10 daqiqada öqiladi

1 205 marta körilgan

Köhna qalʼa farzandi

Sotim Avaz

Bolaligim ötgan Köhna qalʼani hanuz keçagiday xotirlayman. Bir-biriga tutaşib ketgan, pastu baland sinç uylardan iborat edi u. Şiftiga qöl uzatsa yetguday ikki xonayu bir dahlizdan iborat uyimizning poli örniga pişgan va xom ğişt aralaş terilgan edi.

Otam uruş qatnaşçisi, yuk maşinasi haydovçisi, onam oddiy uy bekasi edilar. Ular birovning könglini qoldirişni özlari uçun gunoh hisoblaşardi. Şu sababli, yangiariqlik qarindoşlarimizning sözini yerda qoldirmay bir xonani ularning pedagogika institutiga öqişga kirgan öğillari – ikki talaba uçun ajratişgandi. Bu albatta, oğir şaroitni yanada muşkullaştirdi. Ammo, oxir-oqibat yaxşilikka böldi. Talaba yigitlardan men şaşka öynaş va kitob öqiş “kasalligi”ni yuqtirib oldim.

Öyin va mutolaa köpinça bir-biriga muvofiq kelmaydi. Ammo mening hayotimda ular bir-birini töldirib bordi. Taxta uzra yutiş yöllarini izlagan kabi, kitob öqib voqea-hodisalarning rivojlaniş zanjirini his qila boşladim.

Institutni tamomlagaç, yigitlar xayrlaşiş oldidan, menga oq va qora donalar solingan şaşka taxtasi hamda Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar” kitobini hadya qilişdi.

Vaqtni töğri taqsimlaşga harakat qilardim. Ertalab bir muddat Otabek va Kumuşning muhabbati haqida öqisam, maktabdan kela solib bolalar bilan şaşka öynaşga kirişib ketardim. Ularning barçasini yutib, yana kitobga şönğirdim. Oxir-oqibat kitob hissi ustun keldi. Uni tamoman öqib bölmagunça, öyin töxtab turdi.

Şaşka böyiça şahar va viloyat birinçiligida bir neça bor ğolib bölib, Respublika musobaqasida törtinçi örinni egallaganim va sport ustaligiga nomzod darajasini qölga kiritganim hamon esimda. 60-yillar oxirlari, 70-yillarning boşlarida viloyat gazetalarida şaşka musobaqalaridagi muvaffaqiyatlarim köp qayd etilgan.

Puşkin, Lermontov, Sergey Yesenin, Mayakovskiy şeʼrlarini juda yoqtirardim va yod bilardim. Navoiyni, Boburni, Fuzuliyni, Ogahiyni öqib turardim. Söngra zamondoşlarimizdan Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Omon Matjon şeʼrlarini yod olişni boşladim…

Rahmatlik öqituvçim Hojar opa Rahmonova mening adabiyotga qiziqişimni doimo rağbatlantirişga intilardi. Badiiy asarlarni rollarga bölib öqirdik. Şunda menga köpinça ijobiy va asosiy qahramon roli topşirilardi.

“Xorazm haqiqati” gazetasi tahririyati hamda Yozuvçilar uyuşmasining viloyat bölimi joylaşgan muhtaşam bino Urgançning qoq örtasida. Şu bino yonidan kunda bölmasa ham, kun ora ötib turaman. Unga suqlanib boqib, şu dargohda qanday baxtli, omadi kelgan insonlar xizmat qilişadi deb öylayman özimça. Ularni hamma taniydi. Yozganlari ketma-ket gazeta va jurnallarda bosilib turadi, kitob bölib çiqadi.

Taniqli şoirlar Egam Rahim, Rahim Bekniyoz, Fozil Zohid, Rözmat Otayev, Neʼmatjon Solayev, Ullibibi Otayevalar, aynan şu yerda xizmat qilişardi. Ularning yoniga yaqinlaşib şeʼrlaringni körsatiş oson iş emas. Ayniqsa, gazetada şeʼring çiqişi osmondagi oyni uzib olişday gap. Ammo, köngil şu dargohga, heç bölmasa unda xizmat qilayotgan baxtli insonlarni köriş uçun borişga betöxtov daʼvat etadi. Bu daʼvatga quloq solmaslikning, şu işni biryoqli qilmaslikning ham iloji yöq göyo…

Kunlardan bir kuni yurak yutib tahririyat joylaşgan törtinçi qavatga kötarildim. Hayajon bosdi. Bir dasta qoğoz uşlab borayotgan qizdan, şeʼrlarimni kimga körsatsam böladi, deb söradim. U ham “bir sen qoluvding şeʼr yozmagan” degandek boqdi-da: “Rahim Bekniyozga” dedi.

