6 daqiqada öqiladi

185 marta körilgan

Peşqadam

Şogirdparvar

1958-yilning fevral oyi edi. Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institutida buyuk özbek şoiri va mutafakkiri Alişer Navoiyning tavallud kuniga bağişlab ilmiy anjuman ötkazildi. Ertasi kuni Maqsud Şayxzoda rahbarligida ixçamgina muşoira ham bölib ötdi. Unda köp taniqli ijodkorlar qatnaşdi. Men ana şu tadbir haqida bir axborot yozib, kursdoşim Xayriddin Salohga körsatdim. U maqolani öqib kördi-da:

– Yaxşi yozilibdi, darsdan keyin Şotursun akaga olib boramiz, – dedi.

Tuşdan söng Navoiy nomidagi katta teatr röparasidagi binoga bordik. Uçinçi qavatga kötarilib, hozirgi “Yoşlar ovozi” gazetasining “Adabiyot va madaniyat” bölimiga kirdik. Garçi Şotursun Ğulomovni oldin körgan bölsam ham, şaxsan taniş emasdim.

– Bu mening kursdoşim Hamidjon, jurnalistikaga qiziqadi, bir axborot yozibdi, – deb taniştirdi Xayriddin.

U kişi maqolani öqib körib “maʼqul” dedilar va u gazetaning navbatdagi sonida eʼlon qilindi. Şu-şu Şotursun aka bilan ustoz-şogirdday bölib qoldik. Natijada şu gazetada köplab maqolalarim bosildi; hatto Qöyliqdagi bir maktab direktori haqida oçerkim ham bosildi. Demak, mening maqolanavis sifatida şakllanişimda Şotursun akaning öziga xos örni va mavqei bor.

Öşa yillari Şotursun Ğulomov respublika jurnalistlarining öta faol, jangovar-peşqadamlaridan edi. Hali qarasangiz, Angren, Ohangaron quruvçilari hayotidan, bir qarasangiz, Mirzaçölning qöriq yerlarini özlaştiruvçilar faoliyatidan bir-biridan öqişli oçerklari eʼlon qilinardi. Keyinçalik ana şu dolzarb ruhdagi oçerklar “Böz yerlar uyğondi”, “Hayot gullari”, “Beş oğa-ini” nomi bilan alohida kitob holida çop etildi. Bu asarlar yoşlar orasida qölma-qöl yurardi. Bugina emas, Şotursun aka yoş qalamkaşlarning beğaraz murabbiysi, ğamxöri edi. Kamina Şotursun akaning Omon Saidaminov, Tölqin Rasulov, Öktam Usmonov, Xayriddin Saloh, Tursunboy Yöldoşev, Yusuf Şomansur, Anvar Yusupov singari navqiron qalamkaşlar, talaba-yoşlar ijod namunalarining ommalaşuvi, matbuotda eʼlon qilinişiga boş-qoş bölganliklarining guvohi bölgan. Bir kuni kursdoşim Öktam Usmonov “Şotursun aka hikoyamni olib qoldilar” deb faxrlangan edi. Ayniqsa, tengdoşlarimizdan Tölqin Rasulov bilan Omon Saidaminovning qalami ötkirlaşişi, jurnalist sifatida şakllanişida Şotursun akaning hissasi katta. Çunki bu ikki döstimiz öta serğayrat, topqir bölib, köp gazetalarda ularning rang-barang maqolalari eʼlon qilinardi.

Mehribonlik

Ötgan asrning 90-yillari boşida pedagogika institutiga akademik Ğanijon Abdurahmonov rektor etib tayinlandi. Öşa kunlari institutning “Özbek adabiyoti” kafedrasi mudirligiga matbuotda tanlov eʼlon qilingandi. Ikki kasbdoşimiz unda qatnaşiş uçun ariza berişdi. Bir kuni rektor meni çaqirib:

– Nega mudirlikka ariza bermadingiz, – deb sörab qoldi.

– Daʼvogarlar zör, ötolmasam kerak, – dedim.

