Bo‘lajak san’atshunoslar tahririyat mehmoni

0
144
marta ko‘rilgan.

Hayotimizga go‘zallik bag‘ishlab turguvchi san’atning turlari ko‘p: musiqa, adabiyot, teatr, rassomchilik… Bular tur sifatida alohida soha bo‘lsa-da, ularni bog‘lab turadigan mushtarak rishtalar bor. U ham bo‘lsa, inson, uning qalbi, orzu-armonlari, tuyg‘ulari…
Bugun Yozuvchilar uyushmasi katta majlislar zalida yuqorida tilga olgan san’at vakillari diydorlashishdi. Aniqrog‘i, «Yoshlik» jurnali tahririyati jamoasi bilan Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti san’atshunoslik yo‘nalishi talabalari – bo‘lajak san’atshunoslar bilan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir Nodir Jonuzoq, «Yoshlik» jurnali bosh muharriri, shoir Faxriddin Hayit, jurnalning bosh muharrir o‘rinbosari, yozuvchi Nurilla Chori, shoirlardan Shodmonqul Salom, Shuhrat Orif, Jo‘rabek Jahon, Suhrob Ziyolar ishtirok etib, bugungi adabiyot, san’atlar orasidagi yaqinlik, ularning bugungi globallashuv zamonidagi inson hayotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritishdi.
Adabiy kecha davomida shoirlar tomonidan sof va inja tuyg‘ularga boy go‘zal she’rlar o‘qildi, she’rlar yosh xonanda Shahriyor Ostonbekov kuylangan qo‘shiqlarga ulanib ketdi.
Tadbir oxirida jurnal tahririyati tomonidan institut jamoasi hamda talabalariga jurnal va kitoblar hadya qilindi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.