Jabduqdöz Antip Kalaçnikov odamlardagi kuyunçaklik va mehribonlikni qadrlardi. Uyda harqalay tinçlik hukm surgan, kayfiyati ham soz damlarning birida xotiniga muloyimlik bilan gap qotdi:
– Marfa, filday ayolsan-u, miyang işlamaydi-da.
– Hi, nimaga endi?
– Nimagaki… Nimani xohlaysan, özi? Senga qolsa, keçayu kunduz tikaversam, tikaversam. Axir, menda ham qalb bor, yurak bor. Uning ham quvongisi, yayragisi keladi.
– Tupurdim-ey, öşa qalbingga!
– Eh-h…
– Nima eh, nima eh?
– Şunday özim… Joyi jannatda bölgur “quloq” otajoningni eslab qoldim-da.
Serjahl, devday Marfa dik uçib, vajohat bilan Antipga qattiq tikildi. Kiçkinagina ramaqijon Antip matonat bilan bu tikilişni yengdi.
– Sen… otamni tinç qöy…Tuşundingmi?
– Him, tuşundim, – qisqa javob qildi Antip.
– Şunday bölsin.
– Yomonam qattiqqölsan-da, Marfajon. Axir bunaqa emas-da, jonim. Bunaqada yuragingni ado qilib ölib-netib qolsang, nima böladi?
Qirq yillik turmuşlari davomida Marfa Antipning qaçon jahl qilişini-yu, qaçon jiddiy gapirayotganini heç tuşuna olmasdi.
– Bas, tikişingni qil.
– Tikayapman, onasi, tikayapman.
Kalaçnikovlar xonadonidan hamişa işlov berilgan terining açimsiq hidi anqib turardi. Uy keng va yoruğ edi.
Qaçonlardir bu uyda bolalarning jarangdor kulgusi yangragan damlar ham, keyinroq töylar ham bölgan, ölim kelib xonadon qayğuga çökib, közgular yuzi bekitilib, lipillab yongan xira şam yoruği va aza jimligi hukm surgan, ölimning çuqur, sirli şarpasi kezgan paytlar ham bölgan edi. Köp narsalar bölgan. Antip Kalaçnikov özining devday şerigi bilan ön ikki jonni hayot yöliga çiqarib qöydi. Aslida ular ön sakkiz farzand körişgandi. Uyning qiyofasi yillar davomida özgaraverdi-yu, ammo peçkaning öng tomonida, tösiq orqasidagi Antipning iş joyi özgarmay qolaverdi. U şu yerda ot-ulovga egar, jabduq, yugan, jazliq, nöxtalar tikar, xomut yasardi. Devorda uning qadrdon balalaykasi osiğliq turardi. Bu uning jonu jahoni, çuqur muhabbat qöygan ermagi edi. Antip boşini sal engaştirgan köyi soatlab çalar va ikkalasi bir vujud bölib qolganday, soz unga unutilgan qadrdon nimalarnidir gapirib berayotganday yoki özi unga keksalikning salmoqli öylarini sekin aytib berayotganday… tuşunib bölmasdi. Agar Marfa bölmaganida kun böyi şunday-y ötiraverardi. Marfaga esa uning kun uzoği tikiş bilan şuğullangani maʼqul edi, tikaversa, tikaversa; u pulni yaxşi körar, har bir çaqa ustida qaltirardi. Butun hayoti davomida Antipning balalaykasiga qarşi jang qildi. Bir marta hatto şu darajaga yetdiki, balalaykani jahl bilan olovga itqitib yubordi. Antip rangi oqargan köyi sozi qanday yonayotganiga tikilib, qarab turardi. Balalayka quruq qayin pöstidek birdan lop etib alanga oldi, darrov tirişib qoldi. U xuddi odamdek uç marta ingradi, torlari uzildi va öldi. Antip hovliga çiqdi, boltani oldi va tayyorlab qöygan egar, jabduq, yugan, nöxtalarni mayda-mayda qilib çopa boşladi – hammasini. Indamay, betartib maydalab çopdi. Qörqib ketgan Marfa örindiqda ğiq etmay qarab turdi.
Şundan keyin Antip bir hafta tinmay içdi, uyga ham kelmadi. Keyin yap-yangi balalayka olib kelib uy devoriga osib qöydi-da, yana iş joyiga ötirdi. Şundan keyin Marfa balalaykaga boşqa qöl tegizmadi. Ammo Antipni diqqat bilan kuzatar: qöşnilarnikiga çiqsa ham, uzoq qolib ketmas, bilardiki, ostonadan hatlaşi bilan eri balalayka çalişni boşlar, işlamasdi.
