10 daqiqada öqiladi

823 marta körilgan

Matnşunoslik: tajriba, intuitsiya va masʼuliyat

Matnşunoslik: tajriba, intuitsiya va masʼuliyat
Umrimning qirq beş yili davomida muntazam matn tayyorlaş, matn tahrir etiş, matn tanqidi bilan şuğullandim. Hayotim mazmunini mumtoz adabiyotimiz namunalari naşrining sahihligida bildim va ellikka yaqin özbek mumtoz adabiyoti asarlariga masʼul muharrirlik qildim. Imkoni boriça asarlarni qölyozmalarga soliştirib, nusxalarni qiyoslab matn haqiqatini yuzaga çiqarişga intildim. 
Qölyozma bilan işlaşda avval öz fahm-farosatim, aqlu idrokim, intuitsiyamni işga solaman. Şu jarayonda işning töqson foizidan könglim töladi. Söngra qölyozma yoki toşbosma manbalarga sözma-söz soliştirib çiqaman. Ön foizlik qolgan tahrir ham nihoyasiga yetgaç, yengil tortib, öz işimdan biroz qoniqaman. Goho izlaniş jarayonida qölyozma, toşbosma yoki boşqa naşrlardan mazmun sahihligida ajoyib, kutilmagan bir söz çiqib qoladi-yu, mening bayt böylab çekkan talay riyozatlarimning barçasini yöqqa çiqaradi-qöyadi. Şu çoq quvonçim çeksiz böladi! Çunki matn asliyati va haqiqati tantana qiladi-da!
Demak, har bir tahrir davomida bilim, idrok va tajribamni şu asar orqali öz imtihonimdan ötkazib olaman. Ayniqsa, qayta naşrlarni tahrir qilayotganimda yuzlab marotaba: “Nahotki naşrga tayyorlovçi olim şu nuqsonni yoki mantiqiy ziddiyatni sezmagan bölsa?” deya afsuslanaman va buning sababini ham özimça topgan bölaman: naşrga tayyorlovçi yaxşi adabiyotşunos bölsa-da, tajribasiz matnçi, uning masʼul muharriri esa qölyozmani öqimagan. 
Köplar buni farq etişmaydi. Mumtoz adabiyotning har qanday mutaxassisi matnşunoslik bilan şuğullanaveradi, deb hisoblaşadi. Mumtoz matnni naşrga tayyorlaşda yaxşi adabiyotşunosdan köra, menimça, örtamiyona matnçi afzaldir. 
Alişer Navoiy “Töla asarlar töplami” ustida tahrir işlari olib borgan paytimda “Mukammal asarlar töplami”ning oltinçi jildidagi quyidagi baytni qay taxlit tuzatganimni bayon qilay:
 
Ilm aflokida bir jis mahal,
Barça aşkol ölum ollida hal  (483-bet). 
 
Birgina baytdagi tört sözning xato öqilgani, yaʼni “bir jis, aşkol, ölum” sözlari kitobxon fikr-idrokini boşi berk köçaga kiritib qöyadi. Demak, naşrga tayyorlovçi ham, masʼul muharrir ham bu bayt mazmunini tuşuna olmagan. Oldingi naşrdan şundoqqina köçirişni kompyuterçiga yuklaşgan, xolos.  
Endi şu xom-xatala baytni arab yozuvida tasavvur qilib, sözma-söz tuzatib öqişga urinib köramiz: birinçi bölib “bir” va “jis” sözlarini birlaştiramiz. Çunki “jis” degan söz yöq. “Birjis” sözi paydo bölgaç, kalavaning uçi topiladi, yaʼni Muştariy sayyorasi nazarda tutilganini ang­laymiz. Mana, endi birinçi misra epaqaga keldi:
 
Ilm aflokida Birjis mahal
 
(Mazmuni: Ilm osmonida davr Birjisi).
Naşrga işonsak, ikkinçi misra quyidagi mazmunni beradi: 
 Barça şakllar ölum oldida hal böladi.
Afsuski, baytdagi misralar mazmunan bir-biridan juda yiroq. Demak, matn soğlom emas. “Hal” sözi menga “aşkol” sözini tahrir qilişga turtki beradi. Nimani hal etiş kerak? “Aşkol”ni. Axir “aşkol” (şakllar)ni qanday hal etiş mumkin? Demak, bu söz asliyatda “işkol” (muammo) bölsa kerak.
 
Barça işkol ölum ollida hal.
 
Endi buni tuşunsa böladi, harholda maʼno birmunça tiklandi. Biroq Navoiy şunday deganmikan? Arab yozuvida “ulum” va “ölum” şakldoşdir. Şunga köra, “ölum”ni “ulum” (ilmlar) sözi bilan almaştiramiz:
 
Barça işkol ulum ollida hal.
 
