolini tasavvur qiliş qiyin. Inson ong va fikrsiz, his-tuyğusiz, ruhsiz, şuursiz yaşaşi mumkinmi? Şuning uçun ham ötgan asrning tongida buyuk Abdulhamid Çölpon “Adabiyot yaşasa – millat yaşar” deya bong urgan edi. Şoir mazkur fikrlari davomida yozadi: “Adabiyoti ölmağon va adabiyotining taraqqiysiga çalişmagan va adiblar yetiştirmağon millat oxiri bir kun hissiyotdan, öydan, fikrdan mahrum qolib, sekin-sekin inqiroz bölur. Muni inkor qilib bölmas. Inkor qilğon millat özini inqirozda ekanun bildurur”.

Mana, bu fikrlarning aytilganiga ham sal kam yuz yil böldi. Ammo Çölponning fikri hamon eskirgani yöq. Bu davr içida xalqimiz köp taşvişli kunlarni boşdan ötkazdi. Şörolarning soxta mafkurasi xalq ongini ham, adabiyotini ham maʼlum maʼnoda çalğitdi. Lekin baribir yaxşi şeʼrlar, yaxşi asarlar yozildi. Adabiyotimiz öziga yaraşa muvaffaqiyatlarga erişdi. Ayniqsa, mustaqillikdan keyin bir talay yoşlarimiz adabiyot maydoniga öz ovozi, öz sozi bilan kirib keldi va jonajon yurtimizning istiqlolini, u bergan moddiy va maʼnaviy neʼmatlar haqida baralla kuylamoqda. Ammo bu saʼy-harakatlarimiz hali yetarli emas. Jahon tan oladigan va millatni dunyoga tanitadigan asarlar yozilişi kerak. Buyuk mumtoz adabiyotimiz yoşlarimiz tomonidan tadqiq etilişi lozim.

Şaxsan men adabiyotda asrlar sinovidan ötgan şeʼriy şakl va mazmun davom etişini istardim. Navoiy, Ogahiy, Söfi Allohyor, Maşrab singari uluğlarimiz tarğib qilgan pok eʼtiqod, halollik va adolat zamonaviy adabiy asarlarimiz mazmuniga ham köçib ötişini istardim. “Sözda sehr, şeʼrda hikmat” bor deydilar. Har bir şeʼr va adabiy söz mana şu mezonga mos bölişi kerak. Navoiyning hikmatli baytlarini har qança takrorlasangiz ham köngilga urmaydi. Buning siri nimada? Buning siri Navoiy hazratlarining ixlos-eʼtiqodi va pok muhabbatidir.

Şoir ğazallarini öqiy turib, qalbimiz mudom hayratlar oşyoniga aylanadi. Bu ğazallar göyo sözlardan emas, balki usta zargarning mohir qöli bilan bir ipga tizilgan gavharlardan, marjonlardan iboratdek tuyuladi. Bilʼaks, şoirning özi ham söz atalmiş ilohiy neʼmatni şeʼrlarida “söz gavhari” deb ifodalaydi. Hali qoğozga tökilib ulgurmagan şeʼrlarini esa “hali köngil sadafi içiga yaşiringan javohirlar” deb ataydi. Aytiş mumkinki, söz taʼrifini  heç kim hazrat Navoiyçalik  maromiga yetkaza olmagan.

Albatta, hazrat Navoiy taʼrifida har qança yozsak kam bölaveradi. Biroq bu yerdagi asosiy gap şuki, biz Navoiyni örganişimiz kerak. Biz Navoiyni örganmasak, u zotni buyuk deyişimizdan maʼno qolmaydi. Asrlar ötsa-da, Navoiy kamolot osmonida quyoşdek balqib turaveradi. Bu quyoşdan bahramand böliş esa özimizga tan.

Agar diqqat qiladigan bölsak, özbek mumtoz adabiyotidan adabiy janrlarni, hatto sönggi yillarda tez-tez quloqqa çalinayotgan zamonaviy modernizm unsurlarini ham topişimiz mumkin. Garçi ötgan asrning sönggi çoragida ommalaşgan “modernizm” atamasi “eng yangi”, “zamonaviy” degan maʼnolarni anglatsa-da, bu adabiy hodisa yöq joydan paydo bölgan emas. Misol uçun, Atoyining önlab ğazallarida modernizmning asosiy xususiyatlaridan biri simvolizmni körişimiz mumkin. Demoqçimanki, ayrim adabiyotşunoslarimizning modernizmni faqat ğarbga xoslab qöyişi unçalik töğri emas. Yoki buni ğarb andozasi deya inkor etiş ham yaxşi emas. Muhimi, qaysi janr yoki qaysi uslubda bölmasin, öquvçi ruhiyatiga ijobiy taʼsir eta oladigan asarlar yaratişdir. Adabiyotning yaşovçanligini yangi uslublar emas, yaxşi asarlar taʼminlaydi.