Kuz oqşomlarining birida ikkalasi uyda ötirar, Antip öz burçagida, Marfa esa nimadir töqirdi. Jim ötirişardi. Taşqarida yomğir ezilib şivirlardi. Uy issiq va sariştagina. Antip bolğaça bilan yasayotgan xomutiga kiçik mis mixçalarni qoqardi: şaq-şuq.. şaq-şuq… Marfa töqiyotgan narsasini çetga olib qöydi-da, deraza yoniga kelib nimalarnidir öylab taşqariga qarab qoldi. Antip esa hamon töqillatardi. Osmasoat ham xuddi hozir töxtab qoladiganday sekin çiqqillar, ammo töxtamasdi. Deraza oynasiga yomğir tomçilari mayinlik bilan böğiq urilardi har zamonda.
– Nimadan kuyinayapsan, Marfajon? – söradi Antip. – Haliyam qanday qilib köproq pul yiğişni öylayapsanmi?
Marfa jim, derazaga öylanib tikilib turardi. Antip unga qaradi.
– Öyla-öylama, hademay ölamiz. Öyla-öylama – yuz söm bu pul emas, – Antip işlayotganda şunaqa gaplarni gapirişni sevardi. – Mana, men butun umr öylay-öylay orttirganim bavosir böldi. Işladim! Sörab kör-çi, hayotda nima kördim? Heç narsa. Odamlar esa kuraşişdi, heç bölmaganda, har xil qözğolonlar kötarişdi, fuqarolar va Uluğ vatan uruşlarida qatnaşişdi. Heç bölmaganda qahramonlarça halok bölişdi. Men esa ön uç yoşimdan mana şu işga boğlanib, şu yerda ötirdimu hamon ötiribman, hademay yetmişni urib qöyaman. Mana şunaqa: bardoşimga balli. Endi savol tuğiladi – xöş, nima uçun işladim? Pul haqida heç qaçon qayğurmaganman, men ularga tupuraman. Mendan katta odam ham çiqmadi. Kasbim ham tez orada kerak bölmay qoladi; jabduqdözlarning keragi bölmay qoladi. Savol tuğiladi, hayot menga nima uçun berilgan edi?
– Bolalar uçun, – jiddiy javob berdi Marfa. Antip Marfaning suhbatni quvvatlab aralaşişini kutmagan edi. Odatda u bunaqa gaplarni qandaydir ğazabli luqma bilan yarim belidan tepardi.
– Bolalar uçun!
Antip jonlandi:
– Bir tomondan öylab qarasa, töğri, ammo ikkinçi tomondan – notöğri. Yöq, notöğri.
– Qaysi tomondan töğri?
– Şu tomondanki, faqat bolalar uçun yaşamaslik kerak. Odam özi uçun ham yaşaşi kerak.
– Xöş, özing uçun nimalar qilmoqçi eding?
Antip bu savolga birdan javob topa olmadi.
– “Nimalar” emiş? Topardim nima qilişni… Masalan, men musiqaçi bölardim. Huv birda şahardan bir inson kelgandi-ku, öşa odam Meni “tuğma isteʼdod, yombi”, degandi. Yombi degani esa – bir bölak oltin, kamyob narsa, men şunday deb tuşunaman. Hozir men kimman? Oddiy bir jabduqdöz, balki menda boşqa bir…
– Bas qilsang-çi!.. – Marfa qölini siltadi. – Vaysayverma, gapingdan odamning köngli ayniydi.
– Demak, tuşunmaysan, – xörsindi Antip
Ança vaqtgaça jim qolişdi. Birdan Marfa hiqqilab yiğlay boşladi. Römolça bilan köz yoşlarini artib söng dedi:
– Uçib ketişdi bolalarimiz, butun yer yuzi böylab.
– Nima, bir umr atrofingni örab ötirişlari kerakmidi? – gap qotdi Antip.
– Bas qil döqillatişni! – dedi qöqqisdan Marfa. – Kel, gaplaşib ötiramiz, bolalarimiz haqida.
Antip miyiğida kuldi, bolğani qöydi.
– Ha, qariyapsan, Marfa, – dedi u quvnoqlik bilan. – Xohlaysanmi, senga kuy çalib beraman, ğamingni yozaman?
– Çal, – rozi böldi Marfa.
Antip turib yuz-qöllarini yuvdi, soçini tekislagan böldi…
– Yangi köylagimni olib ber.