…Rahim Bekniyoz peşonasiga kötarib qöygan közoynagini tuşirib, şoşilmasdan daftarimni varaqlay boşladi. Erinmay beşta şeʼrimning hammasini öqib çiqdi. Bu çinakam eʼtibor edi va şuning özi ham men uçun yetib ortardi. Lekin u bu eʼtiborning ustiga marhamat ham körsatdi.

– Tuzuk… Ammo, endi şeʼrga jilo beriş kerak. Yaʼni, yozaveriş, yozaveriş, keyin badiiylaştiriş lozim.

Uning “jilo” degan bir sözi xotiramda bir umrga muhrlanib qoldi.

Har safar şeʼr ustida işlayotganimda uning jilosi bormi deb öz-özimga savol beraman. To şu jiloni şeʼrga baxş etmagunça va uni özim çuqur his qilib, qalbdan eʼtirof qilmagunça şeʼrim tugal böldi deb hisoblamayman.           

Oradan ikki-uç oy vaqt ötdi. Bir neçta yangi şeʼrlar yozdim. Qofiyai, turoqlarigaça hammasi joyida. Jilo baxş etsin deya, öxşatişlar, istioralar ham qöşganman. Ammo Rahim Bekniyozning oldiga borişga biroz istihola qildim. Axir, jilo bunday bölmaydi, desa nima qilaman? Baribir tahririyatga boriş istagi ğolib keldi. Rahim Bekniyoz taʼtilda ekan. Şu sababli şeʼrlarimni boşqa bir xodimga körsatdim. U tahririyatda ilmiy va şeʼriy asarlar tahlili va tahriri böyiça katta eʼtibor topgan Otamurod Pirmatov ekan.

U qisqaça salom-alikdan söng şeʼrlarimni şunçaki öqiy boşladi. Bir neça lahzada butun daftarni körib çiqdi. Nihoyat “qoldirib keting” dedi. Bu menga “yölingdan qolma” degandek tuyuldi. Axir u şeʼrlarimga şunçaki nigoh taşladi xolos. Endi daftarim tahririyatda oddiy qoğoz bölib yotaveradi. Heç bölmasa, jilo bering ham demadi-ya. Baribir çiqarişmaydi, degan qatʼiy xulosaga keldim.

Oradan ikki haftaça ötdi. 1969-yilning may oyi, töğriroği 1-may kuni “Xorazm haqiqati” gazetasida ilk şeʼrim bosilib çiqdi. U ança özgartirilgan, töldirilgan, haqiqatan ham öz jilosini topgan edi. Şeʼr uçun “jilo”ning ahamiyatini şu kuni tuşundim. Bu Otamurod Pirmatovning işi ekanligini bildim. U közimga avliyodek bölib körindi.

Oradan biroz vaqt ötib, viloyat gazetasi tahririyatida birga xizmat qilgan davrimizda aslida ustozning özi çinakam şoir ekanligini ham anglaganman. U ilmi, idroki ziyoda bölganligi bois özining yozganlarini nuqsonli hisoblab, heç kimga körsatmasdi. Ammo bir qator ilmiy maqolalarning, tanqidiy-tahliliy işlarning muallifi sifatida peşqadamlikni qöldan bermay kelardi.

“Urganç oqşomi” gazetasini taşkil etişda va faoliyatini keng yölga qöyişda ham yaqindan yordam körsatdi. Muşkul tuyulgan köplab masalalarni hal etişda uning taşabbuskorligi, bilimdonligi qöl kelgan.

Otamurod Pirmatovning sönggi nafaslarida ham qandaydir qalbni titratguvçi ramzlar körganday böldim. U möjazgina boğçasida kökka böy çözayotgan daraxtlar ostini yumşatib, qiyğos oçilgan gullarning yaproqlarini yuvib, uyiga kiraverişdagi zinaga ötirgança mangu uyquga ketibdi. Daraxtlar böyi egilib, gullar boşlarini sarak-sarak qilib qolişgandir şu onda. Bu uning xotirasi hali köp vaqtlar xira tortmasligidan darakday tuyulsa ne ajab.

Maktabni tamomlaş arafasida özimni bir mevasiz daraxtday seza boşladim. Harakat köp, ammo hosili qani? Bu savol meni har xil körinişda örtar edi. Hazrat Navoiyning “El netib topgay menikim, men özimni topmasam” degan hikmati xayolimdan ketmasdi. Qolaversa, Lermontovning:

 

Zamondoş naslimga qarayman ğamgin,

Uning kelajagi nursiz, şarafsiz.