Vaznni tuzatiş uçun “barça”ni “borça”ga özgartiramiz. Va “işkol” bilan “ulum” sözlari aloqasini yölga qöyiş uçun “işkol”ga “i” izofasini qöyamiz:
 
Borça işkoli ulum ollida hal.
 
Şunday qilib baytni sahih holatga keltirdik:
 
Ilm aflokida Birjis mahal,
Borça işkoli ulum ollida hal. 
 
Mazmuni: U ilm osmonidagi zamona Birjisidir. Ilmlarning har qanday muammolarini u hal qila oladi.
Bu iş nihoyasiga yetgaç, qölyozmaga qarab, qiyoslab, urinişlarimiz samarali bölganiga qoniqiş hosil qilamiz. 
Boşqa bir misol:
 
Şahri Xay, mulku haşamni kördung,
Sen doği mulku haşam köp surdung. 
 
(Alişer Navoiy, Mukammal asarlar töplami, 6-jild, “Fan”, 1990, 483-bet).
 
Bu bayt ham “Favoid ul-kibar” devonidan olindi. Birinçi misrada ikkita jiddiy nuqson bor. Çunki men bilgan Şarq juğrofiyasida Xay degan şahar yöq. “Layli va Majnun” dostonida qabila, joy nomi sifatida “Hay” sözi köp uçraydi. Töğri, “hay” sözining “tirik” degan maʼnosi ham bor-u, lekin bu bayt mazmuniga tuşmaydi. “Xay” sözining “ter” (terlaş) maʼnosi ham bayt mazmuniga tegiş­li emas. “Navoiy asarlari luğati”da “Hay” sözining bir neça maʼnosi izohlangan bölib, jumladan, qişloq va mahalla maʼnolarida ham qöllanilişi qayd etilgan. Şunga köra, “Xay”ni “hay” turdoş oti bilan almaştiramiz. “Şahri hay” birikmasi bölmaydi. Şuning uçun bularni “şahru hay” (şahar va qişloq) tarziga keltiramiz:
 
Şahru hay, mulku haşamni kördung,
Sen doği mulku haşam köp surdung.
 
Şunday qilib, yöq şahar nomini matndan olib taşlab, “hay” – “qişloq” bilan almaştirdik. Endi uyuşiq bölaklar töğri tizimga keldi: şahar, qişloq, mulk… 
Ammo bunda töxtaş ilmga xilof. Qölyozma va boşqa naşrlarga biz topgan matn “haqiqat”i mos kelmoği zarur. Ilmda taxminu fol bilan iş bitmaydi.
Turk olimi Önal Kaya 1996-yili Anqarada naşr ettirgan nusxaga bu baytni soliştirib, angrayib qoldim. Uning matndagi bitta sözni töğri öqişi mening yuqoridagi barça izlaniş­larimni çippakka çiqardi-qöydi! “Şahri Xay” emas, balki “Şohruxiy” ekan!
 
Şohruxiy mulku haşamni kördung.
 
(Mazmuni: Sen Şohrux davri mamlakat idorasi va haşamatini körgansan).
Mana buni endi çinakam haqiqat tantanasi desa böladi! 
Men “hayf şunça maşaqqatlarim”, deya afsuslandimmi? Yöq, Önal Kayaning şu sözni töğri öqiganiga qoyil qoldim, xolos. Haqiqatga tan beriş olimga xos fazilat bölmoği kerak. 
Uçinçi misolga murojaat etamiz:
 
Visol umidiğa özin yaqin olur oşiq,
Firoqdin neça javrinda davr boş bölsa
(376-bet).
 
Baytning birinçi misrasida matn muammosi yöq. Ikkinçi misradan soğlom mazmun çiqariş imkonsizdir. “Javrinda”, “davr”, “boş” sözlari özaro heçam qovuşmaydi. “Davr boş” sözlari tahririda poetika talablaridan kelib çiqiladi. Birinçi misradagi “yaqin” sözining qarama-qarşi maʼnoli sözi “yiroq”dir. Tazod sanʼatining uşbu amaliyoti qöl keladi. “Yiroq”ning maʼnodoşi “dur”dir. Naşrga tayyorlovçi öşa sözni şakl­doşi “davr” bilan çalkaştirgan. “Dur” söziga “boş”ni qöşsak, “durboş” (“Yiroqlaş!”, “Nari tur!” maʼnosidagi) birikma hosil böladi. Ilgari şoh yoki beklar köçaga çiqqanida mulozimlari şunday deya hayqirib yurişgan.
Endi “javrinda” muammosi qoldi. Firoq, judolik insonning qayerini qiynaydi? Jonini. Ha, bu ham taxminan topildi:
 
Firoqdin joninda neça durboş bölsa.
 