Marfa sandiqdan yangi köylak olib berdi. Antip köylakni kiydi, kamar bilan belini boğladi. Devordan osiğlik turgan balalaykani oldi va burçakka borib ötirdi-da, Marfaga qaradi…
– Konsertimizni boşlaymiz!…
– Sen köpam kuçanma, – maslahat bergan böldi Marfa.
– Hozir butun ötib ketgan yoşligimizni eslaymiz, – dedi Antip maqtangannamo, balalaykani sozlay turib. – Esingdami, odamlar ilgari qanday qilib birga jör bölib dalalarda kuylaşardi.
– Albatta, eslayman, nega eslamas ekanman. Har holda, men sendan yoşroq bölsam kerak.
– Qançaga? Uç haftalikdan köproqmi?
– Uç hafta emas, ikki yilga. Men u paytda navniholgina edim, sen esa öşa paytda ayğir bölib uloğib yurarding.
Antip bu gapga qöşilganday kulib qöydi.
– Ha, haqiqatan men ajoyib yigit edim. Yodingdami qanday qilib ortimda ilakişib yurarding?
– Kim? Menmi? Yo Xudo!.. Kim edi, huv öşa amaki ölmagur biyalarni qöyib yuborgan kunda boğçamizda iştonini qoldirib ketgan, a?..
– Işton, deylik, mayli, meniki bölsin… – dedi Antip balalaykaning oxirgi quloğini buray-buray, kiçkina boşçasini sal qiyşaytirib olib, torni çertib yubordi. Kuy yangradi. Iliqqina nim qoronği yoğoç uyning sokin böşliğiga uzoq yoşlikning yoruğ musiqasi quyildi. U yodga boşqa oqşomni, ötib ketgan soğinç oqşomini solardi. Yaxşi-yomon kunlarni eslaşdi, hayotdagi eng muhim narsalarni öylaşdi: ammo birdaniga eng muhimi nima ekanini ham bila olişmasdi:
– Tikmagin, onajonim menga qizil köylakni… – Antip sekingina Marfaga qoş uçirdi. Marfa aşulaga qöşildi:
– Aybimni, qadrdonim,
Bekor bildirib qöyma…
Jörovozda unçalik aytişa olmayotgan bölsalar-da, ikkalasining ham negadir köngli birdan kötarildi, huzurlandi. Köz oldilarida unutilayozgan manzaralar gavdalandi. Goh çöl, goh daryo qirğoği, goho şivirlayotgan terakzor örmon körinar, sal qoronği vahimali bölib, goh… Va nimalardir yoqimli jimirlab qöyardi közlarda.
Hammasi ğoyib bölgandi: kuz ham, yolğizlik, pul ham, xomut ham… Endi Antip xonada mayda qadamlar bilan, yurib quvnoq aşulaga ötdi:
– Oh, voy, voy, vo-ya,
Voyginalarim mening,
Kelaqoling, sayr qilib,
Öynab kuling, jonlarim…
Antipning quvnoq harakatlari kulguni qistatar, u har zamon-har zamonda ğalati qilib sakrab ham qöyardi. Marfa kulib yubordi va şu zahoti römolçasini olib, közlarini artib oldi-da, yana kula boşladi.
– Voy xudoyim-yey, bunça irğişlaysan-a, tomosha qilmagan heç kim qolmagan-u, yana könglini qarang buni, he…
Antip yaşnab ketgandi. Kiçkina aqlli közlarida şöxçan yoruğlik zohir edi.
– Eh Marfaginam mening, eh Marfaoyginam. Bekorga sen menga ğazab qilmagin!
– Esingdami, Antip, meni şaharga yarmarkaga qanday olib borganing?
Antip boş irğab qöydi-da:
– Oh, eslayman, jonim,
Eslayman, Marfaginam.
Oh, xo-xo-xolarim,
Çuçmomayu nöxatim.
– Biram ahmoqsan-yey, Antip, nimalar deb valdirayotganingni özing ham bilmaysan, – dedi Marfa muloyim boqib.
– Oh, Marfaginam, sen menga
Butun xalqning şodligi…
Marfa kulgudan yiqilayozdi.
– Biram ahmoqsan-yey, Antip.
– Oh u yerda, u yerda-ya,
U yerdaliklarim mening!
– Ötir, birgalikda kuylaymiz birorta qöşiqni, – dedi Marfa közyoşlarini arta turib.
Antip sal hansirar, Marfaga kulib qarardi.
– Qalay? Sen bölsang Antipim yomon, deysan-a?
– Yomon emassan, kallavaramsan, – töğriladi Marfa.
