Ozod Şarafiddinov odil inson, zahmatkaş olim, mehribon ota sifatida qalblarda iz qoldirdi. Domlaning ijod merosi nainki bir insonning, balki butun bir millatning faxru ğururi böla oladi. Ozod Şarafiddinov özbek adabiyotining XX asr tarixida öz şaxsi, öz dunyoqaraşi, eʼtiqodi, isteʼdodi, imkoniyatlari ozodligini bir butun takrorlanmas hodisa deb bilgan, bu yuksak qadriyatlar taqozo etadigan maşaqqatlar yukiga yelkasini oğrinmay tutgan, bir zum el nazaridan çetda emasligini his etib yaşagan ziyolilardandir.
Ustoz şu mehnatlari uçun “Mehnat şuhrati” ordeni (1997), “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni (1999), “Özbekiston Qahramoni” unvoni (2002) bilan taqdirlangan.



“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