– Bekor aytibsiz. Sizning ilmiy işlaringiz köp, ötasiz, bugunoq ariza bering, – gapni çört kesdi Ğanijon aka.

Ariza yozib, ilmiy kotibga topşirdim. Haqiqatan ham, institut ilmiy kengaşi aʼzolari menga yuz foiz ovoz berişdi. Bir kuni “Özbekiston yozuvçilari” degan kitobni közdan keçirsam, 38 adib Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institutining turli fakultetlarida öqişgan ekan. Ularning röyxatini tuzib, uyuşmaga berdim-da, kursdoşim rais muovini Öktam Usmonovdan şularning suratlarini yiğib berişda kömaklaşişini söradim. U röyxatni közdan keçirib, “Şotursun aka ham bor ekan”, deb xursand böldi va bunday dedi:

– Bu jiddiy, katta iş. Uni şunçaki, yöl-yölakay bajarib bölmaydi. Rektor tomonidan rais nomiga rasmiy xat olib kelasiz, – deb röyxatni qaytarib berdi. Ertasi kuni rektor imzosi bilan iltimosnoma – xat olib bordim. Birgalikda uyuşma raisi adib va olim Sarvar Azimov huzuriga kirdik. U kişi xatni öqib, boş qimirlatib maʼqulladi-da: “Fotolaboratoriyaga! Röyxatdagi yozuvçilarning portretlari uyuşma hisobidan tayyorlab, ramkaga solib berilsin”, deb yozib berdi. Bir oy davomida suratlar tayyor böldi, keltirib, kafedra devoriga tartibi bilan ilib qöydik.

Oradan bir neça yil ötgaç, yangi rektorimiz texnika fanlari doktori, professor Bahromjon Qodirov kafedraga kirib keldilar-da, portretlarga nazari tuşib:

– Bu zör iş bölgan ekan. Endi bularning rosmana suratlarini sanʼat fakultetidagi ustoz Ğafur Abdurahmonovga çizdiring, haqini rektorat tölaydi, – dedi.

Men portretlarni taxlab, Abdurahmonovga eltib berdim. Ustoz bir neça oy davomida barça adiblar siymosini moyböyoqda qayta yaratib berdi. Keyin ularni keltirib, fakultet yölagiga tartibi bilan ilib çiqdik. Kunlardan bir kun yangi rektorimiz Uluğbek Inoyatov fakultet yölaklarini aylanib yurib, portretlarni tomoşa qilar ekan şunday dedi:

– Domla, bu işingiz yaxşi bölgan ekan. Endi uşbu adiblar haqida bir maʼlumotnoma – tazkira yozib, hammaga tarqatiş kerak. Uni qölga olgan har bir talabaning qalbida iftixor tuyğusi jöş ursin.

Şundan söng men ana şu adiblar ijodini örganişga kirişib ketdim: olimlarning ular haqidagi tadqiqotlarini, “Özbek adiblari”, “Özbek adabiyoti” (maʼlumotnomasi)ni, qomuslarni öqib, yozuvçilarning mukammalroq biografiyalarini yaratişga intildim; farzandlari, ayollari, hatto nabiralari bilan ham suhbatlaşdim. Şu jarayonda adib Şotursun Ğulomov haqida töplagan dalillarim yetarli bölmadi. Şoir Şukur Dadaşdan bir öğillari Birlik guzarida turişini aniqlab, qidirib xonadonni topdim va yozuvçi haqida qöşimça maʼlumotlar, şeʼrlaridan namunalar oldim. Ana öşanda adibning öğli Hayot Ğulomov quyidagi voqeani aytib berdi:

– Dadam zamonamizning buyuk şoirasi Zulfiya opa bilan opa-ukaday edilar. Köpinça u kişi onam bilan bizlarni ergaştirib Zulfiya opanikiga olib borardilar. Ular ham biznikiga köp kelganlar. 1965-yilning yanvar oyida padari buzrukvorimiz olamdan ötib qoldilar. Barça aza-maʼrakalari ötib bölgandan keyin Zulfiya opa bizdan hol-ahvol söragani kelib qoldilar. Biroz suhbatdan söng onamga qarab:

– Endi nima qilmoqçisiz? – deb söradilar.