Endi baytni qölyozmaga qiyoslasak, urinişlarimiz zoyeʼ ketmaganiga amin bölamiz.
 
Visol umidiğa özin yaqin olur oşiq,
Firoqdin joninda neça durboş bölsa.
 
Mazmuni: Ayriliq uning jonida “Yiroqlaş!” deb tahdid solib tursa-da, oşiq visol umidiga özini yaqin tutadi.
Quyidagi bayt tahririda ham bir qança muammoni hal qilişga töğri keldi:
 
Makridin xorij qilib, mulki dinu aylab nasib,
Qarnlar sargaştayu ovoraliğ davron aro.
(A.Navoiy, Mukammal asarlar töplami, 6-jild, 1990, 8-bet ).
Birinçi misradagi törtta sözni “isloh” qiliş lozim. Naşrdagi holatiga köra misra mazmuni: Makridin çiqarib taşlab, din mamlakatini unga berib…
Bu misrani intuitsiya bilan tahrir qiliş imkoni yöq. Bir ilinj – “Favoid ul-kibar” devonining boşqa naşrlarini topişdir. Çunki 1959-60 yillardagi “Xazoyin ul-maoniy” naşrida baytning holati aynan şunday. 
“Tamaddun” naşriyotida 2011-yili çop etilgan devonda matn quyidagiça biroz özgartirilgan: 
 
Makridin xorij qilib, mulki daniy aylab nasib,
Qarnlar sargaştayu ovoraliğ davron aro.
 
Demak, bu yerda ham bayt epaqaga kelmagan. Endi boşqa naşrlarga murojaat etamiz. Önal Kaya naşrga tayyorlab, 1996-yili çop ettirgan devonning 7-sahifasi:
 
Makridin xorij qilib, mulkidin aylab benasib,
Qarnlar sargaştayu ovoraliğ davron aro.
 
Önal Kaya birinçi misraning ikkinçi yarmini töğri köçirgan. Ammo asosiy sözdagi nuqsonni (makridin) bartaraf qilolmagan. “Makridin xorij qilib” gapi mutlaqo mantiqsizdir. Kişini makridin xorij qilib bölmaydi, biror şahardan xorij qiliş mumkin. Endi din tarixi haqidagi bilimimiz zaxirasini titkilaş kerak. Çunki bu ğazalda muallif Odam Atoning yaratilişi, Allohning unga öz sirini işonib topşirgani, eʼzozlab uni jannatga kiritgani, şayton vasvasasi tufayli Odam Atoning Momo Havo bilan buğdoy yeb qöyib, jannatdan quvilganlari, Odam Atoning Sarandibga tuşib, söng Makka şahriga borgani, u yerdan yana Hindistonga ketgani… Iye, iye… Şoşma, Vahob! Şunda töxta! Mabodo “Makridin” sözi asliyatda “Makkadin” emasmikan? Evrika! Topding! 
 
Makkadin xorij qilib, mulkidin aylab benasib,
Qarnlar sargaştayu ovoraliğ davron aro.
 
Fikr ham, vazn ham joyiga tuşdi. Endi nav­bat Navoiy devoni qölyozmasiga… Işim jarayonini eşitib, odamlar mening ustimdan kulib yuborsalar kerak, “Avvaldanoq qölyozmaga qarab qöyaqoling edi-da!” deb. Yöq, men matnşunoslik zehnimni qayrab turiş uçun özim örgangan usuldan voz keçolmayman… Xullas, öylaganlarim, boşqa naşrga qiyosim Navoiy qölyozmasiga muvofiq keldi… 
Hozir uçtagina bayt ustidagi tahrir jarayonini aytib berdim. Bunday baytlar hozirgi imloda naşr etilgan mumtoz adabiyotimiz namunalarida köplab uçraydi. 
Endi Atoyining butun bir ğazali matni ustidagi tuzatişlarni körib çiqamiz:
 
Ne inoyatsiz manga, jononi taqsir ayladim,
Jonğa yetdim qayğudin, oyoni taqsir ayladim.
 
Baski fikr ettim gunohimni uzun tun to sahar,
Tutti könglumni ğamu savdoni taqsir ayladim.
 
Aqlu huşum, zikru fikrimda tamanno özgani
Qilmadim, bir lahzayi, haqqoni taqsir ayladim.
 
Siz hamon ruxsorasi lola begimsiz, qaddi sarv,
Qulluğungda men hamon loloni taqsir ayladim.
 
Bandaning haqqidaği anvoyi lutfungdin burun,
Emdi yöqtur biri ham paydoni taqsir ayladim.
 
Xidmatingda özgalar aʼlo marotibğa yetib,
Barçadin böldi bu qul adnoni taqsir ayladim.
 
Der Atoyi hasratingda har zamon yuz oh urub,
Yod qilmassen meni yoroni taqsir ayladim.
(Atoyi, Devon, “Fan”, 2007, 156-bet).
 
