O‘zbekning chin do‘sti

0
51
marta ko‘rilgan.

Adabiyot –  xalqlarni birlashtiruvchi katta kuch. Zero, adabiyotning tili bitta, san’at tilidir. Shunday ijodkorlarlar borki, ular garchi boshqa millat vakili bo‘lsa-da, ijodi orqali o‘zbekning ruhini kuylagan, adabiyotimizni jahonga targ‘ib qilishda jonbozlik ko‘rsatgan. O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg ana shunday ijodkorlardan biri edi.

U 1939 yili Toshkent shahrida tavallud topgan. Maktab va texnikumni tamomlab, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi.

Shoirning sermahsul ijodi Toshkent, Moskva va Sankt-Peterburgda jami o‘n uchta to‘plam holida o‘quvchilarga yetib bordi.

Faynberg o‘zbek adabiyotining katta tarjimoni va targ‘ibotchisi edi. U ulug‘ Alisher Navoiy hamda ko‘plab zamonaviy o‘zbek she’riyati vakillarining asarlarini rus tiliga tarjima qildi. Xususan, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Omon Matjon, Sirojiddin Sayyid, Xosiyat Rustamova she’rlarini rus she’rsevarlariga havola etdi. Shoirning o‘zbek tilidagi “Chig‘iriq” nomli she’riy (R.Musurmon tarjimasi) to‘plami nashr qilingan.

Aleksandr Faynberg 2009 yili Toshkent shahrida vafot etdi.

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.