Dunyo, taniş-biliş, gumonlar yukin,

Kötarib keksayar bekor va nafsiz,

kabi misralari tinçlik bermasdi. Institutga albatta kirişim kerakligini çuqur his qilardim. Kirolmaslik fojeaga öxşab tuyula boşladi.

Birinçi yili institutga kirolmadim. Töğriroği, barça kiriş imtihonlarini yaxşi topşirsam ham “rezerv”ga olib qolişdi. “Rezerv”dan ham ötiş nasib bölmadi. Xullas, keyingi yili kirdim.           

Birinçi kurs. Birinçi semestr. Birinçi imtihon. Bu qil köprikdan ötişday gap. Yana ustiga ustak langarsiz holda. Axir imtihonni institut rektorining özi – filologiya fanlari doktori, oğzingni oçişing bilan öpkangni köra oladigan tilşunos olim Otanazar Madrahimovning şaxsan özlari oladilar.

Imtihon vaqtida domlaning közlaridagi mayin tabassum katta umid baxş etdi. Berilgan savolga javoban tildagi assimilyatsiya hodisasini kitobiy qoidalar qolib özim tuşunganimça aytib berdim. Domlaning çehrasi yorişdi.

Domlaning öşa kungi gaplari sözma-söz yodimda turibdi: “Sizga beş baho qöysam, yarim baho haqim ketadi. Tört qöysam, sizning yarim baho haqingiz menda qoladi. Mayli, mening haqim ketsa keta qolsin. Lekin sizdan yaxşi tilşunos çiqişi mumkin”.

Rektorning aʼlo bahosidan keyin tört yil davomida heç bir domla undan kam baho qöyişni öziga ep körmadi. Hamişa domlaning bahosiga munosib bölişga va qarzni takror-takror uzişga intildim. Köp yillar davomida bevosita tilşunoslik bilan şuğullanmasam ham til ustida, til sohasida işlab kelayapman. Nihoyat “Madrahim Şeroziy” kitobini Otanazar Madrahimov bilan hammualliflikda yozganda ustoz-şogirdlik ildizlari çuqur ketganligi köpçilikka ayon böldi.

* * *

Nihoyat orzuimga yetişdim. “Xorazm haqiqati” gazetasi tahririyatiga işga qabul qilişdi. “Madaniyat va turmuş” bölimida faoliyat boşladim. Ötirgan xonamiz heç köz oldimdan ketmaydi. Uzunligi çamamda 3 metr, eni undan sal kattaroq bölgan möjazgina xonada uç kişi ötiramiz. Törda bölim mudiri Neʼmat Solayev, undan keyin Ullibibi Otayeva va men.

Ullibibi opaning nurafşon çehrasi kiçik xonamizga çiroy bağişlab turardi. Uning daryoday qalbi esa odamlarga obihayot tutib çarçamasdi.

Tahririyatga eng köp taşrif buyuruvçi va kutiladigan mehmonlardan biri Matnazar Abdulhakim edi. U ohista, göyo özining taşrifi heç narsa anglatmasligi va heç kimni bezovta qilmasligini istagandek, tasodifan kirib kelardi. Ohistagina salom-alikdan söng boşini sal quyi eggan holda, eng muhim masalalarni söray boşlardi. Agar xonada bir özim bölsam, u nima öqiyotganligimni suriştirardi. Şunda xorij yozuvçilarining asarlaridan gap boşlasam, mavzuni ohista Navoiy yoki Ogahiy ğazallariga burardi. Boşqa gap-sözga mutlaqo örin qolmasdi.

Agar Neʼmat aka joyida ötirgan bölsa, ular tezda Navoiy ğazallari şarhiga kirişib ketişardi. Bir kuni Matnazar Abdulhakim bayt aytdi.

Köngillar naqdini taroj etarğa, yopmoğing burqaʼ

Aningdek turki yuz boğlar qaroqçi karvon körgaç.

– Voy böy, – xitob qildi Neʼmat aka. – Naqadar aniq va tiniq. Şundan ötkazib aytib bölmas.

Matnazar Abdulhakim esa aynan şu gapni çuqurroq özanga burdi.

– Har safar şu baytni öqib, yangi maʼno topaman. Ilohiy muhabbatning insoniy muhabbat bilan uyğunligi şu daraja bölar. Şoir köngillardagi mavjud mulkni taron-taroj qiliş uçun yuzingga römol boğlaganing, qaroqçining karvonini uzoqdan körib, yuzini yaşirişiga öxşaydi demoq bilan barça xatti-harakatlar qismat oldida katta qiymatga ega emas, muhabbatsiz hayot yöq. U baribir bir lahzada zabt etguvçidir. Şu sababli, köngilni ezgu hislarga töldiriş umr karvonini yaxşiliklar bilan boyitiş lozim, degan. Uning fikridan har kuni yangi fikrlar unib çiqadi.