– Demak, tuşunmabsan, – dedi Antip Marfaning bu haqoratni tuzatişiga eʼtibor bermay. Ötirdi.
– Axir biz sen bilan bilasanmi, qanday yaşaşimiz mumkin edi! Yurakni yurakka berib! Ammo seni mana bu padari qusur pul yeb taşladi. Xafa bölmagin-u…
– Meni pullar emas, ularning yöqligi yedi. Böpti, qöy, kerak emas, tugatdik. Xöş, endi qanaqasini xohlaydilar, xonim-xonimoyim?
– Azamat Volodka haqidagisini.
– Ey, qöy, u oğir-ku!
– Heçqisi yöq. Men heç bölmasa ozroq yiğlab olarmidim.
– Hey çağalaylar, dengiz uzra uçmangiz, – köylay boşladi Antip:
– Qönarga joy qayda u yerda,
Uzoq Sibir tomon uçingiz
Va yetkazing ğamgin xabarni.
Antip yurakdan ezilib kuylardi. Xuddi nimanidir hikoya qilayotganday.
– Oh qoronği tun, soat ön ikkida
Volodka azamatni öldirdilar.
Ertasiga ota kiçik öğli ila…
Marfa piqillab yiğlay boşladi.
– Antip, hoy Antip! Keçir meni, seni baʼzida xafa qilaman, – dedi yiği aralaş.
– Heçqisi yöq, – dedi Antip. – Sen ham meni keçir, agar biror aybim bölsa.
– Seni köpinça soz çalgani qöymayman…
– Heçqisi yöq, – dedi yana Antip. – Agar meni öz erkimga qöyganingda keçayu kunduz balalayka çalib ötirardim-da. Axir bunday qilib ham bölmasdi-da. Men hammasini tuşunaman.
– Hohlaysanmi, senga çoraktalik olib kelamiz.
– Mayli, – rozi böldi Antip. Marfa közyoşlarini artdi-da, örnidan turdi.
– Sen dökonga borib kel, men keçki ovqatni tayyorlayman.
Antip brezent yopinçiqni kiyib xona örtasida turar, Marfaning sandiqdagi har xil latta-puttalar orasidan pul olib berişini kutardi. Turgani holda xotinining ulkan yelkasiga tikilardi.
– Bilasanmi, yana nima iş qiliş kerak, – dedi u sekingina. bu özi ança eskirib qoldi, yangisini oliş kerakmidi. Keça dökonga olib kelişdi. Ajoyib! Kel, uni ham olaylik.
– Nimani? – Marfaning yelkasi qimir etmay qolgandi.
– Balalaykani-da.
Marfa yana ğimirlay boşladi… Pulni olib, sandiqning ustiga ötirdi va asta-sekin pul sanay boşladi. Lablari qimirlar, qovoği soliq edi.
– Uningni hali çalsa böladi-ku,– dedi u.
– Bitta taxtaçasi yorilgan… zirillab qolgan.
– Yelimlab qöy. Yelim ol-da, ehtiyot bölib yelim-la…
– Bu asbobni yelim bilan yamab bölarkanmi? Xudo kötarsin seni.
Marfa jim bölib qoldi. Yana pulni sanay boşladi. Uning butun vajohati qatʼiyatli va taşvişli edi.
– Ma, – Antipga pul uzatdi. Yuziga esa qaramadi.
– Faqat çoraktalikkami bu? – söradi, Antipning pastki labi osilib qoldi.
– Ha-a! Heç narsa qilmaydi, hali uni çalsang böladi. Mana, bugun qanday ajoyib qilib çalding!
– Eh, Marfa!.. – Antip çuqur xörsindi.
– Nima eh? Nima eh?..
– Böpti, esdan çiqardik, – Antip burilib eşik tomonga yurdi.
– Özi, neça söm turadi uning? – birdan sörab qoldi Marfa.
– I-i, heç narsa turmaydi, u arzimas çaqa!… Yangi narxda olti söm.
– Ma, – Marfa zarda bilan olti söm sanab berdi.
Antip xotinining yoniga tez-tez yurib keldi, pulni oldi va çiqdi; gaplaşiş yoki sekin harakat qiliş xavfli edi. Marfa tezda aynib qolişi mumkin-da.
Vasiliy ŞUKŞIN
(1929 –1974)
Sibirning Srostki qişloğida tuğilgan. “Lyubavinlar” romani, “Xöroz uç qiçqirgunça” qissasi hamda “Çol, qiz va oftob” hikoyalar töplami özbek tiliga tarjima qilingan.
Rus tilidan Öroz HAYDAR tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


