Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi muassisligida naşr etilayotgan “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi çop etila boşlaganiga 60 yil böldi. Şu oltmiş yilning salkam çorak asri mustaqillik davrida keçgan bölsa, istiqlolga qadar ötgan qaryib ön yil mobaynida gazeta tahririyati jamoasi yozuvçi va şoirlarimizning bevosita faolligi vositasida xalqimizning hurriyatga erişişi yölidagi saʼy-harakatlariga munosib hissa qöşdi. Gazeta sahifalarida ilk bor kötarib çiqilgan Orol dengizi va ona tabiatimiz ekologik muvozanatini saqlaş, zahri qotil butifos va paxta yakkahokimligiga qarşi kuraş, ona tilimiz mavqeʼini kötariş va unga davlat tili maqomini beriş, özbek davlatçiligi va şavkatli bobolarimiz tarixini xolis örganiş, xalqimizning öz-özini anglab yetiş jarayonini jadallaştiriş, milliy urf-odatlar va anʼanalarni asraş kabi mavzularda eʼlon etilgan publitsistik çiqişlar mustaqillik uçun kuraş tarixining yorqin sahifalarini taşkil etadi.
Gazeta adabiy jarayonni tökis va xolis yoritiş, yoş isteʼdodlarni kaşf etiş, ijodkorlarning yangi asarlarini tarğib etiş, badiiy, ilmiy publitsistik çiqişlar bilan kifoyalanib qolmasdan barkamol avlodni tarbiyalaş, maʼnaviyat va insoniy komillik, şaxs erkinligi, huquq masalalarini öz faoliyati doirasida qamrab oldi.
Mustaqillik yillarida gazeta jamoasi “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”ning köp yillar mobaynida şakllangan eng yaxşi anʼanalarini davom ettirib, ozod vatan fuqarolari ongida, yoşlar va keksa avlod tafakkurida keçayotgan evriliş jarayonlarini muttasil yoritib, adabiyotimizning navqiron avlodi ijodiga, istiqlol davri madaniyati va sanʼatida yuz berayotgan yangiliklarga katta ahamiyat berib kelmoqda. Gazetaning bu boradagi ijodiy va amaliy faoliyatida Prezidentimizning “Yuksak maʼnaviyat — yengilmas kuç”, “Adabiyotga eʼtibor — maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” asarlari dasturilamal bölmoqda.
Gazeta naşr etilayotganining 60 yilligiga bağişlanib Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida ötkazilgan adabiy keçada ana şunday fikrlar fikrlar aytildi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Xalq yozuvçisi Muhammad Ali tadbirni kiriş sözi bilan oçdi va boşqardi.
Akademik Baxtiyor Nazarov, Özbekiston xalq şoiri Anvar Obidjon, “Jahon adabiyoti” jurnali boş muharriri Şuhrat Rizayev, “Guliston” jurnali boş muharriri Minhojiddin Mirzo, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi boş muharriri bölib köp yillar işlagan jurnalist Ahmadjon Meliboyev, yozuvçi Adduqayum Yöldoşev va boşqa ijodkorlar gazetaning mamlakatimiz madaniy hayotidagi örni, xalqimiz maʼnaviyatini rivojlantirişdagi hizmatlari, bugungi ijtimoiy hayotimizdagi yangiliklarni, ozod va obod yurtimizdagi bunyodkorlik manzaralarini yoritişdagi ibratli faoliyati haqida sözladilar.
Gazetaning “Sanʼat” bölimi mudiri Gulçehra Umarova, masʼul kotib Asror Sulaymonov köp yillar mobaynida tahririyatdagi fidokorona ijodiy faoliyati uçun Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Faxriy yorliği bilan mukofotlandi, faol mualliflar hamda yoş mualliflar ham moddiy va maʼnaviy rağbatlantirildi.
Axborot xizmati.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