Agar Matnazar Abdulhakim faqat ilmiy işlar bilan şuğullansa, u falsafa böyiça fan doktori bölişi muqarrar edi deb öylayman, özimça. Axir uning “Ikkinçi muallim saboqlari” kitobi ğij-ğij falsafa, ilm. U ilmlar ilmi haqida şoirona fikr yuritar ekan, baribir dunyo eʼtirof etgan ilmiy tahlillar, yakun va xulosalar hududlaridan nari ketmaydi. “Ikkinçi muallim saboqlari”ning eng muhim jihatlaridan biri muallif ilm-fanda hali kam qöl urilgan, deyarli tadqiq etilmagan sohaga murojaat qilganligidadir. Matnazar Abdulhakim bu asarda Pahlavon Mahmud ruboiylarini uluğ Forobiy ilmiy nuqtayi nazarlari bilan muqoyasa qiladi. Eng qadimgi yunon faylasuflarining ilmiy asarlaridagi betakror kaşfiyotlaru nazariyalar Pahlavon Mahmud ijodida talqin qilinişini çuqur tadqiq etadi.

* * *

Özimning eng yaxşi şeʼrlarimni, nasriy asarlarimni mustaqillik davrida yozganman deb faxrlanib yuraman. Bu bejiz emas. Çunki, yurt istiqloli bilan birga ilmimiz ham, yoşimiz ham ortdi. Juda köp ustozlarning saboqlarini oldik. Ana şunday ustozlarimdan biri Anvar Obidjon böldi.

Anvar Obidjon bilan birga Içon qalʼadagi Pahlavon Mahmud ziyoratgohini ziyorat qildik. Şu dargohning kiraverişidagi kiçik bir hujrani ham közdan keçirişini söradim. U yerda ötgan asrning boşlarida olingan Muhammad Rahimxon II Feruz hamda Isfandiyorxonning nabirasi Temirğozi töraning odam baravar keladigan fotosuratlari saqlanardi. Ustoz xonlarning suratini şunçaki közdan keçirdi-yu, Temirğozi töraning rasmini körib, juda hayratlandi. Kiçkina töra boşida dubulğa, qöliga miltiq uşlab, şijoat bilan boqib turardi.

– Bu kim?

– Temirğozi töra, Feruzning nabirasi.

Oraga bir lahza jimlik çökdi. Men uni buzmoqçi böldim.

– Xorazmning Mömin mirzosi…

– Sotimjon, qanday ijodkorsizlar? Şu yigitça haqida kitob yozmaysizlarmi? Axir bu surat jurnallarimiz, kitoblarimiz muqovasini bezaşi kerak emasmi?

Oçiği, xijolat böldim. Ustozning taʼnasi boş ustiga. Ammo nega endi bu haqda özimiz öylamaganmiz.

– Şu yigitça haqida bir kitob yozing, sizdan iltimos.

Köp ötmay işga kirişdim. Ammo, Temirğozi töra 12-13 yoşida vafot etganidan boşqa heç qanday maʼlumot yöq. Uni zaharlab öldirişgan degan gumon bor, xolos.

Nihoyat oradan bir neça yil vaqt ötib, “Temirğozi töra” qissasi dunyoga keldi. Unda asosan, badiiy töqimalarga tayandim. Maqsadim, şu kiçkina töra bahonasida davrning talotöplarini, ayrim armonlarni ham ifodalaş böldi.

Kitobga ustozning özi sözboşi yozdi va u “Şarq”  naşriyotida eʼlon qilindi.

Ilmu hikmatning çegarasi yöq. Har bir joydan, har bir insondan uning ziyosini topiş mumkin. Eng muhimi uni topişda. Uning ostonalarini tanişda. Umr böyi ilm izlaşga intilib, yanglişmaganimni his qilaman.

Sotim AVAZ

 (Sotimboy Avazov) – 1952-yil Urganç şahrida tuğilgan. 1991-yildan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. Uning “Keçikkan bahor”, “Tonggi hislar”, “Huquq”, “Nozböylarim”, “Hikmatiston”, “Dil va manzil” kabi şeʼriy asarlari respublika naşriyotlarida çop etilgan.

Şuningdek, “Muruvvat çoği” romani, “Madrahim Şeroziy”, “Temirğozi töra”, “Yillar va yöllar” qissalari muallifi.

Hozirda “Urganç oqşomi” gazetasi muharriri. Oilali, 5 nafar farzandi bor.

“Yoşlik” 2013/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)