– Biror fabrikaga kirib işlarman yoki magazinda sotuvçilik qilarman, – deb javob berdi onam.

– Yöq, sizning xonadoningiz ziyoli oila, siz öqişingiz kerak. Keyinçalik farzandlaringiz ana şu anʼanani davom ettirişi lozim. Attestatingizni olib çiqing, hozir bir joyga boramiz, – dedi Zulfiya opa.

Onam attestatni olib keldi. Ikkovlaşib hovlidan çiqib ketişdi. Keyin onamdan sörab bilsam, Zulfiya opa ularni töğri Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika instituti rektori Şopölat Abdullayev huzuriga boşlab borib:

– Sizning sobiq talabangiz, mening ukam şoir Şotursun Ğulomov olamdan ötdi. Bu singil beş bola bilan beva qoldi. Öşa gödaklarning hurmati uçun şu singilni öqitib berasiz, – degan ekan.

– Zulfiyaxonim, bajonidil, ammo institutning kunduzgi hamda sirtqi bölimlarida qabul komissiyalari allaqaçon faoliyatini töxtatib bölgan. Buning heç iloji yöq.

– Şopölat Şoakbaroviç! Buni men bilib-tuşunib turibman. Lekin bu ayol işga kirib, beşta yetimni boqişi lozim. Heç bölmasa, sirtqi bölimning boşlanğiç taʼlim fakultetiga qabul qiling, – deya sözlarida qatʼiy turib oladilar opa.

– Unday bölsa, – dedi rektor, – barça fakultetlarda guruhlar tölib şakllanib bölgan. Ularning safiga bir kişini qöşişga bizning haqimiz yöq. Institutning qabulini Vazirlar Mahkamasi boşqaradi. Siz Sarvar Azimovdan bitta örin olib berasiz, biz buyoğini rasmiylaştirib olamiz.

Zulfiya opa ertasi kuni Vazirlar Mahkamasidan örin olib berganlar va öquv yilining qoq örtasida onam Xosiyat Ğulomova pedagogika institutining sirtqi bölimiga qabul qilinadi. Onam boşlanğiç taʼlim fakultetini davrimizning buyuk şoirasining oilamizga mehribonçiliklari tufayli bitkazib, umrlarining oxirigaça maktabda dars berib, beş farzandni voyaga yetkazdilar.

Şu voveqdan söng aksariyat buyuklarimizning tom maʼnoda kengfeʼl bölişlariga yana bir karra töla işonç hosil qildim.

Men öşanda Şotursun Ğulomov xonadonidan bir olam taassurot bilan qaytdim; u kişining şoir sifatida “Quyoşga tik qarab”, “Şalola” singari şeʼriy töplamlari, “Toza havo”, “Qutluğ kun”, “Yorqin ufqlar” kabi qissalarini öqimaganimdan ökindim; muxtasar lavha yozib, Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institutini tugatgan 83 nafar adibning hayoti va ijodi zikr etilgan “Nizomiy dilbandlari” nomli tazkiraga kiritdim. Bu kitob ikki marotaba naşr qilindi. Keng jamoatçilik, marhum yozuvçilarning avlodlari tomonidan yaxşi kitob sifatida eʼtirof etildi.

Şotursun Ğulomov yuzlab oçerklari, hikoyalariyu qissalari, öziga xos nafis tuyğular hosilasi bölmiş şeʼrlari bilan elning qalbiga nur olib kirdi, yurtiga yaxşilik uruğini soçdi, şogirdlarini peşqadam murabbiy sifatida yetaklab, ulğaytirdi. Buyuk şoir Hofiz Şeroziy aytmoqçi: “Kimki yaxşilik bilan umrguzaronlik qilgan bölsa, u mangu tirikdir”. Zero, uning yaxşiliklarini keyingi avlod zikr etib, özlari bilan tirik olib yuradilar.

Homidjon Homidiy

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)