Axir Navoiy hazratning aruzda yozilgan ğazallarini insoniyat beş yuz yildan beri öqib keladi va zavq oladi. Ularda inson atalmiş murakkab va şarif xilqatning turfa his-tuyğulari, zavqu şavqlari, orzuyu armonlari eng nozik qirralarigaça öz ifodasini topgan.

Maʼlumki, Navoiy hazratlari şoirlarni yaxşi va yomonga ajratgan va boşqalar aytgan maʼnolarni takrorlaşdan qaytargan. U kişi  “Hayratul abror” dostonining “söz taʼrifida”gi bobida nazmning örni, şeʼrning şakl va mazmuni haqidagi töxtalar ekan, bob xotimasida şunday deydi:

 

Bölmasa eʼjoz maqomida nazm,

Bölmas edi Tengri kalomida nazm.

Nazmda ham asl anga maʼni durur,

Bölsun aning surati har ne durur.

Nazmki, maʼni anga marğub emas,

Ahli maʼoniy qoşida xöb emas.

Nazmki ham surat erur xuş anga,

Zimnida maʼni doği dilkaş anga.

Nazarimda, şoirning bunday teran fikrlari har qanday ğarbparast modernçini ham behuda daʼvolardan qaytarsa ajab emas.

Biz modern adabiyoti Ğarbdan kirib kelgan deyişdan oldin Şarq adabiyotida ham doimo yangilikka, “toza mazmun”ga intiliş va tarğib qiliş bölganini eslab qöyişimiz kerak.

Haqiqiy ijodkorlar heç qaçon qandaydir “izm”lar qolipiga moslab şeʼr yoki boşqa asarlarini yozmaydilar. Isteʼdodli ijodkorlarda ilhom quyilib keladi va şunda eng sara asarlari tuğiladi. Deylik, Faxriyor yoki Bahrom Rözimuhammadlar şeʼriyatda, Nazar Eşonqul nasrda biror şakliy yoki maʼnaviy özgarişlar qilgan bölsalar bu ijodning tabiati. Ijodkor hamişa izlanişda davom etişi kerak, bölmasa u öz qobiğida öralaşib qoladi. Qolaversa, bu özgarişlarni kitobxonlar qanday qabul qiladi? Yaxşi qabul qilmasa, unday modernçilikning nima keragi bor?! Abdulla Oripov yoki Muhammad Yusufning xalqona va teran maʼnoli şeʼrlarining nega şaydosi köp? Menimça, har qanday holatda ham aslidan uzilmagan va zamonasidan orqada qolmagan şeʼriyat yalovbardor böladi.

Şu maʼnoda bugungi özbek adabiyotini rivojlantiriş uçun avvalo, jön va örtamiyona asarlarning ildiz otişini töxtatiş kerak. Naçora, Abdulla Qahhor aytganidek, “Adabiyotga öğri muşukka öxşab tuynukdan oşib tuşadiganlar ham böladi”.

Yana bir muhim masala, hazrat Navoiy va boşqa mumtoz şoirlarimizning asarlarini, xalq oğzaki ijodi durdonalarini yana-da kengroq tarğib qiliş yölidan borişimiz lozim. Tan olişimiz kerak, bolalarimizga örta maktablarda mumtoz adabiyotimiz köngildagidek örgatilmayapti. Töğriroği, bu borada malakali kadrlar va öquv qöllanmalarimiz ham hali yetarli emas. Tasavvufiy ramz va timsollar luğatini, şoh baytu ğazallar şarhini köpaytiriş kerak.

Şuningdek, bugun adabiyotimizda tarjima sanʼatiga jiddiy eʼtibor qaratmoq ehtiyoji ham mavjud. Çet el adiblarining eng sara asarlari tarjima qilinsa, ayni paytda özbek adiblarining kitoblarini ham xorij tillarga ögiriş işlari izçillik bilan amalga oşirilsa maqsadga muvofiq bölardi. Afsuski, hali bizda Navoiy asarlarini xorij tillariga professional tarzda tarjima qila oladigan mutaxassislar deyarli yöq. Demak, bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratiş kerakka öxşaydi.