Uşbu ğazalning bizning tahririmizdan ke­yingi holati:
 
Beinoyatsiz manga, jono, ne taqsir ayladim?
Jonğa yetdim qayğudin, oyo, ne taqsir ayladim?
 
Baski fikr ettim gunohimni uzun tun to sahar,
Tutti könglumni ğamu savdo. Ne taqsir ayladim?
 
Aqlu huşum, zikru fikrimda tamanno özgani – 
Qilmadim, bir lahzaye. Haqqo, ne taqsir ayladim?
 
Siz hamon ruxsorasi lola begimsiz, qaddi sarv,
Qulluğungda men hamon lolo. Ne taqsir ayladim?
 
Bandaning haqqidaği anvoyi lutfungdin burun,
Emdi yöqtur biri ham paydo. Ne taqsir ayladim?
 
Xidmatingda özgalar aʼlo marotibğa yetib,
Barçadin böldi bu qul adno. Ne taqsir ayladim?
 
Der Atoyi hasratingda har zamon yuz oh urub,
Yod qilmassen meni, yoro, ne taqsir ayladim?
Naşrga tayyorlovçining Atoyi ğazalidagi har bir baytni köçirişi jarayoni mantiğidan lolman. Axir uşbu yetti baytli ğazalning hamma baytlari mazmuni xarob va mavhum-ku? Arab yozuvi kirill va lotin yozuvidan öqiş usuliga köra farq qiladi. Zamonaviy yozuvlarimizda tizilgan harflarni bir-biriga qöşib söz va gap yasab ketaveramiz. Eski yozuv maʼno-mazmun yozuvidir. Unda harf şakli mazmunga aloqador qilib öqiladi. Masalan, “kavn” (olam) va “kun” şakldoş. Öqişda va köçirişda mazmun qaysi birini talab qilsa, öşanisi tanlanadi. “Ikki kavn” (ikki olam)ni “ikki kun” tarzida köçirsak, muallifning fikri aziyat çekadi. 
Ğazalning birinçi misrasi “Ne inoyatsiz manga” deb köçirila boşlangan. Bu nima degani? Tuşunmadim. Mazmun çiqariş uçun birinçi sözga bir ostki nuqta qöşdim: “Beinoyatsiz manga” böldi. Bu birikmada tuppa-tuzuk mazmun bor. Oşiqona öpkalaşni aytmaysizmi? Faqat bir narsaga eʼtibor beriş zarur: jumladagi -siz qöşimçasi  bölişsizlik maʼnosida emas, u ikkinçi şaxs egalik qöşimçasidir. “Jononi taqsir ayladim” sözlari maʼnosiz tizmadir. Agar zöraki mazmun çiqarsak, “Jononni gunohkor qildim” böladiki, bu gap mumtoz oşiqqa töğri kelmaydi. 
Noşirning şeʼr böylab sözlar çegaralari farqiga bormagani kişini lol qoldiradi (jononi – jono ne, oyoni – oyo ne, savdoni – savdo ne, haqqoni – Haqqo ne, loloni – lolo ne, paydoni – paydo ne, adnoni – adno ne, yoroni – yoro ne). Sakkiz marotaba sözlar çegaralarini ilğay olmaslik… Heç aqlga siğmaydi!
Naşrga işonsak, şeʼr böylab axborot, maʼlumot berilgan (ayladim deyilgan). Holbuki, aslida barça baytlarda söroq, iltijoli savol bor edi…
Nuqsonlar biri biridan jiddiy, biri biridan qaltis. “Haqqoni taqsir ayladim” – Xudoni gunohkor qildim, demakdir. Vaholanki, arab yozuvidagi “Haqqo, ne taqsir ayladim?” sözlarida “Ey Allohim, men ne gunoh qildim?” degan iltijo bor edi… 
Xullas, Atoyi – muallif boğdan kelsa, olim – naşrga tayyorlovçi toğdan kelayapti.
Bizningça, matnçida qunt, bilimdan taşqari asliyat muallifi va uning asariga nisbatan çin muhabbat bölişi kerak. Muallifning fikriy kaşfiyotlariga – nuktalariga qiziqiş bilan, mehr bilan yondaşib, baytlar mazmunini çiqarişdan erinmaslik lozim. Bundan taşqari, matnçida mumtoz asar oldida, uning muallifi oldida, mumtoz söz oldida yuksak masʼuliyat hissi bölişi zarur…
 
Vahob RAHMONOV,
filologiya fanlari nomzodi
 
1940-yili tavallud topgan. Xöjand pedagogika
institutining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan.
Matnşunos, munaqqid, tarjimon.
Önlab ilmiy-maʼrifiy asarlar, köplab maqolalar muallifi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)