Yozuvçilar uyuşmasida paydo bölgan har bir badiiy asar keng miqyosda, talabçanlik ruhi bilan muhokama qilinişi kerak. Zero, bu hol ijodga endigina  kirib kelayotgan yoşlarga adabiyotning ermak emasligi yoki kasb emasligini tuşuntiriş, ular bilan işlaş va yaqin munosabatda böliş, yangi isteʼdodlarni kaşf etişimizga yöl oçadi.

Mana şu xayrli işlarga imkon qadar hissa qöşiş har bir adabiyot muhibining zimmasidagi burçdir. Şu maʼnoda kamina ham daftarimga bir qator rejalarni qoralab qöyganman. Gap endi ularni amalga oşirişda. Jumladan, uşbu yilda “Özbek adabiyotida qalandarlik” mavzuidagi doktorlik işimni oxiriga yetkazişim kerak. Ayrim mumtoz adabiyotimiz vakillarining benazir asarlari hali qölyozma holida turibdi. Ularni naşrga tayorlaş, arab va fors tillarida bitilgan asarlarini tarjima qiliş lozim. Bu xususda ham öziga xos rejalarim bor. 

Xattotlik, xat sanʼati böyiça ham bir qança maʼlumotlar yiqqanman. Ularni kitob holida jamlaşim kerak. Şuningdek, öylab qöygan badiiy qissa va xotiralar yoziş niyatim bor. Kelajakda Navoiy asarlarini şarhlaş, imkon qadar sodda qilib tuşuntirib beriş asosiy orzularimdan biri.

Atoqli şoirimiz Ogahiyning “Taʼvizul oşiqin” devoni töliq holda naşr bölmagan. Men bu devonni eng işonçli qölyozmadan kirill alifbosiga tabdil qilib çiqdim. Uni oxiriga yetkazib, bu yil naşr qiliş niyatidaman. Ajabmas, mustaqilligimiz şarofatidan Ogahiy bobomizning mukammal asarlar töplami naşr etilsa.

Xullas ilm, ijod deganlari bu hayot bilan, insonlar bilan, turmuş taşvişlari bilan boğliq hodisadir. Ana şu zahmatlarga çidab ijod qiliş barçamizga nasib etsin.

 

 

Sayfiddin Rafiddinov – 1958 yil Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumaniga qaraşli Temirçi  qişloğida tavallud topgan. 1987-yilda  Samarqand davlat universitetining Özbek va tojik filologiyasi fakultetini, 2001-yilda Imom al-Buxoriy nomidagi Toşkent Islom mahadini tamomlagan. Mumtoz adabiyotni yaxşi biladigan, qölyozma manbalarni puxta öqiy oladigan, arab xat turlari, fors va arab tillarini biladigan adabiyotşunos, manbaşunos va islomşunos olimdir.

U 1987-yildan buyon Özbekiston Fanlar Akademiyasining Til va adabiyot institutida işlab kelmoqda. Institut aspiranturasi va doktoranturasida öqigan. 1994-yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oliş uçun “Atoyining poetik mahorati” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qildi hamda XV asrning birinçi yarmida yaşab ijod etgan maşhur şoir Mavlono Atoyining Sankt-Peterburgda saqlanayotgan yagona qölyozma nusxasini kirill alifbosiga tabdil qilib, asl manbasi, sözboşi va izohlari bilan naşr etdi. Alişer Navoiyning 20 jildlik “Mukammal asarlar töplami”ning 17, 18, 19 va 20-jildlarini naşrga tayyorlaşda tarjimon va masʼul muharrir sifatida faol iştirok etdi.

Ilmiy faoliyati davomida Sayfiddin Rafiddinov özining 4 kitobini eʼlon qildi. Mumtoz adabiyot, xalq oğzaki ijodi, islom dini, tasavvuf, xususan naqşbandiylik tariqati va boşqa sohalarga oid 16 kitobni arab, fors va turk tillaridan tarjima qilib, şuningdek, mazkur sohalarga oid yigirmadan ortiq kitobni sözboşi, izoh va luğatlari bilan naşrga tayyorlab çop ettirdi.

Uning kitob va maqolalari xorijda ham naşr bölgan. Olim Jazoir, Eron va Turkiyadagi köplab xalqaro ilmiy anjumanlarda maʼruza bilan iştirok etgan. 1998-yildan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining aʼzosi. Oilali, 2 nafar farzandi bor.

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 2-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)